sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Talk" (Suhbat)

E'tiboringizga bir ajoyib filmni taqdim etamiz! Dastlab sharoiti cheklangan insonlar huquqlari bo‘yicha komissiya tomonidan yaratilgan bu fil'm o‘zbek tiliga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi homiyligida 2012 yilda tarjima qilingan.

Filmda sharoiti cheklangan insonlarning kundalik hayotiga yangicha nazar tashlash orqali ular jamiyatda duch kelayotgan to‘siqlar va ijtimoiy muammolar ko‘rsatilgan.

Film haqidagi mulohazalaringizni bizga yozib yuboring @SharoitAloqa_bot va do‘stlaringiz bilan ham bo‘lishing.

Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
So‘rov: Mehribonlik uylari kerakmi?

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar joylashtiriladigan “Mehribonlik” uylari va bolalar doimiy yashaydigan ixtisoslashtirilgan maxsus maktablar va maktab internatlarga munosabatingizni bilmoqchimiz.

Iltimos, so‘rovnomaning 5ta savoliga javob bering. Bu tahminan 5 daqiqa vaqtingizni oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/05/23/survey/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum va rohmatullohi va baraktuhu!

🕌 "Sharoit+" NJB Tashkiloti siz azizlamizni "Eid ul Ramazon" ayyomi bilan muborakbod etamiz!
💝 Barcha ezgu tilaklarimiz sizga hamroh bo'lsin!
Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
Forwarded from •Uchinchi sektor•
​​Депутатлар Ўзбекистонда БМТнинг ногиронлар ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенциясига мувофиқ, ногирон сўзи ўрнига “ногиронлиги бўлган шахс” атамаси татбиқ этилишини таклиф қилмоқда.

Бу атаманинг киритилишида ногиронлиги бўлган шахсларнинг жамият ҳаётида фаол иштирок этиши, ўз салоҳиятини намоён этиши учун зарур шароит яратишни мақсад қилинган. Шунингдек, ушбу соҳадаги муаммоларни ҳал этиш мақсадида ногиронликни белгилаш механизмларини ва унинг муддатларини, тегишли меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатларни такомиллаштириш юзасидан бир қатор янги нормалар қонун лойиҳасига киритилмоқда.

Жумладан, ногиронликни белгилаш янги қонун лойиҳасида тиббий-ижтимоий эксперт комиссиялари ва ўн саккиз ёшгача бўлган болалар педиатрия тиббий-ижтимоий эксперт комиссиялари томонидан амалга оширилиши белгиланяпти. Бундан ташқари, ногиронлик белгилари яққол кўриниб турган беморларни ортиқча ташхис-текширувлари ўтказмасдан тўғридан-тўғри тиббий-ижтимоий эксперт комиссияларига юбориш тартиби киритилмоқда.

Манба: http://parliament.gov.uz/uz/events/opinion/31111/

@Uchinchi_Sektor
Nogironlikni belgilashda sansalorlik boʻlmaydi

BMTning nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga muvofiq, nogiron soʻzi oʻrniga “nogironligi boʻlgan shaxs” atamasi tatbiq etilmoqda. Bu atamaning kiritilishida nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, oʻz salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratishni maqsad qilingan. Maʼlumotlarga koʻra, bugun sayyoramizda salkam bir milliardga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar hayot kechirmoqda.

Siz nima fikrdasiz? Mulohazalaringiz bilan bo'lishing.

Maqolani o'qing: http://xs.uz/uz/post/nogironlikni-belgilashda-sansalorlik-bolmajdi

@sharoitplus
Ertaga 27 May 18:00da (Toshkent vaqti bilan) O'zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati va ularga COVID-19 ta'siri mavzusida @Uchinchi_Sektor vebinari bo'lib o'tadi.

