sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.9K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta'minlashga oid qanday amaliy tajribalar bor?

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga hamda xalqaro tashkilotlarga ishga kiritishga oid amaliy tajriba va muvaffaqiyatli hikoyalar mavzu dolzarbligida muhim rol o'ynaydi. Ikkinchi "Inklyuziv biznes-forum"ining birinchi sessiya muhokamasi aynan shu mavzuga bag'ishlandi.

Forumning 1-sessiya muhokamasida:
🔹Bahromjon Komilov, “POLIMER PLAST” MChJ ish yurituvchisi
🔹Dinara Axmedjanova, “NOVA PLUMBING SOLUTIONS” kadrlar bo'limi boshlig'i
🔹Otabek Matxalikov, “OTABEK WELL TEKSTIL” bosh rahbari ishtirok etdi.

Muhokama davomida spikerlar aynan shu mavzuni keng qamrab oluvchi mulohazalar, ya'ni nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini ta'minlashga oid amaliy tajribalar va duch kelish ehtimoli katta bo'lgan to'siqlar haqida muhokama qilindi.

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
👍6
Forwarded from UzNews.uz
В Ташкенте состоялся второй инклюзивный бизнес-форум, посвященный трудоустройству лиц с инвалидностью

Представители бизнеса, государственных и международных организаций обменялись предложениями по созданию особых условий для трудоустройства лиц с различными формами инвалидности.
https://uznews.uz/posts/64338

@uznews
4🔥1
Ikkinchi "Inklyuziv biznes-forum"ining ikkinchi sessiya muhokamasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni xizmat ko‘rsatish sohasida ishga joylashtirishning amaliy tajribasi haqida bo'lib o'tdi!

Ushbu mavzu muhokamasida spiker sifatida:
🔹Iya Ergasheva, “SHEBA PROPERTIES” IP MChJ / “Le Grande Plaza Hotel” mehmonxonasi kadrlar bo‘limi boshlig'i
🔹Olimjon Ravshanov, “IMKON BOTTLES” MChJ menejeri
🔹Komila Mo'minova, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi imtihonlar o‘tkazish koordinatori ishtirok etdi.

Sessiya so'ngida forum ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari uchun vaqt ajratildi. Mavzular yuzasidan qizg'in muhokama olib borildi.

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
👍41
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni xalqaro tashkilotlarga ishga joylashtirishda qanday amaliy tajribalar bor?

Ikkinchi "Inklyuziv biznes-forum"ining uchinchi sessiya muhokamasi nogironligi bo'lgan shaxslarni nafaqat mahalliy balki xalqaro tashkilotlarga ishga joylashtirishning amaliy tajribasiga bag'ishlandi.

Forumning 3-sessiya muhokamasida:

🔹 Komolaxon Raxmanova, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi gender masalalari va nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziyasi bo‘yicha mutaxassisi
🔹Jo‘rabek Qahhorov, UNICEF'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziyasi bo‘yicha mutaxassisi
🔹Shahnoza Ayupova, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi operatsion tahlilchisi
🔹Sirena Islamova va Xudoyqul Hafizov, BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi kadrlar boʻlimi boshlig’i hamda Xudoyqul Hafizov, Nogironlik va inklyuziya masalalari boʻyicha mutaxassis ishtirok etdi.

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
👍3
Mamlakatimizda inklyuziv biznes amaliyotlarini rivojlantirish uchun qanday imkoniyatlar va to‘siqlar mavjud?

Forumning so'nggi sessiya mavzusi yurtimizda mavjud "Inklyuziv biznes uchun imkoniyatlar" mavzusiga qaratildi.

🎤 Spiker sifatida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Aholi bandligi boshqarmasi Inklyuziv bandlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini bandligiga ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi Baxrimurod Juraqulov ishtirok etdi.

Shuningdek, O'zbekistonda nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga joylashtirishda ish beruvchilar oldida qanday majburiyatlar bor? Mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida xususiy sektorlar xabardorligini oshirishda qanday chora tadbirlar olib borilmoqda? kabi savollar ushbu sessiyada muhokama qilindi.

Forum yakuni sifatida inklyuziv ish beruvchilarni taqdirlash marosimi hamda "Networking event" bo'lib o'tdi.

Kanalimizga obuna boʻling:
👉 @sharoitplus
👍8
Audio
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor 17-aprel kuni “Yangi Konstitutsiya nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imkoniyatlar beradi?” mavzusida navbatdagi Sharoit+ podkast bo‘lib o‘tgan edi. Podkastimizning shu sonida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi — Oybek Isoqov savollarimizga javob bergan edilar.

Mehmonimiz, bugun bo‘lib o‘tayotgan referendum oldidan Markaziy saylov komisiyasi Respublika darajasida faoliyat ko‘rsatuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari bilan Referendum jarayonlarida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun sharoit yaratish masalasini alohida ko‘rib chiqqanini malum qildilar.

Agar siz O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasiga nogironlik masʼalalarida qanday yangiliklar qo‘shilganini bilmoqchi bo‘lsangiz podkastimizni eshitib chiqishni tavsiya qilamiz.

‼️ Bugun kechki payt soat 20:00gacha referendumda ovoz berishda ishtirok eting. Sizning ovozingiz muhimdir!

🎙Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxanov

📲 Barcha podkastlarimizni quyidagi platformalarda tinglang:
Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts |

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
sharoitplus.uz pinned an audio file