Oxirgi kunlarda nafsim bilan ko’p kurashyapman. Turli fikrlar, idealar kelyapti yozgani, lekin mas’uliyat kuchi har kuni nimadir yozishim kerak degan nafsning istagidan go’lib kelyapti.
Nega bunday bo’lyapgani haqida o’tirib tafakkur qilib ko’rdim. Miyyada qanday jarayon bo’lyapganini topolmadim. Va hozirgina bir maqola o’qib o’tirganimda bu savolga javob topdim.
10-10-10 Qoidasi.
Muallif Suzi Velch tomonidan ommalashtirilgan 10-10-10 qoidasi oddiy, ammo samarali qaror qabul qilish strategiyasidir. Qaror qabul qilishdan oldin (katta yoki kichik) o'zingizdan so'rang: "10 daqiqa, 10 oy va 10 yildan keyin bu qarorga nisbatan qanday munosabatda bo'laman? (O’zimni qanday his qilaman)"
Shoshilinch qaror qabul qilishning oldini olishga, biroz tafakkur qilishga undaydigan formula ekan.
(InshaAllah, bundan keyin yozadiganlarimga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤6🔥2
#Iqtibos_time
Stiv Jobsning o'ziga yuborgan elektron xabari barchamiz bir-birimizga qanchalik muhtojligimiz haqida gapirib beradi:
“Men yeyayotgan oziq-ovqatlardan juda kamini o’zim o'stiraman, o'stirganimni ham mukammal qilganim yo’q.
Men hech qanday kiyimimni o'zim tikmayman.
Men ixtiro qilmagan yoki takomil qilmagan tilda gapiraman.
Men foydalanadigan matematikani kashf qilmadim.
Men o'zim tasavvur qilmagan yoki qonun chiqarmagan erkinliklar va qonunlar bilan himoyalanganman va ularni ijro etmayman yoki hukm qilmayman.
Men o'zim yaratmagan musiqadan hayratlanaman.
Tibbiy yordamga muhtoj bo'lganimda, omon qolishga harakat qildim lekin qo’limdan hech nima kelmadi.
Men tranzistorni, mikroprotsessorni, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni yoki men ishlaydigan texnologiyaning aksariyatini ixtiro qilganim yo'q.
Men tirik va o’tgan daxolarni yaxshi ko'raman va hayotim, farovonligim ularga to'liq bog'liqdir."
👉 @lidernotes

❤14👍4🔥1
Menejerlar sizni o'zlarini muhim inson deb o’ylashga harakat qilishsa, liderlar esa sizni o’zingizni muhim inson deb his qildirishga harakat qilishadi.
Qanchalik qo’shilasiz?
100% = ♥️
Hm, qisman = 👍
Yo’g’ee = 🤨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32👍10🤨2
Networking.
Bugun O’zbekistondan Yaponiyaga tashrif buyurgan “Millat Umidi” klubi delegatsiyasi bilan Yaponiyadagi professionallar tanishuvi bo’lib o’tdi.
Asosiy vaqtimiz networking uchun sarflangan bo’lishiga qaramay, har birimiz o’zimiz uchun ko’p insightlar oldik.
Bizness insightlarga to'la suhbat bo'ldi, Alhamdulillah! Vatanga qaytishni va o’z bilimlarini bizness rivoji uchun xissa qo’shishni o’ylab yurgan, lekin turli risklarni olishni qanday boshlashni bilmay yurgan ko’pchiligimiz, bugungi mehmon biznessmenlarning hayotiy tajribalaridan bahramand bo'lib, aqlimiz va qalbimizni oziqlantirib, quvvat olib qaytdik.
Alloh hammalaridan rozi bo’lsin!

