Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
637 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Assalomu aleykum xurmatliklar!

Avvalambor ushbu kanalga xush kelibsizlar. Kanalni ochishdan maqsad - siz azizlarga o’rganganlarimizni ulashish, O’zbek tilida mavjud bo’lmagan turli janrdagi kitoblar, asosan, shaxsiy rivojlanish, dunyoqarashni o’stirish va o’z oldiga turli maqsadlar qo’yib anashu maqsadlarga qanday erishishga yordam beradigan kitoblarning qisqacha xulosasi, turli muvofaqqiyatga erishgan dunyoning mashxur insonlari, bugunning mashxur insonlari va ularning muvofaqqiyat sirlari haqida ulashish. Shuningdek, kaminaning yuqoridagi mavzular borasida shaxsiy fikrlarimni ham ulashib boraman. Bu kanalda shunchaki ma’lumotlar ulashibgina qolmay turli konkurs va loyihalar ham olib borish niyatidamiz. Maqsadimiz bilganlarimizni bildirish, bilamaganlarimizni birgalikda o’rganish. Bizni kuzatishda va bu yo’lda hamrohimiz bo’lishingizga umidvormiz.

Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh!
👍132
#Tanishuv

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh!

Keling qisqacha tanishib olamiz. Ismim Xurshid Saidmuhammad, Namangan viloyatidanman. Yaponiyada bizness boshqaruvi va marketing sohasida bakalavrni tamomlab, hozirda Apple  kompaniyasida Retail bo’limining liderlaridan biri bo’lib ishlab kelyapman.

Yoshim 29da, oilaliman. Shiringina bir o’g’il farzandim bor Alhamdulillah.

Tanishganimdan xursandman va Alloh qodir qilganicha ushbu kanalda sizlar uchun manfaatli ma’lumotlar ulashib boraman Inshaallah.

👉 @xurshidsaidmuhammadnotes
👍102❤‍🔥1
Maqsadni to’g’ri qo’yish, muvaffaqiyat sirlaridan biri.

Kopchiligimizda oldimizga qo’ygan turli maqsadlarimiz va niyatlarimiz bo’ladi, ayniqsa yil boshlanishida. Maqsadlar esa hayotimizning har bir qismida, xoh kariyera, xoh shaxsiy hayot bo’lsin asosiy omillaridan biri va bizni olg’a qadam bosishga ruhlantirib turuvchi muhim faktor hisoblanadi. Keling birgalikda dunyoda juda kop muvaffaqiyatli insonlar o’z oldilariga maqsad qo’yishda qo’llaydigan usul - SMART goal haqida qisqacha eslab olamiz. SMART goal (maqsad) - bu juda ham mashxur bo’lgan strategik g’oya bo’lib, maqsadlarimizni to’g’ri qo’yib olishimizda yordam beradi.

🟢 Specific (Aniq) - birinchi navbatda maqsadni aniq qo’yib olish kerak. Umumiy maqsadlardan qochish va imkon qadar detallar bilan yondashish.
Masalan: Sport bilan shug’ullanmoqchiman - Bu umumiy maqsad.
Fitness bilan haftasiga 3 kun, 1 soatdan shug’ullanmoqchiman - Bu aniq maqsad.

🟢 Measurable (Monitoring) - maqsad sari qo’yilgan qadamni davomli nazorat qilish va imkon qadar o’ziga nisbatab talabchan bo’lish.

🟢 Achievable (Erishib bo’ladigan) - ruhlanish oqibatida erishib bo’lmaydigan maqsadlar qo’yish inson tabiyatiga xos xususiyat. Maqsad qo’yishdan oldin shu ishni kimdir oldin amalga oshirganmi, erishish uchun yetarli resurslar bormi o’ylash kerak.

🟢 Realistic (Chinakam) - maqsadni o’z imkoniyatidan va sharoitidan kelib chiqib va o’ziga nisbatan rostgo’y bo’lib qo’yish uning amalga oshish foizini oshiradi.

🟢 Timely (Vaqt) - maqsadni qachon boshlab, qaysi vaqtgacha uddasidan chiqish ham motivatsiyani, ham erishishga bo’lgan qat’iyatlikni oshiradi.

Jahon miqyosidagi koplab mashxur kompaniyalarning muvaffaqiyat sirlaridan biri shu usulni qo’llashlarida. SMART maqsad usuli maqsadlaringizni to’g’ri qo’yishga, tezroq erishishga va hayotda to’g’ri yo’l topib ketishingizda yordam bersa, buni eslatish orqali kamina sababchingiz bo’lsa, duolaringizda eslab qo’yishni unutmang Inshaallah!

👉 @xurshidsaidmuhammadnotes
👍14
#KunHikmati

Dovud alayhissalom duo qilganlarida Allohdan 4ta narsani so’rar ekanlar. Birinchisi, dunyo bergin buyuradigan bo’lsa bergin. Ikkinchisi, farzand bergin, boshga balo bo’lsa bermagin. Uchinchisi, qarimasdan turib sochimni oqartiradigan yomon jufti halol bo’lsa kerak emas. To’rtinchisi, yaxshiligim bor, elga xizmatim bor. Xizmatim bir marta e’tirof qilinmaydiyu, qoqilib ketsam ham aybimni odamlarni oldiga olib chiqib oshkor qiladigan yomon insonlardan asragin. Do’stlar biz ham shunaqa chiroyli duolar qilishni kanda qilmaylik!

👉 @xurshidsaidmuhammadnotes
👍93🔥1
#KunHikmati

Ojizlik - kishining hatto o’ziga ham foydasi tegmasligidir. Qiyinchiliklardan qutila olmasligi ojizligini e’tirof etganidir. Ammo biz insonmiz, har doim ojizmiz. Ojiz bo’lmoq, kuchi yo’q demak emas. Ojizlik - kuchingdan to’g’ri foydalana olmaganingda, yaqinlaringni himoya qila olmaganingda qo’l-oyog’ing bog’liqdek his qilish, iching olovdek yonsa ham lekin qo’lingdan hech narsa kelmasligini bilishdir; O’lim - inson bolasining eng buyuk ojizligidir; O’zinga, qalbinga buyruq bera olmaslikdir; Bir narsani to’g’ri ekanligini bilib, to’g’riligini aytsangda azoblanmoqdir; Tiling bilan diling bir xil emasligidir; Seni o’rab olgan bo’shliqni tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’zingni dunyo boyliklari qoraytirishi va uni ko’ra olmaydigan darajada zaif bo’lmoqdir; O’zingni, hayotingni boshqara olmaslik, buni uddalamasdan turib atrofingdagilarni boshqara olmaslikni bilmaslikdir; Eng yomoni bilmaganini bilmaslikdir; Qalbingni eng zaif yeriga qisilib qolib, u yerdan chiqish eshigi qayerdagilini ko’rolmaydigan, topolmaydigan darajada g’azab otiga minmoqlikdir!

@OdamiylikMulki

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
3👍3🔥1
Forwarded from S
АЛВИДО, ВАТАН!
Аъзам Хошимий

Китоб ҳақида - https://youtu.be/43ghHMmvQ-8

Ўтган асрнинг ўттизинчи йилларида, мустабид шўролар даврида кўплаб ватандошларимиз ўз она юртларидан бегона ўлкаларга ҳижрат қилишга мажбур бўлган. Ана шундай ватандошларимиздан бири Аъзам Ҳошимий бўлиб, у кишининг “Самарқанду Бухоронинг қонли кечмишлари” номли асари “Azon kitoblari” нашриётида “Алвидо, Ватан!” номи билан чоп этилган эди. Муаллиф асарда ўз бошидан ўтган ватандан жудо бўлишнинг аламли азобларини қаламга олади.

Аудио-китоб
1-қисм.
2-қисм.
3-қисм.
4-қисм. Наманган воқеаси.
5-қисм. Қўқон воқеалари.
6-қисм. Самарқанд сафари.
7-қисм. Бухоро воқеалари.
8-қисм. Киссавурлар.
9-қисм. Термиздаги мудҳиш ҳодиса.
10-қисм. Коммунистлар ҳийласи.
11-қисм. Учрашув.
12-қисм. Шаҳрисабздаги воқеалар.
13-қисм. Ватанпарварлар қишлоғи.
14-қисм. Қўрбошилар ва аслаҳа таққан шайҳ.
15-қисм. Аҳдга вафо қиладиган пайт келди.
16-қисм. Афросиёбдаги мажлис.
17-қисм. Мудхиш ҳодиса.
18-қисм. Афғонистонга ҳижрат.
19-қисм. Бегона кимсалар ва деҳқонлар.
20-қисм. Туркистон уламоларининг аҳли аёллари чўри қилиниши ва аламли изтироб.
21-қисм. Оғир дамлар: саҳродаги ташналик.
22-қисм. Дорул Ислом ва хотима.

#AudioKitob #АудиоКитоб #AlvidoVatan #АлвидоВатан
👍2
Forwarded from Alisher Sadullaev
YouTube’da anchadan beri “Subyektiv” loyihasini kuzatib kelaman. Jamshidxon Ziyoxonov boshchiligidagi loyiha ijodkorlari har gal juda qiziq va oʻziga xos mavzularni olib chiqadilar.

Loyihaning yangi sonida ham hozirgi kunda koʻpayib borayotgan infoloʻttibozlar haqida ajoyib material tayyorlashibdi. Chindan ham oxirgi vaqtlarda infoloʻttibozlar tobora koʻpayib ketdi va bunga koʻpchilik yoshlar aldanib ham qolishmoqda.

“Subyektiv”ning ushbu sonini, albatta, koʻrishingizni tavsiya qilaman. Haqiqiy salohiyatli mutaxassis kadrlar bilan infoloʻttibozlarning orasidagi farqni bilishingiz uchun bu katta yordam boʻladi, nazarimda.

Tomosha qilish uchun: https://youtu.be/O9XTWHUW7qQ

@alisher_sadullaev
👍3
Xodimlarni daromad yoki qandaydir raqamlar bilan emas, maqsadlar bilan rag’batlantirish kerak.

Koplab tabiiy holatlarda aksariyat rahbarlar moliyaviy maqsadlarga erishishning muhimligiga urg’u berishadi, ammo rahbarlik uslubi ana shu raqamlarga erishishga asoslagan rahbar uchun bu eng qimmat xato hisoblanadi. Moliyaviy natijalar bu shunchaki daromad, va bu xodimlarning ishlashi uchun asosiy omil emas. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, rivojlanishda davom etayotgan inson uchun moliyaviy maqsadlarga haddan tashqari e’tibor berish xodimdagi ma’naviyat pasayishiga va uzoq muddatli strategiyaning buzulishiga olib keladi.

Xo’sh, haqiqiy rahbar nima qilishi kerak?

Jamoaviy maqsadlarni qurish va uni mustahkamlash uchun ketadigan vaqtingizni koproq jamoangiz bilan birgalikda o’tkazing.

Bu sizdan quyidagi 3ta harakatni talab qiladi:

1️⃣ Liderlar bilan bo’ladigan majlislarni qayta ko’rib chiqing. Vaqtingizning yarmini liderlar bilan jamoaviy maqsadlarga va kompaniyangizning mijozlarga keltiryapgan foyadasini muhokama qilishga qarating va yarmidan kam vaqtni moliyaviy raqamlarni muhokama qilishga sarflang.

2️⃣ Xodimlar va ularning mijozlar bilan bo’lgan munosabatlari haqida muhokama qiling. Xodim o’zining to’g’ridan-to’g’ri boshqa odamlarga kasbi orqali foydasini qanchalik aniq tushunsa, shuncha kop ishidan qoniqish xosil qiladi va bu xodim bundanda kop yaxshi natijalar ko’rsatadi.

3️⃣ Har bir moliyaviy natijani, ijobiy bo’lishidan qat’iy nazar, ommaviy e’lon qilishdan saqlaning. Har bir moliyaviy hisobotni muntazam ravishda oldinga siljitish o'rniga, jamoangiz e'tiborini qayerga qaratmoqchi ekanligingizni quyidagi savolni o’zingizga berib ko’rgan holda o'ylab ko'ring: Har kunlik maqsadlarga erishish uchun mening jamoamga nima kerak?

Tushunib yetganizdek, moliyaviy maqsadlarga erishish uchun jamoada o’z ishini sevadigan va u haqida qayg’uradigan xodimlar kerak. Xodimlarni bu darajaga (ham ruhan, ham aqlan) olib chiqish uchun esa, rahbar sifatida olib boryapgan har bir harakatingiz negzida yagona maqsad - xodimlarning jamiyatga qo’shyapgan hissasini bildirish yotishi lozim!

#Tarjima

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👍1🔥1
Xurshid Saidmuhammad | Notes pinned «#Tanishuv Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh! Keling qisqacha tanishib olamiz. Ismim Xurshid Saidmuhammad, Namangan viloyatidanman. Yaponiyada bizness boshqaruvi va marketing sohasida bakalavrni tamomlab, hozirda Apple…»
Ota - faqat pul topib keluvchi shaxs emas‼️⚠️

Bu hayot yo’lingizda har bir davrning muqarrar haqiqatlari bordir. Masalan, oila qurib, Alloh sizni go’zal ne’mat bo’lmish farzand ne’mati bilan siylaganda boshlanadigan otalik maqomingiz. Bu davr ko’pchiligimizda yoshlik davrimizga to’g’ri keladi(o’rtacha 20-26), qaysiki hali hayotning past-balandini tushunib ulgurmagan va qanday ota bo’lishlikni yaqinlarimizning xatti-harakatlaridan ko’rib o’rganadigan davr. Afsuski, aksariyat holatlarda turli sabablarga ko’ra ilk farzandimizga to’g’ri otalik qilolmaymiz. Ya’ni, kop vaqtimizni ko’chada o’tkazib, oilaga bo’lgan e’tiborimiz deyarli yo’q bo’ladi. Bechora ayolingiz ozgina e’tibor xohlaganida, darrov erkak kishi ko’chani odami, senlarni deb erta-yu kech ishlayapman va hokazo bahonalar bilan ovozini o’chirib qo’yamiz. Xuddiki, biz ularni boqib qo’yyapmiz va otalik vazifamiz a’lo darajada bajarilyapti. Bu holat o’tgan asrdan beri bir xil takrorlanib kelyapgani uchun, allaqachon oddiy holga aylanib bo’lgan va ayollarimiz ham farzandlarining otalariga yoki farzandlariga(ulg’aygach) pul topik keluvchi inson sifatida qarashadi.

Xurmatli otalar, ayniqsa yosh otalar! Siz faqat pul topik keluvchi shaxs emassiz. Oilangizga koproq vaqt ajrating va farzandingiz tarbiyasini faqat ayolingiz yoki kattalarga topshirib qo’ymang. Bu otalik davringizning eng muhim haqiqatlaridan biri va bu haqiqatni farzandingiz 20ga kirganda siz bilan erkin muloqot qilolmay har narsani onasi orqali so’ragan paytida anglab yetish xavfi oldini oling.

👉@xurshidsaidmuhammadnotes
9👍5