Hozirgi kunda COVID-19 ta'siri har qanday tashkilotlar faoliyatiga ta'sir ko'rsatib kelmoqda. O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan NNTlar faoliyatiga bu kasallik va uning oqibatidagi karantin qanday ta'sir ko'rsatayotgani haqida suhbat olib boramiz.

Vebinar imo ishora tiliga (surdo) tarjima qilib boriladi.

Zoomga ulanish uchun havola:
https://us02web.zoom.us/j/5872505497

Meeting ID: 587 250 5497

@sharoitplus
Nogironligi bo'lgan insonlarga Toshkent shahar jamoat transportida sharoitlar yaratiladi

2019 yilda O'zbekiston nogironlar uyushmasi nogironlar foydalanishi uchun Toshkent shahridagi bekatlar va jamoat transporti vositalarining jismoniy atrof-muhit va sharoitlarini nazorat qildi.

Toshkent transport boshqarmasi va "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan monitoring natijalariga ko'ra, 2020 yil may oyida uch yil ichida Toshkentdagi barcha 2000 ta avtobus bekatlarining yangilanishini ta'minlaydigan "odamlar uchun shahar" tushunchasi ishlab chiqilgan.

Ta'mirlash va rekonstruktsiyadan so'ng bekatlar xalqaro standartlarga javob beradi va nogironlar uchun sharoit yaratiladi. Bu yo'lovchilar uchun displey taxtasi (kar-soqovlar uchun) to'xtash vaqtlari haqidagi ma'lumot bilan, avtomatlar, bankomatlar va Wi-Fi mavjud bo'ladi. Nogironlar foydalanishi uchun to'liq moslashtirilgan 20ta elektr avtobus sotib olinishi rejalashtirilgan.

'Biz uch yil ichida Toshkentdagi barcha 2000 ta avtobus bekatlarini yangilash bo'yicha yagona kontseptsiyani tanladik. Ular xalqaro standartlarga javob beradi va nogironligi bo'lgan insonlar uchun sharoit yaratiladi,' - deydi Toshkent transport boshqarmasi va "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi boshlig'i Anvar Jo'raev.

Maqola rus tilida: https://www.gazeta.uz/ru/2020/05/24/public-transport/

Yangiliklardan boxabar bo'lish uchun kanalimizga ulaning:

@sharoitplus
Sharoit+ nogironlar jamoat birlashmasi raisi Rahimova Muhabbat Axrorovnani ushbu sertifikat bilan tabriklaymiz!

2020-yil 5-may O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi tomonidan o'tkazilgan onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etganlari uchun taqdirlandilar.

Konferensiyada Sharoit+ NJB amalga oshirgan loyiha asosida "Jamoaviy video orqali jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarni faolligini oshirish" mavzusida taqdimot qildilar. Yaqin orada ilmiy maqolalari ham chop etiladi.

Bizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
Oqsayotgan ijtimoiy himoya tizimi: xato qayerda?

Karantin, iqtisodiy inqiroz, Sardoba fojiasi, Buxorodagi tabiiy ofat... Bu voqealar zanjiri O‘zbekiston oldida anchadan beri ko‘ndalang turgan masala – ijtimoiy himoya tizimini samarali tashkil etish muhimligini yana bir karra ko‘rsatib berdi.

👉 https://kun.uz/uz/02773524

Kun.uz Telegram kanallari 👇

O‘zbekcha | Ўзбекча | Русская
❗️ DIQQAT do'stlar! ❗️

Oramizda ish izlayotgan imkoniyati cheklangan insonlar bormi?

EVOS kompaniyasining CALL CENTERga nogironligi bo'lgan insonlar ishga qabul qilinyapti!!!

Ha, ha, ha! bu EVOS kompaniyasining ijtimoiy pilot loyihasi.

Tafsilotlar!!!! Ish uydan bajariladi, agar uyingizda o'z uskunalarga ega bo'lmasangiz + kompaniya kerakli texnika vositalari bilan ta'minlaydi.

Asosiy talab - bu yaxshi ovoz va ikki tilni (rus va o'zbek tillarini) bilish.

