This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xafa bo'lmagin,
hammasi yaxshi
bo'ladi degin!
Yashash – yaxshi.
Shuni esga ol,
bo'ladi yaxshi!
Qushlar-u
asalarilarga,
Muzqaymoq,
bulutlar va
ko'zguga boq
quvonasan shu choq.
Kappuchino,
Limon choy isi
Bunga qo'shimcha
Javondagi kitobning hidi
Xafa bo'lmagin,
hammasi yaxshi
bo'ladi degin!
Yashash – yaxshi.
Shuni esga ol,
bo'ladi yaxshi!
@pslog
hammasi yaxshi
bo'ladi degin!
Yashash – yaxshi.
Shuni esga ol,
bo'ladi yaxshi!
Qushlar-u
asalarilarga,
Muzqaymoq,
bulutlar va
ko'zguga boq
quvonasan shu choq.
Kappuchino,
Limon choy isi
Bunga qo'shimcha
Javondagi kitobning hidi
Xafa bo'lmagin,
hammasi yaxshi
bo'ladi degin!
Yashash – yaxshi.
Shuni esga ol,
bo'ladi yaxshi!
@pslog
👍5
Doim sizni eng ko'p qo'rqitayotgan tanlovni tanlang, chunki u SIZNI rivojlanishingizga yordam beradigan birdan-bir qaror bo'ladi!
@pslog
@pslog
👍6
O‘shanda hali bola edim. Onam mashaqqatli ish kunidan qaytib, har kech biz uchun non pishirardi.
Bir kuni vaqt allamahal bo‘lgan, onaizorim shosha-pisha biz uchun kechki ovqat tayyorlardi. Bir ozdan keyin u otamning oldiga ovqat va non qo‘ydi. Mening ikki ko‘zim nonda edi. Kimdir nonning kuyganiga e’tibor berarmikan deb kutib turdim.
Lekin otam nonni indamasdan chaynadi va mendan maktabdagi kunim qanday o‘tganini so‘radi.
O‘sha kun unga qaytargan javobimni eslay olmasam ham, ovqatdan keyin volidamning otamga non bir oz o‘tib ketganini ming xijolat bilan aytgani kechagidek qulog‘im ostida.
Otam o‘sha kuni jilmayib turib, onamga “Azizam, kuygan non menga yoqadi-ku,” dedi.
Uxlashdan oldin otamga xayrli tun tilash uchun uning oldiga kirdim va undan kuygan nonni rostdan ham yaxshi ko‘rish-ko‘rmasligini so‘radim. Otam meni bag‘riga bosib, qattiq quchoqladi.
“O‘g‘lim, onang kun uzoq ishlab, juda charchagan. Bir marta kuygan non yesam, menga biror nima bo‘lmaydi. Lekin, yomon so‘z onangni qattiq jarohatlagan bo‘lar edi,” dedi.
Biz barchamiz xom sut emgan bandalarmiz. Kezi kelganda muhim sanalarni, zarur narsalarni, burchlarimizni esdan chiqarib qo‘yamiz. Shuncha yillar mobaynida o‘rganganim shuki, bir-birimizni kamchiliklarimiz bilan qabul qilishimiz kerak. Boisi, hayot afsuslar bilan uyg‘onish uchun juda ham qisqalik qiladi.
© Abdul Qalam
Manba: kh-davron.uz

👍9😢2
Hissiyotlarni aniqlashni sizga kim o'rgatgan?
Gʻazab hissi turli insonlar tomonidan turlicha ifodalansa ham, uning birdan-bir sababi — adolatsizlik.
Koʻngil qolishining sababi esa, kutilgan natijalarga erishilmagani.
Umidsizlikning sababi — maqsadingiz yoʻlida toʻsiqqa uchrash hissi.
Ularga eʼtibor qaratish insonlarni yaxshiroq tushunish va qabul qilishga yordam beradi.
https://link.medium.com/TacjxOylJob

Medium
Hissiyotlar haqida bilish kerak bo’lgan eng muhim ma’lumotlar
Hissiyotlaringizni aniqlash, boshqarish va toʻgʻri yoʻlga solishni sizga kim oʻrgatgan? Koʻpchilik insonlar bu savolga hech kim deb javob…
Hayot - hissiyotlar bilan yashaydigan uchun tragediya, aql bilan yashaydigan uchun esa komediyadir.
~ Jan de Labryuyer
@PsLog
~ Jan de Labryuyer
@PsLog
❤8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Psixiatr Aoron Bek tomonidan ishlab chiqilgan kognitiv terapiya g'oyasiga ko'ra, tushkun kayfiyat odamlarning o'z hayotiy tajribalarini idrok etishdagi buzilishlar tufayli yuzaga keladi.
Masalan, ruhiy tushkunlik(depressiya)ga chalingan odam faqat salbiy voqealarga e'tibor qaratib, ijobiy narsalarni esa bee'tibor qoldirishi mumkin.
Oddiy misol. O'qituvchi o'z o'quvchisini ham maqtaydi, ham tanqid qiladi. Agar o'quvchi maqtovga e'tibor berib, ertasi kuni uni eslasa, u o'zini a'lochi bolalardek his qilishi mumkin. Biroq, agarda u tanqidga e'tibor berib, ertasi kuni ham bu haqda o'ylashda davom etsa, u o'zini landovur his qilishni boshlashi mumkin.

