𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 – Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
294 subscribers
855 photos
119 videos
1 file
348 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems

Savol va takliflar uchun: @mediumdagiaziza
Download Telegram
Har kimning ta’rifi o‘ziga yarasha 🕊

Hindlar filni qorong‘u bir og‘ilga qamadilar. Umrida fil ko‘rmagan xalq o‘sha yerga to‘plandi. Filni ko‘rmoqchi edi ular. Lekin og‘il shu qadar qorong‘u ediki, ko‘z bilan ko‘rishning aslo imkoni yo‘q edi. Ichkariga kirganlar filni qo‘llari bilan paypaslab ko‘rar, uni har kim o‘zicha ta’rif etar edi. Bittasi filning xartumini ushlab: "Fil bir quvur ekan",  derdi. Yana boshqasi filning qulog‘idan tutib: "Fil yelpig‘ichga o‘xshar ekan",  deya tushuntirdi. Boshqasi filning oyog‘ini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: "Fil bahaybat bir ustunga o‘xshar ekan", deya oshirib toshirib tushuntirardi. Yana bir odam filning sirtini silab ko‘rdi va: "Fil taxtga o‘xshar ekan",  deb uni ta’rifladi. Kimki filning qayerini silagan bo‘lsa, hayvonni shunga ko‘ra ta’riflar, lekin hech birining ta’rifi boshqasinikiga o‘xshamasdi. Birovi "dol" derdi, boshqasi "alif". Agar qo‘llarida sham, oddilarida biror yo‘lboshlovchi bo‘lganida, qorong‘u bo‘lsa ham filni aniq ko‘rishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan bo‘lardi. Tuyg‘u ko‘zi ba’zan hovuchga, ba’zan ko‘pikka o‘xshaydi. Hovuchga butun bir filni sig‘dirib bo‘lmaydiku!

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

@pslog
5👍1
Insoniylik – irqimiz, dinimiz – mehr-muhabbat bo'lmog'i kerak...

@pslog
Seni, eng yaxshi Alloh biladi.
Qolganlar esa yo yanglish anglaydi, yo sen to‘g‘ringda kamroq biladi.
Seni baxtsiz qilganlar sababidan baxtsiz bo‘lma, baxtiyor bo‘ladigan zamoning ham keladi.
🌱
Seni baxtsiz qilganlarni ko‘rib barchani o‘shanday deb o‘ylama, seni baxtiyor qiladigan (inson) ham keladi.
🍃
Bugun juda ko‘p dardim bor dema, u dardni senga bergan Allohning, darmonni beradigan kuni ham keladi.
🌿
Sen Robbingga duo qil!
“Duo qilsam nima bo‘lardi?”– dema, duoying qabul bo‘ladigan kun ham keladi...

Jaloliddin Rumiy

@pslog
Koreyadan Amerikaga samalyotda 10 soatlik yo’lni bosib o’tishidan avval, 4 oylik go’dagi yo'lda “dod” solishi mumkinligini bilgan bu ona 200 dan ortiq yo’lovchilarning har biriga oldindan uzr tariqasida konfet, saqich va shovqinga qarshi quloqchin tarqatib chiqdi.

O’sha paketning ichida shunday yozuv ham bor edi: (Salom, mening ismim Jun Vu. Hozir 4 oylikman. Bugun onam va buvim bilan birga Amerikaga uchib ketyapmiz. Biroz hayajon va qo’rquvdaman. Bu mening birinchi parvozim. Yig’lashim yoki ozroq injiqlik qilishim tabiiy hol. “To’polon” qilmaslikka harakat qilaman, lekin va’da bera olmayman. Yig’lashni boshlaganimda mana shularni ishlatarsiz. Oq yo’l. Rahmat)

Boshqalarning erkinliklarini hurmat qiladigan insonlar...

Manba

@pslog
👏1
Idrokni rivojlantirish uchun oddiy tavsiyalar

@pslog
👍1😍1
Bizning odobga bo‘lgan ozgina ehtiyojimiz ilmga bo‘lgan ko‘p ehtiyojimizdan yaxshiroqdir.

Abdulloh ibn Muborak.

Credits: @mehrob_uz