Islombek.dev – Telegram
Islombek.dev
548 subscribers
159 photos
21 videos
10 files
162 links
Front-end dasturchi.

Shaxsiy rivojlanish, dasturlash, texnologiyalar kabi yo'nalishlarda yozaman.

Men's community: @sportly_chat

Murojaat: @i8_11
Download Telegram
Channel created
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ushbu blogda IT, shaxsiy rivojlanish, turli sohalar bo'yicha maslahatlar va shu turdagi barcha manfaatli ma'lumotlarni yozib boraman in shaa Alloh.

O'zim haqimda qisqacha aytib o'tsam. Ismim Islombek, 2001 yilda Andijonda tavallud topganman. Hozirda Front-end dasturchi bo'lib ishlayman.
👍8
15 yildan beri shell skriptlar yozib kelaman. Haligacha if operatorini google'ni ochmasdan yoza olmayman :((

@islom_aliy
JavaScript bo'yicha bilimlarimni yaxshilashim kerak...

Nafaqat JavaScript balki algoritmlash bo'yicha bilimlaringizni yanada oshirmoqchi bo'lsangiz, sizga Freecodecamp'ning JavaScript Algorithms and Data Structures darsligini tavsiya etaman!

O'rganish davomida amaliyotda sinab ko'rishingiz sababli bilimlaringiz yanada mustahkamlanadi. Darsda JavaScriptning fundamentallaridan tortib, data structures and algorithms'gacha o'rganishingiz, masalalar yechishingiz mumkin.

ℹ️ Link: https://www.freecodecamp.org/learn/javanoscript-algorithms-and-data-structures/

@islom_aliy
👍1
React ich-ichiga kirib...

React kutubxonasida juda ham ko'p tayyor narsalar bor. Ushbu tayyor narsalar masalan hook'lardan foydalanish uchun uning orqasida nima turganini va aslida qanday ishlashini chuqur tushunib olishingiz sifatli va o'zingiz maza qilib kod yozishingizga imkoniyat beradi.

React'ni chuqurroq o'rganish uchun quyida ikkita kanalni taqdim etaman. To'g'ri videolari biroz kamroq ammo ancha foydali.

🇷🇺 Айти Синяк

🇺🇸 Philip Fabianek

@islom_aliy
JavaScript o'rganish bo'yicha menga juda ham yoqadigan saytlardan biri - www.javanoscripttutorial.net, TypeScript bo'yicha ham huddi shu ko'rinishda sayt taqdim etipti: https://www.typenoscripttutorial.net/

Qattiq tavsiya qilaman JavaScript va TypeScriptni yaxshilab o'rganish uchun eng zo'r joylardan biri.

@islom_aliy
Dasturlashni zamonaviy sayt orqali o'rganing!

Bugun sizlarga taqdim etmoqchi bo'lgan ajoyib saytlardan biri - bu Exercism.org

Ushbu sayt orqali 59 dan ortiq dasturlash tillarini 100% bepul holda qiziqarli masalalar ishlash orqali o'rganishingiz va hatto mentorlik qilishingiz ham mumkin.

JS, TS, Go, Rust, C#, Kotlin kabi zamonaviy tillar va hattoki PHP bo'yicha ham track mavjud 😅

Shaxsiy fikrimcha dasturlashni o'rganish uchun eng yaxshi, zamonaviy saytlardan biri hisoblanadi.

ℹ️ Link: Exercism.org

@islom_aliy
20+ yildan oshiq dasturlash tajribasiga egaman, 100 mingdan oshiq sotilgan 8 ta kitob muallifiman, videolarim 300 ming soatdan oshiq tomosha qilingan, 4 mingdan ortiq individual dars o'tilgan...

Va bilasizmi nima? Haligacha kodimni ishlatib olishda qiynalaman va bu haligacha og'ir ish. Va haligacha kodlarimni ertasi kuni tushunishga biroz qiynalaman.

