sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.91K subscribers
1.75K photos
312 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
#podkast

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

🦿🦾 “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez - ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayev bilan Sharoit+ podkast qilgan edik.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-nogironligi-bolgan-shaxslar-protez-ortopediya-buyumlari-va-reabilitatsiya-texnik-vositalari-bilan-qanday-taminlanyapti-va-kelgusidagi-rejalar-qanday/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍👩🏻‍🦯Bugun Butunjahon Brayl alifbosi kuni

🇫🇷 Brayl alifbo boʻrtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo boʻlib, koʻzi ojiz insonlarning savod chiqarishi uchun 1824-yilda fransuz tiflopedagogi Lui Brayl tomonidan yaratilgan.

🇺🇳 BMT Bosh Assambleyasining 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasida Brayl alifbosi koʻz ojizlar va zaif koʻruvchilar uchun asosiy yozma muloqot vositasi ekanligi qayd etilgan.

2018-yil 17-dekabrda chiqqan BMT Bosh assambleyasining qaroriga muvofiq 2019-yil 4-yanvar kuni birinchi marotaba Butunjahon Brayl alifbosi kuni nishonlandi.

🇺🇿Ayni paytda O‘zbekistonda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar va yoshlar uchun Brayl alifbosidagi o‘quv materiallari keskin tanqisligi kuzatilmoqda. 2022-yil 26-dekarbdan boshlab tashkilotimiz koʻzi ojiz yoshlar uchun "PRAXIS PLUS" MChJ ijtimoiy korxonamiz qoshida Brayl bosmaxonasini tashkil etish loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Barcha uchun qulay sharoitlar!


Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Audio
#podkast
💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, 29-dekabr “Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2023-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi?” mavzusida tashkilotimiz raisi — Muhabbat Rahimova va xodimlari bilan ochiq suhbat qilgan edik.

E‘tiboringizga yozib olingan podkastni taqdim etamiz.

🎙Boshlovchi:
Ulug‘bek Mamatxonov

📲 Podkastlarimizga obuna bo‘ling:
Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts |

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
sharoitplus.uz pinned an audio file
#intervyu

👩🏻‍🦯🖨 Ish Plus orqali ijtimoiy korxonamizning Brayl bosmaxonasiga ishga kirgan — Nargiza Isamova

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan Nargiza Isamova Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi amalga oshirayotgan "www.ishplus.uz rekruting veb-portali orqali nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish" loyihasi yordamida tashkilotimizning "PRAXIS PLUS" MChJ ijtimoiy korxonasi qoshida tashkil etilgan Brayl bosmaxonasida Brayl printeri operatori lavozimiga ishga kirdi.

Nargiza bilan qilgan suhbatimizni tomosha qiling va izohlarda o‘z fikr-mulohazalaringiz bilan bo‘lishing.

📺 YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/n6IzKp-vy5c

🚕 Loyihalarimiz hamkori "Yangex Go" kompaniyasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
sharoitplus.uz pinned «#intervyu 👩🏻‍🦯🖨 Ish Plus orqali ijtimoiy korxonamizning Brayl bosmaxonasiga ishga kirgan — Nargiza Isamova Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan Nargiza Isamova Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi amalga oshirayotgan "www.ishplus.uz…»
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

Yangi haftani yaxshi boshlab oldingizmi? Sizlarga bir-nechta savollar bilan murojaat qilmoqchimiz:

Iqlim o‘zgarishi nima ekanligini bilasizmi? O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qanchalik tayyor deb o‘ylaysiz? Iqlimning keskin o‘zgarishi qanday tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin? Va bu tabiiy ofatlarga siz qanchalik tayyorsiz?

🧑🏻‍🦽🌏 Dunyo bo‘ylab nogironligi bo‘lgan shaxslarning tabiiy ofatlardan o‘lim darajasi nogironligi bo‘lmaganlarga qaraganda to‘rt baravar yuqori. Dunyo aholisining 15 foizida qandaydir nogironlik mavjud bo‘lsada, ko‘plab mamlakatlarda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlar ularning ehtiyojlarini hisobga olmaydi.

🇺🇿 O‘zbekiston nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlarini hisobga olganda iqlim o‘zgarishiga moslashishga qanchalik tayyor? "SHAROIT PLYUS" xodimlari Jahon banki bilan yaqinda o‘tkazgan tadqiqotida nogironlar mamlakat tizimlari iqlim o‘zgarishining ularning hayoti, salomatligi va farovonligiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan ta'siriga tayyor emasligidan xavotir bildirdi.

📌 Batafsil maqolamizda o‘qing: https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/inclusion/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Здравствуйте, уважаемые подписчики!

