𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 – Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
294 subscribers
855 photos
119 videos
1 file
348 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems

Savol va takliflar uchun: @mediumdagiaziza
Download Telegram
Sizningcha, bir insonning boshqa bir insonga ravo ko'rishi mumkin bo'lgan eng katta yomonlik nima?

Bir insonning boshqa bir insonga qiladigan eng katta yaxshiligi-chi?

Javoblaringizni izohlarda kutib qolaman ☺️

@pslog
👍6
Fıkrlashdan to'xtamang va qo'rqmang

Sizning fikringiz boshqalarnikidan farq qilishi sizning nohaqligingizni bildirmaydi.

Faylasuf Volter so'zlari bilan aytganda, " Hammaning fikri bir xil bo'lgan joyda fikrlash bo'lmaydi. "



Tuningiz osoyishta o'tsin 🤗

@pslog
5🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tabassumingiz dunyoni o’zgartirsin, dunyo sizning tabassumingizni emas.” — Xitoy maqoli

Tara(Kraft) Feil va Sara Pressman tabassum qilishning foydalarini o’rganish maqsadida tadqiqot o’tkazishdi. Tadqiqot xulosasiga ko'ra tabassum qilish:

Kayfiyatni yaxshilaydi: jilmayish, hattoki qalban emas, atayin qilingan tabassum ham kayfiyatni yaxshilovchi gormonlarni, bulardan dofamin, serotonin va endorfinlarni ko’proq ishlab chiqaradi. Ushbu neyromediatorlar insonni stress va xavotirdan xalos qiladi.
O’zimizga bo’lgan ishonchni oshiradi.
Insonlar orasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Yuzdagi tabassum insonlar orasida o’zaro ishonch va do’st-u birodarlik hissini oshiradi.

@pslog
8👍3🤣1
Yaxshi hayotning asosi nimada? Baxt siri-chi? Eng uzoq davom etgan tadqiqotdan olingan xulosalar...

Sog'lom va baxtli hayot kechirishimiz uchun bizga nima kerak? Agar bu pul va shon-shuhrat deb o'ylayotgan bo'lsangiz, bu fikrda yolg'iz emassiz– ammo, psixiatr Robert Waldinger aytishicha, siz xato o'ylayapsiz. Waldinger ushbu nutqda uzoq va to'laqonli hayot kechirish uchun, 75 yillik tadqiqotdan olingan 3 asosiy saboqni bo'lishadi.

⭕️ Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlashingiz mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=8KkKuTCFvzI

Credits: TED Uzbek Language
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yomg'ir" nomli badiiy filmdan qisqa lavha. Depressiyaga jonli namuna.

@pslog
👍8🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gormonlarning hissiyotlarimizga ta'siri qanday?

Dofamin — rohatlanish va zavqlanish uchun javobgar neyromediator.

Serotonin – baxt gormoni

Oksitotsin — mehr va muhabbat gormoni.

@pslog
🔥8👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har birimizning hayotimizda jahlimizni qo‘zg‘atadigan kishilar yoki holatlar paydo bo‘lishi mumkin.

Agressiyani sog'lom yo'l bilan “ozodlikka chiqarib yuborish” salbiy hissiyotlardan qutulishga yordam beradi.

Ba’zi mamlakatlarda musht bilan g'azabni "chiqarib tashlash" niyatidagi odamlar uchun jamoat joylarida mahsus joy ajratilar ekan. #dontgetthiswrongway ana shu loyihaga yetakchilik qilmoqda.

@pslog
❤‍🔥5👍3
Maqtov o’zi nima? U bizga juda yaxshi tanish. Maqtov deganda qo’llab-quvvatlashni tushunamiz. Farzandimizni “qoyil”, “barakalla”, “ofarin” kabi so’zlar bilan maqtaymiz. Maqtov ko’nglimizni va kayfiyatimizni ko’taradi. Qancha ko’p maqtov eshitsak, shuncha xursand bo’lamiz. Xo’sh, maqtov haqida boshqa nima ham deyish mumkin?

Maqtovning ikki turi bor: Birinchi turidan kundalik hayotda ko’p foydalanamiz. Bunday maqtovlar sizga yaxshi tanish. Ular yosh-u qarilarga va ayniqsa, bolalarga juda yoqadi. Maqtovning siz bilmagan boshqa turi ham bor. Hozir aynan shu haqida gaplashamiz. Agar siz biror xulq-atvor yoki zararli odatni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, bu maqtov turi ancha samarali. Bunday maqtovning 3 ta o’ziga xos jihati bor:

1. Uning birinchi o’ziga xos jihati shundaki, u kichkintoylar uchun mo’ljallangan! Bunday maqtov quvnoq va jarangdor ovozda aytilishi kerak. “Barakalla!” Bunda ozgina qo’l harakati, yuz ifodasi va juda yuqori ohangdagi ovoz qatnashyapti. Keyingi jihatni ham e’tibordan chetda qoldirmang.

