sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
sharoitplus.uz pinned «🎙 SHAROIT+ #PODKAST 2-SONI: 3-dekabr Xalqaro nogironlar kunini qanday nishonlash kerak? Bu kun bayrammi o’zi? Suhbatimiz mehmonlari O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining Ta’lim va inklyuziya…»
Audio
Sharoit Plus
🎙 SHAROIT+ #PODKAST 2-SONI:

3-dekabr Xalqaro nogironlar kunini qanday nishonlash kerak? Bu kun bayrammi o’zi?

Suhbatimiz mehmonlari O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining Ta’lim va inklyuziya boshqarmasi boshlig‘i Madina Badalova, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazining psixologi va “Mo’jizalar vaqti” (“Vremya chudes”) volontyorlik harakati asoschisi Shirin Abidova hamda doimiy mehmonimiz Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupovni taklif qildik. Moderator: Ulug'bek Mamatxonov.

🎧 Sharoit+ vebsaytida tinglang: https://sharoitplus.uz/sharoit-podkast-2-soni/
🎧 SoundCloud-da tinglang: https://soundcloud.com/sharoitplus/2-soni

Davomiyligi: 33:22 daqiqa
Hajmi: 32.8 MB

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
“Sen nogironmisan, unda sabr qilib tur, avval sog‘lomlar” – tadqiqotchi O‘zbekistonda nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta'minlash mexanizmini tanqid qildi

👉 https://kun.uz/uz/83334268

Kun.uz Telegram kanallari 👇

O‘zbekcha | Ўзбекча | Русская
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❇️ O‘zbekistonda ilk marotaba nogironlar huquqini himoya qilish bo‘yicha klinika ochiladi

✍️ Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va AQShning Sirak'yuz universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandimi imzolandi.

📺 Jarayonlar O'zbekiston 24 telekanali lavhasida

Manba: Toshkent davlat yuridik universiteti
#matonatlionam #sharoitplus

"Matonatli Onam" 5-soni

Suhbatdosh: Mamarasulova Mahmuda
""Qizim siqilgan paytda, o'zim o'ynab beraman, kayfiyatini ko'tarish uchun""

Bugun soat 19:15 da
Youtube Kanalimizda tamosha qiling.

Youtube orqali ko'rish👇🏻
https://youtu.be/GgJeBw2Ovk0
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Gulrux Sobirjanovna)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nogironligi bo‘lgan fuqarolar bino-inshootlarga birovning ko‘magisiz kira oladimi? #Panduslar standartga javob beradimi? Poytaxtning ayrim qismlarida ushbu holat o‘rganildi.
#Panduslar talabga javob bermasa yoki umuman o‘rnatilmagan bo‘lsa, qonunda qanday chora qo‘llaniladi?

@oydin_hayot_tv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun #ijtimoiyhimoya

O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyuldagi O'RQ-162-sonli “O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida”gi Qonun.

Manba: https://lex.uz/acts/-1372495

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi. Yangi Qonun bilan shu yerda tanishib chiqing: https://lex.uz/docs/-5049511

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#Trening #Seminar

4 dekabr Sharoit+ tashkiloti rahbari Muxabbat Raximova Davlat amaliy san’at muzeyi xodimlari uchun Sharot cheklanganlik tenglik treningini o’tkazdilar. Seminar-treningda muzeyning asosiy xodimlari va rahbari qatnashishdi. Tadbrida nafaqat Davlat amaliy san’at muzeyi xodimlari balki Zoom orqali boshqa madaniyat sohasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Batafsil o'qing: https://sharoitplus.uz/davlat-amaliy-san-at-muzeyi-xodimlari-uchun-seminar-trening-o-tkazildi/

Agar siz ham tashkilotingizni inklyuziv qilmoqchi bo’lsangiz biz bilan bog’laning:
Tel: +998 99 8172464


Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Forwarded from •Uchinchi sektor•
​​🔊 BMTning "Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi" konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Ijtimoiy tadbirkorlik maktabi Sizlarni 13-dekabr kuni soat 18:00 da “Imkoniyati cheklangan insonlar qanday axborot manbalariga ega?” mavzusidagi vebinarga taklif etadi

Mavzuni to‘liq yoritish maqsadida vebinarga imkoniyati cheklangan shaxslar hamda shunday insonlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga yordam berib kelayotgan faol yurtdoshlarimiz spiker sifatida jalb etildi.