Вы хорошо начали новую неделю? Хотим задать Вам несколько вопросов:

Знаете ли вы, что такое изменение климата? Насколько люди с инвалидностью в Узбекистане готовы к последствиям изменения климата? Какие стихийные бедствия могут вызвать внезапное изменение климата? И насколько вы сами готовы к этим стихийным бедствиям?

🧑🏻‍🦽🌏 В мире уровень смертности людей с инвалидностью в результате стихийных бедствий в четыре раза выше, чем у людей без инвалидности. Хотя 15% населения мира имеют ту или иную форму инвалидности, меры по адаптации к изменению климата во многих странах не учитывают их потребности.

🇺🇿 Насколько Узбекистан готов адаптироваться к изменению климата с учётом потребностей людей с инвалидностью? В рамках недавнего исследования Всемирного банка, в котором в качестве соисследователей также участвовали наши сотрудники "ШАРОИТ ПЛЮС", люди с инвалидностью выразили обеспокоенность фактом неготовности соответствующих систем в стране к последствиям изменения климата, которые могут затронуть их жизни, здоровье и благополучие.

📌 Читайте подробно в статье: https://www.gazeta.uz/ru/2024/01/08/inclusion/

Подписывайтесь на наш канал:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#podkast

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!

👩🏻‍🦽💁🏻‍♀️ “Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi 2023-yilda qanday loyihalarni amalga oshirdi?” mavzusida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi raisi — Muhabbat Rahimova va tashkilot xodimlari bilan 2023-yildagi faoliyatimizni sarhisob qilish maqsadida podkast qilgan edik.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/podkast-toshkent-shahar-sharoit-plyus-nogironlar-jamoat-birlashmasi-2023-yilda-qanday-loyihalarni-amalga-oshirdi/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2😁1
#ijtimoiyrolik

👨🏻‍🦯👁 KO‘RMASLIK EMAS, KO‘ROLMASLIK YOMON!

🎬 Ushbu ijtimoiy rolik muallifi Azizjon Qosimov 2023-yil 2-dekabr "Inklyuziv jamiyat sari" ijtimoiy video roliklar tanlovi g‘oliblaridan biri. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament jamoat fondi moliyaviy ko‘magi asosida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Ijtimoiy ish” kafedrasi xamkorligida o‘tkazilgan edi.

▶️ YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/LriVUqiIZ2g

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
sharoitplus.uz pinned «#ijtimoiyrolik 👨🏻‍🦯👁 KO‘RMASLIK EMAS, KO‘ROLMASLIK YOMON! 🎬 Ushbu ijtimoiy rolik muallifi Azizjon Qosimov 2023-yil 2-dekabr "Inklyuziv jamiyat sari" ijtimoiy video roliklar tanlovi g‘oliblaridan biri. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi…»
#yangilik

🎥👁 «Ko‘rmaslik emas, ko‘rolmaslik yomon!» ijtimoiy rolikimiz «Inklyuziv jamiyat sari» tanlovi g‘oliblaridan biri bo‘ldi

Toshkent shahar «SHAROIT PLYUS» nogironlar jamoat birlashmasi video operatori va montaj ustasi «Azizjon Media» kanali muallifi Azizjon Qosimov tomonidan tayyorlangan «Ko‘rmaslik emas, ko‘rolmaslik yomon!» mavzusidagi ijtimoiy rolik «Inklyuziv jamiyat sari» tanlovi g‘oliblaridan biri bo‘ldi.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tomosha qiling: https://sharoitplus.uz/kormaslik-emas-korolmaslik-yomon-ijtimoiy-rolikimiz-inklyuziv-jamiyat-sari-tanlovi-goliblaridan-biri-boldi/

🎤 O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Abdullo Abduxalilov Azizjon Qosimov bilan qilgan intervyuni ham tomosha qiling.

Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
🎙 “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida 2023-yilning 20-dekabr kuni o‘tkazilgan Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligidagi Agentlik mas’ul xodimlari ishtirok etib fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

🤝 Shuningdek, jonli chatda fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar Agentlik tomonidan o‘rganib chiqilib, xususan, 6 nafar fuqarolarga temir daftardan mablag‘ ajratish, nogironligi bo‘lgan farzandlarining Reabilitatsiya markazida sog‘ligini tiklash, quloq eshitish apparati olinishida amaliy yordam ko'rsatildi hamda 2 nafar 1-guruh nogironligi bo'lgan fuqarolarga elektron aravachalar taqdim etildi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏1
#podkast

🦿🦾 Xabaringiz bor, 2023-yilning 20-dekabr kuni 18:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez – ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida Sharoit+ podkastining navbatdagi soni bo‘lib o‘tgan edi.

🧠 Podkastning navbatdagi mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayevlar bo‘lishgan edi.