Bu qiyinchiliklarda siz yolg'iz emassiz.

P.S. Hullas akalar siqilmimiz faqat bizda emas ekan :)

@islom_aliy
👍1
JS Array Cheat Sheet - Dark.pdf
1.8 MB
JavaScript array cheat sheet.

Manba: Youtube. Web Dev Simplified kanali.

@islom_aliy
​​Abdulaziz juda yaxshi bola...

U hozir PHP dasturchisi. Bir yil oldin back-end dasturchi bo'lmoqchi ekanida, odamlarning "PHP o'ladi", "Go PHPni o'rnini to'liq egallaydi", "NodeJS osonroq" degan so'zlariga hech ham e'tibor bermay: "Bitta dasturlash tilini yaxshi o'rganib olsam, Go bo'ladimi, Nodejs bo'ladimi hullas qaysinisini bo'lsa ham o'rganib ketaveraman" degan fikrda bo'ldi.

Har kuni tartibli hayotga amal qilgan holda ertalab turib diniy, shaxsiy rivojlanish bo'yicha kitoblar o'qidi, darslarini qildi, imkon boricha algoritmik masalalarni yechdi. Tajribali ustozdan birmuncha vaqt darslar oldi va shu vaqt davomida Laravel frameworkini ham o'rganib chiqdi.

O'zini yaroqli bilimga ega bo'ldim deb hisoblagan paytdan boshlab ishga kirib olishga harakat qildi va qallobligi bilan tanilgan bir kompaniyaga bilmagan holda kirib qoldi. U joyda bir tiyin ham pul olmagan bo'lsa ham yaxshi tajriba olib 6 oy sabr qilib ishladi va ish davomida ham o'z bilimlarini oshirdi.

Keyin esa o'zi ishlayotgan kompaniyasi qallobliklaridan xabar topib u yerni tark etdi. Ingliz tilini bilgani uchun unchalik taniqli bo'lmasa O'zbekistondagi bir chet el kompaniyasiga ish topshirdi. Suhbatda o'zini yaxshi ko'rsata oldi va Alloh unga o'sha ishga kirishni nasib etdi.

Hozir u kompaniyada ishlayotganiga 6 oydan oshdi. Yuqori daromda olishidan tashqari, ishi davomida yaxshi xizmatlari uchun boshliqlar tomonidan sovg'alar ham oldi. Qolaversa hozirda u Turkiyada maza qilib dam olib yuripti. Sayohat to'lovini ham kompaniyasi to'lab bergan.

Qissadan hissa shuki, maqsad qo'ying va maqsadingizni to'g'ri deb hisoblasangiz u yo'lda qattiq turing va ustingizda ham qattiq ishlang!

P.S ism o'zgartirilgan.

@islom_aliy
👍1
Dasturchiga algoritmlash kerakmi?

Bir necha yil dasturlash sohada yurib tushindimki bu sohada algoritmik masalarlarni yechish, mantiqiy fikrlash kabi narsalar o'ta darajada muhim hattoki front-end dastuchi bo'lsak ham. Shu sababli FAANG kompaniyalarini ko'rsangiz har doim eng asosiysi intervyuda qiyin algoritmik muammolarni yechib berishini so'raydi.

Shu sababli har kuni kamida 1 dona masala yechish odatini shakllantirsak, o'zimiz uchun juda ham foydali bo'ladi. Agarda siz ham men kabi kuchli matematik bo'lmasangiz va o'z algoritmlash bilimingizdan ko'nglingiz to'lmayotgan bo'lsa boshida w3resource.com saytidagi masalalarni yechishni tavsiya qilaman.

Boshlanishida biroz osonroq joydan boshlasak keyin LeetCode yoki Hackerrank kabi platformalarga o'tib olaveramiz in shaa Alloh :)

ℹ️ www.w3resource.com/

P.S mobodo siz ham ushbu ishni bajarishga qaror qilsangiz birga davom ettirishimiz mumkin :)

@islom_aliy
👍1