Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Yaxshi odatlar aslida bizga erkinlikni beradi.

U odatingni tashla; mana bu odatga o’rgangin; yoki o’zingda bunday odatlarni shakllantirishing kerak kabi turli maslahatlar ba’zida g’ashimizni keltirishi tabiiy. Yoki ko’pchiligimizda odatlar meni robotga, qo’g’irchoqqa aylantirib qo’ymasmikin, odatlar asiriga aylanib qolmasmikinman kabi argumentlar bo’lishi mumkin.

Aslida esa aksincha, to’g’ri tejamkorlik odati moliyaviy erkinlikni, yaxshi ovqatlanish odati sog’lom qarishni, va doimiy ilm olish odati zamon bilan hamnafaslikni beradi. Ya’ni yomon odatlar, sizga hech qachon siz xohlagan erkinlikni bermaydi.

Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👉
@lidernotes
👍14
Bugun jamoamdagi 73 yoshli ayol xodimimiz bilan navbatdagi suhbatni o’tkazdim.

Yoshiga qaramasdan faqat oldinga intilishi, har ishga mas’uliyat bilan yondashishi va rivojlanish uchun tanqidlarga ochiqligini ko’rib o’zim uchun juda katta ma’naviy ozuqa oldim.

Jamiyat uchun foyda keltirish yosh tanlamas ekan.

🌐 Бугун жамоамдаги 73 ёшли аёл ходимимиз билан навбатдаги суҳбатни ўтказдим.

Ёшига қарамасдан фақат олдинга интилиши, ҳар ишга масъулият билан ёндашиши ва ривожланиш учун танқидларга очиқлигини кўриб ўзим учун жуда катта маънавий озуқа олдим.

Жамият учун фойда келтириш ёш танламас экан.

👉 @lidernotes
🔥7👍32
🔄 Odatlar zanjiri.

Odatlar shakllantirishning asl mohiyati bu hayotimizda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularga yechim topish kabi ikki bosqichning uzluksiz davomiyligida ekan.

Biror xatti-harakatingizni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, unda quyidagi munosabatlarni o’zgartirish jarayonida 4 qoidaga amal qiling:

1. Ko’rinib turadigan bo’lsin.
2. Jozibador bo’lsin.
3. Osonlikcha amalga oshsin.
4. Qanoatlantiradigan bo’lsin.


Yomon odatlarni yo’qotishning birinchi qadami - bu ehtiyotkorlikni oshirishdir. Ya’ni sog’lom ovqatlanishni maqsad qilgan odamning nonushta dasturxonida shirinliklarning qo’yilmasligiga ehtiyot bo’lish.

Xatti-harakat va mumosabatlarimizni yaxshiroq tarafga o’zgartirishdan avval ularning bizga keltiryapgan zararlarini anglab yetishimiz eng muhim masala ekan.

📖Tongli mutolaadan kichik xulosalar.

👉
@lidernotes
👍13
Moslashuvchanlik.

Ish joyimiz yoki o’quv dargohlarimizdagi qo’llanmalar shunchaki yo’l ko’rsatuvchi resursligicha qolishi kerak.

Qo’llanmalarga asoslangan holda erkin harakat qilish sizni boshqalardan ko’ra bir qadam oldinga olib chiqadi. Lider uchun esa xodimlarni kamroq qo’llanmalar atrofida o’ralashib qolishdan ehtiyot qilish kerak.

👉 @lidernotes
👍13🔥4
Birgalikda yaxshiroq!

Insoniylik va inson qadrini 1-o’ringa qo’yadigan kompaniyada ishlayapganimdan judayam faxrlanaman.

Ma’lumot uchun, kompaniya ishchilarining alohida ehson qiladigan sayti bor. Tahsinga sazovor tarafi shundaki, agar ehson qilsak kompaniya ham shuncha summani qo’shadi 1:1.

Ayni vaqtda Turkiya uchun O’zbekistonning turli joylarida yordamlar yig’ilyapti. Bir dona eski kiyim, keraksiz buyum ham hayot qutqarishi mumkin azizlar.

👉 @lidernotes
👍19
Yangi odatlarni eskisiga bog’lash.

Ko’p holatlarda o’zimizda yangi odatlarni shakllantirishga harakat qilar ekanmiz, aniq detallarsiz boshlab qo’yamiz. Masalan, “Har kuni kitob o’qishni odat qilaman” deymiz va albatta boshlab 3-4 kunda to’xtatib qo’yamiz. Chunki har kuni qaysi vaqtda, qayerda, qancha vaqt oralig’ida kitob o’qishni aniq belgilab olmagan bo’lamiz.

Keyingi bosqichda esa, bu yangi odatni mavjud eski odatlarimiz bilan bog’lashimiz asosiy faktorga aylanadi. Masalan, “Har kuni ertalab bomdod namozidan so’ng 30-60 daqiqa kitob o’qiyman” deb aniq belgilab qo’yish doimiy ertalabki odatingizga bog’lanadi va buni kamida 40kun takror qilish yangi odatni mustahkamlashga yordam beradi.

Odatlarni shakllantirish haqida juda ko’p o’qiganmiz yoki eshitganmiz, lekin nega haliyam bir qadam bo’lsa ham oldinga yurmadik?! Chunki yuqoridagi kabi judayam kichik yoki ahamiyatsiz deb tuyulgan odatlarni jiddiy olmasligimizda ekan.

📖Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👉
@lidernotes
🔥11👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishora va ovoz chiqarish.

Yaponiyaning temir yo’l tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim deb tan olingani hammaga ma’lum. Bu tizimning eng e’tiborli tarafi konduktorlarning o’ziga xos odatidadir. Ular poyezdni boshqarar ekan har bir jarayonni turli obyektlarga barmog’i bilan ishora qilib va ovoz chiqargan holda svetofor yashil ekanligini, vagonlar atrofida xavfli holat yo’qligi va spidometr tezlik holati kabi tekshiruvlarni har bir stansiyaga kirish va chiqishda amalga oshiradilar. Bu odat allaqachon tizimga aylanib minglab insonlarning hayotini saqlab qolishga, xatolarni keskin kamayishiga olib kelgan.

Yomon odatlarni tark qilish jarayonida ham shu usuldan foydalansangiz bo’ladi.

👉 @lidernotes
👍10🔥1
Networking…

Bugun Yaponiyadagi turli sohalarda va turli lavozimlarda ishlab kelyapgan O’zbek professionallar bilan navbatdagi uchrashuvimiz bo’lib o’tdi.

Har bir shaxs ham inson sifatida, ham o’z kasbining professionali sifatida rivojlanishi uchun albatta bu yo’llarni bosib o’tgan va qaysidir ma’noda o’z tajribasi bilan yoshlarga, atrofdagilarga yo’l-yo’rug’ ko’rsata oladigan shaxslar bilan aloqalarni o’rnatib borishi katta ahamiyatga ega. Buni Ingliz tilida “networking” - o’zbekchada “tanish-bilish ortirish” deb aytsak ham bo’ladi.

“Tanish-bilish”larni to’g’ri ma’noda ortirishni o’rganaylik azizlar.

👉 @lidernotes
🔥15👍6
Qanday qilib sifatli nutq yaxshi natijalar olib keladi?

Ko'p vaqtini moliyaviy maqsadlarni muhokama qilishga sarflaydigan rahbarlar tranzaksiyaviy tashkilotlarni yaratishga moyildirlar. Xodimlaringiz o'rtasida emotsional faollikni boshlash uchun asosiy e'tiborni ishning katta maqsadiga ishonch hosil qilishga qarating va bunda sizga sifatli nutq qilish qobilyati yordam beradi.

👉 @lidernotes
👍7
Storytelling!

❇️ Sifatli nutqning eng asosiy elimentlaridan biri - bu Storytelling (Hikoya qilish) qobilyati.

Storytellingni quyidagi 3 ta asosiy qoidasi bor:

1. Tinglovchini mavzu bilan emotsional bog’lash.
2. Hikoya real voqeaga ega bo’lishi.
3. Tinglovchiga oxirida qiymat berish.


Internetda storytelling haqida qidirsangiz juda ko’p taktikalar kelib chiqadi. Lekin haqiqiy liderda yuqoridagi qoidaga tayangan holda hikoya qilish ta’sir kuchi juda katta ekanligini shaxsiy tajribamda ustozlarimdan ko’rib o’zimga xulosa olganman.

👉 @lidernotes
👍13🔥2
Atrof-muhit ko’proq ahamiyatga ega…

Yangi odatlarni yangicha muhitda shakllantirish osonroq, chunki yomon odatlardan qutulish uchun eski muhitda ko’proq qiyin bo’ladi.

Inson tanasida 11 millionga yaqin sezgi retseptorlari bor ekan, va ularning deyarli 10 millionga yaqini faqatgina ko’rish a’zolari uchun xizmat qilar ekan. Expertlarning tadqiqotiga ko’ra, miyya resurslarining yarmidan ko’pi ko’rish uchun ishlatiladi. Bundan kelib chiqadiki, bizda asosan barcha xatti-harakat va odatlarimiz ko’rish orqali paydo bo’ladi. Qanchalik to’g’ri muhitda bo’lishga harakat qilsak, shunchalik yaxshi odatlarimiz ko’payar ekan.

Yomon odalardan voz kechish uchun motivatsiya qidirish emas, yangi odatga undovchi obyektiv ishoralarni kichik bo’lsa ham ko’paytirishimiz kerak ekan. Masalan, men avvallari kam suv ichar edim va buning oqibatida ketma-ket buyuragimda tosh paydo bo’lib sog’ligimga jiddiy ta’sir qilgan. Kam suv ichishimga birgina sabab bu suv turadigan idish yoki stankanlar ko’zga ko’rinadigan joyda emasligi edi. Shundan keyin uyimning kamida 3-4 ta ko’zga ko’rinadigan joyiga suv idishlari qo’yib qo’ydik va bu nafaqat menda balki oilamda ham doimiy suv ichish odatini shakllantirdi.

Xullas, yomon odatlarga sabab bo’lyapgan obyektlarni ko’rinmas yerga olib qo’yish inson o’zini-o’zi kontrol qilishdan ko’ra foydaliroq ekan.

📖Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👉
@lidernotes
👍131
To’g’ri tanlov.

Yaponlarda ajoyib bir gap bor. Qaysiki, ‘’Nimanidir tanlash - bu bir vaqtning o’zida nimanidir berish ham demakdir’’.

Rahbarlar(liderlar) jamoasining yaxshi natijalar olib kelishi uchun turli strategik tanlovlar qilishi kerak bo’ladi. Yuqoridagi iqtibosni 1-marta eshitganimda majlislarga qiladigan tayyorgarligim yaxshi tomonga o’zgara boshlagan. To’g’ri tanlangan strategiyalar jamoa uchun turli imkoniyatlar, rivojlanish uchun resurslar, va jarayondan zavq olish kabi foydalarni berganini ko’p tajribalarda guvohi bo’ldim.

‘’Nimanidir tanlash - bu bir vaqtning o’zida nimanidir berish ham demakdir’’.

👉
@lidernotes
👍11
Lider Notes_103.pdf
443.8 KB
Xayrli kech azizlar!

O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.

O’tgan hafta ichida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #103-soniga jamladim.

Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊

Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👉 @lidernotes
👍8🔥52
Bilim - bu pul!

Yoshligimda fan olimpiadalariga doimiy qatnashar edim. Adashmasan 2010-yil Namanganda bo’lib o’tgan viloyat fan olimpiadasida Huquqshunoslik fanidan 1-o’rinni olganimda televizor bilan taqdirlashgan edi. Shu sovg’ani 2-Sentabr kuni akademik litseyimiz direktori qo’llaridan barcha litsey o’quvchilari oldida olgan edim. Direktorimiz barcha faxrli o’rin egalarini tabriklar ekanlar, nutqlarida menga judayam ta’sir qilgan bir gaplari bor edi.

“Bilim - bu pul. Uni pul qilishni bilish kerak. Mana o’quvchilarimiz bilimi bor ekan uni pul qilishni uddalab, qimmatbaho televizorlar bilan taqdirlanishdi” degan edilar.

Bilimingizni pul qilish payti albatta keladi, faqat uni kuchaytirib borishda davom etsangiz bo’lgani.

👉 @lidernotes
👍23👏5
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Топ-менежернинг қиймати шундаки, улар оз миқдорда сифатли қарорлар қабул қилишлари керак. Улардан ҳар куни минглаб қарорларни қабул қилиш кутилмайди.

Уоррен Баффет у бир йилда 3 та яхши қарор қабул қилган бўлса, бу яхши ишлаганлигини англатишини айтади.

Ценность топ-менеджера в том, что они должны принимать небольшое количество качественных решений. От них не ожидается принятие тысяч решений ежедневно.

Уоррен Баффет говорит, что он молодец, если принял 3 хороших решения в год.

Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Youtube: Alisher Isaev kanali
👍8
Kelishmovchilik.

Kim bilandir kelishmay qolsangiz, yoki atrofdagilar sizning fikringizga qarshi chiqyapgan bo’lsa, darrov ulardan xafa bo’lishni emas, balkim men ko’ra olmayapgan boshqa yaxshiroq narsani bilsa kerak yoki men bilmaydigan boshqa narsani bilsa kerakki fikrimga qarshi chiqyapti deb qabul qilib ko’ring. Hech bo’lmasa, nega siz bilan bir xil fikrda emasligini so’rab, eshitib ko’ring.

👉 @lidernotes
👍21💯3
Kimning ta’siri kuchliroq?

Ajoyib maqolaga ko’zim tushib qoldi. Gap liderlarning harakteri va kunlik kayfiyatlari, ularning atrofdagilar bilan munosabatlarida jamoaviy ruhiyatga ta’sir qilish kuchlari haqida borar edi. Tadqiqotlarga ko’ra, yomon kayfiyatdagi liderning jamoaga ta’siridan ko’ra, yuqori xarizmatikasi bor liderning ta’siri kuchliroq ekan. Ya’ni xarizmasi yuqori bo’lgan liderda xoh yuzma-yuz bo’lsin, xoh video callda bo’lsin jamoaga kerakli ruhiyatni bera olar ekan.

Xarizmatik liderning eng ustun tarafi bu yomon kayfiyatdagi jamoadoshining oz bo’lsada yolg’iz emasligini his qildirish ekan.

👉 @lidernotes
👍15
Masofa!

Yangi liderlarda eng ko’p uchraydigan muammolardan biri - bu jamoada albatta eng kamida bitta uni tan olmaydigan xodimning bo’lishi. Shunaqa holatlarda yosh liderlar ko’proq shu xodimga vaqt ajratishadi, uni ishonchini qozonishga harakat qilishadi, lekin kam holatlarda foyda beradi. 💡Shunday xodimlar bilan qanchadir vaqtga masofa o’rnatish yaxshi natija beradi.

Balkim 1 oy ketar, balkim 1 yil. Lekin shu vaqt oralig’ida sizni tanib boradi, qanday lider ekanligingizni tushunib boradi.

👉 @lidernotes
👍7🔥2
⚠️ Tajriba o’z so’zini aytmasligi ham mumkin❗️

Yaqinda bir liderlik pozitsiyasiga bir xodimimiz topshirib ko’rib, intervyudan yiqildi. Biroz vaqt o’tgandan so’ng, o’sha pozitsiyaga intervyudan o’tgan xodimni hammaga e’lon qildik. Shunda, yiqilgan xodim kelib menga shikoyat qila boshladi, qaysiki u tanlangan xodimdan ko’ra tajribaliroq, ko’proq malaka va bilimga ega ekanligini aytib. Mening javobim quyidagicha edi:

Lider uchun faqatgina bilim yoki uzoq yillik tajribaning o’zi yetarli emas. Senda Soft skills (insoniy xususiyatlar: muomala madaniyati, xatti-harakat va
hokazolar)dan ko’ra, Hard skills (bilim va darajalar) kuchliroq.


Kuchli liderda bu ikki qobilyatning ham balansi olingani juda maqsadga muvofiq. Shunda ham zamonaviy liderlardan soft skills ko’proq talab qilinadi.

👉 @lidernotes
🔥11👍7🤩2