sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Siz "Pandus" qurish qonun qoidalari va oʻlchamlarini bilasizmi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bor shaxslar Yaponiyada deputat bòldilar. Endilikda yangi qonunlar, jismoniy imkoniyati cheklanganlarga moslashtirilishi tabiiy va bu quvonarli holat.

https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
Diqqat eʼlon!

Oʻzbekiston respublikasida koronavirus covid-19 tufayli favqulodda respublika boʻylab karantin eʼlon qilingani sababli "Sharoit Plus NJB" tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan 22-mart kuni "Navroʻz" sayilgohidagi sayl qoldirildi!
"Sharoit Plus NJB" tashkiloti barchangizga sihat-salomatlik tilab, sogʻligʻingizga beʼetibor boʻlmasligingizni soʻrab qoladi.

https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
Челленжни давом эттирамиз! Сизнинг соғлиғингиз учун қайғураётган шифокорлар кўрсатмаларига амал қилинг! Ўзингиз ва яқинларингизни асранг!

#Мен_Сиз_учун_ишда_қолдим
#Сиз_мен_учун_уйда_қолинг

Тармоқлардаги саҳифаларимиз

| Телеграм | Facebook | Twitter |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Qo‘li yoki oyog‘i yo‘q odam har yili nogironligini tasdiqlash uchun tibbiy ko‘rik o‘tishi kerak. Shifoxonaga yotib chiqsa, uning qo‘li yoki oyog‘i o‘sib chiqarmidi?!» – Tanzila Norboeva

Senat raisi nogironlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish murakkablashtirib yuborilganini, mutasaddi vazirlik va idoralar muammolarni hal qilish choralarini ko‘rmayotganini tanqid qildi.

@sharoitplus
"Men oldin hammadan uyalar edim, hozir uyalmayman"

Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yil mart oyiga qadar Toshkent shahrida Yevroosiyoning Markaziy Osiyo Fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar bilan jamoaviy video" loyihasini amalga oshirdi. Ushbu loyiha natijalari haqida loyiha ishtirokchilari o'z taasurotlari bilan bo'lishdi:

"Bu loyihada qatnashayotganimdan hursandman, chunki boshida man juda ham tortinchoq edim. Hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Menda ancha o'zgarishlar bor, o'zimga bo'lgan ishonch ortti, bemalol gapiraman, uyatchanligim yo'qoldi." Mastura

"Loyihadan keyin ancha muncha o'zgarishlar bo'ldi... Boshida to'g'ri, ancha, boshida ancha-muncha uyalishlar bo'ldi...O'zimni [ekranda] ko'rganimdan keyin, ancha kamchiliklarga chiqib ketgim kelaverdi, yo'q keyin ancha-muncha o'rganib qoldim." Nilufar

"Men oldin hammadan uyalar edim, hozir uyalmayman" Dilfuza

Loyiha natijasida Sharoit+ a'zolari o'zlariga bo'lgan ichki ishonchni kuchaytirib, o'zlaridan uyalmaslik va fikrlarini mustaqil bayon qilish hamda boshqalar bilan erkin muloqotga kirib munosabatlarni o'rnatishni o'rganishdi.

🎥 Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/0WfiBqr55Ek

Bizni faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang: https://sharoitplus.uz/uz/hayriya-qilish/

@sharoitplus

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Payme | Click |
www.sharoitplus.uz
sharoitplus.uz pinned «"Men oldin hammadan uyalar edim, hozir uyalmayman" Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yil mart oyiga qadar Toshkent shahrida Yevroosiyoning Markaziy Osiyo Fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Jismoniy imkoniyati cheklangan…»
Bir hafta oldin Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi o'z telegram kanalida "Siz uchun nogironlik bu qanday muammo?" degan so'rov o'tkazgan edi.

192 kishi savolimizga javob berdi. So'rovda qatnashganlarning 44% nogironlikni ijtimoiy muammo deb bilishadi. Ikkinchi o'rinda inson huquqlari muammosi - 22%. 16% esa nogironlikni shaxsiy muammo deb bilishadi.

Dunyo miqyosida nogironlik bu inson huqulari muammosi deb tan olinyapti va ko'p davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasini qabul qilishgan. Ammo O'zbekiston hali hanuz bu Konvensiyani qabul qilgani yo'q va nogironlik ko'proq tibbiy masala bo'lib qolyapti.

"...tana funksiyalari buzilgan insonlar, munosabat va muhit bilan bog‘liq to‘siqlar orasidagi o‘zaro aloqa natijasida nogironlik holati yuzaga keladi. Bu to‘siqlar ushbu insonlarni jamiyat hayotida barcha bilan teng ravishda to‘laqonli va samarali ishtirok etishlariga yo‘l qo‘ymaydi" - Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi.

@sharoitplus
Aziz do'stlar!

Navro'z ayyomi muborak bo'lsin! Barchaga ko'p yorug'lik, iliqlik va quvonch keltirsin 🙏❤️🌻

Bugun nafaqat Navruz balki Daun sindromli barcha bolalar, kattalar va ularning oilalarini Butunjahon Daun sindromi kuni bilan tabriklaymiz! Barchaga oilaviy baxt, salomatlik va nurli hayot tilab qolamiz.

Suratda Tojikistonlik qizcha Dildorachon!❤️

Manba: Nazari Digar Daun sindromli bolalarni qo'llab-quvvatlash tashkiloti

@sharoitplus
Aziz yurtdoshlar, hunarmandlar, tadbirkorlar, davlat muassasalari hodimlari, sizlardan "Sharoit Plus NJB" tashkilotining faoliyatiga befarq boʻlmagan holda bizni qoʻllab-quvvatlashingizni soʻrab qolamiz.

Safimizni kengaytirishda va faoliyatimizni rivojlantirishda oʻz yordamingizni ayamaysiz degan umiddamiz!
Hurmat bilan "Sharoit Plus NJB" tashkiloti maʼmuriyati.

Web sait: www.sharoitplus.uz

Telegram kanalimiz: https://news.1rj.ru/str/sharoitplus
Hisob raqami👇
H/r 2021 2000 0007 0793 2001

♻️ Payme👇
https://payme.uz/fallback/merchant/?id=5d144bee5efe1bca59e185a2
___________________________

Shu murojatimizni barcha internet tarmoqlarida tarqatishingizni soʻrab qolamiz!
Onalar haqidagi ko'rsatuv

Kecha Sharoit+ tashkilotining "Jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar bilan jamoaviy video" loyihasining natijalari haqida yozgan edik. Ushbu loyiha davomida ishtirokchilar o'zlarining onalari haqidagi ko'rsatuv tayyorlashdi.

🎥 Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/Du8DwNaWtjk

Sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

Hayriya qiling:
Sharoit+| Payme | Click |

Vebsaytimiz: www.sharoitplus.uz
Forwarded from #Aziza Umar kundaligi
ЕЛҒИЗ ҚАРИЯЛАР ВА КАРАНТИН

Қадрли юртдошлар, Тошкент шаҳри аста секинлик билан фавқулодда ҳолат жорий қилинмоқда. Оиласи борлар, ёшлар ва жисмонан бақувватлар бундай вазиятда қийналмайди. Лекин мени уйда ёлғиз қариялар безовталантираяпти. Испанияда 14 мартдан бери фавқулодда ҳолат эълон қилинган ва айнан ёши улуғ қариялар уйда бир ўзи қолиб кетиб вафот этишмоқда. https://www.theguardian.com/world/2020/mar/23/spain-distributes-650000-testing-kits-as-coronavirus-deaths-rise-steeply?CMP=share_btn_fb

Республикамизнинг барча йирик шаҳарлари ва пойтахтимиз Тошкент шаҳрида ҳам умуман фарзанд кўрмаган, фарзандлари 90 йилларда Россияга бедарак кўчиб кетган ёки фарзанди ёшлигида вафот этган қария аёл ва эркаклар кўп. Ушбу қариялар орасида гавжум жойларда гул сотиб туриш ва тиланчилик қилиш таъқиқлангунга қадар истарали бувилар ҳам йўқ эмас.

▪️Шаҳар тиббиёт бирлашмасида 2018 йил ҳолатига 440 та уйда ёлғиз кекса ногиронлар рўйхатдан ўтган. Ушбу 440 та инсон билан шаҳар тиббиёт бирлашмасидагилар ҳол аҳвол сўраб туришлари мўмкин деб уйлайман. Лекин амалда уйда ёлғиз ва боқувчисини йўқотган ногиронлар сони бир мунча кўпроқ. Ушбу инсонлар карантин даврида қаровсиз қолиб кетиш эҳтимоли жуда ҳам юқори.

Масалани ечими сифатида қуйидагиларни таклиф қиламан:
➡️Биз бирлашиб уларга карантинни ўтказиб юборишга ёрдам беришимиз керак. Келинг хар биримиз ҳеч бўлмаса 2 нафар ёлғиз ногиронни оталиққа олайлик. Ҳафтасига 1 марта қўнғироқ қилиб зарур озиқ овқатларни олиб келиб берайлик. Ишончим комилки биз буни уддалаймиз.
Махаллангизда, кичик даҳа ва мавзеларда ёки кўп қаватли уйлардаги ёлғиз ногирон/кекса инсонни аниқланг. Ҳеч бўлмаса хафтасига 1 марта зарурий эҳтиёж учун озиқ овқатлар ва шахсий гигиена воситаларини олиб беринг. Ушбу инсонларга эҳтимолий касалликни юқтирмаслик учун эшик кўнғироғини босиб эшикни олдида олиб келган нарсаларингизни қолдириб кетинг.

➡️Бугуноқ бориб телефон рақамларини олинг ва ёрдам беришингзни айтинг. Агар кимга ёрдам беришни билмасангиз менга муржаат қилинг мен муҳтож инсонларни манзилларини бераман.
Бугун ёлғиз яшайдиган ўзимнинг собиқ синф раҳбаримникига кираман.

▪️Вазият сал бошқачароқлигида бу Россия билан ҳамкорликда ажойиб ижтимоий лойиҳа бўларди. Ушбу лойиҳада россияликлар мамлакатимиздан борган меҳнат мухожирлари ва уларнинг фарзандларига ижтимоий ҳаётга мослашишга ёрдам беришар эди. Биз эса эвазига уларнинг мамлакатимизда қолган ёлғиз ва қария ота оналарига ёрдам берардик.

▪️Сўнгги сўз ўрнида: Чин кўнгилдан бир нарсани илтимос қиламан. Юртимизда динига қараб ёрдам беришга тайёр тадбиркорларни биламан. Илтимос ушбу ҳолатда ёрдамга муҳтож инсонни динига қараб ажратманг. Сизнинг ёрдамингиз ҳар қачонгидан ҳам жуда зарур.

@Nazlobudnya_AU
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish byurosi (UNDRR) joriy koronavirus (COVID-19) pandemiyasi vaqtida nogironligi bor insonlar tajribasi to'g'risida ma'lumot to'plash uchun so'rov o'tkazmoqda.

Muddat: 2020 yil 25 mart. Iltimos, o'zingizning turli tarmoqlaringiz orqali keng tarqating!

So'rov ingliz tilida: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdkGeju2VALJZ0iq_IXqnEj9ckKfEF7Eld0LPH9fnhrBS8bOg/viewform

@sharoitplus

Управление Организации Объединенных Наций по уменьшению опасности бедствий (UNDRR) проводит опрос с целью сбора информации об опыте людей с инвалидностью в условиях нынешней пандемии коронавируса (COVID-19).

Крайний срок: 25 марта 2020 года. Пожалуйста, поделитесь широко с другими через ваши различные сети!

Опрос на английском: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdkGeju2VALJZ0iq_IXqnEj9ckKfEF7Eld0LPH9fnhrBS8bOg/viewform
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koronavirus tarqalishining oldini olishda ma’lumotlarning inklyuziv ravishda jamiyatimiz, ayniqsa yoshlarning o’zlari tashabbus bilan yoshlarga kreativ yondashib ma’lumotlarni yetkazayotganlarini yana bir kichik ijobiy qadam deb o’ylayman. Ushbu videorolikni atrofdagi yoshlar va bolalarga yetkazishingizni so’rab qolardim!

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imkoniyati cheklangan insonlar jamoatchilik nigohida

Sharoit+ "Imkoniyati cheklangan insonlar jamoatchilik nigohida" ko'rsatuvini yana bir sonini taqdim qilmoqda.

O'z fikr mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Sizchi, nima fikrdasiz?

🎥 Youtubeda tomosha qiling: https://youtu.be/yN3R_9W-Azo

Sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

Hayriya qiling:
Sharoit+| Payme | Click |

Vebsaytimiz: www.sharoitplus.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
# Men oilamda o‘z hunarim bilan bandman

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a'zosi, “Jasorat” medali sohibi, hunarmand Jasur Jumaev shunday deydi:

Bugun dunyo aholisi sarosimada. “Tojdor virus” balosi insonlarni o‘z uyiga o‘tirishga majbur qildi. Bu holatdan vahima qilish kerak emas. Hayotning bizga bergan bir sinovidir....

Shunday lahzalarda biz oila a'zolarimiz bilan sevimli mashg‘ulotimiz- hunar bilan bandmiz. Mening imkoniyatim cheklangan, lekin oilamni, yurtimni, hunarimni yaxshi ko‘raman. Ayni paytda uydaman. Yuqori kayfiyatda farzandlarim bilan yangi bir asar yaratish jarayonidaman.

Siz ham uyda qoling. Shunda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

Manba: Respublika Hunarmand Uyushmasi

@sharoitplus