Og’riq qoldiruvchi o’z nomi bilan ma’lumki, siz uni faqat qayeringizdir og’riganida qabul qilasiz. Bu eng tez topiladigan va tayyor yechim. Lekin tanamiz sog’lom bo’lishini ta’minlashimiz uchun doimiy ravishda kerakli vitaminlarni olib borishimiz zarurligi haqida ko’plab tibbiyot xodimlari ta’kidlab o’tishadi.
Lider uchun ham shunday, ya’ni jamoasi muammoga uchraganda tayyor “og’riq qoldiruvchi”ni berib yechim topish emas, muammolarni oldini oluvchi “vitaminlar”ni vaqti-vaqti bilan berib turish lozimligini ham bilishi kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏5
Covid-19 karantin davri juda ko’plab insonlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi, ayniqsa, Yaponiyada psixologik trammalar ko’payib ketdi deb ayta olaman. Buning oqibatida, turli tashkilotlar ichida “Psixologik xavfsizlik” termini keng tarqala boshladi.
Psixologik xavfsizlik nima degani? Oddiy qilib aytganda, salbiy oqibatlarini o’ylamasdan risk ola olish, qo’rqmasdan fikrlarni ifoda qilish, muammolarni ayta olish va tushunmaganda savol berib aniqlik kiritish mumkin bo’lgan muhit.
Oilada, jamoada psixologik xavfsizlikni yaratish yoki barqaror qilish uchun birinchi navbatda atrofdagilarning fikrlarini eshitishdan boshlang. Ularning fikrlarini inobatga oling, sizdan xato o’tgan bo’lsa tan olib, shu xatodan o’rganganlaringizni ulashing.
Yuqoridagi muhitni yaratish xoh oilada bo’lsin, xoh ish joyida, bu mas’uliyat liderga tushishini unutmaylik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥1
Kunlarimiz qanday o’tishi, tabiiyki hayotimizning qanday shakllanib borishini ko’rsatib beradi.
Ba’zida shu darajada hayot tashvishlari bizni charchatib qo’yadiki, bo’sh kunlarimiz nima qilishni ham bilmay qolamiz.
Bunday holatda ko’pchiligimiz, muvaffaqiyatga erishgan insonlar hayotidan, ularning kun tartibidan biror yaxshi idealarni olib qo’llab ko’ramiz. Baribir o’xshamaydi. Chunki har qanday inson o’z yashash tarzidan kelib chiqib kun tartibi tuzadi.
Masalan, ko’plab mashxur yozuvchilar kechqurun farzandlari uxlaganida yoki ertalab erta turib farzandlari uyg’ongunicha ijod qilishgan. Ya’ni har birimizda turlicha kunlik majburiyatlarimiz bor.
Qachonki sizda ma’lum bir kun tartibi bo’lar ekan, eng zerikarli paytingizda ham shu kun tartibi tabiiy ravishda sizga yo’l ko’rsatadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👨💻4👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqni ovozini eshitmadik, eshitmadik…
Erkinlik nafasi yoqadimi? Menga yoqadi. To’g’ri manga qiyinroq bunday ishlash… - Shavkat Mirziyoyev
Rahbar komfort zonasidan chiqmas ekan, uning atrofidagilar qanday lider bo’lish kerakligini o’rganmay o’tib ketaverishadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👎3
Oxirgi 10yil ichida global kompaniyalar yosh avlod ishchilari qisqa vaqt ichida boshqa kompaniyalarga o’tib ketishyapgani haqida shikoyat qilib, buning sababini o’rgana boshlashgan.
Sababi shundaki, yosh avlod ota-onasining qanday sharoitlarda ishlaganini, korxonalarda xodimlarni lider qilib tarbiyalash sistemasi yo’q ekanligini ko’rib katta bo’lishgan. Agar yosh avlod o’zlarini liderlik qobilyatini oshirishni qo’llab-quvvatlamaydigan korxonada ishlar ekan, qisqa vaqt ichida yaxshirog’ini topishga harakat qilishadi.