Agar qiziqsangiz, ushbu raqamga qo'ng'iroq qilib Timur Nazarovdan deb ayting 😉

Telefon: 90 961 6644

@sharoitplus
​​“Sharoit+NJB” tashkiloti "MENING HAYOT YO'LIM" mavzusida eng chiroyli hikoya yozish bo'yicha tanlov e'lon qilgan edi.

🎊 Tanlovimizga befarq bo'lmay qatnashib, o'z hayot yo'larini yozib jo'natgan qatnashchilarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildirgan holda tanlov g'oliblarini e'lon qilamiz.

1-o’rin Egamov Murod 50ming so’m pul yutug'i bilan mukofotlanadi;
2-o’rin Norboyev Jabbor 25ming so’m pul yutug'i bilan mukofotlanadi;
3-o’rin Aliboyeva Dildora 15ming so’m pul yutug'i bilan mukofotlanadi.

👏🏻 Tabriklaymiz, mukofotlar muborak bo'lsin!

💰 Pul mukofotlaringizni telefon raqamingizga o'tkazib beramiz.

📌 G'oliblarni biz bilan bog'lanishlarini so'rab qolamiz.

☝️ Bu hali hammasi emas, bizni kuzatishda davom eting.

Bizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click |

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter | Instagram

www.sharoitplus.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

O'zbekiston kelajagiga sarmoya kiritish deganda nimani tushunamiz? Nega bolalarni qo'llab-quvvatlash qamrovini oshirish muhim? UNICEF O'zbekiston tomonidan tayyorlangan videoni tomosha qiling.

O'zbekistonda 76 foiz bolalar kuniga 15,700 so'mdan kam pul olishadi. Afsuski, so'nggi yigirma yil ichida mamlakatda bolalarning ijtimoiy himoyasi sezilarli darajada zaiflashdi. Resurslarning etishmasligi Charosga faqat 6 oy davomida moliyaviy yordam olishini anglatadi.

Manba: https://www.unicef.org/uzbekistan/инвестирование-в-будущее-узбекистана

O'z mulohazalaringiz bilan bo'lishing.

@sharoitplus
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni amaldorlarni ham shunaqa qilish vaqti kelmadimikan? Ular xonalarida o'tirib olib yo'l xaritalarini, strategiyalarini va qonunlarni ishlab chiqarguncha bundoq ko'chaga chiqib hayotni ko'rsin.

Hozircha olg'a Qozog'iston deb turamiz.👏

Matn: Dilshod Normurodov

@sharoitplus
Nima uchun mehribonlik uylari yopilishi kerak?

Gazeta.uz saytida yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat o‘quvchilar, ishonchni oqlamayotgan bo‘lsalar ham, O‘zbekistondagi mehribonlik uylari saqlab qolinishi kerak, deb hisoblaydi. Ular nima sabablarga ko‘ra bolalar uchun zararli va bolalarni qanday qilib oilaviy vasiylikka topshirish kerak? Dilmurod Yusupov bolalar uylarining kerakligi haqidagi afsonalarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini asoslaydi.

Maqolani o'qing: https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/02/orphanage/

Мақолани ўқинг: https://www.gazeta.uz/uz/2020/06/02/orphanage/

@sharoitplus
Ko'zda tutilayotgan yangi halqaro hamkorlik tashabbusi doirasida, sizdan ushbu 10 daqiqalik 8ta savoldan iborat anonim so'rovnomada ishtirok etishingizni so'raymiz. Iltimos, o'z shahsiy fikr va tajribangizga tayanib savollarga javob bering. Sizning fikrlaringiz O'zbekistonda yangi tashabbusni boshlash uchun muhim ahamiyatga ega. Kelajakda siz ushbu tashabbusning faol ishtirokchisi bo'lib qolishingizga ishonamiz. Oldindan rahmat!

