sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
​​#vebinar

👨🏻‍🦽🧑🏻‍🦯💵 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI BANDLIKLARINI TA'MINLAGAN ISH BERUVCHILAR UCHUN IMTIYOZLAR

Ertaga 27 mart ertalab soat 10:30da (Toshkent vaqti bilan) xalqaro darajadagi nogironlik va inklyuziv rivojlanish masalalari bo‘yicha mutaxassis Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti doktoranti va Sharoit+ amalga oshirayotgan @ishplus_uz loyihasi rahbari Dilmurod Yusupov tomonidan olib boriladi.

Seminar O‘zbekiston Ko‘zi Ojizlar Jamiyati Markaziy Boshqaruvi O‘zR Oliy Majlisi xuzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan "Xalqaro tajribalarni joriy etish orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etilyapti.

📺 Facebookda jonli efirda tomosha qiling: https://www.facebook.com/sharoitplus/live/

💻 Zoom orqali ishtirok eting: https://universityofsussex.zoom.us/j/94942887605
Meeting ID: 949 4288 7605

📍Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi 95 uy, “Hosilot” mehmonxonasi.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
sharoitplus.uz pinned «​​#vebinar 👨🏻‍🦽🧑🏻‍🦯💵 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI BANDLIKLARINI TA'MINLAGAN ISH BERUVCHILAR UCHUN IMTIYOZLAR Ertaga 27 mart ertalab soat 10:30da (Toshkent vaqti bilan) xalqaro darajadagi nogironlik va inklyuziv rivojlanish masalalari bo‘yicha mutaxassis…»
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Oʻzbekiston prezidentining «Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, „Saxovat“ va „Muruvvat“ internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida» gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko'ra, SSV huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi.

«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari agentlik tizimiga kiritildi.

Agentlik muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlashda koʻmaklashadi.

Muassasalar rekonstruktsiyasiga 428 mlrd soʻm ajratiladi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2021/03/26/farmon/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
#ochiqsuhbat #sharoitplus

OCHIQ SUHBAT 5-SONI

Navbatdagi mehmon NJB "SHAROIT PLYUS" xayriya tadbirlarida doimiy hizmatda bo‘lgan "Shuhrat" medali sohibi, bastakor va xonanda Abzal Husanov.

Boshlovchi Murod Urunov Abzal aka hayotlari va ijodlari hamda jismomiy imkoniyati cheklangan insonlarga bo‘lgan g'amxo‘rliklari haqida samimiy suhbat qildi.

Bugun soat 19:45 da YouTube kanalimizda tomosha qiling!

📺 YouTube orqali ko‘rish
:👇🏻
https://youtu.be/9WWjd49qxEU

💳 Loyihamizga homiylik qiling:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Faoliyatimizni kuzatib boring:
Facebook | Youtube | Instagram | TikTok | Twitter

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#yangilik #inklyuzivtalim

🏫👩🏻‍🦽NJB "SHAROIT PLYUS" KENGASHI A'ZOSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI JAMOATCHILIK KENGASHI A'ZOSI BO‘LDI

26 mart Xalq ta'limi vazirligi huzurida tashkil etilgan yangi Jamoatchlik kengashi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash a'zolari sifatida NJB "SHAROIT PLYUS" Kengashi a'zosi Dilmurod Yusupov va rivolanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ota-onalari o‘z-o‘ziga yordam guruhining vakili Vasila Kadirova ishtirok etishdi va O‘zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish muammolarini ko‘tarishdi.

📌 Batafsil: https://dilmurad.me/uz/xalq-talimi-vazirligi-huzuridagi-jamoatchilik-kengashi/

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#podkast

🎙♿️ O‘ZBEKISTON NOGIRONLAR ASSOTSIATSIYASI RAISI OYBEK ISAKOV BILAN SUHBAT (RUS TILIDA)

- O‘zbekiston Nogironlar Asotsiatsiyasini tashkil etishning maqsadi nima?
- Saylov paytida, xususan saylov kampaniyasida nogironlarning saylash huquqlari to‘liq taminlanadimi?
- BMTning nogironlar huquqlari konvensiyasini ratifikatsiya qilish nimani beradi?
- "Inklyuziv jamiyat" nima?
- Mahsulotlar / xizmatlarning "universal dizayni" nima?
- O‘zbekistonda nogironlar statistikasi.
- Nima uchun "nogironlik guruhini" olish uchun to‘siqlar mavjud?
- Nima uchun yetim va nogiron bolalar umumiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda?
- Faqatgina nogironlar bilan shug'ullanadigan yagona (alohida) mas'ul davlat idorasining yo‘qligi bilan bog'liq muammolar.
- inklyuziya bilan eksklyuziya. Teng imkoniyatlar Jamiyatini rivojlantirish yo‘lida tanlov!
- jismoniy nogironlarga nisbatan jamiyatning ongi va stereotiplari.
- Nogironligi bor shaxsning sudlov jarayonida huquqlari to‘liq taminlanadimi?

🎧 Suhbatni eshiting: https://we.fo/1535169765

Loyiha miallifi va boshlovchi - Xurshid Alimardanov.
Ovoz muharriri: Beksultan Okenov.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus

#подкаст

🎙♿️ ИНТЕРВЬЮ С ОЙБЕКОМ ИСАКОВЫМ, ПРЕДСЕДАТЕЛЕМ АССОЦИАЦИИ ИНВАЛИДОВ УЗБЕКИСТАНА

- Цели создании Ассоциации Инвалидов Узбекистана?
- Соблюдаются ли права людей с инвалидностью во время выборов, в частности в предвыборных компаниях?
- Что даёт ратификация Конвенции ООН о правах инвалидов?
- Что такое «инклюзивное общество»?
- Что такое «универсальный дизайн» продуктов / услуг?
- Статистика лиц с инвалидностью в Узбекистане.
- Почему присутствуют барьеры в получении «группы по инвалидности»?
- Почему сироты и дети с инвалидностью имеют общие трудности?
- Проблемы, связанные с отсутствием единого (отдельного) ответственного госоргана, занимающегося только с людьми с инвалидностью.
- Инклюзия против эксклюзии. Выбор общества для развития равных возможностей!
- Сознание и стереотипы общества по отношению к людям с физическими ограничениями.
- Имеет ли полноценный доступ к правосудию человек с физическими ограничениями?

🎧 Послушайте беседу: https://we.fo/1535169765

Автор проекта и ведущий - Хуршид Алимарданов
Звукорежиссер: Бексултан Окенов

Подписывайтесь на наш канал:
👉@sharoitplus
Forwarded from •Uchinchi sektor•
#imkoniyat

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi va "Najot ta'lim" markazi o'zaro hamkorlikda nogironligi bor bo'lgan yoshlarni IT olamiga qadam qo'yishlarida yordamlashish maqsadida "IMKON" loyihasi granti uchun qabul e'lon qildi.

📩 Arizalar shu yilning 15-apreliga qadar ushbu havola orqali qabul qilinadi.

🔹 Ushbu grant uchun 30 nafar 15 yoshdan 30 yoshgacha nogironligi bo'lgan yoshlar tanlab olinib, ularga grafik dizayn va SMM yo'nalishlarda dars beriladi.

Batafsil👉@imkongrant

@Uchinchi_Sektor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiqsuhbat

👩🏻‍🦽👩🏻‍🦯O‘ZBEKISTON NOGIRONLIGI BO‘LGAN AYOLLAR KO‘ZI BILAN

"O‘zbekiston ayollar ko‘zi bilan"
loyihasi doirasida sizlarni 17 aprel soat 14:00 da FACEBOOKdagi jonli suhbatimizga taklif qilamiz!

Suhbatda NJB "SHAROIT PLYUS" raisi va asoschisi Muhabbat Rahimova va jamoatchilik bilan ishlash koordinatori Shodiyaxon Qosimova hamda Ingliz tili o‘qituvchusi, tilshunos Surayyo Nuriddinova ishtirok etishadi.

Suhbat malakali tarjimon Gulnora Maxkamova tomonidan imo-ishora tiliga tarjima qilinadi.

Suhbatimizning musiqiy tanaffusida esa yana ikkita ajoyib mehmon iqtidorli ko‘zi ojiz musiqachilarimiz Dilfuza Nurmetova va Sevara Mirsidikova ijro etadilar.

📺 Facebookda tomosha qiling: https://www.facebook.com/Ozbekistonayollarkozibilan/live/

📌 Batafsil: https://fb.me/e/3qCQM9Ufd

Kanallarimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
👉 @uzbekayol
#вебинар

Мы все разные, но равныe!

Дорогие друзья, в субботу, 17-го апреля, в 14.00 проект @uzbekayol приглашает вас на очередной FACEBOOK-live. Тема: "УЗБЕКИСТАН ГЛАЗАМИ ЖЕНЩИН c инвалидностью" (на узбекском🇺🇿)

Беседа будет о реалиях жизни и проблемах женщин с инвалидностью в Узбекистане. О них поведуют они сами.

Наши спикеры:

🌺МУХАББАТ РАХИМОВА
Председательницa и учредительница общественного объединения людей с инвалидностью «ШАРОИТ ПЛЮС».

🌺ШОДИЯХОН КОСИМОВА
Координатор по работе с общественностью «ШАРОИТ ПЛЮС». Поэтесса.

🌺СУРАЙЁ НАСРИДДИНОВА
Преподавательница английского языка, лингвист, менеджер по продажам, оператор телефонной связи

Дискуссия будет сопровождаться переводом на жестовый язык и пройдёт в виде вебинара c возможностью задать вопросы в прямом эфире.

У нас будут еще две особых гостьи - музыканты
🌺ДИЛЬФУЗА НУРМЕТОВА и
🌺СЕВАРА МИРСИДИКОВА, также являющиеся женщинами с инвалидностью.

🔗 Ссылка на Фейсбук: https://fb.me/e/3qCQM9Ufd

Источник: Проект "Узбекистан глазами женщин"
👉 @uzbekayol
#TV

SHARAF EGALARI // AMIRXON UMAROV // OCHIQCHASIGA GAPLASHAMIZ

🧑🏻‍🦯🦻🏽Ko'zi ojiz, kar-soqov bolalar bilim olishi uchun kerakli sharoitlar yaratilganmi?

📖 Bugungi kunda ularning necha foizi savodli?

👨‍👩‍👦 Imkoniyati cheklangan bolalardan ota-onalar doim voz kechishadimi?

🏫 Imo-ishora orqali dars o'tadigan mutaxasislar nimadan norozi?

📚 Maxsus darsliklar yetarli darajada chop etilganmi?

💰Sharafli lekin mashaqqatli kasb egalarining maoshlari ularni rozi qiladigan darajadami?

Bu gal avval hech qayerda ko'tarilmagan muammolar haqida gaplashdik!

📺 YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/_8JeeFfeyJ4

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#vebinar

👩🏻‍🦽👩🏻‍🦯 O‘ZBEKISTON NOGIRONLIGI BO‘LGAN AYOLLAR KO‘ZI BILAN

@uzbekayol loyihasi doirasida 17 aprel soat 14:00 da FACEBOOKdagi jonli suhbatimiz musiqiy tanaffusida ikkita ajoyib mehmon iqtidorli ko‘zi ojiz musiqachilarimiz Dilfuza Nurmetova va Sevara Mirsidikova ijro etadilar.

📌Tadbir haqida batafsil: https://fb.me/e/3qCQM9Ufd

📺 Jonli efirda tomosha qiling: https://www.facebook.com/Ozbekistonayollarkozibilan/live/

"O‘zbekiston ayollar ko‘zi bilan" loyihasi kanaliga obuna bo‘ling:
👉 @uzbekayol
🌸 TANISHING: DILFUZA NURMETOVA

🪕🎼O'zbekiston davlat konservatoriyasida bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatgan. U ko'zi ojiz musiqachi. Dilfuza dutor mutaxassisligi bo'yicha, xozirda Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa va san'at institutida talabalarga saboq berib kelmoqda. U mumtoz ashulalarni ham matomiga yetkazib ijro qiladi. Uning ijrosidagi qo'shiq va ashulalar radio va televidenie efirlari orqali yangrab kelmoqda.

17 Aprel soat 14:00 da Facebookdagi tadbirda ishtirok eting: https://fb.me/e/3qCQM9Ufd

Surat va matn manbasi: @uzbekayol
🌸 TANISHING: SEVARA MIRSIDIQOVA

🎼 🎹 O'zbekiston davlat konservatoriyasida musiqashunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olgan. U musiqashunoslik bo'limidagi "Musiqa nazariyasi" yo'nalishida eng birinchi ko'zi ojiz talaba bo'lgan. Sevara pianist, u turli xalqaro musobaqalarning laureati bo'lgan. U spikerlik faoliyati bilan ham shug'ullanadi. 2017 yilda TEDx Mustaqillik Square'da eng yosh spiker sifatida qatnashgan.

17 Aprel soat 14:00 da Facebookdagi tadbirda ishtirok eting: https://fb.me/e/3qCQM9Ufd

Surat va matn manbasi: @uzbekayol
#intervyu

DAUN SINDROMI - TAQDIR SINOVIMI YOKI SIYLOVI. JAMIYATGA SIG'MAGAN BEAYB KO'NGILLAR.

"Yolg'ondan Yiroq"
dasturining mehmoni “UMNICHKA” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari va nogironligi bo’lgan bolalar va ularning onalarini huquqlarini himoya qiluvchi mutaxassis Shahnoza Ikramova.

📺 YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=oHLN3_LbcFA

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
​​Inklyuziya nima?

Inklyuziya (inclusion) yaʼni “kiritish” yoki "birgalikda ishtirok etish" jamiyatdagi hayotni tashkillashtirishning maxsus usulini anglatadi. Bu barcha odamlarga (kelib chiqishi, jinsi, jismoniy va psixologik yoki ruhiy xususiyatlaridan qat'i nazar) jamiyatning turli sohalarida (kundalik, ta'lim, madaniy, ish va boshqalar) ishtirok etish imkonini beradi.

🏫 Masalan, ta'limda inklyuziya -nogironligi bor bolalarni boshqa bolalardan ajratmagan holda keng qamrovli oddiy maktablarda o'qitishdir. Maktablar boshqalardan ajralib turuvchi bolalarga erta yoshlaridanoq ularning jamiyatdagi to'liq ishtirokini ta'minlash uchun qo'shimcha yordam ko'rsatishlari lozim.

💼 Inklyuziya biznesda va davlat korxonalarida ham bo'lishi kerak. Ish beruvchilar odamlarni nogironligi borliklaridan emas, balki qobiliyatlaridan kelib chiqib ishga olishlari kerak va ular uchun sharoit yaratishlari lozim

Nima uchun biz inklyuziya tomon intilishimiz kerak va nima uchun bu jamiyat uchun muhim? 🌼👩‍🎓👨‍🎓🌸

Inklyuziya imkoniyati cheklanganlarni boshqalardan ajratmasdan, barcha odamlarning ijtimoiy jarayonlarga jalb qilinishini ta'minlashga yordam beradi. Vaqt o'tishi bilan bolalarni jalb qilish ishchi kuchidagi xilma-xillikka va turli xil xodimlarni ishga jalb qilish ishlab chiqarish, akademik va boshqa sohalarda ijobiy namoyon bo'ladi.

Aslida, bu jamiyatga sezilarli darajada ko'proq moddiy va maʼnaviy foyda keltiradi, chunki ishsizlik va nafaqa toʻlovi kamayadi va har bir kishining turmush darajasi oshadi. Bularning barchasi, o'z navbatida, iqtisodiy o'sishga olib keladi.

Bu shunchalar sodda tuyuladiki, xuddi jarayon o'zi shakllanib qolguday. Afsuski, ko'plab mamlakatlar va kompaniyalarda ushbu g'oya rad etishga, kamsitishga va tushunmovchilikga duch keladi.

Ayollar uchun bu muammo yanada murakkabroq tus oladi. Jinsiy kamsitishlardan tashqari, nogironligi bor ayollar ikki baravar kamsitilishga duch keladilar, chunki ularning imkoniyatlari boshqalarnikidan farq qiladi. Ular eng himoyasiz holatda qolishmoqda.

O'zbekistonda boshqalardan farq qiladigan ayollar uchun ushbu holat qanday? Biz buni 17 aprel kuni boʻlib oʻtadigan vebinarimizda bilib olishga harakat qilamiz.

Vebinarga qo'shilish: fb.me/e/3qCQM9Ufd

#inklyuziya #nogironligiborayollar #ozbekayollar #ayollar
#uzbekistanwithafemalevoice
sharoitplus.uz pinned «Assalomu alaykum, aziz obunachilarimiz! 👩🏻‍🦽👩🏻‍🦯 @uzbekayol loyihasi doirasidagi "O‘zbekiston nogironligi bo‘lgan ayollar ko‘zi bilan" suhbatimiz boshlandi! 📺 Facebookda jonli efirni tomosha qiling: https://www.facebook.com/Ozbekistonayollarkozibilan/live/…»
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Plastik quvurdan nogiron bolalar aravachasi yasayotgan buvaydalik farmatsevt

Buvayda tumani Xonobod qishlog‘idagi xonadonlardan birida plastik quvurdan nogiron bolalar aravachasi yasash yo‘lga qo‘yildi. Asli kasbi farmatsevt bo‘lgan Abubakr O‘ktamov bir necha yildan buyon o‘z uyida ana shunday aravachalar yasaydi. U yasagan aravalar nogiron va endigina emaklay boshlagan bolalarga qo‘l kelyapti.

👉 https://kun.uz/uz/06907700

Kun.uz Telegram kanallari 👇

O‘zbekcha | Ўзбекча | Русская