Bu kabi tadqiqotlar shuni taxmin qiladiki, korxonalar liderlarni tarbiyalovchi tashkilotga aylanishi kerak va bu eng kamida keyingi 10-20 yilda korxonalarning asosiy maqsadiga aylanish ehtimoli katta.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👏2
Yirik texnologiya(IT) kompaniyalari hozirda qiyin kunlarni boshdan kechirishyapgan bir paytda, Fortune o’zining “Dunyoning eng tan olingan kompaniyalari” reytingi 25-nashrini e’lon qildi va gigant kompaniyalar tengdoshlarini har doimgidek hurmat qilishini ko’rsatdi. 3700 ga yaqin korporativ rahbarlar, direktorlar va tahlilchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Apple 16-yil ketma-ket korporativ obro‘ga oid yillik reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Amazon va Microsoft ikkinchi o'rinni egalladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6❤4👍2
Lider Notes_#105.pdf
426.1 KB
O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.
O’tgan hafta ichida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #105-sonida ulashyapman.
Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊
Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥9
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥3
2023-yilning 2-oyi ham ortda qoldi.
Har oy ohirida o’zingiz uchun biroz vaqt ajratib, shu oyning sarhisobini qilish yillik maqsadlaringiz sari qo’yilgan kichik qadam hisoblanadi. Va shu odatga sodiq qolgan holda, fevral oyining kichik sarhisobini albatta qilib ko’ring.
Quyidagi 2 ta savolni o’zingizga berish orqali biroz mulohaza qilib ko’ring:
Oddiy oq qog’oz yoki telefoningizdagi Notes ilovasiga shu savollarga javob yozib ko’rishga harakat qiling.
Har doimgidek shu savollarga javob berish uchun fikrlashga ketgan vaqtingiz va uni qayd qilish orqali oladigan xulosalaringiz keyingi oyda yanada yaxshiroq rivojlanishingizga katta yordam beradi.
Foyda berganlardan izohlarda javobingizni kutib qolaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
Har oy yangi suhbatdoshlarni qidirib topib, ulardan manfaatli ilmlarni o’rganish odatimizni davom ettiramiz. Mart oyi uchun bu gal Stanford Universiteti professori, Doktor Carol S. Dweckning “Mindset” - “Fikrlash” nomli kitobini tanladik.
Inshaallah, muallif bilan manfaatli suhbat qilamiz degan umiddaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍8
Boshqa qushlar ob-havodan "qochib" ketishga harakat qilsa, burgut esa boshpana izlash o'rniga, o'zini yuqoriga g’azab bilan surish uchun kuchliroq shamollarga qarshi faol ravishda uchadi.
Bo'ron burgutga odatda yaxshi ob-havoda erisha olmaydigan bo'shliqqa kirishga imkon beradi. Ushbu jasoratli harakati uchun mukofot sifatida burgutga uning atrofini kengroq ko'rish imkoniyati beriladi. Va, bo'rondan yuqoriga muvaffaqiyat bilan chiqqanda uning parvozi yanada ravon bo'ladi ... kamroq harakat bilan.
Har birimiz uchun burgutning bu hislati o’rnak bo’lishi kerak, ayniqsa, oila rahbarlari, jamoa liderlari va boshqa turdagi liderlar uchun.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍2
Yoshligimizdan bizga uqtirib kelingan yoki biz o’zimiz atrof-muhitdagi voqea-hodisalardan olgan nuqtai nazarlarimiz hayotimizni qay tariqa olib borishimizni belgilab qo’yadi.
Bir narsaga ishtiyoq bilan doimiy harakat qilish, xattoki o’xshamayapgan bo’lsa ham, bu o’suvchi ongning belgisi hisoblanadi. O’suvchi ong bilan fikrlash insonning kelajakda duch keladigan qiyinchilik paytda ham yiqilib qolmaslikka undaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
“Atom odatlar” kitobidan top 3ta iqtibos:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
Haqiqiy lider aslida u yaxshi o’qituvchi ham demakdir.
U jamoadoshlari, xodimlari, va yoki oila a’zolariga qanday qilib muvaffaqitayga erish mumkinligini o’rgatadi.
U doim qiyinchiliklardan yangi bir saboq olish kerakligi haqida o’rgatadi.
Unda bir insonning 0 dan boshlab ma’lum bir natijaga erishgunicha qunt bilan o’rgatadigan katta sabr bo’ladi.
Shunday ekan, Lider inson uchun har kuni atrofidagilarga nimanidir o’rgatishi uning asosiy kun tartibiga aylanishi zarur.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3
Lider Notes_#106.pdf
445.3 KB
O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.
Hafta davomida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #106-sonida ulashyapman.
Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊
Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16