▫️ ULUGʻBEK MAMADXONOV – O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvida yetakchi mutaxassis, imkoniyati cheklangan shaxslar, xususan, ko‘zi ojiz insonlarni sportga jalb etish va ularning madaniy hayotini boyitishga oid qator loyihalar ishtirokchisi, “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi kengashi a’zosi;

▫️ MUHABBAT RAHIMOVA – Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi rahbari,
Jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun tashkil etiluvchi “Mustaqil yashash ko‘nikmasi”, ”Sherik maslahati”, barcha insonlarga mo‘ljallangan “Sharoiti cheklanganlik-tenglik treningi” va “Barchaning ishtirokiga asoslangan mahalliy taraqqiyot” treninglarida yo‘naltiruvchi fasilitator;

▫️ MA’MUR AHLIDDINOV – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar ta'limi, madaniyati, hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi O‘zbekiston karlar jamiyati blogi hamda Uzsd.uz telegram kanali muallifi.

❗️Vebinar Zoom.us orqali o‘tkaziladi. Surdo tarjima ham taqdim etiladi.

‼️ Uchrashuvda qatnashish uchun vebinarga ulanganda Zoom profilingiz nomi ism-sharifingiz va ish/o‘qish joyingiz nomi bilan nomlangan bo‘lishi kerak.

Masalan: Falonchiyev Pistonchi - FarDU talabasi yoki Falonchiyeva Pistonchixon - Baxmal tumani 2-maktab o‘qituvchisi

Vebinar qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. O‘tkazib yubormang!

➡️ Zoom uchun havola: https://us02web.zoom.us/j/5872505497

@Uchinchi_Sektor
#sorovnoma

Imkoniyati cheklangan bolalalarning ota-onalari uchun so'rovnoma

Ushbu anketa Technovation Girls Uzbekistan xalqaro tanlovi jamoasi tomonidan tayyorlangan. Bizning jamoamiz imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalarni qo'llab-quvvatlash uchun ijtimoiy loyiha (mobil ilova) ustida ishlamoqda. Biz uchun har bir imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalarning fikrini bilish muhim. So'rovnomaga javob berishga vaqt ajratganingiz uchun tashakkur!

So'rovnoma: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSear8BWWKP3tsDVerbnoIqyCaIBgShvG930Frsn2Hmih5oBNA/viewform?usp=sf_link

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Turli ko‘rinishdagi nogironligi bo‘lgan odamlar mehnat bozorida bundan oldin ham to‘siqlar va kamsitishlarga duch kelishgan. Pandemiya va qattiq karantin choralari ularning mehnat huquqlarini boshqalar bilan teng amalga oshirishga qanday ta’sir qildi? Dilmurod Yusupov maqolasi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/12/09/inclusion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
#qaror

O‘zbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining “Shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Batafsil o'qing: https://kun.uz/uz/news/2020/12/03/ozbek-imo-ishora-tilini-yanada-rivojlantirish-boyicha-hukumat-qarori-qabul-qilinadi

Qaror loyihasi bo'yicha takliflaringizni bildiring: https://regulation.gov.uz/uz/d/25345

Qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi 2020-yil 17-dekabrda yakunlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
🎙 SHAROIT+ #PODKAST 3-SONI:

Pandemiya ko’zi ojiz bolalar ta’limiga qanday ta’sir qildi?

Suhbatimiz mehmonlari O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi, psixolog va pedagog Po’latov Xaqnazar aka, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi G’iyosov Mirali hamda doimiy mehmonimiz Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupovni taklif qildik. Moderator: Ulug’bek Mamatxonov.

🎧
Vebsaytimizda tinglang: https://sharoitplus.uz/sharoit-podkast-3-soni/
🎧 SoundCloud-da tinglang: https://soundcloud.com/sharoitplus/3-soni
🎧 Podkastni Telegram kanalimizda ham tinglashingiz mumkin

Davomiyligi: 52:55 daqiqa
Hajmi: 50.8 MB

Google Podcast ilovasida Sharoit+ga obuna bo’ling.

Podkastga homiylik qiling:
Sharoit+ vebsaytida| Payme | Click

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Audio
🎙 SHAROIT+ #PODKAST 3-SONI:

Pandemiya ko’zi ojiz bolalar ta’limiga qanday ta’sir qildi?

Suhbatimiz mehmonlari O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi, psixolog va pedagog Po’latov Xaqnazar aka, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi G’iyosov Mirali hamda doimiy mehmonimiz Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupovni taklif qildik. Moderator: Ulug’bek Mamatxonov.

🎧
Vebsaytimizda tinglang: https://sharoitplus.uz/sharoit-podkast-3-soni/
🎧 SoundCloud-da tinglang: https://soundcloud.com/sharoitplus/3-soni

Davomiyligi: 52:55 daqiqa
Hajmi: 50.8 MB

Google Podcast ilovasida Sharoit+ga obuna bo’ling.

Podkastga homiylik qiling:
Sharoit+ vebsaytida| Payme | Click

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
sharoitplus.uz pinned «🎙 SHAROIT+ #PODKAST 3-SONI: Pandemiya ko’zi ojiz bolalar ta’limiga qanday ta’sir qildi? Suhbatimiz mehmonlari O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi, psixolog va pedagog Po’latov Xaqnazar aka, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent…»
Dastur.docx
53.1 KB
#davrasuhbati

"NOGIRONLAR UCHUN ODIL SUDLOVGA ERISHISH: XORIJIY TAJRIBA VA MILLIY AMALIYOT"

Ertaga dushanba 14 dekabr, soat 15:00 - 17:30 (Toshkent vaqti bilan) xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtorkida ushbu mavzu bo'yicha onlayn davra suhbati bo'lib o'tadi (dastur ilova qilingan). Tadbir tashkilotchilari: O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va EXХTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori.

Zoomga ulanish uchun:
https://osce-org.zoom.us/j/93083855505
Uchrashuv identifikatori: 930 8385 5505
Parol: 66790852

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Imo-ishora tilini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi

Vazirlar Mahkamasining "Shaxslar oʻrtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Unga koʻra, davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻrta maktablarda imo-ishora tili va brayl yozuvini oʻqitish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Loyihaga muvofiq, oʻzbek imo-ishora tili huquqiy maqomga ega boʻlishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda, muassasalarda va korxonalarda oʻzbek imo-ishora tilini aloqa tili sifatida ishlatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

Qaror loyihasining muhokamasi 17 dekabrga qadar davom etadi.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
#taqdimot

🦠 Pandemiya to‘rt muchasi sog' o‘quvchilarga uy ta'limi qanchalik qiyin va saviyasizligini ko‘rsatdi!

2020-yil 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlangan “Oldingidan yaxshiroq” tamoyili bo‘yicha tiklanish: nogironligi bo‘lgan insonlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, COVID-19dan keyin inklyuziv, sharoiti bor va barqaror O'zbekiston sari" mavzusidagi davra suhbatida "Inklyuziv Jamiyat" nogironlar jamoat birlashmasi faol a'zosi Madina Po‘latovaning nutqi.

📺 YouTube: https://youtu.be/BrCrVIzoqWs

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#Intervyu #BizHarXilLekinTeng

📩 Prezidentga xat yozib maktabda barcha bilan ta'lim olishga erishgan Madina Po‘latova bilan intervyu

"Sog'lom insonlarni ko'z-qarashlari va munosabati bizga to'sqinlik qiladi, bizlarni nogiron ekanligimizni va imkoniyatimiz cheklanganligini eslatib turadi," deydi Madina Po‘latova.

UzReport TV kanali bilan hamkorlikda 2020-yil 3-noyabrdan 3-dekabrgacha "O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha media-marafon" doirasida yosh nogironligi bo‘lgan faol Madina Po'latova bilan intervyuni tomoshqa qiling.

UzReport TVga bergan intervyusida Madina barcha bilan teng ravishda ta'lim olish uchun u qanday to'siqlar va salbiy munosabatlarga duch kelgani va ularni qanday yengib o'tgani haqida gapiradi.

📺 YouTube: https://youtu.be/IGyZf6mCBTk

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus