𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
Photo
Alan Aleksandr Milne "Vinni Puh" asarini urushdan keyingi davrlarda yozgan. Urush xunrezliklarini o'z ko'zi bilan ko'rgan yozuvchining o'zi ham ruhiy hastalik – PTSD(Post-travmatik stress)dan aziyat chekkan.
Bu haqida "Alvido, Kristofer Robin" nomli film ham ishlangan: https://youtu.be/uQq3aFSijRg
P.S Yuqoridagi postga bildirgan fikr va reaksiyalaringiz uchun rahmat ❤️

YouTube
Goodbye Christopher Robin Trailer #1 (2017) | Movieclips Trailers
Goodbye Christopher Robin Trailer #1 (2017): Check out the new trailer starring Margot Robbie, Domhnall Gleeson, and Kelly Macdonald! Be the first to watch, comment, and share trailers and movie teasers/clips dropping soon @MovieclipsTrailers.
► Buy Tickets…
► Buy Tickets…
❤4👏2🔥1
Bola qachon o'zini tanishni boshlaydi?
18 oylikdan boshlab bolalar o'zini alohida shaxs sifatida anglay boshlaydi va bu jarayon 3-4 yoshgacha davom etadi. Ammo, qaysidir ma'noda, biz kattalar ham shaxs sifatida o'zimizning yangi qirralarimizni kashf etishdan to'xtamaymiz.
O'zini alohida shaxs sifatida anglay olgan bola ko'zgu qarshisida o'z qiyofasini taniy oladi. Buni aniqlash uchun psixologiyada maxsus test mavjud. Bu testni uy sharotida har bir ota-ona o'z farzandida sinab ko'rishi mumkin. Buning uchun kichkintoyingizni oyna qarshisiga olib keling. Uning burni ustiga yoki yuzining biror qismiga yorqin rangli bo'yoq surib qo'ying. Agar u o'zini tanishni boshlagan bo'lsa, ko'zgudagi qiyofasiga emas, yuzidagi bo'yoqqa qo'lini cho'zishga harakat qiladi.
Manba: https://youtu.be/M2I0kwSua44
#buqiziq #psixologiktest

Rouge test (self-recognition test)
The rouge test is a self-recognition test that identifies a human child's ability to recognize a reflection in a mirror as his or her own. Using rouge makeup, an experimenter surreptitiously places a dot on the nose and/or face of the child. The child is…
❤6👍1🔥1
Nima uchun tug’ilgan vaqtimizni, ilk bor yura boshlaganimizni yoki birinchi aytgan so’zimizni o’zimiz eslay olmaymiz? Bu holat “Bolalar amneziyasi” deb nomlanadi.
Davomini o'qish
...
Davomini o'qish
...
Medium
Nega yoshligimizni eslay olmaymiz?
Nima uchun tug’ilgan vaqtimizni, ilk bor qadam tashlaganimizni yoki birinchi aytgan so’zimizni o’zimiz eslay olmaymiz? Ilm-fanda bu holat “Bolalar amneziyasi” deb nomlanadi. Odamlar 2–3 yoshligidagi…
👍8❤2⚡1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasavvur bilimdan kuchli. Bilimda chegara bor, tasavvurda esa yo’q. Ammo bilim tasavvurimizni kengaytiradi.
Albert Eynshteyn shunday degan edi. Lekin, u (AI)Sun’iy Intellektdan foydalanmagan;)
Insonning zakovati u biladigan faktlar miqdorida emas,
balki ular vositasida dunyoviy muammolarni qanday yo’l bilan kreativ hal qila olish mahoratida.
Bugungi kunda AI(Suniy Intellekt) yordamida har qanday formula,
istalgan ilmiy ma’lumotni bir zumda izlab topishimiz va ilg’or hisob-kitoblarni bajarishimiz mumkin.
Har qanday odam butun boshli ensiklopediyani o’qib bilimli bo’lishi mumkin. Lekin hamma ham ilmiy muammolarga yechim izlab, fanda kashfiyot qilavermaydi.
Ilmi bilan tanilgan Bill Geyts, Mark Zukerberg va Larry Ellisonlar universitetni bekamiko’st tamomlay olishmagan. Agar insonning ilmi universitetda olingan bilim bilan o’lchanadigan bo’lganda edi, bu uchala jentelmen dunyodagi eng bilimdon insonlar ro’yhatiga hech qachon kirolmasdi.
@pslog

Tasavvur qilishdan, orzu qilishdan to’xtamang! 😌
@pslog
🔥7❤2😍2👍1
#ghosting
Bir insonning hech qanday sababsiz ikkinchi inson bilan munosabatlarni uzib qo’yishi ghosting deb ataladi.
Davomi: https://azizapulatova.medium.com/ghosting-nima-erkak-kishi-nega-unga-qol-uradi-92202e15505a

👍5👀3
❓Aytingchi, go'zallik o'zi nima?
❓Go’zallik xususida hamma ayni fikrdami?
❓San’atning nima keragi bor?
❓Ijodkor ijod jarayonida mustaqil fikrlay oladimi?
❓Har bir inson ijodkormi?
kabi bir-biridan qiziq savollarga ushbu maqola orqali javob topasiz.
https://azizapulatova.medium.com/gozallik-va-san-at-nima-6a0b1ae121c0

Go’zallik va san’at nima?
Oscar Brenfierning shu nomli kitobidan
❤5👍2
Insonlar borki,
Hayotimizga kelib, ketadilar.
Qaysi birlaridir zilzila bilan,
Qaysi birlaridir chaqmoqlar bilan ketadilar...
Men esa qolganlar tarafidaman.
Ketmaganlarning sadoqati va sabrini,
Quchoqlab, qoʻyib yubormaganlarning taftini
Sevaman...
Shams Tabriziy
Aziza's Psychology Blog
❤10
“O’rganilgan chorasizlik”
Yirtqich akula va yana bir baliqni bir akvaryumga solishibdi, biroq akvaryumni ikkiga ajratgan shisha to’siq akulani baliqqa hamla qilishidan saqlar ekan. Akula ochlikni his qilishi bilan o’ljasiga bor kuchi qancha tashlanmasin, qarshisidagi to’siqqa urilar ekan. Baliqni yeyish uchun shu tarzda 28 soat uringan akula nihoyat qismatga tan beribdi va qayta sinab ko’rishdan voz kechibdi. Bir ozdan so’ng, akvaryumdagi shisha to’siq olib tashlanibdi. Baliq akula yoniga o'zi suzib borsa ham, akula uni yemapti va oxir-oqibat ochlikdan o’libdi.
To'siq yo'qligiga qaramay, akulaning qayta sinab ko’rishga bo’lgan ishtiyoqsizligi va mag’lubiyatni qabul qilishi, ya’ni muvaffaqiyatsizlklarga ko’nikishini “o’rganilgan chorasizlik” deb atash mumkin.
Har birimiz vaqti kelganda qarshimizga chiqqan to’siqlarni olib tashlash o’rniga, ortga chekinamiz. Ortga chekinish odamni ba’zida yanada hushyorroq harakat qilishga undasa, ba’zan esa harakat qilishdan butunlay to’xtatib qo’yadi.

👍7❤2
Olimlarning aniqlashicha, oila mustahkam bo'lishi uchun erkak va ayol faqatgina 2 hislatga ega bo'lishi kerak: Mehribonlik va saxiylik.
Psixolog John Gottman o'z rafiqasi Juliya bilan ko'p yillik izlanishlar natijasida mehr-muhabbat er va xotinni bir umrga boglashini aniqladi. Hissiy barqarorlik bilan bir qatorda mazkur hislat ham oila barqarorligida muhim o'rin tutadi. Juftiga mehr ko'rsatish qiyinlashadigan payt—bu er-xotinning arazlashib qolgan payti.
Biroq aynan mana shu paytda inson o'z hislarini nazorat qila bilishi kerak. Mazkur jarayonda juftliklardan biri o'z agressiyasini tashqariga chiqarsa, bu o'zaro munosabatlarga misli korilmagan putur yetkazadi.

Mehr o'z qahr-gazabingizni tashqariga chiqarmaslikda emas, balki uni qay yo'sinda yetkazishingizda namoyon bo'ladi. Siz hech narsani o'ylamay, jahlingizni juftingizga sochishingiz, yoki xotirjam holatda sizga nima yoqmayotganini tushuntirishingiz mumkin. Bu uslub esa ancha yaxshi,—deydi Juliya Gottman.
@pslog
❤5👍3😇1
#smth
Bir paltoning narxi 1.321,920.00 turk lirasi - 45.000 AQSh dollariga baxolangan...
Lama yungidan tikilgan ekan. Bitta kvartiraning narxi.
Bunday paltoni sotish ham insoniyatga, ham hayvonlarga haqorat bo'lsa kerak.
Ro'zg'or tebratish g'amida kun bo'yi ter to'kib ishlaydigan bir xalqqa bunaqa hashamat to'g'ri kelmasa kerak. Bu palotdan 3 dona kelgan ekan, bittasi allaqachon sotilibdi. Qaysi qonxo'r oldi ekan-a?!
Kitobdan bir iqtibos keltirmoqchiman:

Insoniyatni axloqqa o'rgatish uchun qilingan sa’yi-harakatlarning birortasi axloqsizlikdan xoli emasdi. Boylar kambag'allarga Tangridan boshqa hech vaqo qoldirmadilar.
@pslog
🔥10👍8😢1🎉1🕊1
– 2 yoshli bolam mehmonda “odamdek” o’tirmaydi,
– 3 yoshli farzandim har bir gapimga “yo’q” deb qaysarlik qilgani qilgan,
– 4 yoshli bolam o’yinchoqlarini o’rtoqlariga bergisi kelmaydi,
– 5 ga kirgan farzandim o’rtog’ini boshqalardan qizg’anadi,
degan shikoyatlar tez-tez qulog’imizga chalinib turadi.
Aslida, bularning barchasi bolaning yoshiga uyg’un bo’lgan xulq-atvorlardir.
Ehtimol, inson bolasi bo’lishning eng katta kamchiligi — kattalardan unchalik farqli bo’lmagan jismda dunyoga kelishimizdadir. Qurbaqa bolasidek itbaliq yoki kapalak qurti holida tug’ilganlarida edi, mitti murg’aklardan yosh chegarasidan tashqaridagi xulq-atvorlarni kutmagan bo’lar edik.
Dr. Sabiha Paktunaning "Bolalar bilan to’g’ri munosabat qurish" kitobidan

👍8
Professor, Doktor Nevzat Tarhanning "Ayol psixologiyasi" nomli ilmiy kitobidan tarjimalar boshladim. Kitob qiziqligiga qaraganda tarjima uzoqroq davom etadi)
Kitobdan ayrim fikrlar:
Ayol va erkak o’rtasidagi farqlarni tushunish
Ikki xil jins egalari o’zlarining bir-biridan farqli bo’lishi kerakligini bilishi sog’lom munosabatlarga qo’yilgan ilk qadamdir. Aks holda, boshqa bir insonning hislari bizniki kabi bo’lishini yoki boshqalarning istaklari biznikiga o’xshashini kutamiz. Bu esa imkonsiz, to’g’ri emas, shart ham emas. Chunki, inson zoti bir xil yaratilmagan. Sevgan insonimizga qanday muomala qilsak, undan ham shunday muomalani kutish yetilmagan shaxsiyatdan darak beradi. Kimdir o’z sevgisini so’zlar bilan, yana kimdir sovg’alar bilan izhor qilishga harakat qiladi. Yana kimdir muhabbatini yordam tariqasida, ba’zilar esa quchoq, ya’ni fiziologik yaqinlik bilan ko’rsatishadi. Munosabatlarni mustahkamlash jarayonida o’rtadagi bu kabi farqliklarni tushunish muhimdir.
Sevgi abadiymi?
Ayol va erkak munosabatlarida eng dolzarb savollardan biri aynan shu bo’lsa kerak. Yangi turmush qurgan juftliklarda romantik hissiyotlar ancha kuchli bo’ladi. Keyingi bosqichda xarakter va ustunlik bilan bog’liq ziddiyatlar o’rtaga chiqa boshlaydi. Har ikki tomon aqilli yoki omadli bo’lishsa, bir-biriga bog’lanib qolish bosqichiga o’tishadi. Oiladagi ishq-muhabbatning, ya’ni romantik tuyg’ularning saqlanib qolishi o’zaro yaxshi munosabatlar qurishga bog’liqdir. Shuning uchun, sevgi — yaxshi munosabatlarning sababi emas, balki uning mevasidir.
Sevib qolish sehirli tuyg’ular og’ushida yashash demaktir. Bu boshqa-boshqa insonlarning birlikta bo’lishi. Bu tuyg’u qarama-qarashi tomonlarning bir-biriga bo’lgan umidlarini ko’paytiradi. Erkak kishi ayolidan o’zi kabi fikrlashini kutsa, ayol kishi ham eridan aynan shuni kutadi. Ikki sevishgan jarohatlana boshlagan bu munosabatni tuzatish uchun bir-biriga kerakli vaqt ajratmasa, umidlar so’na boshlaydi.
Munosabatlari haqida qayg’urgan odam uni mustahkamlash uchun o’ziga shu savollarni berishi kerak. “Nega o’rtamizda kelishmovchiliklar kelib chiqyapti, bu kelishmovchiliklarning orqasida aslida nima turibdi?”
P.S. davomi bor

