Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Networking…

Bugun Yaponiyadagi turli sohalarda va turli lavozimlarda ishlab kelyapgan O’zbek professionallar bilan navbatdagi uchrashuvimiz bo’lib o’tdi.

Har bir shaxs ham inson sifatida, ham o’z kasbining professionali sifatida rivojlanishi uchun albatta bu yo’llarni bosib o’tgan va qaysidir ma’noda o’z tajribasi bilan yoshlarga, atrofdagilarga yo’l-yo’rug’ ko’rsata oladigan shaxslar bilan aloqalarni o’rnatib borishi katta ahamiyatga ega. Buni Ingliz tilida “networking” - o’zbekchada “tanish-bilish ortirish” deb aytsak ham bo’ladi.

“Tanish-bilish”larni to’g’ri ma’noda ortirishni o’rganaylik azizlar.

👉 @lidernotes
🔥15👍6
Qanday qilib sifatli nutq yaxshi natijalar olib keladi?

Ko'p vaqtini moliyaviy maqsadlarni muhokama qilishga sarflaydigan rahbarlar tranzaksiyaviy tashkilotlarni yaratishga moyildirlar. Xodimlaringiz o'rtasida emotsional faollikni boshlash uchun asosiy e'tiborni ishning katta maqsadiga ishonch hosil qilishga qarating va bunda sizga sifatli nutq qilish qobilyati yordam beradi.

👉 @lidernotes
👍7
Storytelling!

❇️ Sifatli nutqning eng asosiy elimentlaridan biri - bu Storytelling (Hikoya qilish) qobilyati.

Storytellingni quyidagi 3 ta asosiy qoidasi bor:

1. Tinglovchini mavzu bilan emotsional bog’lash.
2. Hikoya real voqeaga ega bo’lishi.
3. Tinglovchiga oxirida qiymat berish.


Internetda storytelling haqida qidirsangiz juda ko’p taktikalar kelib chiqadi. Lekin haqiqiy liderda yuqoridagi qoidaga tayangan holda hikoya qilish ta’sir kuchi juda katta ekanligini shaxsiy tajribamda ustozlarimdan ko’rib o’zimga xulosa olganman.

👉 @lidernotes
👍13🔥2
Atrof-muhit ko’proq ahamiyatga ega…

Yangi odatlarni yangicha muhitda shakllantirish osonroq, chunki yomon odatlardan qutulish uchun eski muhitda ko’proq qiyin bo’ladi.

Inson tanasida 11 millionga yaqin sezgi retseptorlari bor ekan, va ularning deyarli 10 millionga yaqini faqatgina ko’rish a’zolari uchun xizmat qilar ekan. Expertlarning tadqiqotiga ko’ra, miyya resurslarining yarmidan ko’pi ko’rish uchun ishlatiladi. Bundan kelib chiqadiki, bizda asosan barcha xatti-harakat va odatlarimiz ko’rish orqali paydo bo’ladi. Qanchalik to’g’ri muhitda bo’lishga harakat qilsak, shunchalik yaxshi odatlarimiz ko’payar ekan.

Yomon odalardan voz kechish uchun motivatsiya qidirish emas, yangi odatga undovchi obyektiv ishoralarni kichik bo’lsa ham ko’paytirishimiz kerak ekan. Masalan, men avvallari kam suv ichar edim va buning oqibatida ketma-ket buyuragimda tosh paydo bo’lib sog’ligimga jiddiy ta’sir qilgan. Kam suv ichishimga birgina sabab bu suv turadigan idish yoki stankanlar ko’zga ko’rinadigan joyda emasligi edi. Shundan keyin uyimning kamida 3-4 ta ko’zga ko’rinadigan joyiga suv idishlari qo’yib qo’ydik va bu nafaqat menda balki oilamda ham doimiy suv ichish odatini shakllantirdi.

Xullas, yomon odatlarga sabab bo’lyapgan obyektlarni ko’rinmas yerga olib qo’yish inson o’zini-o’zi kontrol qilishdan ko’ra foydaliroq ekan.

📖Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👉
@lidernotes
👍131
To’g’ri tanlov.

Yaponlarda ajoyib bir gap bor. Qaysiki, ‘’Nimanidir tanlash - bu bir vaqtning o’zida nimanidir berish ham demakdir’’.

Rahbarlar(liderlar) jamoasining yaxshi natijalar olib kelishi uchun turli strategik tanlovlar qilishi kerak bo’ladi. Yuqoridagi iqtibosni 1-marta eshitganimda majlislarga qiladigan tayyorgarligim yaxshi tomonga o’zgara boshlagan. To’g’ri tanlangan strategiyalar jamoa uchun turli imkoniyatlar, rivojlanish uchun resurslar, va jarayondan zavq olish kabi foydalarni berganini ko’p tajribalarda guvohi bo’ldim.

‘’Nimanidir tanlash - bu bir vaqtning o’zida nimanidir berish ham demakdir’’.

