Yaqin kunlarda Yaponiyada sakura mavsumi(Sakura daraxti gullashi) butun mamlakat bo’ylab boshlanadi. Shaharlar, parklar shunaqa tabiatning go’zalligiga to’lib ketadi.
Bu yil esa birinchi marta pandemiyadan keyin bu mavsum chet ellik turistlarga, xalq esa niqobsiz(maskasiz) erkin, gruppa bo’lib to’planishib mavsumda yaxshi vaqt o’tkaza olishadi.
Qiziq tomoni, Kansai Universiteti professori, Katsuhiro Miyamoto tadqiqotiga ko’ra bu yilgi sakura mavsumi Yaponiya iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir o’tkazishini, taxminan $4.57 milliard foyda olib kelishi mumkin.
Bizning iqtisodchilar ham qanday tadqiqotlar qilyapgani qiziq, ba’zan?!
Mayli, asosiysi Yaponiyada pandemiya shartlari anchagina yengillab insonlarni o’z ixtiyoriga qo’yib berildi. InshaAllah, bu yilgi Sakura mavsumidan ham rasmlar kutib qolinglar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤4🥰2🕊1
Ko’pchilik influenzerlar(bloggerlar) har xil smartphonelarni, masalan, Galaxy, Xiaomi, Google Pixel va hokazolarni tinmay reklama qilib, lekin baribir hammasi Ayfon ishlatib yurishlariga bormanda😁
Ayfonchilar, salomatmi?!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23😁12❤2
Lider Notes_#108.pdf
456.2 KB
Yana bir yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldingizmi?
Har galgidek, hafta davomida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #108-sonida ulashishda davom etaman.
Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊
Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7
She’riyat.
Dushmanlarim!
Deysan dushmanlarsiz o’tdi bu hayot,
Naxot sharaf bo’lsa bundayin isnod.
Kimda ustun bo’lsa nomus, or va shon,
Uning hayot yo'li o’tmagay onson.
Raqib yo’q ko’tarib hammaning ko’nglin,
Yarim yurak bilan yashaganing chin.
Bilmay soxtalikni fosh etmoq darsin,
Yirtib yubormading yolg’on pardasin.
Toptab tashlamading sotqin kimsani,
Tan ol, qo’rqoqlarning bo'lmas dushmani!
Charles Mackay she’ri,
Otabek Mahkamov tarjimasi.
👉 @lidernotes

🔥11👍4
Assalomu aleykum azizlar!
Barchangizga bugungi Navro’z bayrami muborak bo’lsin. Oilangizga tinchlik-hotirjamlik, dasturxoningizga to’kinchilik tilayman. Yana uzoq yillar shu kanal a’zolari bilan birgalikda yaxshi kunlarni nishonlash nasib qilsin.
Bayram muborak!

👍4❤1👏1
Wakanda Forever (Abadiy Wakanda) filmidan iqtibos:
“Faqat eng ko’p muvaffaqiyatsizlikka uchragan insonlargina buyuk lider bo’la olishadi.”
Sizningchachi?
👉 @lidernotes
“Faqat eng ko’p muvaffaqiyatsizlikka uchragan insonlargina buyuk lider bo’la olishadi.”
Sizningchachi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍4❤1
1 kun qoldi…
Hammamizga ushbu muborak oyda go’zal amallar qilish, ibodatlarda qoyim bo’lish nasib qilsin.
Ramazon oyi muborak bo’lsin azizlar!
👉 @lidernotes
Hammamizga ushbu muborak oyda go’zal amallar qilish, ibodatlarda qoyim bo’lish nasib qilsin.
Ramazon oyi muborak bo’lsin azizlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3🥰2❤1
“Lider bo’lishdan oldin, muvaffaqiyatga erishish shaxsiy rivojlanishda deb o’ylaysiz. Lider bo’lgandan keyin esa boshqalarning shaxsiy rivojlanishi haqida o’ylay boshlaysiz.”
Jack Welch
Har doimgi da’vatimizda davom etamiz, ya’ni yangi liderlarni tarbiyalamayapgan lider erishgan har qanday zo’r KPI bu shunchaki vaqtinchalik raqam bo’lib qolaveradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤1
QQ ONG…
❇️ Qat’iy firkrlaydigan liderlar, xuddi QOTIB QOLGAN ONGga ega insonlar kabi, o’z dunyolarida yashashadi. Qaysiki, ular uchun insonlar ikkiga: oliy tabaqa va past tabaqaga bo’linadi. Tajribada ko’riladiki, bunday liderlar kompaniyani yanada yuksaltiradigan maxsus menejment jamoalarini tuzish o’rniga, klassik usul orqali boshqarishni, bir nechta geniylar bo’lsa bo’ldi, ularga ortiqcha kuchli jamoa ham shart emas degan fikrda boshqarishadi.
❇️ QOTIB QOLGAN ONGga ega liderlar doim yagona “katta baliq” bo’lishni xohlashadi. Xuddiki boshqalardan doim ustun, “kichik baliq”larni xohlagan payt chopib tashlashga tayyor his qilishadi🤦🏻♂️
❇️ QQ ONGga ega liderlar jamoasida mentorlik yoki xodimlar malakasini oshirish haqida gap bo’lishi ham mumkin emas. Lekin O’SUVCHI ONGga ega liderlar jamoasida doimiy shaxsiy rivojlanish haqida chuqur qayg’urishadi va keng qamrovli muhokamalar olib borishadi.
Aylanib-o’rgilib yana qaytib keladigan bir nuqta bor. U ham bo’lsa, klassik liderlardan voz kechishni boshlashimiz kerak.
P.S. Ha aytgancha, poytaxtimizga navbatdagi klassik lider muborak bo’lsin.

👍16😢4😁1
Uslub boshqa, mohiyat esa doim ustun.
Yaqinda eshitgan va foydali deb topgan iboralardan biri: men bu fikrga qo‘shilaman, lekin uning ohangiga qo‘shilmayman.
Ko'pgina g'oyalar mensimaslik, yoki bir necha pog’ona yuqoridan turib, negativ ohangda yetkazilganligi sababli yoki ularni kim yetkazib berganligi sababli ham oson rad etiladi.
Haqiqiy lider biror go’yani ilgari surar ekan, uning mohiyatini o’z uslubidan ustun qo’yadi va har masalaga yondashuvchanlik bilan qaray oladi.

👍21
Saharlik…
Deyarli hammamiz uchun saharlik bu kun bo’yi och qolmasligimiz uchun yaxshigina ovqatlanib olish vaqti bo’lib qolgan. Xattoki esimda, yoshligimda oilamizda(qarindoshlarnikida ham) saharlikda albatta palov(osh) bo’lishi shart edi. Katta ehtimol bilan bu odat ham sovet davrining ta’siri deb o’ylayman. Negaki, berkitincha ro’za tutgan insonlar kuni bo’yi dalada og’ir mehnat qilishiga to’g’ri kelgan deb eshitganman. Saharlikda osh yeyish esa ularga katta energiya bergan, jismoniy tomondan qiynalishmagan.
Qiziq tarafi shundaki, davrlar o’tishi, erkinchilik paydo bo’lishi saharlikdagi odatlarni o’zgarishiga yordam bera olmagan.
Oxirgi bir necha yillar ichida o’zim uchun kashf qilgan bir holat bor:
Sizni bezovta qiladigan har qanday narsaga nisbatan bo’lgan gumonlar tozalanishi, unga davo topilishi, uni hal qilinishi va bu narsalardan qalb ozod bo'lshini saharlik paytidagina topishingiz mumkin.
Saharlikning fazilatlaridan bebahra qolmaylik azizlar.
👉 @lidernotes
Deyarli hammamiz uchun saharlik bu kun bo’yi och qolmasligimiz uchun yaxshigina ovqatlanib olish vaqti bo’lib qolgan. Xattoki esimda, yoshligimda oilamizda(qarindoshlarnikida ham) saharlikda albatta palov(osh) bo’lishi shart edi. Katta ehtimol bilan bu odat ham sovet davrining ta’siri deb o’ylayman. Negaki, berkitincha ro’za tutgan insonlar kuni bo’yi dalada og’ir mehnat qilishiga to’g’ri kelgan deb eshitganman. Saharlikda osh yeyish esa ularga katta energiya bergan, jismoniy tomondan qiynalishmagan.
Qiziq tarafi shundaki, davrlar o’tishi, erkinchilik paydo bo’lishi saharlikdagi odatlarni o’zgarishiga yordam bera olmagan.
Oxirgi bir necha yillar ichida o’zim uchun kashf qilgan bir holat bor:
Saharlikning fazilatlaridan bebahra qolmaylik azizlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤6
Teskari motivatsiya.
Nimadir qilish uchun bizga motivatsiya kerak emas. Aksincha, motivatsiya olish uchun harakat qilishimiz kerak. Nimadir amalga oshirsak yoki qandaydir yutuqqa erishsak keyin motivatsiya keladi odamga.

👍21❤5🔥1🤩1
Lider Notes_#109.pages
655.8 KB
Yana bir yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldingizmi?
Har galgidek, hafta davomida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #109-sonida ulashishda davom etaman.

👍4❤3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩6😍5❤3👍3🔥2