👍7
Inson ijodkorlikdan to'xtamaydi: xoh so'zlari, xoh ko'zlari, xoh sadolari bilan dunyoni qaytadan kashf etaveradi.
Insoniyatning qoʻl mehnatiga asoslangan manufaktura sanoatidan mashinalashgan yirik industriyaga oʻtishi uchun sakkiz ming yil kerak bo'ldi. Sanoat to'ntarishidan atigi 120 yil o'tib lampochka ixtiro qilindi. Undan 90 yil o'tib inson birinchi marta oyga qadam qo'ydi. Hech qancha vaqt o'tmay(atigi 22 yil) Internet dunyo yuzini ko'rdi. Tarixiy kashfiyotlardan shu narsa ayon bo'ladiki, olamshumul ixtirolar yaratilishi uchun uzoq muddat kerak emas. Bu insoniyat tafakkurining taraqqiy etib borayotganidan darak beradi. Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida noodatiy arxitektura yodgorliklarini uchratish mumkin. Arxitektura mo'jizalaridan biri noodatiy uslubda qurilgan Sopot, Polshadagi Drunk building
Bu bino 2003-yilda qurilgan bo'lib,.“Rezident” savdo markazining bir qismini tashkil qiladi. Unda savdo do‘konlari, restoran, ko‘ngilochar o‘yinlar markazi va bitta radiostansiya joylashgan.

👍8
Qanchalik sevsang ham, ko'rmagan yuzing asta-sekin unutiladi. Baxt bu sevgan insoningga yaqin bo'lishdir.
© O'rxan Pomuq
@pslog
© O'rxan Pomuq
@pslog
❤5
Hayotda olg'a qadam tashlash uchun..
Odamlar sizdan tortib ola olmaydigan narsalar ustida ko'proq ishlang. Bular sizning fikringiz, xarakteringiz, shaxsiyatingiz, halolligingiz, butun borlig'ingiz kabi narsalardir.

❤4🔥3
Har kimning ta’rifi o‘ziga yarasha 🕊
Hindlar filni qorong‘u bir og‘ilga qamadilar. Umrida fil ko‘rmagan xalq o‘sha yerga to‘plandi. Filni ko‘rmoqchi edi ular. Lekin og‘il shu qadar qorong‘u ediki, ko‘z bilan ko‘rishning aslo imkoni yo‘q edi. Ichkariga kirganlar filni qo‘llari bilan paypaslab ko‘rar, uni har kim o‘zicha ta’rif etar edi. Bittasi filning xartumini ushlab: "Fil bir quvur ekan", derdi. Yana boshqasi filning qulog‘idan tutib: "Fil yelpig‘ichga o‘xshar ekan", deya tushuntirdi. Boshqasi filning oyog‘ini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: "Fil bahaybat bir ustunga o‘xshar ekan", deya oshirib toshirib tushuntirardi. Yana bir odam filning sirtini silab ko‘rdi va: "Fil taxtga o‘xshar ekan", deb uni ta’rifladi. Kimki filning qayerini silagan bo‘lsa, hayvonni shunga ko‘ra ta’riflar, lekin hech birining ta’rifi boshqasinikiga o‘xshamasdi. Birovi "dol" derdi, boshqasi "alif". Agar qo‘llarida sham, oddilarida biror yo‘lboshlovchi bo‘lganida, qorong‘u bo‘lsa ham filni aniq ko‘rishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan bo‘lardi. Tuyg‘u ko‘zi ba’zan hovuchga, ba’zan ko‘pikka o‘xshaydi. Hovuchga butun bir filni sig‘dirib bo‘lmaydiku!
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

❤5👍1
Seni, eng yaxshi Alloh biladi.
Qolganlar esa yo yanglish anglaydi, yo sen to‘g‘ringda kamroq biladi.
Seni baxtsiz qilganlar sababidan baxtsiz bo‘lma, baxtiyor bo‘ladigan zamoning ham keladi.
🌱
Seni baxtsiz qilganlarni ko‘rib barchani o‘shanday deb o‘ylama, seni baxtiyor qiladigan (inson) ham keladi.
🍃
Bugun juda ko‘p dardim bor dema, u dardni senga bergan Allohning, darmonni beradigan kuni ham keladi.
🌿
Sen Robbingga duo qil!
“Duo qilsam nima bo‘lardi?”– dema, duoying qabul bo‘ladigan kun ham keladi...
Jaloliddin Rumiy