sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.9K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Live stream finished (1 hour)
sharoitplus.uz
#loyiha ⚖️👩🏻‍🦼HUQUQ PLUS – MAXSUS HUQUQIY AXBOROT VEB-PORTALI ORQALI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQIY MADANIYATI VA SAVODXONLIGINI OSHIRISH 2023-yil 16-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) yillik uchrashuvida…
#vakansiya

📣 HuquqPlus.uz – maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish loyihasi doirasida "SMM menejer (0,5 stavkaga)" vakansiyasini e'lon qilamiz.

🔗Vakansiya haqida batafsil: https://sharoitplus.uz/vakansiya-smm-menejer-05-stavkaga/

♿️ Ushbu vakansiyalarga nogironligi bo‘lgan va nogironligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘rib chiqiladi.

📩 Iltimos vakansiyaga arizangizni HH.uz vebsaytidan (ushbu havola orqali: https://hh.uz/vacancy/91155641) yoki tashkilotimizning sharoitplus@gmail.com elektron manziliga rezyume va motivatsion xatlaringizni yuboring.

Arizalar 2024-yil 14-yanvarga qadar qabul qilinadi.

❗️Iltimos telefon orqali ortiqcha bezovta qilmang!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#вакансия

📣 В рамках текущего проекта «Huquq Plus – повышение правовой культуры и грамотности людей с инвалидностью через специализированный веб-портал правовой информации» мы объявляем вакансию СММ-менеджера на полставки.

🔗 Подробнее по ссылке: https://sharoitplus.uz/ru/smm-menedzher-na-05-stavki/

♿️ Вакансия открыта для людей с инвалидностью и без нее.

📩 Внимание! Отправляйте свои вопросы, а также полное резюме и мотивационное письмо на наш адрес электронной почты: sharoitplus@gmail.com.

Вы также можете откликнуться на вакансию по ссылке: https://hh.uz/vacancy/91155641

Заявки принимаются до 14 января 2024 г.

❗️Пожалуйста, не беспокойте по телефону.

Подписывайтесь на наш канал:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from huquqplus.uz
💰👨‍👩‍👧‍👦 O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga to‘lanadigan nafaqa

O’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarning toifasiga kim kiradi? Parvarishlash nafaqasini “proaktiv shakl”da tayinlash tartibi qanday? Parvarishlash nafaqasini ajratish rad etilgan taqdirda nima bo‘ladi? MyGov.uz orqali parvarishlash nafaqasini olish uchun onlayn ariza qanday topshiriladi?

💁🏻‍♂️ Ushbu savollaringizga HuquqPlus.uz loyihasi koordinatori Aziz Abdullayev tayyorlagan huquqiy materialda toʻliq javoblarni topasiz.

🖥 Batafsil havola orqali oʻqing: https://huquqplus.uz/sections/social-protection/676

Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#nafaqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🎄 Sizni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan 2024-yil bilan muborakbod etamiz.
Sizni 2024-yilda tuganmas, bitmas mustahkam sog‘liq, baxt, omad, chinakam mehr-muhabbat, pozitivlik hech qachon tark etmasin - deya qaddingiz va qadringiz baland bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi jamoasi

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
#reportaj

📚🎙“Kitob Plus” – koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun onlayn kutubxona taqdimoti

2023-yil davomida tashkilotimiz tomonidan ko‘plab loyihalar amalga oshirildi. Shu jumladan 30-noyabr “Kitob Plus” – nogironligi boʻlgan shaxslar uchun audiokitoblar onlayn kutubxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

📺 Loyiha taqdimoti haqida qisqa reportajimizni tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=dtbF6dGc4ho

Loyihadan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekistondagi koʻrish boʻyicha nogironligi bor shaxslar uchun barcha audiokitoblar, radio spektakllar va boshqa audio materiallarni bir joyda jamlaydigan, qulay va bepul veb-sayt va uning Kitob Plus mobil ilovasini yaratishdan iborat.

🌐 Loyiha vebsayti: https://kitobplus.uz/

📲 Play Market: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitobplus.app

📲 App Store: https://apps.apple.com/us/app/kitobplus/id6470842246

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
sharoitplus.uz pinned «#reportaj 📚🎙“Kitob Plus” – koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun onlayn kutubxona taqdimoti 2023-yil davomida tashkilotimiz tomonidan ko‘plab loyihalar amalga oshirildi. Shu jumladan 30-noyabr “Kitob Plus” – nogironligi boʻlgan shaxslar uchun…»
#reportaj

🌐👨🏻‍🦼“SHAROIT PLYUS” Jahon banki vakillari bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi

2023-yilda tashilotimizning asosiy hamkorlaridan biri O‘zbekistondagi Jahon banki vakolatxonasi bo‘ldi. Birlashmamiz raisi Muhabbat Raximova Jahon banki vakillari bilan O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan mavjud to‘siqlarni va ularga yechim topish yo‘llarini muhokama qilishdi.

📺 Uchrashuv haqida qisqa reportajimizni tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=bHgAS3YWl0M

2023-yildan boshlab Jahon banki tashkilotimizning "Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun tikuv sexi va tashkilot a’zolari uchun kovorking xonasini tashkil qilish" loyihasini qo‘llab-quvvatlab kelyapti.

Ushbu loyihadan tashqari tashkilotimiz xodimlari Jahon banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda nogironlik va inklyuziya sohasida turli xil tadqiqotlarni o‘tkazib kelyapti.

📌 Hamkorligimiz haqida batafsil o‘qing: https://sharoitplus.uz/sharoit-plyus-jahon-banki-vakillari-bilan-hamkorlik-uchrashuvini-otkazdi/

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
#podkast

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🚌👩🏻‍🦽“Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat transportidan foydalanishlarida qanday imkoniyat va imtiyozlar bor?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Transport tashuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassislari — Ismailov Bahtiyor, Po‘latov Alisher, Norbutayev Ollayor bilan Sharoit+ podkast qilgan edik.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-nogironligi-bolgan-shaxslar-jamoat-transportidan-foydalanishlarida-qanday-imkoniyat-va-imtiyozlar-bor/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#podkast

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🦿🦾 “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez - ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayev bilan Sharoit+ podkast qilgan edik.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-nogironligi-bolgan-shaxslar-protez-ortopediya-buyumlari-va-reabilitatsiya-texnik-vositalari-bilan-qanday-taminlanyapti-va-kelgusidagi-rejalar-qanday/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍👩🏻‍🦯Bugun Butunjahon Brayl alifbosi kuni

🇫🇷 Brayl alifbo boʻrtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo boʻlib, koʻzi ojiz insonlarning savod chiqarishi uchun 1824-yilda fransuz tiflopedagogi Lui Brayl tomonidan yaratilgan.

🇺🇳 BMT Bosh Assambleyasining 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasida Brayl alifbosi koʻz ojizlar va zaif koʻruvchilar uchun asosiy yozma muloqot vositasi ekanligi qayd etilgan.

2018-yil 17-dekabrda chiqqan BMT Bosh assambleyasining qaroriga muvofiq 2019-yil 4-yanvar kuni birinchi marotaba Butunjahon Brayl alifbosi kuni nishonlandi.

🇺🇿Ayni paytda O‘zbekistonda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar va yoshlar uchun Brayl alifbosidagi o‘quv materiallari keskin tanqisligi kuzatilmoqda. 2022-yil 26-dekarbdan boshlab tashkilotimiz koʻzi ojiz yoshlar uchun "PRAXIS PLUS" MChJ ijtimoiy korxonamiz qoshida Brayl bosmaxonasini tashkil etish loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Barcha uchun qulay sharoitlar!


Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Audio
#podkast
💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, 29-dekabr “Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2023-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi?” mavzusida tashkilotimiz raisi — Muhabbat Rahimova va xodimlari bilan ochiq suhbat qilgan edik.

E‘tiboringizga yozib olingan podkastni taqdim etamiz.

🎙Boshlovchi:
Ulug‘bek Mamatxonov

📲 Podkastlarimizga obuna bo‘ling:
Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts |

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
sharoitplus.uz pinned an audio file
#intervyu

👩🏻‍🦯🖨 Ish Plus orqali ijtimoiy korxonamizning Brayl bosmaxonasiga ishga kirgan — Nargiza Isamova

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan Nargiza Isamova Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi amalga oshirayotgan "www.ishplus.uz rekruting veb-portali orqali nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish" loyihasi yordamida tashkilotimizning "PRAXIS PLUS" MChJ ijtimoiy korxonasi qoshida tashkil etilgan Brayl bosmaxonasida Brayl printeri operatori lavozimiga ishga kirdi.

Nargiza bilan qilgan suhbatimizni tomosha qiling va izohlarda o‘z fikr-mulohazalaringiz bilan bo‘lishing.

📺 YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/n6IzKp-vy5c

🚕 Loyihalarimiz hamkori "Yangex Go" kompaniyasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
sharoitplus.uz pinned «#intervyu 👩🏻‍🦯🖨 Ish Plus orqali ijtimoiy korxonamizning Brayl bosmaxonasiga ishga kirgan — Nargiza Isamova Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan Nargiza Isamova Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi amalga oshirayotgan "www.ishplus.uz…»
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

Yangi haftani yaxshi boshlab oldingizmi? Sizlarga bir-nechta savollar bilan murojaat qilmoqchimiz:

Iqlim o‘zgarishi nima ekanligini bilasizmi? O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qanchalik tayyor deb o‘ylaysiz? Iqlimning keskin o‘zgarishi qanday tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin? Va bu tabiiy ofatlarga siz qanchalik tayyorsiz?

🧑🏻‍🦽🌏 Dunyo bo‘ylab nogironligi bo‘lgan shaxslarning tabiiy ofatlardan o‘lim darajasi nogironligi bo‘lmaganlarga qaraganda to‘rt baravar yuqori. Dunyo aholisining 15 foizida qandaydir nogironlik mavjud bo‘lsada, ko‘plab mamlakatlarda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlar ularning ehtiyojlarini hisobga olmaydi.

🇺🇿 O‘zbekiston nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlarini hisobga olganda iqlim o‘zgarishiga moslashishga qanchalik tayyor? "SHAROIT PLYUS" xodimlari Jahon banki bilan yaqinda o‘tkazgan tadqiqotida nogironlar mamlakat tizimlari iqlim o‘zgarishining ularning hayoti, salomatligi va farovonligiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan ta'siriga tayyor emasligidan xavotir bildirdi.

📌 Batafsil maqolamizda o‘qing: https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/inclusion/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Здравствуйте, уважаемые подписчики!

Вы хорошо начали новую неделю? Хотим задать Вам несколько вопросов:

Знаете ли вы, что такое изменение климата? Насколько люди с инвалидностью в Узбекистане готовы к последствиям изменения климата? Какие стихийные бедствия могут вызвать внезапное изменение климата? И насколько вы сами готовы к этим стихийным бедствиям?

🧑🏻‍🦽🌏 В мире уровень смертности людей с инвалидностью в результате стихийных бедствий в четыре раза выше, чем у людей без инвалидности. Хотя 15% населения мира имеют ту или иную форму инвалидности, меры по адаптации к изменению климата во многих странах не учитывают их потребности.

🇺🇿 Насколько Узбекистан готов адаптироваться к изменению климата с учётом потребностей людей с инвалидностью? В рамках недавнего исследования Всемирного банка, в котором в качестве соисследователей также участвовали наши сотрудники "ШАРОИТ ПЛЮС", люди с инвалидностью выразили обеспокоенность фактом неготовности соответствующих систем в стране к последствиям изменения климата, которые могут затронуть их жизни, здоровье и благополучие.

📌 Читайте подробно в статье: https://www.gazeta.uz/ru/2024/01/08/inclusion/

Подписывайтесь на наш канал:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#podkast

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

👩🏻‍🦽💁🏻‍♀️ “Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2023-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi?” mavzusida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Rahimova va tashkilot xodimlari bilan 2023-yildagi faoliyatimizni sarhisob qilish maqsadida podkast qilgan edik.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-toshkent-shahar-sharoit-plyus-nogironlar-jamoat-birlashmasi-2023-yilda-qanday-loyihalarni-amalga-oshirdi/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2😁1
#ijtimoiyrolik

👨🏻‍🦯👁 KO‘RMASLIK EMAS, KO‘ROLMASLIK YOMON!

🎬 Ushbu ijtimoiy rolik muallifi Azizjon Qosimov 2023-yil 2-dekabr "Inklyuziv jamiyat sari" ijtimoiy video roliklar tanlovi g‘oliblaridan biri. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament jamoat fondi moliyaviy ko‘magi asosida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi xamkorligida o‘tkazilgan edi.

▶️ YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/LriVUqiIZ2g

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4