sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
Turli ko‘rinishdagi nogironligi bo‘lgan odamlar mehnat bozorida bundan oldin ham to‘siqlar va kamsitishlarga duch kelishgan. Pandemiya va qattiq karantin choralari ularning mehnat huquqlarini boshqalar bilan teng amalga oshirishga qanday ta’sir qildi? Dilmurod Yusupov maqolasi.

https://www.gazeta.uz/oz/2020/12/09/inclusion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
#qaror

O‘zbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining “Shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Batafsil o'qing: https://kun.uz/uz/news/2020/12/03/ozbek-imo-ishora-tilini-yanada-rivojlantirish-boyicha-hukumat-qarori-qabul-qilinadi

Qaror loyihasi bo'yicha takliflaringizni bildiring: https://regulation.gov.uz/uz/d/25345

Qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi 2020-yil 17-dekabrda yakunlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
🎙 SHAROIT+ #PODKAST 3-SONI:

Pandemiya ko’zi ojiz bolalar ta’limiga qanday ta’sir qildi?

Suhbatimiz mehmonlari O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi, psixolog va pedagog Po’latov Xaqnazar aka, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi G’iyosov Mirali hamda doimiy mehmonimiz Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupovni taklif qildik. Moderator: Ulug’bek Mamatxonov.

🎧
Vebsaytimizda tinglang: https://sharoitplus.uz/sharoit-podkast-3-soni/
🎧 SoundCloud-da tinglang: https://soundcloud.com/sharoitplus/3-soni
🎧 Podkastni Telegram kanalimizda ham tinglashingiz mumkin

Davomiyligi: 52:55 daqiqa
Hajmi: 50.8 MB

Google Podcast ilovasida Sharoit+ga obuna bo’ling.

Podkastga homiylik qiling:
Sharoit+ vebsaytida| Payme | Click

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Audio
🎙 SHAROIT+ #PODKAST 3-SONI:

Pandemiya ko’zi ojiz bolalar ta’limiga qanday ta’sir qildi?

Suhbatimiz mehmonlari O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi, psixolog va pedagog Po’latov Xaqnazar aka, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi G’iyosov Mirali hamda doimiy mehmonimiz Sasseks Universiteti doktoranti Dilmurod Yusupovni taklif qildik. Moderator: Ulug’bek Mamatxonov.

🎧
Vebsaytimizda tinglang: https://sharoitplus.uz/sharoit-podkast-3-soni/
🎧 SoundCloud-da tinglang: https://soundcloud.com/sharoitplus/3-soni

Davomiyligi: 52:55 daqiqa
Hajmi: 50.8 MB

Google Podcast ilovasida Sharoit+ga obuna bo’ling.

Podkastga homiylik qiling:
Sharoit+ vebsaytida| Payme | Click

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
sharoitplus.uz pinned «🎙 SHAROIT+ #PODKAST 3-SONI: Pandemiya ko’zi ojiz bolalar ta’limiga qanday ta’sir qildi? Suhbatimiz mehmonlari O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi, psixolog va pedagog Po’latov Xaqnazar aka, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent…»
Dastur.docx
53.1 KB
#davrasuhbati

"NOGIRONLAR UCHUN ODIL SUDLOVGA ERISHISH: XORIJIY TAJRIBA VA MILLIY AMALIYOT"

Ertaga dushanba 14 dekabr, soat 15:00 - 17:30 (Toshkent vaqti bilan) xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtorkida ushbu mavzu bo'yicha onlayn davra suhbati bo'lib o'tadi (dastur ilova qilingan). Tadbir tashkilotchilari: O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va EXХTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori.

Zoomga ulanish uchun:
https://osce-org.zoom.us/j/93083855505
Uchrashuv identifikatori: 930 8385 5505
Parol: 66790852

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Imo-ishora tilini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi

Vazirlar Mahkamasining "Shaxslar oʻrtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Unga koʻra, davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻrta maktablarda imo-ishora tili va brayl yozuvini oʻqitish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Loyihaga muvofiq, oʻzbek imo-ishora tili huquqiy maqomga ega boʻlishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda, muassasalarda va korxonalarda oʻzbek imo-ishora tilini aloqa tili sifatida ishlatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

Qaror loyihasining muhokamasi 17 dekabrga qadar davom etadi.

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
#taqdimot

🦠 Pandemiya to‘rt muchasi sog' o‘quvchilarga uy ta'limi qanchalik qiyin va saviyasizligini ko‘rsatdi!

