sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Добро пожаловать!

Добро пожаловать в Хунарманд Плюс!

Наша цель:
«Создание и поддержка ремесленников и ремесленников с ограниченными возможностями».
Публикация ручной работы через Интернет. Фокус на самодостаточности. Помощь в продвижении своей продукции.

Наши задачи:
Реклама вашего продукта;
Ориентация клиента на крафт;
Организация онлайн-выставки;

Присоединяйтесь к нам и работайте с нами!
❗️
Свяжитесь с вашим администратором!
@ autosity_185
@Shodiyaxon_Saidgofur_qizi

Сделайте пожертвование в размере «10000 сум» в качестве пожертвования на свой счет «Sharoit Plus» и рекламируйте свой продукт!
Номер счета👇
H / R 2021 2000 0007 0793 2001

Поддержите нас в нашей деятельности: https://sharoitplus.uz/en/ donation

Payme.uz | Click.uz |
www.sharoitplus.uz

Подпишитесь на наш канал👇https: //t.me/hunarmandplus
📣📣📣
Внимание!
21 марта, по случаю праздника Навруз, в воскресенье, 22 марта, в 11:00 утра, мы проводим вечеринку с членами организации «Шароит Плюс» на парке Навруз (ранее «Анхор локомотив») и приглашаем всех инвалидов посетить ее. Нам нужны волантёров, чтобы помочь им.
Поддержите нас!

Наш девиз:
«Люди разные, но они равны!»
С уважением.
🚩🚩🚩🚩
Объявление: @ avtosity_185
Adm: @ Love197231
Имя: @Uz_first_programmer
Имя: @Shodiaxon_Saidgofur_mute
Имя: @Shuhratkiz
#Биласизми

Меҳнатга лаёқатсизлик варақаси ҳақида

Меҳнатга лаёқатсизлик варақаси тиббий муассаса томонидан (мурожаат қилган ёки даволанган жойдаги) вақтинча меҳнатга лаёқатсиз шахсга берилади.

Стационар шароитда фаолият юритадиган хусусий тизимидаги тиббий муассасаси ҳам меҳнатга лаёқатсизлик варақасини бериш ҳуқуқига эга.

Хизмат сафари ёки меҳнат таътилига кўра яшаш жойида бўлмаган шахсларга меҳнатга лаёқатсизлик варақаси (маълумотномаси) у вақтинча бўлган жойдаги тиббий муассасада расмийлаштирилади.

Ўриндошлик асосида ишловчи ходимга унинг асосий иш жойига бериладиган меҳнатга лаёқатсизлик варақасининг нусхаси берилади.

Ходим қуйидаги ҳолатларда тиббий-меҳнат эксперт комиссиясига юборилади: ⬇️
👉 айнан бир касаллик бўйича меҳнатга лаёқатсизлик даври узлуксиз 4 ойни ташкил қилса;
👉 айнан бир касаллик бўйича меҳнатга лаёқатсизлик даври танаффус билан 1 йилда жами 6 ойни ташкил қилса;
👉 сил касаллиги биринчи марта аниқланганда, меҳнатга лаёқатсизлик даври камида 10 ойни ташкил қилса;
👉 силга қарши курашиш муассасасида ҳисобда турган беморда асосий касаллик кучайганда, вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик бошлангандан кейин меҳнатга лаёқатсизлик даври камида 6 ойни ташкил қилса.

Меҳнатга лаёқатсизлик варақаси бериш ваколати йўқ тиббий муассасалар: ⬇️
👉 тез тиббий ёрдам ва қон билан ишлаш хизмати;
👉 шифохоналарнинг қабул бўлимлари;
👉 суд-тиббий экспертиза муассасалари;
👉 пансионат ва санаторий-курортлар;
👉 физиотерапия, даволаш физкультураси муассасалари.

Ходим вақтинча меҳнатга лаёқатсиз бўлганда, унга иш ҳақининг 60 фоизидан 100 фоизигача миқдорда нафақа тўланади.

Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси қуйидаги ҳолларда берилади: ⬇️
👉 вақтинча меҳнат қобилиятини йўқотиш билан боғлиқ касалликда (шикастланишда);
👉 санаторий-курортларда даволанганда;
👉 касалланган оила аъзосини парваришлаш зарур бўлганда;
👉 карантинда;
👉 сил ёки касб касаллиги туфайли вақтинча бошқа ишга ўтказилганда;
👉 меҳнат қобилиятини тиклаш ёки ясама аъзо (протез) қўйдириш учун реабилитация муассасаларига ётқизилганда.

Каналга уланиш👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
Pandus (frans. pante douce— nishab, qiyalik) — binoning eshigi, darvozasiga kiriladigan nishab maydoncha; baʼzan zinapoya vazifasini oʻtaydi. Oʻrta Osiyo hududidagi qadimgi shahar qalʼa va koʻshklarga Panduslar orqali koʻtarilgan. Togʻlar orasida joylashgan turar joylarga maxsus Panduslar ishlangan (Samarqanddagi Xoʻja Doniyor maqbarasida, Qashqadaryo viloyati Gʻilon qishlogʻida, Nurota togʻ etaklaridagi qoʻrgʻon va qalʼalarga chiqishda, Surxondaryodagi "Bibishoy" koʻprigi, Buxoro arki darvozasi oldidagi Panduslar va boshqalar shular jumlasidandir). Zamonaviy meʼmorlikda jamoat, sanoat binolari, transport inshootlari, garaj kabilar qurilishida Pandusdan foydalanilmoqda.
Siz "Pandus" qurish qonun qoidalari va oʻlchamlarini bilasizmi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bor shaxslar Yaponiyada deputat bòldilar. Endilikda yangi qonunlar, jismoniy imkoniyati cheklanganlarga moslashtirilishi tabiiy va bu quvonarli holat.

https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
Diqqat eʼlon!

Oʻzbekiston respublikasida koronavirus covid-19 tufayli favqulodda respublika boʻylab karantin eʼlon qilingani sababli "Sharoit Plus NJB" tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan 22-mart kuni "Navroʻz" sayilgohidagi sayl qoldirildi!
"Sharoit Plus NJB" tashkiloti barchangizga sihat-salomatlik tilab, sogʻligʻingizga beʼetibor boʻlmasligingizni soʻrab qoladi.

https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
Челленжни давом эттирамиз! Сизнинг соғлиғингиз учун қайғураётган шифокорлар кўрсатмаларига амал қилинг! Ўзингиз ва яқинларингизни асранг!

#Мен_Сиз_учун_ишда_қолдим
#Сиз_мен_учун_уйда_қолинг

Тармоқлардаги саҳифаларимиз

| Телеграм | Facebook | Twitter |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Qo‘li yoki oyog‘i yo‘q odam har yili nogironligini tasdiqlash uchun tibbiy ko‘rik o‘tishi kerak. Shifoxonaga yotib chiqsa, uning qo‘li yoki oyog‘i o‘sib chiqarmidi?!» – Tanzila Norboeva

Senat raisi nogironlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish murakkablashtirib yuborilganini, mutasaddi vazirlik va idoralar muammolarni hal qilish choralarini ko‘rmayotganini tanqid qildi.

@sharoitplus
"Men oldin hammadan uyalar edim, hozir uyalmayman"

Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yil mart oyiga qadar Toshkent shahrida Yevroosiyoning Markaziy Osiyo Fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar bilan jamoaviy video" loyihasini amalga oshirdi. Ushbu loyiha natijalari haqida loyiha ishtirokchilari o'z taasurotlari bilan bo'lishdi:

"Bu loyihada qatnashayotganimdan hursandman, chunki boshida man juda ham tortinchoq edim. Hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Menda ancha o'zgarishlar bor, o'zimga bo'lgan ishonch ortti, bemalol gapiraman, uyatchanligim yo'qoldi." Mastura

"Loyihadan keyin ancha muncha o'zgarishlar bo'ldi... Boshida to'g'ri, ancha, boshida ancha-muncha uyalishlar bo'ldi...O'zimni [ekranda] ko'rganimdan keyin, ancha kamchiliklarga chiqib ketgim kelaverdi, yo'q keyin ancha-muncha o'rganib qoldim." Nilufar

"Men oldin hammadan uyalar edim, hozir uyalmayman" Dilfuza

Loyiha natijasida Sharoit+ a'zolari o'zlariga bo'lgan ichki ishonchni kuchaytirib, o'zlaridan uyalmaslik va fikrlarini mustaqil bayon qilish hamda boshqalar bilan erkin muloqotga kirib munosabatlarni o'rnatishni o'rganishdi.

🎥 Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/0WfiBqr55Ek

Bizni faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang: https://sharoitplus.uz/uz/hayriya-qilish/

@sharoitplus

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Payme | Click |
www.sharoitplus.uz
sharoitplus.uz pinned «"Men oldin hammadan uyalar edim, hozir uyalmayman" Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yil mart oyiga qadar Toshkent shahrida Yevroosiyoning Markaziy Osiyo Fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Jismoniy imkoniyati cheklangan…»
Bir hafta oldin Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi o'z telegram kanalida "Siz uchun nogironlik bu qanday muammo?" degan so'rov o'tkazgan edi.

192 kishi savolimizga javob berdi. So'rovda qatnashganlarning 44% nogironlikni ijtimoiy muammo deb bilishadi. Ikkinchi o'rinda inson huquqlari muammosi - 22%. 16% esa nogironlikni shaxsiy muammo deb bilishadi.

Dunyo miqyosida nogironlik bu inson huqulari muammosi deb tan olinyapti va ko'p davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasini qabul qilishgan. Ammo O'zbekiston hali hanuz bu Konvensiyani qabul qilgani yo'q va nogironlik ko'proq tibbiy masala bo'lib qolyapti.

"...tana funksiyalari buzilgan insonlar, munosabat va muhit bilan bog‘liq to‘siqlar orasidagi o‘zaro aloqa natijasida nogironlik holati yuzaga keladi. Bu to‘siqlar ushbu insonlarni jamiyat hayotida barcha bilan teng ravishda to‘laqonli va samarali ishtirok etishlariga yo‘l qo‘ymaydi" - Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi.

@sharoitplus
Aziz do'stlar!

Navro'z ayyomi muborak bo'lsin! Barchaga ko'p yorug'lik, iliqlik va quvonch keltirsin 🙏❤️🌻

Bugun nafaqat Navruz balki Daun sindromli barcha bolalar, kattalar va ularning oilalarini Butunjahon Daun sindromi kuni bilan tabriklaymiz! Barchaga oilaviy baxt, salomatlik va nurli hayot tilab qolamiz.

Suratda Tojikistonlik qizcha Dildorachon!❤️

Manba: Nazari Digar Daun sindromli bolalarni qo'llab-quvvatlash tashkiloti

@sharoitplus