sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.89K subscribers
1.75K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
#podkast #4

🧑🏻‍🦯🎓NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARIDAN QANDAY O‘TISHADI?

🕒 24-iyun, soat 15:00da Sharoit+ podkast 4-soni mehmoni Davlat test markazi Bosh mutaxassisi - Jamshidbek Odilov.

🎙Boshlovchi: Lochinbek Xudoyorov

Savollaringizni izohlarda qoldiring!

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?voicechat qo‘ng'iroqchani bosib qo‘ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍8
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Nogironlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori (341-son, 21.06.2022-y.) bilan nogironligi bo'lgan yoshlarga o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🔰Reglamentga ko'ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta'lim fanlari va xorijiy tillarni o'rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tiladi.

📌 Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

🔹 o'qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
nodavlat ta'lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o'qitish to'g'risida shartnomaning elektron nusxasi;

🔹 yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
yo'l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;
ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo'yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.

❗️Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.

🔘 Ariza 3 ish kunida ko'rib chiqilib:

▫️subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma'lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;
▫️nodavlat ta'lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta'lim tashkilotida o'qishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.

☑️ Davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid ma'lumotlar sir saqlanadi.

📋 Hukumat qarori bilan shuningdek, Nogironligi bo'lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma'muriy reglamenti ham tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/huquqiyaxborot_lotin
👍6
Forwarded from Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati
🔖Тошкент шаҳар Ногиронлар жамияти "Sharoit Plyus" ногиронлар жамоат бирлашмаси вакиллари, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати O'zLiDeP фракцияси аъзоси Дилором Файзиева ва партиянинг маҳаллий кенгашлар депутатлари ўзаро хамкорликда Юнусобод тумани "Мирзо Улуғбек" МФЙ идорасида ногиронлиги бўлган вояга етмаган шахсларнинг оналари билан учрашув ташкил қилишди. Мулоқот давомида, хозирги даврда ногиронлиги бўлган шахсларга берилаётган имтиёзлар, уларнинг жамият ҳаётида фаол иштирок этишлари учун яратилган ҳуқуқий асослар ҳамда хаёт ва меҳнат фаолиятини олиб боришлари учун тўсиқсиз мухит яратилишида лозим бўлган шарт-шароитлар борасида фикр ва мулоҳазалар билдирилиб, таклифлар кабул килинди.

📮Facebook 📬Telegram
📨@XalqdeputatlariYunusobodtumanbot
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

🏛Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga Toshkent shahridan saylangan deputat Dilorom Fayziyeva nogironligi bo‘lgan bolalarni katta qilayotgan va o‘zlarida nogironlik holati bo‘lgan onalar bilan uchrashuvdan videolavhani tomosha qiling.

💁🏻‍♀️ Uchrashuvda matonatli onalar va ularning farzandlari duch kelayotgan to‘siqlar va amalda bo‘lgan imtiyoz va qarorlar ijrosi joylarda taʼminlanmayotganligi haqida so‘z bordi.

🎙Tashkilotimiz raisi Muxabbat Raximova ham bu muammolar haqida atroflicha to‘xtalib intervyu berdilar.

Video manbasi: www.uzlidep.uz

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
1
sharoitplus.uz
#podkast #4 🧑🏻‍🦯🎓NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARIDAN QANDAY O‘TISHADI? 🕒 24-iyun, soat 15:00da Sharoit+ podkast 4-soni mehmoni Davlat test markazi Bosh mutaxassisi - Jamshidbek Odilov. 🎙Boshlovchi: Lochinbek Xudoyorov…
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

💁🏻‍♂️ Eslatib o‘tamiz, ertaga 24-iyun soat 15:00 da "Nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlaridan qanday o‘tishadi?" mavzusida Davlat test markazi (DTM) Bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov bilan jonli suhbat qilamiz.

Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus/1524

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus?voicechat qo‘ng'iroqchani bosib qo‘ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍3
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Hurmatli Sharoit+ podkast muxlislari!

❗️Bugungi mehmonimiz Davlat test markazi (DTM) Bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilovga sizlardan ko‘plab savollarni qabul qildik. Ammo vaqtimiz cheklanganligi sababli barcha savollaringizga javob berolmadik.

Siz yo‘llagan barcha savollarni jamlab DTM mutaxassislaridan yozma javob olishga harakat qilamiz. Nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlaridan o‘tishlari bilan bog‘liq boshqa savollaringiz bo‘lsa iltimos izohlarda qoldiring.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍4
Podcast #4
Sharoit plus
#podkast 4-soni

🧑🏻‍🦯🎓NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARIDAN QANDAY O‘TISHADI?

Sharoit+ podkast 4-soni mehmoni Davlat test markazi Bosh mutaxassisi - Jamshidbek Odilov.

🎙Boshlovchi: Lochinbek Xudoyorov

📲 Podkastlarimizga obuna boʻling:
Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts |

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍82
sharoitplus.uz pinned an audio file
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
Nogironligi bor shaxslarning huquqlarini Konstitutsiyada belgilashga qanday ehtiyoj bor?

Amaldagi Konstitutsiyada “nogironlik”, “nogironligi bo‘lgan shaxslar” atamalari umuman ishlatilmagan. O‘zgartirilayotgan Konstitutsiyaga nogironligi bor kishilar huquqlarini himoya qilishni kiritish ilgari surilyapti.

👉 https://kun.uz/uz/64928247

Kun.uz rasmiy kanali
👍10
#yangilik

👩🏻‍🦽👩🏻‍🍼6 va 9-iyun Istanbulda bo‘lib o‘tgan ayollar zo‘ravonligiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiyada «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muxabbat Raximova o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan farzandi bor ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammolari haqida gapirdilar.

📌 Yangilikni batafsil o‘qing: https://sharoitplus.uz/sharoit-plyus-ayollar-zoravonligiga-qarshi-xalqaro-konferensiyada-ishtirok-etdi/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👍101
#Bilasizmi #Qabul2022

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilishini bilasizmi?!

📌 I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar uchun alohida ikki foizli davlat granti kvotalari ajratiladi.

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

👨‍🎓 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.

Batafsil yuqoridagi rasmda ⬆️

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Ногиронлиги бўлган ёшларнинг репетитор харажатларига 15 млн сўмгача субсидия берилади
#23june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
👍7