sharoitplus.uz – Telegram
sharoitplus.uz
1.88K subscribers
1.76K photos
313 videos
20 files
2.19K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: info@sharoitplus.uz
Download Telegram
#TV

SHARAF EGALARI // AMIRXON UMAROV // OCHIQCHASIGA GAPLASHAMIZ

🧑🏻‍🦯🦻🏽Ko'zi ojiz, kar-soqov bolalar bilim olishi uchun kerakli sharoitlar yaratilganmi?

📖 Bugungi kunda ularning necha foizi savodli?

👨‍👩‍👦 Imkoniyati cheklangan bolalardan ota-onalar doim voz kechishadimi?

🏫 Imo-ishora orqali dars o'tadigan mutaxasislar nimadan norozi?

📚 Maxsus darsliklar yetarli darajada chop etilganmi?

💰Sharafli lekin mashaqqatli kasb egalarining maoshlari ularni rozi qiladigan darajadami?

Bu gal avval hech qayerda ko'tarilmagan muammolar haqida gaplashdik!

📺 YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/_8JeeFfeyJ4

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#vebinar

👩🏻‍🦽👩🏻‍🦯 O‘ZBEKISTON NOGIRONLIGI BO‘LGAN AYOLLAR KO‘ZI BILAN

@uzbekayol loyihasi doirasida 17 aprel soat 14:00 da FACEBOOKdagi jonli suhbatimiz musiqiy tanaffusida ikkita ajoyib mehmon iqtidorli ko‘zi ojiz musiqachilarimiz Dilfuza Nurmetova va Sevara Mirsidikova ijro etadilar.

📌Tadbir haqida batafsil: https://fb.me/e/3qCQM9Ufd

📺 Jonli efirda tomosha qiling: https://www.facebook.com/Ozbekistonayollarkozibilan/live/

"O‘zbekiston ayollar ko‘zi bilan" loyihasi kanaliga obuna bo‘ling:
👉 @uzbekayol
🌸 TANISHING: DILFUZA NURMETOVA

🪕🎼O'zbekiston davlat konservatoriyasida bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatgan. U ko'zi ojiz musiqachi. Dilfuza dutor mutaxassisligi bo'yicha, xozirda Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa va san'at institutida talabalarga saboq berib kelmoqda. U mumtoz ashulalarni ham matomiga yetkazib ijro qiladi. Uning ijrosidagi qo'shiq va ashulalar radio va televidenie efirlari orqali yangrab kelmoqda.

17 Aprel soat 14:00 da Facebookdagi tadbirda ishtirok eting: https://fb.me/e/3qCQM9Ufd

Surat va matn manbasi: @uzbekayol
🌸 TANISHING: SEVARA MIRSIDIQOVA

🎼 🎹 O'zbekiston davlat konservatoriyasida musiqashunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olgan. U musiqashunoslik bo'limidagi "Musiqa nazariyasi" yo'nalishida eng birinchi ko'zi ojiz talaba bo'lgan. Sevara pianist, u turli xalqaro musobaqalarning laureati bo'lgan. U spikerlik faoliyati bilan ham shug'ullanadi. 2017 yilda TEDx Mustaqillik Square'da eng yosh spiker sifatida qatnashgan.

17 Aprel soat 14:00 da Facebookdagi tadbirda ishtirok eting: https://fb.me/e/3qCQM9Ufd

Surat va matn manbasi: @uzbekayol
#intervyu

DAUN SINDROMI - TAQDIR SINOVIMI YOKI SIYLOVI. JAMIYATGA SIG'MAGAN BEAYB KO'NGILLAR.

"Yolg'ondan Yiroq"
dasturining mehmoni “UMNICHKA” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari va nogironligi bo’lgan bolalar va ularning onalarini huquqlarini himoya qiluvchi mutaxassis Shahnoza Ikramova.

📺 YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=oHLN3_LbcFA

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
​​Inklyuziya nima?

Inklyuziya (inclusion) yaʼni “kiritish” yoki "birgalikda ishtirok etish" jamiyatdagi hayotni tashkillashtirishning maxsus usulini anglatadi. Bu barcha odamlarga (kelib chiqishi, jinsi, jismoniy va psixologik yoki ruhiy xususiyatlaridan qat'i nazar) jamiyatning turli sohalarida (kundalik, ta'lim, madaniy, ish va boshqalar) ishtirok etish imkonini beradi.

🏫 Masalan, ta'limda inklyuziya -nogironligi bor bolalarni boshqa bolalardan ajratmagan holda keng qamrovli oddiy maktablarda o'qitishdir. Maktablar boshqalardan ajralib turuvchi bolalarga erta yoshlaridanoq ularning jamiyatdagi to'liq ishtirokini ta'minlash uchun qo'shimcha yordam ko'rsatishlari lozim.

💼 Inklyuziya biznesda va davlat korxonalarida ham bo'lishi kerak. Ish beruvchilar odamlarni nogironligi borliklaridan emas, balki qobiliyatlaridan kelib chiqib ishga olishlari kerak va ular uchun sharoit yaratishlari lozim

Nima uchun biz inklyuziya tomon intilishimiz kerak va nima uchun bu jamiyat uchun muhim? 🌼👩‍🎓👨‍🎓🌸

Inklyuziya imkoniyati cheklanganlarni boshqalardan ajratmasdan, barcha odamlarning ijtimoiy jarayonlarga jalb qilinishini ta'minlashga yordam beradi. Vaqt o'tishi bilan bolalarni jalb qilish ishchi kuchidagi xilma-xillikka va turli xil xodimlarni ishga jalb qilish ishlab chiqarish, akademik va boshqa sohalarda ijobiy namoyon bo'ladi.

Aslida, bu jamiyatga sezilarli darajada ko'proq moddiy va maʼnaviy foyda keltiradi, chunki ishsizlik va nafaqa toʻlovi kamayadi va har bir kishining turmush darajasi oshadi. Bularning barchasi, o'z navbatida, iqtisodiy o'sishga olib keladi.

Bu shunchalar sodda tuyuladiki, xuddi jarayon o'zi shakllanib qolguday. Afsuski, ko'plab mamlakatlar va kompaniyalarda ushbu g'oya rad etishga, kamsitishga va tushunmovchilikga duch keladi.

Ayollar uchun bu muammo yanada murakkabroq tus oladi. Jinsiy kamsitishlardan tashqari, nogironligi bor ayollar ikki baravar kamsitilishga duch keladilar, chunki ularning imkoniyatlari boshqalarnikidan farq qiladi. Ular eng himoyasiz holatda qolishmoqda.

O'zbekistonda boshqalardan farq qiladigan ayollar uchun ushbu holat qanday? Biz buni 17 aprel kuni boʻlib oʻtadigan vebinarimizda bilib olishga harakat qilamiz.

Vebinarga qo'shilish: fb.me/e/3qCQM9Ufd

#inklyuziya #nogironligiborayollar #ozbekayollar #ayollar
#uzbekistanwithafemalevoice
sharoitplus.uz pinned «Assalomu alaykum, aziz obunachilarimiz! 👩🏻‍🦽👩🏻‍🦯 @uzbekayol loyihasi doirasidagi "O‘zbekiston nogironligi bo‘lgan ayollar ko‘zi bilan" suhbatimiz boshlandi! 📺 Facebookda jonli efirni tomosha qiling: https://www.facebook.com/Ozbekistonayollarkozibilan/live/…»
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Plastik quvurdan nogiron bolalar aravachasi yasayotgan buvaydalik farmatsevt

Buvayda tumani Xonobod qishlog‘idagi xonadonlardan birida plastik quvurdan nogiron bolalar aravachasi yasash yo‘lga qo‘yildi. Asli kasbi farmatsevt bo‘lgan Abubakr O‘ktamov bir necha yildan buyon o‘z uyida ana shunday aravachalar yasaydi. U yasagan aravalar nogiron va endigina emaklay boshlagan bolalarga qo‘l kelyapti.

👉 https://kun.uz/uz/06907700

Kun.uz Telegram kanallari 👇

O‘zbekcha | Ўзбекча | Русская
Korporativ ijtimoiy masʼuliyat — u qanday boʻlishi kerak?

Korporativ ijtimoiy masʼuliyatning mohiyati va tamoyillari nimadan iborat? Nima uchun uni xayriyaga tenglashtirish mumkin emas va jamiyat uchun foydali boʻlgan loyihalarini amalga oshirishning eng toʻgʻri yoʻli qanday?

Bu haqida Malika Sharipova va Dilmurod Yusupovning maqolasida:
www.gazeta.uz/oz/2021/04/22/social-corporate-responsibility/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
#jamoaviyvideo

📹 👨🏻‍🦽JAMOAVIY VIDEODAN LAVHALAR

“Toshkent shahrida nogironligi bor boʻlgan farzandlari bor ota-onalarning jamoaviy videodan foydalangan holda huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”
loyihasi doirasida 2021yil 22-aprel Sharoit+ NJBsining ofisida “Jamoaviy Video” uslubi Jismoniy Imkoniyati Cheklangan Insonlar bilan yaqindan munosabat o’rnatildi.

Ular kamera bilan ishlashni, tasvirga olish asboblarini qanday ishlatishni, kamera oldida o’zlarini qanday tutishni o’rganishdi, savol javoblar orqali ularni qiziqishlari, o’zlari haqida ma’lumotlar o’rganildi va o’zaro munosabatlar o’rnatildi.

Loyihalarimizni qo'llab-quvvatlang:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Bizni kuzatib boring:
Facebook | Youtube | Instagram | TikTok | Twitter


Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
#коллективноевидео
📹 👨🏻‍🦽КАДРЫ ИЗ КОЛЛЕКТИВНОГО ВИДЕО

В рамках проекта «Расширение прав и возможностей родителей с детьми с инвалидностью в Ташкенте посредством использования коллективного видео» 22 апреля 2021 года в офисе ООИ Sharoit+ налажены тесные отношения с людьми с инвалидностью используя метод «Kоллективное видео».

Они узнали, как работать с камерой, как использовать записывающее оборудование, как вести себя перед камрой, поделились своими интересами через вопросы и ответы, рассказали о себе.

Поддержка наших проектов:
Sharoit+ xayriya| Payme | Click

Следуйте за нами:
Facebook | Youtube | Instagram | TikTok | Twitter

Подписывайтесь на наш канал:
👉@sharoitplus
Forwarded from ishplus.uz
​​#savoljavob

ISHPLUS.UZ LOYIHASI DOIRASIDA SIZNING SAVOLLARINGIZGA BIZNING MUTAXASSISLARIMIZ JAVOB BERISHADI.

SAVOL:
Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnat qilish huquqiga egami?

❗️JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 37-moddasiga muvofiq "har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir." 2021-yil 16 yanvar kuchga kirgan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-641-son Qonunining 7-bobida ushbu konstitusiyaviy huquqni amalga oshirish kafolatlari belgilangan.

📌 Batafsil javobni o‘qing: https://telegra.ph/Nogironligi-bolgan-shaxslar-mehnat-qilish-huquqiga-egami-04-25

⁉️Diqqat! Agar sizda biron bir savol bo‘lsa, Telegramdagi @ishplus_bot ga yuboring va mutaxassislarimiz sizga aniq javob berishadi!

♿️⚖️ O‘z mehnat huquqlaringizni biling! Sizni nogironlik belgisi bo‘yicha ish beruvchi kamsitishga haqqi yo‘q. Agar sizning huquqingiz poymol etilgan bo‘lsa, biz sizga yuridik maslahat berishimiz va huquqlaringizni himoya qilishimiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @ishplus_uz
Forwarded from ishplus.uz
#yangilik

Assalomu alaykum, hurmatli ish izlovchilar!

Endi kanalimizda chop etilayotgan vakansiyalar, amaliyotlar va o‘quv kurslari bo‘yicha fikr va mulohazalaringiz bo‘lsa, ularni muhokama qilishingiz uchun Telegramda alohida guruh ochdik: @ishplus_muhokama.

Guruhimizga qo‘shiling:
👉 https://news.1rj.ru/str/joinchat/5zV7htrtE1FhMDYy

#новости

Здравствуйте, уважаемые соискатели!

Отныне, если у Вас есть вопросы или комментарии касательно вакансий, стажировок и учебных курсов, публикуемых на нашем канале, мы открыли специальную группу в Telegram для обсуждений: @ishplus_muhokama.

Присоединяйтесь к нашей группе:
👉 https://news.1rj.ru/str/joinchat/5zV7htrtE1FhMDYy
Forwarded from ishplus.uz
#ochiqsuhbat

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR CALL-MARKAZI OPERATORI BO‘LIB ISHLAYOLADIMI?

Ertaga 27 aprel soat 15:00 da "Nogironligi bo‘lgan shaxslar call-markazi operatori bo‘lib ishlayoladimi?" mavzusida kanalimizda ovozli chat qilamiz!

Mehmonlarimiz EVOSda call-markazi operatori bo‘lib ishlaydigan Yulianna Shvidchenko va CLICKda mijozlar bo'limining yetakchi mutaxassisi Abdulaziz Salimov.

Do‘stlaringizga ham ulashing!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @ishplus_uz

#открытаябеседа

МОГУТ ЛИ ЛЮДИ С ИНВАЛИДНОСТЬЮ РАБОТАТЬ ОПЕРАТОРАМИ CALL-ЦЕНТРА?

Завтра, 27 апреля, в 15:00 на нашем канале будет голосовой чат на тему «Могут ли люди с инвалидностью работать операторами call-центра?»

Нашими гостями будут Юлианна Швидченко, оператор call-центра в EVOS, и Абдулазиз Салимов, ведущий специалист клиентского отдела компании CLICK.

Поделитесь с друзьями!

Подписывайтесь на наш канал:
👉 @ishplus_uz