💁🏻‍♀️ Podkast tinglovchilarning muammolari bartaraf etildi va ba‘zilariga muammolar hal bo‘lishi uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing va tinglang: https://sharoitplus.uz/ijtimoiy-himoya-milliy-agentligi-bilan-hamkorlikda-otkazilgan-sharoit-podkast-tinglovchilarning-muammolari-organilib-hal-etildi/

Barcha uchun qulay sharoitlar!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🙏2
Audio
#podkast

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, 20-dekabr “Nogironligi bo‘lgan shaxslar protez ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan qanday ta‘minlanyapti va kelgusidagi rejalar qanday?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori — Mansurbek Olloyorov va mutaxassislar M.Niyazov, I.Muhitdinov, A.Narzullayevlar bilan ochiq suhbat qilgan edik.

E‘tiboringizga yozib olingan podkastni taqdim etamiz.

🎙Boshlovchi:
Ulug‘bek Mamatxonov

📲 Podkastlarimizga obuna bo‘ling:
Yandex.Музыка | Google Podcasts | Apple Podcasts |

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Hurmatli obunachilar!

📚🎙Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 30-noyabr kuni Kitob Plus — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Hozirda kutubxonamizda 673 ta audio kitoblar va radio spektakllar joylashtirilgan.

"Kitob Plus" foydalanuvchilari uchun yana bir ajoyib yangilik!

📲 iOS va Android tizimlari uchun ishlab chiqilgan Kitob Plus mobil ilovasining 2.0 versiyasi chop etildi va kitobxonlarimiz uchun quyidagi qulayliklar yaritildi:

🔹Kitoblarni offline tinglash imkoniyati qo‘shildi; Buning uchun tinglash oynasida "Yuklab olish" tugmasini bosish yetarli.

🔹 Asarlarga izohlar qoldirish imkoniyati qo‘shildi;

🔹 Asar bir nechta janrga tegishli bo‘lganida, ularni alohida ko‘rsatilishi taʼminlandi. Endi siz ularning har biriga kirib, kitoblarni ko‘ra olasiz;

🔹 Endi kitoblarga "Yoqdi-Yoqmadi" belgilarini qo‘ya olasiz;

🔹 Ro‘yxatdan o‘tish paytida voice over bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi;

🔹Bundan tashqari baʼzi xato va kamchiliklar tuzatildi.

Mobil ilovalarni qayta yuklab yangilab oling:

🔗 Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitobplus.app

🔗iOS uchun: https://apps.apple.com/us/app/kitobplus/id6470842246

Vebsayt: https://kitobplus.uz/

Agar siz ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, sizdan qayta ro‘yxatdan o‘tish so‘ralsa, telefon raqami va tasdiqlash kodini kiritishingiz yetarli. Ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz +998 (90) 808-73-31; +998 (99) 831-69-83 telefon raqamlariga murojaat qiling.

Kitob Plus - siz uchun maxsus!

Loyiha kanaliga obuna bo‘ling:
👉 @kitobplus_uz
👍2🎉2
#BizningJamoa
💁🏻‍♂️ Tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasiKitob Plus — nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona” loyihasi rahbari — Mirali G‘iyosov.

“Nogiron odam qachon nogiron? Qachonki unga sharoit yaratilmagan joyda u nogironga aylanadi.” - deydi Mirali G‘iyosov

🖥 Butun jamoamiz haqida vebsaytimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/biz-haqimizda/#sharoit-team

Tifloizoh: Mirali G‘iyosov profil suratlarida jilmayib turibdilar va oq rang kiyimdalar. Qora ko‘zoynak taqib olganlar. Matnda Miralining iqtiboslari keltirilgan va tagida Mirali G‘iyosov Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “Kitob Plus” loyihasi rahbari deb yozilgan. Pastki chap burchakda SHAROIT PLYUS rasmiy ramzi joylashtirilgan.
Barcha uchun qulay sharoitlar!

🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
Forwarded from huquqplus.uz
🏥👩🏻‍🦼 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiyot muassasalarida davolanishlari uchun order olish tartibi qanday?

Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy parvarish qilish maqsadida ularga imtiyozli bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun elektron shaklda yo‘llanmalar taqdim etilmoqda. Yangi mexanizmi asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘llanma (order) olish uchun nimalar qilish kerak?

💁🏻‍♂️ Ushbu savollaringizga HuquqPlus.uz loyihasi huquqshunosi Shoxrux Mamatqulov tayyorlagan huquqiy materialda toʻliq javoblarni topasiz.

🖥 Batafsil havola orqali oʻqing: https://huquqplus.uz/sections/tibbiy-xizmatlar-va-reabilitasiya/704

Huquqplus.uz nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali.

Kanalimizga ulanish uchun:
👉 https://news.1rj.ru/str/huquqplus

#order
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5