❤10👍2🔥2👏1🆒1
Shaxsiy chegaraga salbiy tushuncha sifatida qaralmasligi kerak; Bu odamlarga sovuq va bee’tibor munosabatda bo’lish degani emas.
Shaxsiy chegara, bu – o’z ehtiyojlarimiz va qadryatlarimizga bo’lgan hurmatdir.
Sizning shaxsiy chegaralaringiz biror vaziyat va insonlar qarshisida qanday harakat qilishingiz kerakligini hal qiladi.
Munosabatlaringizda to’xtash kerak bo’lgan nuqtalarni yodingizga solib turadi.

❤14👍1
Perfektsionizm haqida qiziq bir hikoya
O’tmishda mashxur bir haykaltarosh bo’lgan ekan. U shunday nodir haykallar yasar ekanki, ko’rganlar ularni tirik odamdan ajrata olmas ekan.
Kunlardan birida bir kohin unga o’limi yaqinlashganini aytibdi. Haykaltarosh juda qo’rqib ketibdi, yashashni xohlagani uchun o’limdan qochmoqchi bo’libdi va chorasini topibdi. Haykallar bilan Azroilni chalg’itmoqchi bo’libdi. O’ziga o’xshagan 10 haykal yasabdi.
Azroil kelishi bilan o’sha haykallar orasiga kirib olibdi va nafasini ichiga yutibdi. Azroil biroz tik turgach, shunday debdi.
“Janob, bir nuqsonni hisobga olmasak, hammasi mukammal. Ta’rifga til ojiz, lekin bir nuqtani ko’zdan qochiribsiz, kichik bir xatosi bor ekan.” Buni eshitgan haykaltarosh shu zahoti, “Qanaqa xato? Bo’lishi mumkin emas!” deya qarshilik bildirishga tushgan ekan, Azroil “Mana shu sening xatoying” debdi-yu, haykaltaroshni o’zi bilan olib ketibdi.
Bu hikoya perfektsionizm va kibr orasida ba’zan o’ta kichik farq bo’lishini ko’rsatib bergan.
@pslog
O’tmishda mashxur bir haykaltarosh bo’lgan ekan. U shunday nodir haykallar yasar ekanki, ko’rganlar ularni tirik odamdan ajrata olmas ekan.
Kunlardan birida bir kohin unga o’limi yaqinlashganini aytibdi. Haykaltarosh juda qo’rqib ketibdi, yashashni xohlagani uchun o’limdan qochmoqchi bo’libdi va chorasini topibdi. Haykallar bilan Azroilni chalg’itmoqchi bo’libdi. O’ziga o’xshagan 10 haykal yasabdi.
Azroil kelishi bilan o’sha haykallar orasiga kirib olibdi va nafasini ichiga yutibdi. Azroil biroz tik turgach, shunday debdi.
“Janob, bir nuqsonni hisobga olmasak, hammasi mukammal. Ta’rifga til ojiz, lekin bir nuqtani ko’zdan qochiribsiz, kichik bir xatosi bor ekan.” Buni eshitgan haykaltarosh shu zahoti, “Qanaqa xato? Bo’lishi mumkin emas!” deya qarshilik bildirishga tushgan ekan, Azroil “Mana shu sening xatoying” debdi-yu, haykaltaroshni o’zi bilan olib ketibdi.
@pslog
❤30⚡6🔥2👍1
Ko’zlar bilan teginish, so’zlar vositasida ta’m bilish sinesteziyasi o’zi nimaligi haqida “bir-ikki og’iz”…
#sinesteziya #mirrortouch
@pslog
#sinesteziya #mirrortouch
@pslog
👍8👀4🤔2