Soʻrovnoma: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScwpTwGK9IaxFQogya1DEfnC0zgWfdgeOzVfRVYsl2W4-2yBQ/viewform

@sharoitplus
sharoitplus.uz pinned «Ko'zda tutilayotgan yangi halqaro hamkorlik tashabbusi doirasida, sizdan ushbu 10 daqiqalik 8ta savoldan iborat anonim so'rovnomada ishtirok etishingizni so'raymiz. Iltimos, o'z shahsiy fikr va tajribangizga tayanib savollarga javob bering. Sizning fikrlaringiz…»
​​Imkoniyatlar sari olg'a

Jamiyatimizda ijtimoiy va jismoniy holati turli bo’lgan insonlar istiqomat qilishadi.
Shular jumlasiga Jismoniy Imkoniyati Cheklangan Insonlar ham kiradi.

Ko’pgina Imkoniyati Cheklangan Shaxslar OT diplomiga ega emaslar hamda, ВТК tashxisi va qaroriga asosan 1-2 guruh egalari “Ishga layoqatsiz” deb ko’rsatilgan.
Bu albatta asossiz.
Shu sababli 1-2 guruh egalari davlat ishxonalari va boshqa tashkilot, firmalarda ishga qabul qilinmaydilar.
Yana bir muammo ish joylarida Imkoniyati Cheklangan Insonlar uchun noqulayliklar mavjud.

Hozirgi IT sohasi buni asossiz ekanligini isbotidir.
Korantin tufayli barcha fuqarolar uydan turib masofaviy ish yuritishni amalga oshirishyapti.
Raqamli iqtisodiyot va
IT sohalarida katta "скачка" ya'ni sakrash yuzaga kelmoqda.
IT sohasi qanchalik yaxshi, moslashuvchan va asosiysi zamon talabiga javob beradigan soha ekanligini ma’lum bo’lmoqda.

Bu degani “frilanser”ga ehtiyoj oshadi deganidir. Gap isboti bilan deganlaridek, Internet tarmogʻlari orqali xizmatlar eksportini amalga oshiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz saytiga joylashtirildi, va Oʻzbekistonda milliy frilanserlar markazi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

❗️Frilanser soʻzi inglizchada "freelancershtatsiz ishchi, xususiy mutaxassis maʼnosini anglatib, bu istiloh ilk marotaba Volter Skotning „Ayvengo“ romanida „Oʻrta asrlardagi yollanma askar“ maʼnosida qoʻllanilgan.

Bularga masofadan turib ishlovchi, erkin ishchilar kiradi. Bular onlayn jurnalistika (yoki matn yozish bilan bogʻliq boshqa faoliyat shakllari), huquqshunoslik, kompyuter dasturlash, arxitektura, barcha yoʻnalishlardagi dizayn (reklama, veb-dizayn, interer dizayni), tarjimonlik, foto va video tasvirga olish, ekspertlik va maslahatchilikning turli shakllaridir.

📌 Bu esa Imkoniyati Cheklangan Shaxslar uchun juda qulay va hamyonbopdir.
Siz IT yo’nalishlaridagi sohalarni masofadan onlayn 4-5 oyda o’qib, o’rganib, o’z ish faoliyatingizni boshlab yuborishingiz mumkin.

⬆️ Tashkillashtirilayotgan frilanserlik markazi veb-frilanserlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha eksterritoriallik tamoyili asosida, shu jumladan masofaviy tarzda kurslarni tashkil etadi hamda mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikat beradi.

☝️ Buni qo’ldan boy bermang, imkoniyatingizni sinab ko'ring.
Bu siz uchun zo'r imkoniyat.

Bizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter
O‘zbekistonda «bola puli»ga ehtiyoji bor oilalarning 75 foizi nafaqa olmaydi – YUNISEF

O
‘zbekistonda «bola puli» olishi lozim bo‘lgan oilalarning 75 foizi nafaqa olmaydi. Bu – bolalar ijtimoiy himoyasini moliyalashtirish darajasining yetarli emasligi bilan bog‘liq, deyiladi YUNISEFning «O‘zbekistonda bolalar va yoshlar manfaatlariga mos ijtimoiy himoya tizimini qurish» mavzusidagi hisobotida.