2. Aynan nimani maqtayotganingizni ayting. “Barakalla! O’yinchoqlarni xuddi men aytganday yig’ishtirib qo’yibsan”.

3. Uchinchi o’ziga xos jihati shundaki, siz non-verbal muloqotdan ham foydalanasiz. Boshni silab qo’yish, bag’ringizga bosish, o’pish yoki yelkaga urib qo’yish orqali o’z munosabatingizni bildirasiz.

Tadqiqotlarga ko’ra, biror xulq-atvorni yaxshisiga o’zgartirish uchun yuqorida sanab o’tilgan har uchala jihatdan birday foydalanish kerak.

Ammo shundan ogoh bo’ling: Bolani maqtamang, aksincha uning qilgan ishini maqtang. Oddiy misol. “O’zing aqilli bolasan-da, xonangni men aytmasam ham tozalab qo’yibsan.” Aslida, bola bu so’zlardan xafa bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, farzandingizda shu ishni qilganim uchun, meni yaxshi ko’rishadi, degan tushuncha hosil bo’lmasligi kerak. “Biz seni qanday bo’lsang, shunday yaxshi ko’ramiz”. Bola mehr-muruvvat qozonishim uchun nimadir qilishim kerak, degan fikrga bormasligi kerak!

https://azizapulatova.medium.com/maqtov-nima-uchun-kerak-843b05ae40cd
👏4👍3
IQ darajasi bilan Eynshteyn va Hokingni ham ortda qoldirgan 11 yoshli vunderkind

Mashhur daholarning IQ testidagi rekord natijalari yana yangilandi. “Men avvaliga Mensa IQ jamiyatiga kirish uchun 148 ball olish haqida o‘ylagandim. Hech qachon Eynshteyn olgan 160 ballga yaqinlashaman deb umid qilmagandim. Bu juda hayratlanarli va hissiyotli bo‘ldi”, – deydi ulkan zakovat sohibi Adrian Li.

Manba: https://kun.uz/uz/23892811
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥲 Hayotdan ko'nglingni qoldiradigan achchiq so'zlar ...

Men senga butun umrimni bag'ishladim. Seni deb o'yin-kulgu, karyera, hamma-hammasidan voz kechdim. Sen-chi?

Aziza's Psychology Blog
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Obsessiv-kompulsiv kasallik va kundalik hayot

● Avtobus bekatigacha plitka chiziqlarini bosmasdan ketsam, sinovdan zo'r o'taman.

● Hamma zinapoyalardan tezroq chiqishga ulgursam, vizam qabul qilinadi.

● Poyabzalimning chap poyini birinchi kiysam, kunim yaxshiroq o'tadi, aks holda yomon kechadi.

● Shu mashina kelgunga qadar tezlik zarbasidan o'tsam, bolamning nimasidur yaxshilanadi.

● Shu stakan suvga to'lguncha suvimni ichib qo'ysam, dadam sog'ayib ketadi.

P.S. Ruhiyatning obsessiv-kompulsiv buzilishida odamda o‘z-o‘zidan turli xayoldan chiqmaydigan, qo‘rquv uyg‘otuvchi fikrlar kela boshlaydi. Bunda odam bu fikrlar sababli yuzaga kelgan xavotirdan turli harakatlar bilan xalos bo‘lishga urinadi.

Aziza's Psychology Blog
🔥6👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1 kishi uchun 1 oylik iste’mol savati hajmini "tasavvur qilgan" inson

Odamlarni ijobiy o’zgarishlar qilishga undash maqsadida Robin Grinfild bir oyda o’zi chiqargan har bir chiqitdan kiyim yaratdi.

Egnidagi axlat uyumining og'iqligi 60 kg chiqdi.

Negaki, o'rtacha har bir amerikalik kuniga 2,2 kg chiqindi chiqaradi.

Xo’sh, o'zi qanday o’zgarish qilish haqida gap ketyapti?

Robin uyda 7R strategiyasidan foydalanishni taklif qiladi:

Rethink(qayta o’ylab ko’ring)→ Refuse(voz keching)→ Reuse(yana bir bor foydalaning)→ Repair(sozlang)→Repurpose(boshqa maqsadlarda ham foydalaning)→ Rot(yaroqsiz holatga keltiring)→va undan so'nggina … Recycle(Qayta ishlash va ishlatishga topshiring)

Sizga qaysi R yoqdi?

Fikringizni izohlarda qoldiring 🙋‍♀

Aziza's Psychology Blog
🤯4👍2