👍24❤3🔥1
Pareto printsipi asosida yashash:
Munosabatlar. Hayotingizga eng ijobiy ta'sir ko'rsatadigan kam sonli odamlar kimlar? Ular bilan ko'proq vaqt o'tkazing.
Ustuvorliklar. Sizning kuningizga eng ijobiy ta'sir ko'rsatadigan bir nechta harakatlar qanday? Ularga prioritet bering.
O'rganish. Siz qaysi ko’p bo’lmagan ma'lumot manbalaridan ko'proq narsani o'rganasiz? Ularga e'tibor qarating.
Stress. Hayotingizdagi stress va kelishmovchiliklarning ko'p qismini keltirib chiqaradigan bir nechta manbalar nima? Ularni yo'q qiling.
Hech bo’lmasa bittasini sinab ko’ring🤞
👉 @lidernotes
Munosabatlar. Hayotingizga eng ijobiy ta'sir ko'rsatadigan kam sonli odamlar kimlar? Ular bilan ko'proq vaqt o'tkazing.
Ustuvorliklar. Sizning kuningizga eng ijobiy ta'sir ko'rsatadigan bir nechta harakatlar qanday? Ularga prioritet bering.
O'rganish. Siz qaysi ko’p bo’lmagan ma'lumot manbalaridan ko'proq narsani o'rganasiz? Ularga e'tibor qarating.
Stress. Hayotingizdagi stress va kelishmovchiliklarning ko'p qismini keltirib chiqaradigan bir nechta manbalar nima? Ularni yo'q qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤3
Bizness insight!
1 so’m sarflamasdan oyiga $1000-$5000 pul keltiradigan bizness go’yani aytaymi?👇
Oldin o’zim eplab olay keyin aytaman 🤣
Kimda qanday variant? 😃
👉 @lidernotes
1 so’m sarflamasdan oyiga $1000-$5000 pul keltiradigan bizness go’yani aytaymi?
Kimda qanday variant? 😃
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁21🤣5👍3❤2
Sokin odam.
Sokin inson - insonlar ichida eng go’zali va ko’rkami bo’lsa kerak. Kimki g’azablanganida qichqirmaydigan, hayotingizga tashvish va stresslar emas, balki hotirjamlik va yengillik keltiradigan inson.
Tasavvur qiling! Shunaqangi asabga tegib turgan kishiga ham sokinlik bilan munosabat bildirish bu judayam go’zal ko’nikma emasmi?!
Har qanday vaziyatda ham sokin qolishga harakat qilaylik azizlar.

👍26🥰3🤔1👌1
Bolalar kuni muborak!
Dunyodagi barcha bolajonlar eng haqli ravishda yashashlarini, sog’lom bo’lishlarini, turli bosimlarsiz katta bo’lishlarini tilayman.
Keling bugun o’zimizga va’da beramiz. Farzandlari borlar farzandlari bilan, yo’qlar kelajakda hech bo’lmasa kuniga 1 soatgina birga vaqt o’tkazishni o’zimizga va’da beraylik.
Bu orqali farzandlarimiz kelajakda ota-onalari bilan o’rtalaridagi bo’lgan to’siqlarni oshib o’tish uchun ruhan qiynalishmaydi yoki najotni oiladan tashqarida qidirishmaydi.
Faqat kuniga 1 soat yetadi!

❤12👍3
Covid-19 avj olgandan so'ng, dunyo bo’ylab ko’p korxonalar tegishli xodimlarni korxonada saqlab qolish va jalb qilish uchun kurashmoqda. Global konsalting firmalaridan biri, Korn Ferry hisob-kitoblariga ko'ra, 2030 yilga borib butun dunyo bo'ylab 85 million ish o'rni to'ldirilmay bo’sh qolishi va bu jiddiy iqtisodiy tanazzulga olib kelishi mumkin. Korn Ferry bu bo'shliqning asosiy omili sifatida qarigan va pensiyaga chiqadigan aholini ta'kidlagan bo'lsa-da, Deloitte kompaniyasi tadqiqoti Millennial va Z avlod ishchilarining ham istefosi yuqori ekanligini ko'rsatadi. Deloitte global so'rovida qatnashganlar kam ish haqi, ortiqcha ish va cheklangan o'sish imkoniyatlari tufayli o'z ishlarini ixtiyoriy ravishda tark etishlarini ma'lum qilishdi. Biroq, so'rov shuni ko'rsatdiki, yosh ishchilar moslashuvchanlik, rivojlanish imkoniyatlari va shaxsiy qadriyatlarga moslashish taklif qilingan taqdirda o'z lavozimlarida qolishlari mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, ishni eng avvalo rahbarlardan, liderlardan boshlash kerak. Qachonki liderlar ishchilar bilan munosabatlarni yaxshilamas, ularning o’sishlari uchun imkoniyat yaratib beradigan madaniyatni o’z korxonalarida shakllantirmas ekan, ularni 2030-yilda ishchi topish masalarida turli muammolar kutayotgani aniq.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤3
Boston Konsalting Guruhi 2023-yilning eng innovatsion konpaniyalar ro’yxatini so’rovnoma orqali tuzib chiqibdi.
Qiziq, Google bu ro’yxatdan joy olmagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6
Kechirasizlar🙏
Google(Alphabet.Inc) 4-o’rinda turgan ekan. Texnik nosozliklar uchun xafa bo’lmaysizlar😊

👍6🔥2😁1
#Iqtibos_time
Ish qidirib yurganimda yapon kompaniyalarining intervyularidan yiqilib juda qiynalganman. Lekin oxirida to’la qonli yapon qadryatlariga asoslangan kompaniyadan ish olganman, va bu kompaniya menga to’g’ri kelmasligini yangi ishchilar hammamiz birincha marta yig’ilganimizda xodimlarning bir-biriga bo’lgan munosabatidan sezganman.(Oradan 5yil o’tdi, hozir ancha yaxshilangan bo’lishi mumkin)
Va menda hozirgi kompaniyam bilan shu yapon kompaniyasi o’rtasida tanlash imkoni bo’lgan. Xattoki, yapon kompaniyasi moddiy tarafdan yaxshiroq variant taklif qilgan bo’lsada, hozirgi kompaniyamdagi inson qadri, uning imkoniyatlari va ko’nikmalari inobatga olinishi, doimiy shaxsiy rivojlanish uchun imkoniyat borligi sabab shu variantni tanlaganman.
Qisqa xulosa shundaki, kompaniyaning chiroyli nomi yoki 100yillik tarixi emas, ichki madaniyati, insonlarga yaratib beradigan imkoniyatlari, jamiyatda oddiy shaxs, korxonada xodim, oilada ota yoki ona vazifalarini mo’tadil bajarishingiz uchun qanday yordamlar qila oladi - shu faktorlar asosiy o’lchovingizga aylangani to’g’riroq deb o’ylayman.
Sizningchachi?

👍22🔥1
Yoshlikdan birga katta bo’lgan do’stlarimiz yana navbatdagi katta loyihaga qo’l urishibdi. Kelajak avlod uchun qayg’uradigan, farzandim mendan ko’ra yaxshiroq hayotga, yaxshiroq sharoitda ta’lim olishga haqli deb bilgan barcha ota-onalarimizni Novda Schoolga taklif qilib qolamiz.
@novdaschool
@novdaschool
👌5👍3❤1🔥1
Forwarded from START21.LC
Sizga tayyorlab qo'ygan ajoyib yangiligimizni qarshi oling!
Tayyorlab qo`ygan yangiligimizda siz Start21 o`quv markazining xususiy maktabi NOVDA School haqida batafsil ma`lumot bilib olishingiz mumkin.
Tomosha qilish uchun link

👍9🔥1
Tinglash - bu faqat eshitish emas!
Kuchli liderda yaxshi tinglay olish ko’nikmasi bo’lishi lozimligi haqida ko’p eshitganmiz. Lekin juda ham kam ta’kidlanadigan bir qiziq faktor bu suhbatlashayotgan insondagi xatti-harakatlarni ham tinglay olish ko’nikmasidir.
Ko’p holatlarda oddiygina quloq orqali eshitishni o’zi bilan chegaralanamiz va suhbatning maqsadiga yetib borishga qiynalamiz. Demak, faqatgina aytilgan gapni tinglash emas, balki aytilmagan gaplarni ham tinglay olishimiz kerak ekan.
Aytilmagan gap yoki so’zlar nima bo’lishi mumkinligi esa bu sizning qanchalik kuzatuv qobilyatingiz yuqoriligiga bog’liq.
👉 @lidernotes
Kuchli liderda yaxshi tinglay olish ko’nikmasi bo’lishi lozimligi haqida ko’p eshitganmiz. Lekin juda ham kam ta’kidlanadigan bir qiziq faktor bu suhbatlashayotgan insondagi xatti-harakatlarni ham tinglay olish ko’nikmasidir.
Ko’p holatlarda oddiygina quloq orqali eshitishni o’zi bilan chegaralanamiz va suhbatning maqsadiga yetib borishga qiynalamiz. Demak, faqatgina aytilgan gapni tinglash emas, balki aytilmagan gaplarni ham tinglay olishimiz kerak ekan.
Aytilmagan gap yoki so’zlar nima bo’lishi mumkinligi esa bu sizning qanchalik kuzatuv qobilyatingiz yuqoriligiga bog’liq.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥3❤1
Men futbolning emas, Messining muxlisiman. Endi US futbolini ko’rar ekanmizda Messichilar😁
Qiziq, Beckham nima deb ko’ndirgan ekan-a?
👉 @lidernotes
Qiziq, Beckham nima deb ko’ndirgan ekan-a?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8😁5👍2😢1
#Iqtibos_time
Eng pozitiv motivatsiyani olsa bo’ladigan o’zgarmas hayot haqiqati bor:
“Doim ko’proq harakat qilgan, ko’proq tayyorgarlik ko’rgan inson yutadi.”
Nega menda o’xshamayapti, nega doim mag’lubiyatlar bilan yakunlanyapti deb o’zingizni qiynamang. Shunchaki, kimdandir ko’proq harakat qilmaganingizni tan olib, davom eting.

👍16🔥8
Chegaralar!
Tadqiqotlarga ko’ra, Qo’shma Shtatlarda ishi kuchi energiya inqiroziga yuz tutmoqda ekan. Odatda 59% Amerikalik ishchilar BURNOUT (Charchash)ni boshidan o’tkazayotgan bo’lsa, 66% ishchilar esa haddan tashqari charchoq tufayli yuqori darajadagi stress holatini boshidan o’tkazyapti.
Qizig’i, ular shu holatni ozmi-ko’pmi tushunishyapti.
Men uchun doim O’zbek halqining stress holatiga nisbatan tushunchasi qanday ekanligi qiziq bo’lgan.
Stress haqida gapiray deysanu, lekin shaxsiy chegaralar shu darajada buzilib yotibdiki, bu haqida o’ylashning o’zi stress.
Shaxsiy chegaralarimizni asraylik, ularni yaxshi ma’noda belgilab olaylik, va kamroq stressda yashaylik.

❤13👍3🤔1
Forwarded from Aziz Rahimov
O’rgatish shart emas
“Men hech qachon chekmayman” deb qoldi otasi chekadigan tanishim. “Uyda hidiga to’yganman”.
“Bolalarim bo’lganda, ular bilan ko’p gaplashaman”, deb qoldi o’quvchimiz. “Men bilan kam gaplashishgan”.
Shogirdimiz odobiga qoyil qolaman. Ustozlarini yonida yurish eng katta sabab bo’lgan ekan.
“Yigirma yosh bo’lsangiz ham, biznesni yaxshi tushunar ekansiz” dedim.
“-Bilmasam. Bobom bilan yurganimda ko’rganlarimni qilaman xolos” deb javob berdi.
Bu voqealarni nega misol qilyapman?
Oddiy haqiqatni tushuntirish uchun:
O’rganishingiz uchun, birov o’rgatishi shart emas.
@azizrakhimov_blog

👍16