👉
@lidernotes
👍11
Lider Notes_103.pdf
443.8 KB
Xayrli kech azizlar!

O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.

O’tgan hafta ichida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #103-soniga jamladim.

Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊

Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👉 @lidernotes
👍8🔥52
Bilim - bu pul!

Yoshligimda fan olimpiadalariga doimiy qatnashar edim. Adashmasan 2010-yil Namanganda bo’lib o’tgan viloyat fan olimpiadasida Huquqshunoslik fanidan 1-o’rinni olganimda televizor bilan taqdirlashgan edi. Shu sovg’ani 2-Sentabr kuni akademik litseyimiz direktori qo’llaridan barcha litsey o’quvchilari oldida olgan edim. Direktorimiz barcha faxrli o’rin egalarini tabriklar ekanlar, nutqlarida menga judayam ta’sir qilgan bir gaplari bor edi.

“Bilim - bu pul. Uni pul qilishni bilish kerak. Mana o’quvchilarimiz bilimi bor ekan uni pul qilishni uddalab, qimmatbaho televizorlar bilan taqdirlanishdi” degan edilar.

Bilimingizni pul qilish payti albatta keladi, faqat uni kuchaytirib borishda davom etsangiz bo’lgani.

👉 @lidernotes
👍23👏5
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Топ-менежернинг қиймати шундаки, улар оз миқдорда сифатли қарорлар қабул қилишлари керак. Улардан ҳар куни минглаб қарорларни қабул қилиш кутилмайди.

Уоррен Баффет у бир йилда 3 та яхши қарор қабул қилган бўлса, бу яхши ишлаганлигини англатишини айтади.

Ценность топ-менеджера в том, что они должны принимать небольшое количество качественных решений. От них не ожидается принятие тысяч решений ежедневно.

Уоррен Баффет говорит, что он молодец, если принял 3 хороших решения в год.

Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Youtube: Alisher Isaev kanali
👍8
Kelishmovchilik.

Kim bilandir kelishmay qolsangiz, yoki atrofdagilar sizning fikringizga qarshi chiqyapgan bo’lsa, darrov ulardan xafa bo’lishni emas, balkim men ko’ra olmayapgan boshqa yaxshiroq narsani bilsa kerak yoki men bilmaydigan boshqa narsani bilsa kerakki fikrimga qarshi chiqyapti deb qabul qilib ko’ring. Hech bo’lmasa, nega siz bilan bir xil fikrda emasligini so’rab, eshitib ko’ring.

👉 @lidernotes
👍21💯3
Kimning ta’siri kuchliroq?

Ajoyib maqolaga ko’zim tushib qoldi. Gap liderlarning harakteri va kunlik kayfiyatlari, ularning atrofdagilar bilan munosabatlarida jamoaviy ruhiyatga ta’sir qilish kuchlari haqida borar edi. Tadqiqotlarga ko’ra, yomon kayfiyatdagi liderning jamoaga ta’siridan ko’ra, yuqori xarizmatikasi bor liderning ta’siri kuchliroq ekan. Ya’ni xarizmasi yuqori bo’lgan liderda xoh yuzma-yuz bo’lsin, xoh video callda bo’lsin jamoaga kerakli ruhiyatni bera olar ekan.

Xarizmatik liderning eng ustun tarafi bu yomon kayfiyatdagi jamoadoshining oz bo’lsada yolg’iz emasligini his qildirish ekan.

👉 @lidernotes
👍15
Masofa!

Yangi liderlarda eng ko’p uchraydigan muammolardan biri - bu jamoada albatta eng kamida bitta uni tan olmaydigan xodimning bo’lishi. Shunaqa holatlarda yosh liderlar ko’proq shu xodimga vaqt ajratishadi, uni ishonchini qozonishga harakat qilishadi, lekin kam holatlarda foyda beradi. 💡Shunday xodimlar bilan qanchadir vaqtga masofa o’rnatish yaxshi natija beradi.

Balkim 1 oy ketar, balkim 1 yil. Lekin shu vaqt oralig’ida sizni tanib boradi, qanday lider ekanligingizni tushunib boradi.

👉 @lidernotes
👍7🔥2
⚠️ Tajriba o’z so’zini aytmasligi ham mumkin❗️

Yaqinda bir liderlik pozitsiyasiga bir xodimimiz topshirib ko’rib, intervyudan yiqildi. Biroz vaqt o’tgandan so’ng, o’sha pozitsiyaga intervyudan o’tgan xodimni hammaga e’lon qildik. Shunda, yiqilgan xodim kelib menga shikoyat qila boshladi, qaysiki u tanlangan xodimdan ko’ra tajribaliroq, ko’proq malaka va bilimga ega ekanligini aytib. Mening javobim quyidagicha edi:

Lider uchun faqatgina bilim yoki uzoq yillik tajribaning o’zi yetarli emas. Senda Soft skills (insoniy xususiyatlar: muomala madaniyati, xatti-harakat va
hokazolar)dan ko’ra, Hard skills (bilim va darajalar) kuchliroq.


Kuchli liderda bu ikki qobilyatning ham balansi olingani juda maqsadga muvofiq. Shunda ham zamonaviy liderlardan soft skills ko’proq talab qilinadi.

👉 @lidernotes
🔥11👍7🤩2
🗣️ To’g’ri so’z kuchi.

Lider uchun har doim xodim bilan munosabatlarda to’g’ri so’zni tanlay bilish qobilyati katta ahamiyatga ega. Masalan, suhbatdan yiqilding emas tanlanmading; natijang tushib ketyapti va bizni orqaga tortayapsan emas, ko’proq harakat qilishing uchun qanday yordam bersam bo’ladi, kabi.

So’zlarini, munosabat shaklini go’zal qolipga solib olgan liderning jamoasi kutilmagan yuqori natijalarni olib kelishi mumkin.

So’zlarini, munosabat shaklini go’zal qolipga solib olgan lider bir insonning hayoti, kariyerasi butkul o’zgarib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.

🤩 Ushbu post ham kimningdir muomala odobiga ta’sir qilishi mumkin. Ulashib qo’yamiz azizlar.

👉 @lidernotes
👍16🔥9
O'zimizdan boshlashimiz kerak. 🧠

Fikr berishga, birovni muhokama qilishga juda ustamiz. Lekin bergan fikrimizga mas'uliyat bilan avval o'zimiz qanday yondasha olamiz - bu haqida kam o'ylaymiz.

''Lider chiqib bizga yo'l ko'rsatishini, muammolarga yechim berishini kutmasligimiz kerak. O'zimiz lider bo'lishimiz kerak'' - Javohir Izzatulloh @javharuz

''O'zgaramiz'' loyihasining offline uchrashuvida ko'p manfaatli maslahatlar bo'libdi. Vaqt topib albatta ko'rishni tavsiya etaman. @nega_ozgardim

👉 @lidernotes

https://youtu.be/gwQ0yqCIUVg
👍7
Lider Notes_#104.pdf
420 KB
Xayrli kun azizlar!

O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.

O’tgan hafta ichida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #104-soniga jamladim.

Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊

Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👉 @lidernotes
👍6🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Bir zumga to’xtang, bir zumga qayerga ketayotganingizni anglab yeting azizlar! Hozir ALLOH TA'OLO siz-u bizni asradi axir, hozir ALLOH TA'OLO siz-u bizga oxirgi imkonni berdi axir…

Keyingi balo, o’lim kelmasdan oldin ALLOH TA'OLO uchun, bugundan ALLOH TA'OLO uchun yashay boshlang.

ALLOH TA'OLO sizlarga jannatini, rahmatini, mag’firatini bersin. Biz jannatga qarab yo’l oldik, siz biz bilanmisiz?

ADIB OAE
Account 18940901 Muhammadov.H

Kaspi gold SHERZOD NURULLAEV
4400 4301 2197 4148

TR 4900 0100 1401 6338 8776 5017
Ayşe Yeşilkaya, Ziraat bankası Turkiya

전북 (Jeonbuk bank) Korea 9100054494787
Begimatov Asadbek 🇰🇷

Sber Bank Rossiya, Vladislav Goyaev
5228 6005 6616 5744

4854700258939200
Dilshod Khusniddinov Visa Kart Uzb

8600140491523545
Khusniddinov Dilshod Uzkard

Uzbekistan:
+998909172222
+99890350 0100

Turkiya: +905010030330

AQSH: +1 412 577 97 26

Boshqa davlatlardan yordam ko’rsatmoqchi bo’lganlar uchun +99890-350-01-00 ga telegram orqali aloqaga chiqing.
🔥3
Liderlik - insonlarning potensialini yaxshiroq ochib berish demakdir.
📝Bill Bredli

Doimiy takrorlaydigan so’zlarimdan biri bu liderlar yangi liderlarni tarbiyalashi, ulardagi liderlik qobilyatini shakllantirishda yordam berishni o’z vazifasi qilib olishi kerak.

Agar qaysidir lider yana boshqa liderlar chiqishiga sabab bo’lmayotgan ekan, demak u hali ham eski uslubda ishlayapti.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3
💡Vitamin va og’riq qoldiruvchi!

Og’riq qoldiruvchi o’z nomi bilan ma’lumki, siz uni faqat qayeringizdir og’riganida qabul qilasiz. Bu eng tez topiladigan va tayyor yechim. Lekin tanamiz sog’lom bo’lishini ta’minlashimiz uchun doimiy ravishda kerakli vitaminlarni olib borishimiz zarurligi haqida ko’plab tibbiyot xodimlari ta’kidlab o’tishadi.

Lider uchun ham shunday, ya’ni jamoasi muammoga uchraganda tayyor “og’riq qoldiruvchi”ni berib yechim topish emas, muammolarni oldini oluvchi “vitaminlar”ni vaqti-vaqti bilan berib turish lozimligini ham bilishi kerak.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏5