sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
#Intervyu #BizHarXilLekinTeng

📩 Prezidentga xat yozib maktabda barcha bilan ta'lim olishga erishgan Madina Po‘latova bilan intervyu

"Sog'lom insonlarni ko'z-qarashlari va munosabati bizga to'sqinlik qiladi, bizlarni nogiron ekanligimizni va imkoniyatimiz cheklanganligini eslatib turadi," deydi Madina Po‘latova.

UzReport TV kanali bilan hamkorlikda 2020-yil 3-noyabrdan 3-dekabrgacha "O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha media-marafon" doirasida yosh nogironligi bo‘lgan faol Madina Po'latova bilan intervyuni tomoshqa qiling.

UzReport TVga bergan intervyusida Madina barcha bilan teng ravishda ta'lim olish uchun u qanday to'siqlar va salbiy munosabatlarga duch kelgani va ularni qanday yengib o'tgani haqida gapiradi.

📺 YouTube: https://youtu.be/IGyZf6mCBTk

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#davrasuhbati

Eslatib o'tamiz bugun soat 15:00 - 17:00 nogironligi bo'lgan shaxslar uchun odil sudvloga erishish haqida onlayn davra suhbati bo'lib o'tadi.

Tadbir tashkilotchilari O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va EXХTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori.

Zoomga ulaning:
https://osce-org.zoom.us/j/93083855505
Uchrashuv identifikatori: 930 8385 5505
Parol: 66790852

Davra suhbati o'zbek, rus va ingliz tillari hamda imo-ishora tili tarjimasi bilan ta'minlanadi.
#taqdimot

COVID-19 pandemiyasi ko‘zi ojiz insonlarni ta'limiga qanday ta'sir ko‘rsatdi?

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi va O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati faol a'zosi Mirali G'iyosov taqdimotini tomoshqa qiling.

📺 YouTube: https://youtu.be/SsF_hvAZZBA

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#ishplus #vakansiya

EVOS CALL-MARKAZI OPERATORLIKKA ISHGA TAKLIF QILYAPTI

TM "EVOS" nogironligi bo'lgan shaxslarni Call-markazi operatori lavozimiga ishga taklif qilyapti.

Ayni paytda EVOSning o'z do'stona jamoasi tarkibiga kirishni istagan va intervyudan o'tmoqchi bo'lgan 5 nafar kishiga ish taklif qilishga tayyor.

Mazali taomni sevuvchilarning qo'ng'iroqlarini qabul qilish ustida ishlash.

💁🏻‍♂️ Nomzoddan nima talab qilinadi?
- aniq diktsiya (so'zlash ko'nikmasi) va malakali rus va o'zbek nutqi (majburiy talab);
- Turli xil odamlar bilan ishlash istagi, muloqot ko'nikmasi va stressga chidamlilik darajasi talab etiladi.

🥙 EVOS nima taklif qilyapti?
- rasmiy ishga joylashish, zarurat tug'ilganda o'qitish, kompyuter va Internet bilan ta'minlash.

Barcha savollaringiz bo'yicha: +998997906424 raqamiga qo'ng'iroq qiling (10: 00dan 18: 00gacha yoki Telegram orqali)

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nogironlarhuquqlari

Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya haqida nimalarni bilasiz?

2006-yil 13-dekabr Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Konvensiyasi qabul qilingan. 2009-yil 27-fevral O'zbekiston ushbu Konvensiyani imzolagan ammo hanuzgacha ratifikatsiya qilgani yo'q.

Ushbu Konvensiyaga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslar qanday huquqlarga ega? O'zbekistondagi BMT vakolatxonasining ijtimoiy himoiy bo'yicha qo'shma dasturi tomonidan tayyorlangan videoni tomosha qiling.

Konvensiyaning o'zbek tilidagi to'liq matni bilan batafsil saytimizdagi "Resurslar" bo'limida tanishishingiz mumkin: https://sharoitplus.uz/resurslar/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Vashingtondagi Karlar yuritadigan pitseriya

AQSh aholisi 330 million kishidan oshadi va ulardan qariyb 1 millioni kar va zaif eshituvchi fuqarolardir. Ularga ham ish kerak, qolaversa ular ham iste'molchilar qatoriga kirishadi. Bu degani ular mehnat qilishlari uchun sharoitlar yaratish zarur.

