Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
O’zgarishlar.

Amerikalik yozuvchi Luis L'Amour shunday deb yozgan edi: "Hech qachon o'zgarmaydigan yagona narsa bu - hamma narsa o'zgarishidir.”

Ba’zan atrofimizdagi o’zgarishlardan norozi bo’lamiz yoki darrovda negativ tarafini ko’ramiz. Aslida esa bu hayotning yagona o’zgarmas qonuni ekanini unutib qo’yamiz.

Yangiliklarga, o’zgarishlarga pozitiv qarang, ularga nisbatan ochiq bo’ling. Ha, agar bu o’zgarishlar umuman ma’noga ega bo'lmasa, unga ma’no berishga harakat qiling.

Faqat shu orqaligina jamiyat yaxshilanishi mumkin.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍6
Ikkilanish…

Inson psixologiyasi shu darajada ehtiyotkorlikni birinchi o’ringa qo’yadiki, agar aqlimizdagi biror yangilikni boshlash bizga foydadan ko’ra qiyinchiliklar yoki zararlar olib kelishini oldindan bilsak katta ehtimol bilan shu ishni boshlamaymiz. Masalan, biznessni past-balandini, undagi qiyinchiliklarni deyarli bilgan inson qanchalik yaxshi ideaga ega bo’lmasin shu biznesni boshlamaydi. Chunki oson bo’lmasligini, oxirida bankrot bo’lish riski ham borligini bilgani uchun, undan ehtiyot bo’lish uchun.

Atrofimizdagi katta yutuqlarga erishgan insonlar esa boshida ko’p narsani bilmay boshlashgan bo’ladi. Va ularning muvaffaqtiyat sababi, jarayonda kelib chiqqan qiyinchiliklar va yangiliklarni shu jarayonning o’zida yechim topib, o’rganib borishgani bo’ladi.

Agar biz biror yangi narsani boshlash uchun kamida 70% tayyorligimizni bilsak, Allohga tavakkal boshlashimiz va jarayonda o’rganish uchun ruhan tayyor bo’lishimiz ijobiy yutuqlarga yetaklar ekan. Ikkilanmaylik!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍173🔥2
SHIKATANAI.🇯🇵

Yaponlarda bir yaxshi ibora bor - Shikatanai. Bu ko’p holatlarda biror narsani o’zgartirish ilojisi bo’lmasa ishlatiladi. Shu oddiygina ibora insonga xatosi haqida o’ylab befoyda vaqt sarflamaslikka, oldinga qarab yurishlikka yordam beradi.

O'zgartira olmaydigan narsalar haqida o’ylashdan voz kechishimiz kerak. Ba'zi narsalar bizning nazoratimizdan tashqarida ekanligini tan olaylik va bu tabiiy. Aksincha, nimani o'zgartirishimiz mumkinligiga e'tiborimizni qarataylik.

P.S. Bu iborani o’zimizdagi “Ha endi iloji yo’qda, nima ham qila olardik” iborasi bilan adashtirib yurmang.😊

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93
Barabanchi🥁

Liderlarni xuddi Jazz musiqasi chaladigan jamoadagi barabanchiga o’xshataman. Chunki barabanchi boshqa musiqachilarni bir maromda usulni barqaror urishini saqlab beradi.

Lider ham xuddi shunday. Jamoada siz ko'plab iqtidorli odamlar bilan o'ralgan bo'lasiz. Trombonchi, baschi, trubachi, pianinachi va siz(lider), ritmni ushlab, hamma o'z vaqtida ishlashini ta’minlaydigan inson.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🤣2
Lider Notes_#111.pdf
458.8 KB
👋 Xayrli Dushanba azizlar!

Yana bir yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldingizmi?

Har galgidek, hafta davomida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #111-sonida ulashishda davom etaman.

Bilganlarga eslatma bo'lishini, bilmaganlarga esa shu postni ulashish orqali qo'llashingizni xohlardim.

Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75👏2
Ramazon Hayiti muborak, azizlar!🎉🎉🎉

Alloh taolo tutilgan ro'zalar, qilingan ibodatlarni dargohida chiroyli qabul qilib, hammamizni jannatga behisob kiradigan bandalari qatorida qilsin. Kelasi Ramazonlarga ham sog’-salomat yetib borish nasib qilsin! Omiyn.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍3🥰1
🚀

Ba’zan yaxshi ma’noda sustlashish, yanada samarador bo’lish uchun xizmat qiladi. Ish va o’qishlar bilan to’lib boryapgan grafikamizda vaqti kelganda biroz nafas olishga o’rin yo’qdek go’yo. Bu qisqa umrni samarali o’tkazishimiz albatta zarur, lekin yanada samarador bo’lish uchun vaqti-vaqti bilan biroz nafas olib, energiyani yangilab, o’zimizga vaqt ajratishni odat qilishimiz kerak.

(Ramazonning oxirgi 10 kunligida biroz nafas olib, yana sizlarga qaytdim azizlar. Yanada samaraliroq, yanada foydaliroq kontentlar bilan sizlarni bezovta qilishda davom etaman.)

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132😁1
Brandga nisbatan hech bo’lmasa xurmat bo’lishi kerak. Qaysi biri to’g’ri nom hisoblanadi?
Anonymous Quiz
30%
iPhone X (eks)
70%
iPhone X (10)
👍2🥰1
Innovatsiya.

Steve Jobsning mashxur gaplaridan biri: innovatsiyalar "1000 ta narsaga yo'q" deyishdan paydo bo’ladi.

Shaxsiy tajribamdan ham shuni ayta olamanki, qachon jamoadoshlarimning yangi g’oyalariga bittada “Ha” deb javob bermagan bo’lsam, ko’pincha shu g’oyalar katta pozitiv natijalarga ega proyektlar bo’lgan.

Va albatta, hamma narsaga bittada “Ha” demaslik sizni tanqidiy fikrlashga ham undaydi.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🔥1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ayni kunlarda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Odiljon Karimov ushbu mamlakatda maktab o‘quvchilarining xavfsizligi uchun qilinadigan bir kichik detalga eʼtibor qaratgan.

Koreyada ko‘ngilli volontyorlar, asosan pensiyadagi insonlar bolalarni chorrahadan eson-omon o‘tib olishlari uchun navbatchilik qilishar ekan. Ularga majoziy maʼnoda kichik haq to‘lanadi, ammo odatda volontyorlar chin dildan kelajak avlod xavfsizligi uchun xizmat qilisharkan.

To‘g‘ri, Janubiy Koreya va bizning mentalitet boshqacharoq, ayniqsa yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan. Bizdagi urf bo‘yicha keksalarimiz pensiyaga chiqqach, nabiralari bag‘rida, izzat-ikromda bo’ladi, odatda hech qayerda ishlamaydi.

Koreya yoki Yaponiya kabi davlatlarda esa qariyalarga nisbatan munosabat biroz boshqacharoq.

Unisi yaxshi, bunisi yomon deyishdan yiroqman. Bizda ham bobo-buvilarimiz chorrahada maktab o’quvchilarini yo’ldan o’tkazib qo’yish bilan shug’ullansin ham demoqchi emasman.

Shunchaki ayrim masalalarda koreys va yaponlardagi mehnatkashlik, fidoyilik, ijtimoiy masʼuliyat kabi jihatlardan o’rnak olsak yomon bo‘lmasa kerak, har holda.


👉 @xushnudbek 👈
👍16🔥1🥰1
Hayotimiz davomida kim bilan qancha vaqt o'tkazishimiz grafikasi qisqacha shunaqa ekan.

Ko’k lina: yolg’iz o’tkaziladigan vaqt;
Qizil lina: farzandlar bilan vaqt;
Yashil lina: hamkasblar bilan vaqt;
Sariq lina: umr yo’ldosh bilan vaqt.

Qiziq, yosh o’tgan sari yolg’iz o’tkazadigan vaqtimiz ko’payib boraverar ekan!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍125😁1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍167😁1
#Iqtibos_time

Yosh ulg’aygani sayin anglab boryapmanki, rost so’zlashning eng zo’r foydasi bu aytganlaringizni eslab qolishingiz shart emas. Shunaqa rohatlanib suhbatlashasiz. Ishonmasangiz sinab ko’ring 😊

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍6
Shaxsiy rivojlanish.

Jamiyat oiladan boshlanadi degan gapni ko’p eshitganmiz va tabiiyki kuchli jamiyatni asl qadriyatlarga ega insonlar qura oladi. Xo’sh unda nega oxirgi yillar “jamiyat buzilib ketdi, atrof-muhit yaxshimas” kabi gaplar ham ko’p eshitilyapti. Buning sababini ham oilalarda muhit yaxshimas deb takror-takror ta’kidlashyapti.

Men ham bu fikrlarga qarshi emasman, aksincha biroz o’zimni mas’ul ham deb his qilaman. Qaysi ma’nodaki, agar men o’z shaxsiy rivojlanishimni o’ylamas ekanman, ish joyimni rivojlanishiga hissa qo’sha olmas ekanman, davomli yangi bilimlar olmas ekanman jamiyatga zarar keltiryapman. Eng kamida oilamga, farzandlarimga to’g’ri tarbiya bermayapman va mendaylarning son-sanog’i tugamaydi.

Kuchli jamiyat degani bu to’g’ridan-to’g’ri kuchli shaxsiy rivojlanish degani. Ayol-erkak har birimiz shaxsiy rivojlanishga e’tibor qaratar ekanmiz bir xilda jamiyat rivojlanishiga ham ta’sir o’tkazyapmiz demakdir. Kelajak avlodlarimizga, farzand-nabiralarimizga yaxshiroq jamiyat qoldirish g’amida bo’laylik, shu bizga katta motivatsiya bo’lsin.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥32
Baxtli lider.

“Odamlarning eng baxtlisi, uning qaramog’idagi odamlar u tufayli baxtiyor bo’lganlaridir. Va eng baxtsizlari - qaramog’idagi odamlar u tufayli baxtsiz bo’lganlaridir.”

Umar Ibn Xattob.

Shu iqtibosdagi “odamlar” so’zi hozirgi zamonga qiyoslaganda “LIDERLAR” so’ziga juda mos keladi menimcha.

Muvaffaqiyatli liderlar - ham ishda, ham oilada o’z qaramog’idagi odamlarni faqat va faqat baxtli bo’lishlari uchun harakat qilyapganlaridir.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
Menejer vs Lider - yana bir boshqa ko’rinishda.

Juda ham ko’p mutaxassislar bilim va tajribasi yetarli bo’lgani uchun menejer lavozimlariga ko’tarilishadi. Lekin ularning juda ham kam qismi anashu bilim va tajribalarni jamoa o’sishi uchun, ularga kerakli paytda muammolarga yechim topadigan manbaa sifatida ishlatish uchun foydalanishadi.

Shu kam qismli insonlar aslida haqiqiy liderlar.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81