Maqolani o'qing: https://kun.uz/uz/48300847

@sharoitplus
​​Onlayn hayriya poygasi

Onlayn xayriya poyga uchun ro'yxatdan o'tish ochiq: https://samarkandhalfmarathon.uz/uz.

Tadbirdan tushgan barcha mablag'lar O'zbekistondagi internatlardan birini qo'llab-quvvatlashga hamda autizmi bo'lgan bolalar uchun ish yuritish buyumlari va badiy to'plamiarni xarid qilish ishlari uchun sarflanadi.

Barcha xohlovchilar, 2020 yilning yoz oyi oxiriga qadar onlayn-musobaqada ishtirok etishi mumkin mumkin. Buning uchun "Samarkand Half Marathon" veb-saytida ro'yxatdan o'ting, uchta masofadan birini tanlang va ishtirok etish uchun pul to'lang. Siz masofani har qanday qulay vaqtda va istalgan qulay joyda bosib o'tishingiz mumkin, eng asosiysi yugurish amalga oshirilganligini tasdiqlashdir. Buning uchun yarimmarafon saytidagi har qanday fitnes dasturidan GPS-trekni yuklab olish kifoya. Musobaqa so'ngida barcha ishtirokchilar "Samarkand Half Marathon"ning 2019 yilgi memorial medallariga ega bo'ladilar

Loyiha tashkilotchisi, mavjud inklyuziv madaniyatdan foydalanish dolzarbligi, ayniqsa, hozirgi vaziyatdagi koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq holat kabi muhim ekanligini ta'kidladi. Endilikda millionlab odamlar uyda qolishga majbur bo'lmoqdalar va mamlakatning har bir fuqarosi bugun kam harakatlikni o'z boshidan o'tkazib, buni nima ekanligini anglab yetishmoqda.

Tez orada karantin muddat;ari tugab barcha normal hayotni qaytadan boshlashlari mumkin bo'ladi. Ammo, butun mamlakat bo'ylab minglab nogironligi bo'lgan shaxslar va sog'lig'i bilan bog'liq muammolari mavjud bo'lgan insonlar uchun o'z-o'zini majburiy ravishda izolyatsiya qilish odatiy holga aylanib ulgirgan."Samarkand Half Marathon yarimmarafonining asosiy maqsadi esa bu vaziyatni tuzatish mumkinligini va bartaraf etish zarurligini barchaga eslatib qo'yishdir.
​​«SHAROIT PLYUS» NJB Tashkiloti

🔸 Biz haqimizda, Biz bilan!

🔹 Bizning maqsadimiz, Sizning maqsadingiz!

▪️ Bizning ijtimoiy xizmatlarimiz, Sizlar uchun.

❗️Bizning maqsadimiz:
O’zbekistonda teng huquqli bo’lib, baxtli hayot kechirishlari uchun barcha nogironligi bor insonlar bilan birgalikda to’siqlardan holi va inklyuziv jamiyat yaratish.


♻️ Biz bilan hamkor bo'ling.

Bizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter
​​«SHAROIT PLYUS» NJB Tashkiloti

🔸 Biz haqimizda, Biz bilan!

🔹 Bizning maqsadimiz, Sizning maqsadingiz!

▪️ Bizning ijtimoiy xizmatlarimiz, Sizlar uchun.

❗️Bizning maqsadimiz:
O’zbekistonda teng huquqli bo’lib, baxtli hayot kechirishlari uchun barcha nogironligi bor insonlar bilan birgalikda to’siqlardan holi va inklyuziv jamiyat yaratish.


♻️ Biz bilan hamkor bo'ling.

Bizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Youtube | Twitter