Aynan shu masalani yechimini topgan Vashingtondagi bir oshxona haqidagi reportajni tomosha qiling. O'zbekistonda esa kar va zaif eshituvchi insonlarning ko'pi Toshkent shahar avtoturargoxlarida tirikchilik qilishga majburlar.

📺 YouTube: https://youtu.be/S60jP2hBfIA?t=618

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#taqdimot

COVID-19 pandemiyasi kar va zaif eshituvchi bolalar ta'limiga qanday ta'sir qildi?

Ommaviy kommunikatsiyalar va jurnalistika universiteti talabasi, O'zbekiston karlar jamiyati blogining muallifi, kar va zaif eshituvchi insonlar huquqlari faoli Ma'mur Axliddinov taqdimotini tomosha qiling.

Ushbu taqdimot 2020-yil 3-dekabr «Hilton» mehmonxonasida Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlangan davra suhbatida namoyish etildi.

📺 YouTube: https://youtu.be/Dx3BAEu3CeA

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#radio #ishplus

BMT Taraqqiyot dasturi va Maxima radiosining yangi qo'shma loyihasi "Odni iz nas" (Bizlardan birimiz) dasturida Sharoit+ NJB rahbari Muxabbat Raximova tashkilotimizning yangi loyihasi haqida so'zlab berdilar.

📻 Bugun 18:30 da FM 105,4 tinglang (rus tilida).

Hozirgi zamonda nogironlik belgisi bo'yicha insonni jamiyatdan ajratmaslik va ularning huquqlarini buzmaslik kerak. Nogironligi bo'lgan shaxslarning muammolari bizning umumiy muammolarimizdir.

Dasturni har chorshanba kuni soat 09:30 va 18:30 da FM 105,4 Radio Maximada tinglang!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#grant

Yaponiyada imkoniyati cheklanganlar uchun 10 oylik trening dasturi; barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi va stipendiya beriladi; joy – 10 ta!

💁🏻‍♂️💁🏻‍♀️ Siz 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan imkoniyati cheklangan shaxsmisiz?

🇬🇧🇯🇵 Ingliz tili yoki yapon tilini bilasizmi?

🇺🇿 Oʻz vataningizda boʻlajak lider boʻlish va imkoniyati cheklangan insonlar bilan ishlashni hohlaysizmi?

🗾 Yaponiyada 10 oy yashashni va yapon madaniyatini oʻrganishni hohlaysizmi?

Unda Duskin Yetakchilik Trening Dasturiga ariza topshiring: https://www.normanet.ne.jp/~duskin/english/apply/index.html

🔖 Hujjatlar 2021-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot o'zbek tilida: https://grantlar.uz/yaponiya-imkoniyati-cheklanganlar-uchun-10-oylik-trening-dasturi/

Manba: @grantlar

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Audio
#radio #ishplus

📻 Kecha FM 105,4 Radio Maximada "Odni iz nas" dasturini o'tkazib yuborgan bo'lsangiz bizning Telegram kanalimizda tinglashingiz mumkin (rus tilida).

Radio eshittirishda Sharoit+ NJB rahbari Muxabbat Raximova yangi loyihamiz: “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta'minlash” haqida gapirib berdilar.

🎧 "Odni iz nas" radio dasturini har chorshanba kuni soat 09:30 va 18:30 da FM 105,4 Radio Maximada tinglang!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Sharoit+dan yangi #loyiha:

💻 Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash

🇺🇳 NJB Sharoit+ O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo’shma dasturi doirasida nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha kichik loyiha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tanlovida g‘olib bo‘ldi va ushbu loyihani amalga oshirishni boshladi.

♿️ 👔 Loyihamizning maqsadi Toshkent shahridagi mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy muhofazasini yaxshilash.

Batafsil: https://sharoitplus.uz/maxsus-rekruting-veb-portali-loyihasi/

Loyihalarimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Bizni kuzatib boring:
Facebook | Youtube | Instagram | TikTok | Twitter

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
sharoitplus.uz pinned «Sharoit+dan yangi #loyiha: 💻 Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash 🇺🇳 NJB Sharoit+ O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo’shma dasturi doirasida nogironligi…»
❗️ DIQQAT, #VAKANSIYA: Loyiha koordinatori (12 oyga mehnat shartnomasi)

♿️ NJB Sharoit+ “Maxsus rekruting veb-portali orqali imkoniyati cheklangan insonlarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasi koordinatori lavozimiga ishga taklif qiladi.

📌 Talablar bilan shu yerda tanishing: https://sharoitplus.uz/vakansiya-loyiha-koordinatori-12-oyga-mehnat-shartnomasi/

📁 To’liq rezyume va motivatsiya xatlaringizni elektron manzilimizga: sharoitplus@gmail.com 2021-yil 4-yanvarga qadar yuboring.

📝 Motivatsiya xatida uchta savolga javob bering:

1. Nega aynan siz ushbu vakansiyaga loyiq nomzodsiz?
2. Nogironligi bo’lgan insonlarni mehnat qilish sohasida qanday tajribaga egasiz?
3. Nogironligi bo’lgan insonlarni munosib ish o’rinlari bilan ta’minlash uchun nima qilish kerak?

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#vebinar

Imkoniyati cheklangan insonlar qanday axborot manbalarga ega?

13 dekabr Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi tomonidan tashkillashtirilgan vebinarni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz yozib olingan videoni YouTubeda tomosha qilishingiz mumkin.

Vebinarda Ulugʻbek Mamatxonov, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvida yetakchi mutaxassis;

Muhabbat Rahimova, Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi rahbari hamda

Ma’mur Ahliddinov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi, O‘zbekiston karlar jamiyati blogi – Uzsd.uz muallifi spiker sifatida ishtirok etishdi.

1-qism: https://youtu.be/JZ7Awny6RF4
2-qism: https://youtu.be/mGOpIt_4s8Y

Manba: @Uchinchi_Sektor

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
❗️ ВНИМАНИЕ, #ВАКАНСИЯ: Координатор проекта (трудовой договор на 12 месяцев)

♿️ ООИ «ШАРОИТ ПЛЮС» приглашает на работу на позицию Координатора проекта по «Обеспечению достойной работы для людей с инвалидностью на открытом рынке труда через специальный рекрутинговый веб-портал».

📌 С требованиями можно ознакомиться на нашем сайте: https://sharoitplus.uz/ru/vakansiya-koordinator-proekta-trudovoj-dogovor-na-12-mesyacev/

📁 Отправляйте свое полное резюме и мотивационное письмо на наш электронный адрес: sharoitplus@gmail.com до 4 января 2021 года.

📝 В мотивационном письме ответьте на три вопроса:

1. Почему вы подходящий кандидат на эту вакансию?
2. Какой у вас опыт работы с людьми с инвалидностью особенно в сфере их трудоустройства?
3. Что можно сделать для того, чтобы обеспечить людей с инвалидностью достойной работой?

Подпишитесь на наш канал:
👉 @sharoitplus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kelgusi yilda aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish dolzarbligini alohida ta'kidladi.

Prezident tomonidan nogironlikni aniqlashda jahon standartlariga asoslanadigan "ijtimoiy model" ga bosqichma-bosqich o‘tish vazifasi belgilab berildi.

Murojaatnoma Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati tomonidan sharhlanmoqda.

Batafsil: https://review.uz/oz/post/prezident-otmetil-aktualnost-usileniya-socialnoy-zashit-naseleniya-v-sleduyushem-godu

Подробнее: https://review.uz/ru/4lu

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Forwarded from •Uchinchi sektor•
#yangiliklar
#ijtimoiy_masala

NJB Sharoit+ imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus rekruting veb-portali ustida ish olib bormoqda

🧑🏻‍💻👩🏻‍💻Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekistondagi BMTning qo‘shma dasturi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha kichik loyiha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tanlovida g‘olib bo‘ldi va ushbu loyiha ustida ish boshladi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad Toshkent shahridagi mehnatga layoqatli yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy muhofazasini yaxshilashdan iborat.

📝 Batafsil ma’lumot: https://sharoitplus.uz/maxsus-rekruting-veb-portali-loyihasi/

💸 NJB Sharoit+ loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

@Uchinchi_Sektor
Assalomu alaykum!

NJB Sharoit+ jamoasi sizni va yaqinlaringizni kirib kelgan Yangi Yil bilan tabriklyadi! 🎉🎊🎄

2021-yilda rejalashtirgan loyihalarimiz orqali barcha uchun to'siqlardan holi va inklyuziv jamiyat qurishda davom etamiz!

Loyihalarimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Facebook | Youtube | Instagram | TikTok | Twitter

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
Forwarded from TROLL.UZ
Yangi yilni foydali kontent bilan boshlashga qaror qildim. Biror bir muammo bo’yicha yechimni rasm chizish orqali ifodalash. Bu rukn nomi #YechimBor #ЕстьРешение

Eng ko’p uchraydigan muammo: shaharlar maxsus ehtiyojli insonlar uchun umuman moslashtirilmagan. Metroni-ku gapirmasa ham bo’ladi, lekin ko’plab yer osti o’tish yo’llari ham faqat zinalardan iborat.

Agar bolalar kolyaskasi bilan yoki maxsus aravachalarda bo’lsangiz shahar umuman sizni borligingizga e’tiborsiz.

Taklif: shahardagi har bir zina bor joylarda maxsus panduslar o’rnatish. Buni qonun bilan belgilash ham zarur. Jamoat joylari va davlat binolarida - davlat byudjetidan, xususiy joylarda esa shu joy egasi tomonidan. Pandusga sarflangan xarajatlar soliqdan ozod etilishi va maxsus yengilliklar berilishi kerak.

Panduslar barcha standartlarga mos ravishda o’rnatilishi zarur.



Новый год решил начать с полезного контента. Рисовать решения проблем. Название этой рубрики - #YechimBor #ЕстьРешение

Самая распространенная проблема в городах Узбекистана это то, что они совсем не приспособлены для людей с ограниченными возможностями. Я сейчас не о метро, хотя метро тоже должно быть для всех. ​​Можно начать хотя бы с подземных переходов и всех мест, где есть ступеньки.

Города абсолютно не предназначены для родителей с ребёнком в коляске или тех, кто пользуется специальными колясками для передвижения., городу все равно, будете ли вы там вообще.

Предложение: Установить специальные пандусы везде, где есть лестницы и ступеньки. Это тоже необходимо укрепить законом. В общественных местах и ​​зданиях - сделать из государственного бюджета, а в частных - собственником этого места. Сумму, потраченную на установку пандусов, нужно вычесть из налоговой базы предприятия.

Пандусы должны быть установлены с соблюдением всех нормативов.

@trolluz
#yangilik

Bishkekdagi yagona inklyuziv IT-kompaniya (video)

💻 Qir'gizstonning Bishkek shahrida yagona inklyuziv IT kompaniyasi ishlaydi. Uning texnik direktori Mirbek Murataliyev qo'ltiq tayog'idan foydalanadi va uning ishchilarning yarmi ham nogironligi bor. Ammo bu holat dasturlashga hech qanday xalaqit bermaydi.

Mirbek Murataliev so'nggi 10 yil ichida o'z kompaniyasini ochishni orzu qilar edi. Va nihoyat, uning orzusi amalga oshdi: uning idorasi, dasturchilari va ikkita do'sti bor, ular bilan u biznesni yaratgan - Processor.kg kompaniyasi.
Xodimlar kompyuter uskunalarini ta'mirlash, dasturlarni yaratish va veb-saytlarni yaratish bilan shug'ullanadilar. Yana bir o'quv marakzi loyihasini ishga tushirish va qahvaxona ochishni rejalashtirilgan.

Mirbekning so'zlariga ko'ra, muvaffaqiyatning asosiy siri do'stlarda!

📺 Batafsil videoni tomoshqa qiling: https://www.currenttime.tv/a/it-company-kyrgyzstan-disabled-developers/31023002.html (rus tilida)

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus