Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Novelist Paulo Coelho maqsad sari harakatga undovchi quyidagi iqtibosi zamonlar oshsa ham o’z ta’sirini insoniyatga o’tkazishda davom etsa kerak:

📝“Bir kun tongda uyg’onasan va anglab yetasanki, doim qilmoqchi bo’lgan ishlaring uchun vaqt qolmagan bo’ladi. Shunday ekan, hoziroq, bugunoq boshla.”

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👏2
🏆Dunyoning eng tan olingan kompaniyalari reytingi.

Yirik texnologiya(IT) kompaniyalari hozirda qiyin kunlarni boshdan kechirishyapgan bir paytda, Fortune o’zining “Dunyoning eng tan olingan kompaniyalari” reytingi 25-nashrini e’lon qildi va gigant kompaniyalar tengdoshlarini har doimgidek hurmat qilishini ko’rsatdi. 3700 ga yaqin korporativ rahbarlar, direktorlar va tahlilchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Apple  16-yil ketma-ket korporativ obro‘ga oid yillik reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Amazon va Microsoft ikkinchi o'rinni egalladi.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏64👍2
Lider Notes_#105.pdf
426.1 KB
👋 Xayrli kun azizlar!

O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.

O’tgan hafta ichida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #105-sonida ulashyapman.

Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊

Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥9
⚡️Sevimli mashg’ulot!

Siz uchun qiziq bo’lgan narsalar haqida ko’proq ilm oling.

Olgan ilmlaringizni esa tajribada qo’llab ko’ring.

Qanchadir vaqt o’tgandan so’ng, shu ko’nikmalar sizning sevimli mashg’ulotingizga aylanadi.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥3
🚀 Sarhisob 📝

2023-yilning 2-oyi ham ortda qoldi.

Har oy ohirida o’zingiz uchun biroz vaqt ajratib, shu oyning sarhisobini qilish yillik maqsadlaringiz sari qo’yilgan kichik qadam hisoblanadi. Va shu odatga sodiq qolgan holda, fevral oyining kichik sarhisobini albatta qilib ko’ring.

Quyidagi 2 ta savolni o’zingizga berish orqali biroz mulohaza qilib ko’ring:

Fevral oyidagi yutuqlaringiz va nimalardan minnatdorsiz

Ushu oydagi ham kariyera, ham shaxsiy hayotingizdagi kamchiliklaringiz nimalar

Oddiy oq qog’oz yoki telefoningizdagi Notes ilovasiga shu savollarga javob yozib ko’rishga harakat qiling.

Har doimgidek shu savollarga javob berish uchun fikrlashga ketgan vaqtingiz va uni qayd qilish orqali oladigan xulosalaringiz keyingi oyda yanada yaxshiroq rivojlanishingizga katta yordam beradi.

Foyda berganlardan izohlarda javobingizni kutib qolaman.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
📚Dr Carol S. Dweck bilan suhbat.

Har oy yangi suhbatdoshlarni qidirib topib, ulardan manfaatli ilmlarni o’rganish odatimizni davom ettiramiz. Mart oyi uchun bu gal Stanford Universiteti professori, Doktor Carol S. Dweckning “Mindset” - “Fikrlash” nomli kitobini tanladik.

Inshaallah, muallif bilan manfaatli suhbat qilamiz degan umiddaman.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍8
⚡️Burgut to'g'ridan-to'g'ri bo'ronga qarshi uchadigan yagona qush ekanligini bilarmidingiz?

Boshqa qushlar ob-havodan "qochib" ketishga harakat qilsa, burgut esa boshpana izlash o'rniga, o'zini yuqoriga g’azab bilan surish uchun kuchliroq shamollarga qarshi faol ravishda uchadi.

Bo'ron burgutga odatda yaxshi ob-havoda erisha olmaydigan bo'shliqqa kirishga imkon beradi. Ushbu jasoratli harakati uchun mukofot sifatida burgutga uning atrofini kengroq ko'rish imkoniyati beriladi. Va, bo'rondan yuqoriga muvaffaqiyat bilan chiqqanda uning parvozi yanada ravon bo'ladi ... kamroq harakat bilan.

Har birimiz uchun burgutning bu hislati o’rnak bo’lishi kerak, ayniqsa, oila rahbarlari, jamoa liderlari va boshqa turdagi liderlar uchun.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍2
💥IKKI XIL ONG.

Yoshligimizdan bizga uqtirib kelingan yoki biz o’zimiz atrof-muhitdagi voqea-hodisalardan olgan nuqtai nazarlarimiz hayotimizni qay tariqa olib borishimizni belgilab qo’yadi.

Agar yoshligimizdan aqlli bo’lishimiz kerakligini, bilim bu toshga o’yilgan kabi aniq tushuncha ekanligini, yoki bilimli ekanligimizni doimo isbotlash kerakligini o’rgatishgan bo’lsa, demak bizning fikrlash doiramiz chegaralab qo’yilgan va buni QOTIB QOLGAN ONG desak bo’ladi.

Aksincha, har qanday bilimga mehnat bilan erishsa bo’lishligini, hech kim ilmga bo’lgan yuksak qobilyat bilan dunyoga kelmasligini, yutqazishlarga bilimsizlik deb emas, o’rganish uchun imkoniyat deb qarash kerakligini o’rgatishgan bo’lsa, demak bizning fikrlash doiramiz chegarasiz va buni O’SUVCHI ONG deb ataladi.

Bir narsaga ishtiyoq bilan doimiy harakat qilish, xattoki o’xshamayapgan bo’lsa ham, bu o’suvchi ongning belgisi hisoblanadi. O’suvchi ong bilan fikrlash insonning kelajakda duch keladigan qiyinchilik paytda ham yiqilib qolmaslikka undaydi.

📖Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
✍️Top 3 Iqtibos

“Atom odatlar” kitobidan top 3ta iqtibos:

Muvaffaqiyat - bu hayotda bir marta bo'ladigan o'zgarishlar emas, balki kundalik odatlar mahsulidir.

Vaqt - muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik o'rtasidagi chegarani kattalashtiradi. Yaxshi odatlar vaqtni sizning ittifoqdoshingizga aylantiradi. Yomon odatlar vaqtni dushmanga aylantiradi.

Maqsadlar - siz erishmoqchi bo'lgan natijalar haqida. Tizimlar bu natijalarga olib keladigan jarayonlar haqida.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
👨‍🏫 Murabbiy.

Haqiqiy lider aslida u yaxshi o’qituvchi ham demakdir.

U jamoadoshlari, xodimlari, va yoki oila a’zolariga qanday qilib muvaffaqitayga erish mumkinligini o’rgatadi.

U doim qiyinchiliklardan yangi bir saboq olish kerakligi haqida o’rgatadi.

Unda bir insonning 0 dan boshlab ma’lum bir natijaga erishgunicha qunt bilan o’rgatadigan katta sabr bo’ladi.

Shunday ekan, Lider inson uchun har kuni atrofidagilarga nimanidir o’rgatishi uning asosiy kun tartibiga aylanishi zarur.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3
Lider Notes_#106.pdf
445.3 KB
👋 Xayrli kun azizlar!

O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.

Hafta davomida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #106-sonida ulashyapman.

Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊

Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Trash in 🚮 Trash out!
👍13🔥4👏1
⚡️4 foiz yoxud 1 soat.

Kuniga 1 soat kitob o'qish kuningizning atigi 4 foizini tashkil qiladi. Ammo bu 4% sizni qisqa vaqt ichida sohangizning eng yuqori pog'onasiga olib chiqadi. 4% vaqtni, 1soat uyqudan kechib, topishga harakat qilaylik azizlar.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍211
Forwarded from Xushnudbek.uz
Biznesda to‘g‘ri savol qo‘ya bilish va unga samarali javob izlash juda muhim. Qanday qilib noldan kompaniya yaratish, muvaffaqiyatga erishish mumkin? Startaplar nima va ular qanday sharoitlarda paydo bo‘ladi? Sotish san’atini qanday o‘zlashtirish kerak? Nima uchun tadbirkorning global fikrlashi muhim?

“Asaxiy Books” o‘zbek tilida yangi chop etgan «Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday ko‘rish mumkin?» kitobida mashhur tadbirkor Piter Til mana shu savollarga javob qidiradi. Piter Til PayPal to‘lov tizimi asoschisi, Facebook’ning ilk investori, Space X va bir nechta loyihalarga birinchilardan bo‘lib investitsiya kiritgan innovator tadbirkor. U mashhur Stenford universitetida ma’ruza o‘qishga taklif qilinadi va u yerda o‘z tajribalari asosida dars o‘ta boshlaydi. Bu Stenford talabalari orasida katta qiziqish uyg‘otadi va keyinchalik darsni kitob qilib yozish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Kitob chiqqanda biznes olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Kitobda Facebook, Microsoft, eBay, Twitter, Linkedin va boshqa ko‘plab kompaniyalar misolida, Paypal’dagi ulkan tajriba asosida tahliliy va asosli ma’lumot berilgan.