2020-yil 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlangan “Oldingidan yaxshiroq” tamoyili bo‘yicha tiklanish: nogironligi bo‘lgan insonlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, COVID-19dan keyin inklyuziv, sharoiti bor va barqaror O'zbekiston sari" mavzusidagi davra suhbatida "Inklyuziv Jamiyat" nogironlar jamoat birlashmasi faol a'zosi Madina Po‘latovaning nutqi.

📺 YouTube: https://youtu.be/BrCrVIzoqWs

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#Intervyu #BizHarXilLekinTeng

📩 Prezidentga xat yozib maktabda barcha bilan ta'lim olishga erishgan Madina Po‘latova bilan intervyu

"Sog'lom insonlarni ko'z-qarashlari va munosabati bizga to'sqinlik qiladi, bizlarni nogiron ekanligimizni va imkoniyatimiz cheklanganligini eslatib turadi," deydi Madina Po‘latova.

UzReport TV kanali bilan hamkorlikda 2020-yil 3-noyabrdan 3-dekabrgacha "O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha media-marafon" doirasida yosh nogironligi bo‘lgan faol Madina Po'latova bilan intervyuni tomoshqa qiling.

UzReport TVga bergan intervyusida Madina barcha bilan teng ravishda ta'lim olish uchun u qanday to'siqlar va salbiy munosabatlarga duch kelgani va ularni qanday yengib o'tgani haqida gapiradi.

📺 YouTube: https://youtu.be/IGyZf6mCBTk

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#davrasuhbati

Eslatib o'tamiz bugun soat 15:00 - 17:00 nogironligi bo'lgan shaxslar uchun odil sudvloga erishish haqida onlayn davra suhbati bo'lib o'tadi.

Tadbir tashkilotchilari O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va EXХTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori.

Zoomga ulaning:
https://osce-org.zoom.us/j/93083855505
Uchrashuv identifikatori: 930 8385 5505
Parol: 66790852

Davra suhbati o'zbek, rus va ingliz tillari hamda imo-ishora tili tarjimasi bilan ta'minlanadi.
#taqdimot

COVID-19 pandemiyasi ko‘zi ojiz insonlarni ta'limiga qanday ta'sir ko‘rsatdi?

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi va O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati faol a'zosi Mirali G'iyosov taqdimotini tomoshqa qiling.

📺 YouTube: https://youtu.be/SsF_hvAZZBA

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#ishplus #vakansiya

EVOS CALL-MARKAZI OPERATORLIKKA ISHGA TAKLIF QILYAPTI

TM "EVOS" nogironligi bo'lgan shaxslarni Call-markazi operatori lavozimiga ishga taklif qilyapti.

Ayni paytda EVOSning o'z do'stona jamoasi tarkibiga kirishni istagan va intervyudan o'tmoqchi bo'lgan 5 nafar kishiga ish taklif qilishga tayyor.

Mazali taomni sevuvchilarning qo'ng'iroqlarini qabul qilish ustida ishlash.

💁🏻‍♂️ Nomzoddan nima talab qilinadi?
- aniq diktsiya (so'zlash ko'nikmasi) va malakali rus va o'zbek nutqi (majburiy talab);
- Turli xil odamlar bilan ishlash istagi, muloqot ko'nikmasi va stressga chidamlilik darajasi talab etiladi.

🥙 EVOS nima taklif qilyapti?
- rasmiy ishga joylashish, zarurat tug'ilganda o'qitish, kompyuter va Internet bilan ta'minlash.

Barcha savollaringiz bo'yicha: +998997906424 raqamiga qo'ng'iroq qiling (10: 00dan 18: 00gacha yoki Telegram orqali)

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nogironlarhuquqlari

Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya haqida nimalarni bilasiz?

2006-yil 13-dekabr Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Konvensiyasi qabul qilingan. 2009-yil 27-fevral O'zbekiston ushbu Konvensiyani imzolagan ammo hanuzgacha ratifikatsiya qilgani yo'q.

Ushbu Konvensiyaga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslar qanday huquqlarga ega? O'zbekistondagi BMT vakolatxonasining ijtimoiy himoiy bo'yicha qo'shma dasturi tomonidan tayyorlangan videoni tomosha qiling.

Konvensiyaning o'zbek tilidagi to'liq matni bilan batafsil saytimizdagi "Resurslar" bo'limida tanishishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/resurslar/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Vashingtondagi Karlar yuritadigan pitseriya

AQSh aholisi 330 million kishidan oshadi va ulardan qariyb 1 millioni kar va zaif eshituvchi fuqarolardir. Ularga ham ish kerak, qolaversa ular ham iste'molchilar qatoriga kirishadi. Bu degani ular mehnat qilishlari uchun sharoitlar yaratish zarur.

Aynan shu masalani yechimini topgan Vashingtondagi bir oshxona haqidagi reportajni tomosha qiling. O'zbekistonda esa kar va zaif eshituvchi insonlarning ko'pi Toshkent shahar avtoturargoxlarida tirikchilik qilishga majburlar.

📺 YouTube: https://youtu.be/S60jP2hBfIA?t=618

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#taqdimot

COVID-19 pandemiyasi kar va zaif eshituvchi bolalar ta'limiga qanday ta'sir qildi?

Ommaviy kommunikatsiyalar va jurnalistika universiteti talabasi, O'zbekiston karlar jamiyati blogining muallifi, kar va zaif eshituvchi insonlar huquqlari faoli Ma'mur Axliddinov taqdimotini tomosha qiling.

Ushbu taqdimot 2020-yil 3-dekabr «Hilton» mehmonxonasida Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlangan davra suhbatida namoyish etildi.

📺 YouTube: https://youtu.be/Dx3BAEu3CeA

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#radio #ishplus

BMT Taraqqiyot dasturi va Maxima radiosining yangi qo'shma loyihasi "Odni iz nas" (Bizlardan birimiz) dasturida Sharoit+ NJB rahbari Muxabbat Raximova tashkilotimizning yangi loyihasi haqida so'zlab berdilar.

📻 Bugun 18:30 da FM 105,4 tinglang (rus tilida).

Hozirgi zamonda nogironlik belgisi bo'yicha insonni jamiyatdan ajratmaslik va ularning huquqlarini buzmaslik kerak. Nogironligi bo'lgan shaxslarning muammolari bizning umumiy muammolarimizdir.

Dasturni har chorshanba kuni soat 09:30 va 18:30 da FM 105,4 Radio Maximada tinglang!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#grant

Yaponiyada imkoniyati cheklanganlar uchun 10 oylik trening dasturi; barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi va stipendiya beriladi; joy – 10 ta!

💁🏻‍♂️💁🏻‍♀️ Siz 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan imkoniyati cheklangan shaxsmisiz?

🇬🇧🇯🇵 Ingliz tili yoki yapon tilini bilasizmi?

🇺🇿 Oʻz vataningizda boʻlajak lider boʻlish va imkoniyati cheklangan insonlar bilan ishlashni hohlaysizmi?

🗾 Yaponiyada 10 oy yashashni va yapon madaniyatini oʻrganishni hohlaysizmi?

Unda Duskin Yetakchilik Trening Dasturiga ariza topshiring: https://www.normanet.ne.jp/~duskin/english/apply/index.html

🔖 Hujjatlar 2021-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot o'zbek tilida: https://grantlar.uz/yaponiya-imkoniyati-cheklanganlar-uchun-10-oylik-trening-dasturi/

Manba: @grantlar

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Audio
#radio #ishplus

📻 Kecha FM 105,4 Radio Maximada "Odni iz nas" dasturini o'tkazib yuborgan bo'lsangiz bizning Telegram kanalimizda tinglashingiz mumkin (rus tilida).

Radio eshittirishda Sharoit+ NJB rahbari Muxabbat Raximova yangi loyihamiz: “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta'minlash” haqida gapirib berdilar.

🎧 "Odni iz nas" radio dasturini har chorshanba kuni soat 09:30 va 18:30 da FM 105,4 Radio Maximada tinglang!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Sharoit+dan yangi #loyiha:

💻 Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash

🇺🇳 NJB Sharoit+ O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo’shma dasturi doirasida nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha kichik loyiha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tanlovida g‘olib bo‘ldi va ushbu loyihani amalga oshirishni boshladi.

♿️ 👔 Loyihamizning maqsadi Toshkent shahridagi mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy muhofazasini yaxshilash.

Batafsil: https://sharoitplus.uz/maxsus-rekruting-veb-portali-loyihasi/

Loyihalarimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Bizni kuzatib boring:
Facebook | Youtube | Instagram | TikTok | Twitter

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus