Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Assalomu aleykum xurmatliklar!
Avvalambor ushbu kanalga xush kelibsizlar. Kanalni ochishdan maqsad - siz azizlarga o’rganganlarimizni ulashish, O’zbek tilida mavjud bo’lmagan turli janrdagi kitoblar, asosan, shaxsiy rivojlanish, dunyoqarashni o’stirish va o’z oldiga turli maqsadlar qo’yib anashu maqsadlarga qanday erishishga yordam beradigan kitoblarning qisqacha xulosasi, turli muvofaqqiyatga erishgan dunyoning mashxur insonlari, bugunning mashxur insonlari va ularning muvofaqqiyat sirlari haqida ulashish. Shuningdek, kaminaning yuqoridagi mavzular borasida shaxsiy fikrlarimni ham ulashib boraman. Bu kanalda shunchaki ma’lumotlar ulashibgina qolmay turli konkurs va loyihalar ham olib borish niyatidamiz. Maqsadimiz bilganlarimizni bildirish, bilamaganlarimizni birgalikda o’rganish. Bizni kuzatishda va bu yo’lda hamrohimiz bo’lishingizga umidvormiz.
Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh!

👍13❤2
#Tanishuv
Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh!
Keling qisqacha tanishib olamiz. Ismim Xurshid Saidmuhammad, Namangan viloyatidanman. Yaponiyada bizness boshqaruvi va marketing sohasida bakalavrni tamomlab, hozirda Apple kompaniyasida Retail bo’limining liderlaridan biri bo’lib ishlab kelyapman.
Yoshim 29da, oilaliman. Shiringina bir o’g’il farzandim bor Alhamdulillah.
Tanishganimdan xursandman va Alloh qodir qilganicha ushbu kanalda sizlar uchun manfaatli ma’lumotlar ulashib boraman Inshaallah.
👉 @xurshidsaidmuhammadnotes

👍10❤2❤🔥1
Maqsadni to’g’ri qo’yish, muvaffaqiyat sirlaridan biri.
Kopchiligimizda oldimizga qo’ygan turli maqsadlarimiz va niyatlarimiz bo’ladi, ayniqsa yil boshlanishida. Maqsadlar esa hayotimizning har bir qismida, xoh kariyera, xoh shaxsiy hayot bo’lsin asosiy omillaridan biri va bizni olg’a qadam bosishga ruhlantirib turuvchi muhim faktor hisoblanadi. Keling birgalikda dunyoda juda kop muvaffaqiyatli insonlar o’z oldilariga maqsad qo’yishda qo’llaydigan usul - SMART goal haqida qisqacha eslab olamiz. SMART goal (maqsad) - bu juda ham mashxur bo’lgan strategik g’oya bo’lib, maqsadlarimizni to’g’ri qo’yib olishimizda yordam beradi.
🟢 Specific (Aniq) - birinchi navbatda maqsadni aniq qo’yib olish kerak. Umumiy maqsadlardan qochish va imkon qadar detallar bilan yondashish.
Masalan: Sport bilan shug’ullanmoqchiman - Bu umumiy maqsad.
Fitness bilan haftasiga 3 kun, 1 soatdan shug’ullanmoqchiman - Bu aniq maqsad.
🟢 Measurable (Monitoring) - maqsad sari qo’yilgan qadamni davomli nazorat qilish va imkon qadar o’ziga nisbatab talabchan bo’lish.
🟢 Achievable (Erishib bo’ladigan) - ruhlanish oqibatida erishib bo’lmaydigan maqsadlar qo’yish inson tabiyatiga xos xususiyat. Maqsad qo’yishdan oldin shu ishni kimdir oldin amalga oshirganmi, erishish uchun yetarli resurslar bormi o’ylash kerak.
🟢 Realistic (Chinakam) - maqsadni o’z imkoniyatidan va sharoitidan kelib chiqib va o’ziga nisbatan rostgo’y bo’lib qo’yish uning amalga oshish foizini oshiradi.
🟢 Timely (Vaqt) - maqsadni qachon boshlab, qaysi vaqtgacha uddasidan chiqish ham motivatsiyani, ham erishishga bo’lgan qat’iyatlikni oshiradi.
Jahon miqyosidagi koplab mashxur kompaniyalarning muvaffaqiyat sirlaridan biri shu usulni qo’llashlarida. SMART maqsad usuli maqsadlaringizni to’g’ri qo’yishga, tezroq erishishga va hayotda to’g’ri yo’l topib ketishingizda yordam bersa, buni eslatish orqali kamina sababchingiz bo’lsa, duolaringizda eslab qo’yishni unutmang Inshaallah!

👍14
#KunHikmati
Dovud alayhissalom duo qilganlarida Allohdan 4ta narsani so’rar ekanlar. Birinchisi, dunyo bergin buyuradigan bo’lsa bergin. Ikkinchisi, farzand bergin, boshga balo bo’lsa bermagin. Uchinchisi, qarimasdan turib sochimni oqartiradigan yomon jufti halol bo’lsa kerak emas. To’rtinchisi, yaxshiligim bor, elga xizmatim bor. Xizmatim bir marta e’tirof qilinmaydiyu, qoqilib ketsam ham aybimni odamlarni oldiga olib chiqib oshkor qiladigan yomon insonlardan asragin. Do’stlar biz ham shunaqa chiroyli duolar qilishni kanda qilmaylik!

👍9❤3🔥1
#KunHikmati
Ojizlik - kishining hatto o’ziga ham foydasi tegmasligidir. Qiyinchiliklardan qutila olmasligi ojizligini e’tirof etganidir. Ammo biz insonmiz, har doim ojizmiz. Ojiz bo’lmoq, kuchi yo’q demak emas. Ojizlik - kuchingdan to’g’ri foydalana olmaganingda, yaqinlaringni himoya qila olmaganingda qo’l-oyog’ing bog’liqdek his qilish, iching olovdek yonsa ham lekin qo’lingdan hech narsa kelmasligini bilishdir; O’lim - inson bolasining eng buyuk ojizligidir; O’zinga, qalbinga buyruq bera olmaslikdir; Bir narsani to’g’ri ekanligini bilib, to’g’riligini aytsangda azoblanmoqdir; Tiling bilan diling bir xil emasligidir; Seni o’rab olgan bo’shliqni tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’zingni dunyo boyliklari qoraytirishi va uni ko’ra olmaydigan darajada zaif bo’lmoqdir; O’zingni, hayotingni boshqara olmaslik, buni uddalamasdan turib atrofingdagilarni boshqara olmaslikni bilmaslikdir; Eng yomoni bilmaganini bilmaslikdir; Qalbingni eng zaif yeriga qisilib qolib, u yerdan chiqish eshigi qayerdagilini ko’rolmaydigan, topolmaydigan darajada g’azab otiga minmoqlikdir!
@OdamiylikMulki
👉@xurshidsaidmuhammadnotes

❤3👍3🔥1
Forwarded from S
АЛВИДО, ВАТАН!
Аъзам Хошимий
Китоб ҳақида - https://youtu.be/43ghHMmvQ-8
Ўтган асрнинг ўттизинчи йилларида, мустабид шўролар даврида кўплаб ватандошларимиз ўз она юртларидан бегона ўлкаларга ҳижрат қилишга мажбур бўлган. Ана шундай ватандошларимиздан бири Аъзам Ҳошимий бўлиб, у кишининг “Самарқанду Бухоронинг қонли кечмишлари” номли асари “Azon kitoblari” нашриётида “Алвидо, Ватан!” номи билан чоп этилган эди. Муаллиф асарда ўз бошидан ўтган ватандан жудо бўлишнинг аламли азобларини қаламга олади.
Аудио-китоб
1-қисм.
2-қисм.
3-қисм.
4-қисм. Наманган воқеаси.
5-қисм. Қўқон воқеалари.
6-қисм. Самарқанд сафари.
7-қисм. Бухоро воқеалари.
8-қисм. Киссавурлар.
9-қисм. Термиздаги мудҳиш ҳодиса.
10-қисм. Коммунистлар ҳийласи.
11-қисм. Учрашув.
12-қисм. Шаҳрисабздаги воқеалар.
13-қисм. Ватанпарварлар қишлоғи.
14-қисм. Қўрбошилар ва аслаҳа таққан шайҳ.
15-қисм. Аҳдга вафо қиладиган пайт келди.
16-қисм. Афросиёбдаги мажлис.
17-қисм. Мудхиш ҳодиса.
18-қисм. Афғонистонга ҳижрат.
19-қисм. Бегона кимсалар ва деҳқонлар.
20-қисм. Туркистон уламоларининг аҳли аёллари чўри қилиниши ва аламли изтироб.
21-қисм. Оғир дамлар: саҳродаги ташналик.
22-қисм. Дорул Ислом ва хотима.
#AudioKitob #АудиоКитоб #AlvidoVatan #АлвидоВатан

YouTube
Kutilgan kun keldi
Loyihamizning Ramazon soni spikeri Ikrom Sharif (@IkromSharif) o'zlarini ta'sirlantirgan kitob haqida so'zlab berdilar.
Suhbat premyerasi 31-mart, payshanba kuni soat 20:30 da boʻlib oʻtadi.

👍2
Forwarded from Alisher Sadullaev
YouTube’da anchadan beri “Subyektiv” loyihasini kuzatib kelaman. Jamshidxon Ziyoxonov boshchiligidagi loyiha ijodkorlari har gal juda qiziq va oʻziga xos mavzularni olib chiqadilar.
Loyihaning yangi sonida ham hozirgi kunda koʻpayib borayotgan infoloʻttibozlar haqida ajoyib material tayyorlashibdi. Chindan ham oxirgi vaqtlarda infoloʻttibozlar tobora koʻpayib ketdi va bunga koʻpchilik yoshlar aldanib ham qolishmoqda.
“Subyektiv”ning ushbu sonini, albatta, koʻrishingizni tavsiya qilaman. Haqiqiy salohiyatli mutaxassis kadrlar bilan infoloʻttibozlarning orasidagi farqni bilishingiz uchun bu katta yordam boʻladi, nazarimda.
Tomosha qilish uchun: https://youtu.be/O9XTWHUW7qQ
@alisher_sadullaev

👍3
Xodimlarni daromad yoki qandaydir raqamlar bilan emas, maqsadlar bilan rag’batlantirish kerak.
Koplab tabiiy holatlarda aksariyat rahbarlar moliyaviy maqsadlarga erishishning muhimligiga urg’u berishadi, ammo rahbarlik uslubi ana shu raqamlarga erishishga asoslagan rahbar uchun bu eng qimmat xato hisoblanadi. Moliyaviy natijalar bu shunchaki daromad, va bu xodimlarning ishlashi uchun asosiy omil emas. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, rivojlanishda davom etayotgan inson uchun moliyaviy maqsadlarga haddan tashqari e’tibor berish xodimdagi ma’naviyat pasayishiga va uzoq muddatli strategiyaning buzulishiga olib keladi.
Xo’sh, haqiqiy rahbar nima qilishi kerak?
Jamoaviy maqsadlarni qurish va uni mustahkamlash uchun ketadigan vaqtingizni koproq jamoangiz bilan birgalikda o’tkazing.
Bu sizdan quyidagi 3ta harakatni talab qiladi:
1️⃣ Liderlar bilan bo’ladigan majlislarni qayta ko’rib chiqing. Vaqtingizning yarmini liderlar bilan jamoaviy maqsadlarga va kompaniyangizning mijozlarga keltiryapgan foyadasini muhokama qilishga qarating va yarmidan kam vaqtni moliyaviy raqamlarni muhokama qilishga sarflang.
2️⃣ Xodimlar va ularning mijozlar bilan bo’lgan munosabatlari haqida muhokama qiling. Xodim o’zining to’g’ridan-to’g’ri boshqa odamlarga kasbi orqali foydasini qanchalik aniq tushunsa, shuncha kop ishidan qoniqish xosil qiladi va bu xodim bundanda kop yaxshi natijalar ko’rsatadi.
3️⃣ Har bir moliyaviy natijani, ijobiy bo’lishidan qat’iy nazar, ommaviy e’lon qilishdan saqlaning. Har bir moliyaviy hisobotni muntazam ravishda oldinga siljitish o'rniga, jamoangiz e'tiborini qayerga qaratmoqchi ekanligingizni quyidagi savolni o’zingizga berib ko’rgan holda o'ylab ko'ring: Har kunlik maqsadlarga erishish uchun mening jamoamga nima kerak?
Tushunib yetganizdek, moliyaviy maqsadlarga erishish uchun jamoada o’z ishini sevadigan va u haqida qayg’uradigan xodimlar kerak. Xodimlarni bu darajaga (ham ruhan, ham aqlan) olib chiqish uchun esa, rahbar sifatida olib boryapgan har bir harakatingiz negzida yagona maqsad - xodimlarning jamiyatga qo’shyapgan hissasini bildirish yotishi lozim!
#Tarjima

👍1🔥1
Xurshid Saidmuhammad | Notes pinned «#Tanishuv Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh! Keling qisqacha tanishib olamiz. Ismim Xurshid Saidmuhammad, Namangan viloyatidanman. Yaponiyada bizness boshqaruvi va marketing sohasida bakalavrni tamomlab, hozirda Apple…»
Ota - faqat pul topib keluvchi shaxs emas‼️⚠️
Bu hayot yo’lingizda har bir davrning muqarrar haqiqatlari bordir. Masalan, oila qurib, Alloh sizni go’zal ne’mat bo’lmish farzand ne’mati bilan siylaganda boshlanadigan otalik maqomingiz. Bu davr ko’pchiligimizda yoshlik davrimizga to’g’ri keladi(o’rtacha 20-26), qaysiki hali hayotning past-balandini tushunib ulgurmagan va qanday ota bo’lishlikni yaqinlarimizning xatti-harakatlaridan ko’rib o’rganadigan davr. Afsuski, aksariyat holatlarda turli sabablarga ko’ra ilk farzandimizga to’g’ri otalik qilolmaymiz. Ya’ni, kop vaqtimizni ko’chada o’tkazib, oilaga bo’lgan e’tiborimiz deyarli yo’q bo’ladi. Bechora ayolingiz ozgina e’tibor xohlaganida, darrov erkak kishi ko’chani odami, senlarni deb erta-yu kech ishlayapman va hokazo bahonalar bilan ovozini o’chirib qo’yamiz. Xuddiki, biz ularni boqib qo’yyapmiz va otalik vazifamiz a’lo darajada bajarilyapti. Bu holat o’tgan asrdan beri bir xil takrorlanib kelyapgani uchun, allaqachon oddiy holga aylanib bo’lgan va ayollarimiz ham farzandlarining otalariga yoki farzandlariga(ulg’aygach) pul topik keluvchi inson sifatida qarashadi.
Xurmatli otalar, ayniqsa yosh otalar! Siz faqat pul topik keluvchi shaxs emassiz. Oilangizga koproq vaqt ajrating va farzandingiz tarbiyasini faqat ayolingiz yoki kattalarga topshirib qo’ymang. Bu otalik davringizning eng muhim haqiqatlaridan biri va bu haqiqatni farzandingiz 20ga kirganda siz bilan erkin muloqot qilolmay har narsani onasi orqali so’ragan paytida anglab yetish xavfi oldini oling.

❤9👍5
💪 Kuchli liderlik - bu samarali muloqat qilish!
Kuchli rahbar bo’lish uchun yaxshi kommunikator, ya’ni suhbatdosh bo’la olish kerak. Quyidagi 4 uslub yaxshi kommunikator bo’lish orqali jamoangizni ruhlantirish va ilhomlantirishingizga yordam beradi:
1️⃣ Murakkab mavzular haqida gaplashganda oddiy tildan foydalaning. Uzoq, murakkab jumlalar matn orqali tushunishni qiyinlashtiradi, chunki ular ko'proq konsentratsiyani talab qiladi. Agar siz uzun so'z va jumlalarni qisqaroq, aniqroq so'zlar bilan almashtirsangiz, ko'proq tarafdorlarni qo'lga kiritasiz.
2️⃣ Fikrlashga undovchi metaforalardan foydalaning. Yangi yoki mavhum g'oyani olg’a surganingizda, auditoriyangiz uni oddiyroq yo’l bilan tushunishga va undan mantiq qidirishga harakat qiladi. Metafora esa yangi, mavhum fikrni soddaroq tasvir yoki tushunchalar bilan taqqoslaydigan yoki tenglashtiruvchi kuchli vositadir.
3️⃣ Ma’lumotlarni insoniylashtiring. Statistik ma'lumotlar va diagrammalarga ega slaydlar foydali, ammo yetarli emas. Har qanday muhim ma'lumotni qiziqarli qilishning hiylasi bu raqamlarni auditoriya tushunadigan til orqali uni insoniylashtirishdir. Qachonki raqamlar orqali gaplashar ekansiz, ularni qiziqarli, esda qolarli va oxir-oqibat ishonarli qilish uchun turli uslublardan foydalaning.
4️⃣ Missiyangizni ta'kidlang. Turli muloqat yo’llari: uchrashuvlar, majlislar, eslatmalar, elektron pochta xabarlari, taqdimotlar, ijtimoiy media va marketing materiallari bo'ylab kompaniyangizning maqsadlarini e’tibor markazida tuting. Agar sizning missiyangiz biror ezgulikni anglatsa, oxirigacha olib borishga harakat qiling.
Bilimlar asrida g‘oyalar deyarli har bir sohada muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi. Siz dunyodagi eng buyuk g'oyaga ega bo'lishingiz mumkin, lekin boshqalarni o'z qarashlaringizga ergashtira olmasangiz, lider sifatida sizning ta'siringiz sezilarli darajada kamayadi. Va albatta, har qanday muvoffaqiyyatga erishish bir jamoa - orzu-havaslari umumiy qarashlarga bag’ishlangan bir guruh odamlarning mehnatini talab qiladi. Jamoangizda hammani o’ziga ergashtira oladigan kuchli lider bo’ling!

❤3👍1
Mana aslida yangi davr liderlari nimani o’zlariga KPI qilib olishlari kerak!
👉@xurshidsaidmuhammadnotes
👉@xurshidsaidmuhammadnotes
❤6👍3
Salbiy(Negativ) vaziyatlarda doim pozitivlikni saqlab qolish yoki faqat pozitiv narsalarni o’ylash bu soddalik emas. Aksincha, bu haqiqiy rahbar, haqiqiy liderda bo’lishi kerak bo’lgan muhim hislatlardan biri.
To’g’ri, kop holatlarda salbiy vaziyatda ham pozitiv fikrlash juda qiyin bo’lishi mumkin. Va tabiiyki, bunday vaziyatlarda boshqalarni ayblash, masalaning faqat salbiy tarafini ko’rishga miyyamiz moslashuvchan bo’ladi. Shaxsiy tajribamdan olyapgan xulosalarim shuki, doimiy pozitiv fikrlash juda ham qiyin, lekin haqiqiy lider yoki oila rahbari ana shunday tang holatlarda, komfort zonasidan chiqqan holatda pozitiv fikrlay olganda bilinadi. Qachonki siz o’zingizda pozitiv fikrlash odatini shakllantirar ekansiz, ham ish joyingizda, ham oilangizda sizga bo’lgan ishonch kuchayadi, chunki siz hammani tushkin vaziyatdan olib chiqib ketadigan liderga aylangan bo’lasiz.
#Biroz_pozitiv)

👍8❤3
Forwarded from Muhammad Temur A’zam
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Илм йўлида эҳсон қилишга тайёрмисиз?
Бурҳонуддин Марғинонийнинг «Ҳидоя» асари ислом дини фиқҳи бўйича ёзилган беназир манба сифатида ҳозирга қадар ардоқланиб келинади. Айниқса, ҳанафий мазҳаби олимлари томонидан бу асарга алоҳида ҳурмат ва эҳтиром кўрсатилади.
Ушбу тўплам шариат илмини ўрганаётган толиби илмлар учун айни муддаодир.
Мазкур асарнинг етти жилдлик тўплами “Қамар” дўконида сотувда бўлиб, саховатли кишилар уларни толиби илмларга вақф қилиб беришлари мумкин.
Куни кеча навбатдаги вақф қилинган китобларни «Кўкалдош» мадрасасига топширилди.
Ушбу савобли ишга ҳисса қўшишни истасангиз «Қамар» китоблар дўконига мурожаат қилинг. Сиз китоб пулини тўлайсиз, дўкон ходимлари томонидан Ўзбекистондаги мадрасаларга етказиб берилади.
Мурожаат учун: 998454400 ёки @qamar_delivery
Манзил: Алишер Навоий кўчаси, 42-уй.

Forwarded from Javohir Izzatulloh | blog
Yoqilg'i tanqisligi ortidan Toshkentda jamoat transportidan foydalanish sur'ati oshgani sababmi, ijtimoiy tarmoqda Toshkent metropolitenidan foydalanishda ayol-qizlar juda qiyin ahvolga tushib qolishayotgani, iloji boricha saf boshidagi 2 ta vagonni ayol-qizlar uchun bo'shatib berishni taklif qilib tashabbus boshlashibdi.
Boshlanishiga erkaklar tomonidan juda yaxshi qadam. Lekin tegishli davlat tashkilotlari ham bu borada alohida tartib joriy qilishi mumkin. Bunda Janubiy Koreyadagi Pusan shahri metropoliteni tajribasidan foydalansa ham bo'ladi. Shahar ma'muriyati 2016-yilda ayol-qizlar uchun alohida vagonlar ajratishni boshlagan. Vagon pushti rang bilan ajralib turadi. Ertalab ikki soat va kechki payt ikki soat davom etadigan eng tirband vaqtlarda u vagonlarga erkaklar chiqishi mumkin emas. Demokratiya qoidalariga ko'ra yashaydigan Koreyada hozircha bu amaliyotni hamma shaharlarda qo'llash qiyin kechayotgani haqida o'qiganmiz. Omma tomonidan bo'ladigan qarshilik sabab. Ammo Vikipediyaning aytishicha, bunday amaliyot Afrika, Amerika, Osiyo va Yevropadagi o'nlab mamlakatlarda qo'llab kelinadi. Biz ham, albatta, joriy qilishimiz kerak.
Shunday yangi tartib joriy qilinsa, o'zbekistonlik erkaklar Koreyadagi kabi qarshilik qilmasliklariga ishonaman. Chunki bizda shusiz ham ayollarga alohida hurmat ko'rsatiladi. Erkaklar orasida tiqilinchda qolib ketayotgan feminist ayol-qizlar esa gender tengligi ta'minlanmaganidan shikoyat qilishmaydi, deb umid qilaman. Bu borada bizga gender tenglik emas, balki gender adolat kerak.
📌 @javharuz 📌