Kitob tadbirkorlarga, menejerlarga, marketologlarga, IT mutaxassislariga, startap asos solmoqchi bo‘lganlarga, iqtisodiyot, soliq, davlat boshqaruvi, bank va moliya sohasida o‘quvchi talabalarga tavsiya etiladi.

Narxi: 75 000 So‘m
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/63f8931f17be5
Kitob reklamasi
👍13
🔤Xuddi men kabi!

🔷 Bu insonni ham o’z fikrlari, qarashlari va e’tiqodi bor, xuddi men kabi.

🔷 Bu insonda ham umid, tashvish va kamchiliklari bor, xuddi men kabi.

🔷 Bu insonni ham uni yaxshi ko’radigan do’stlari, oilasi, balkim farzandlari bor, xuddi men kabi.

🔷 Bu inson ham qadrlanishni, xurmat va e’tiborga sazavor bo’lishni xohlaydi, xuddi men kabi.

🔷 Bu inson ham tinchlik, xursandchilik va baxtni orzu qiladi, xuddi men kabi.

Lider uchun bu kabi mulohazalar qilish, har qanday bahsli munosabatlarni ikkala tarafning ham foydasiga hal qilish uchun yordam beradi.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥71👎1
⚡️Qachon o’zingni aqlli his qilasan?

🤔 “Qachonki xatoga yo’l qo’ymasam”,
“Biror ishni tez va mukammal bajarsam”,
“Qachonki, boshqalar uchun qiyin bo’lgan narsa, men uchun judayam oson bo’lsa.”

☝️ Bu kabi fikrga ega insonlar odatda QOTIB QOLGAN ONGga va doim mukammallikka intilish hissiga ega bo’larkan.

🤩 “Qachonki biror ish haqiqatdan qiyin bo’lsa, va unga qattiq harakat qilib erishsam”,
“Uzoq vaqt davomida izlanishlar qilib, ilm olib va buning oqibatida jumboqli masalalarni tushuna boshlasam.”

☝️ Bu kabi fikrga ega insonlar odat O’SUVCHI ONGga ega, ular uchun doimiy mukammallikdan ko’ra, doimiy progress, doimiy izlanishda bo’lish muhimroq ekan.

📖Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24
🔝Maksimum 5tagacha prioritet(ustuvorlik)!

Yoshligimdan doim o’zimdan aqlliroq yoki tajribaliroq insonlar bilan yaqin bo’lishga, ulardan turli maslahatlar olishga harakat qilardim. Bu odatim Yaponiyada o’qish davrimda ham, universitetdan so’ng kariyeramda ham hozirgacha yordam berib keladi.

Shunday aqlli va tajribali insonlardan biri,  dagi eng kuchli liderlardan biri bilan suhbat qilib o’tirganimda, prioritetlarni to’g’ri qo’yish va doimiy nazoratda ushlab turish haqida gaplashib qoldik. Birinchi bergan maslahati shu bo’ldiki:

“Qanchalik time-menejmenting kuchli bo’lmasin, maksimum 5tagacha prioritet qo’y va shu 5tasini ko’ngildagidek tugallab, so’ngra yana boshqa yangi 5ta prioritetga fokus qil.”

Bu oltinga teng maslahat haligacha ham shaxsiy hayotimda, ham liderlik faoliyatimda o’z foydasini ko’rsatib kelyapti. Xullas, kitobda yozilmagan yaxshi maslahatlarni kitobga teng insonlardan qidiring.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥31
Forwarded from Temurbek Adhamov
najottalim.uz jamoasiga taklif qilamiz

Yaxshi kadr uchun «Najot Ta'lim»da doim ish topiladi. Jamoamiz bilan yangi loyihani boshlash arafasidamiz. Shu sababdan bizga:

- Ingliz yoki rus tilini biladigan;
- To'liq hajmda ishlay oladigan;
- Eng muhimi tahlil qila oladigan kadrlar kerak.

Agar siz shunday inson bo'lsangiz havola orqali ma'lumotlaringizni qoldiring. Postni boshqalarga ham ulashishingizni so'raymiz.

👉 Ma'lumotlaringizni qoldiring
👍6