Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
#101Maslahat

💡1️⃣2️⃣ Shaxsiy chegarangiz bo’lsin!

Munosabatlarda 3-shaxsni o’rni yo’q. Bir kishi bilan qaysidir muammoni hal qilmoqchimisiz, yechim faqat anashu inson bilan bo’ladigan muloqaatga 3-kishining aralashmasligi. 3-shaxs aralashdimi, qaysidir biringiz anashu 3-shaxsning tarafiga o’tib qolasiz va har qanaqa fikrlaganda ham adolatsizlik paydo bo’ladi. Hech kimning fikriga ehtiyot emasmiz, shunchaki o’zaro suhbatlashishga ehtiyojimiz bor.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥1
#Iqtibos_time

"Muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqmang. Muvaffaqiyatsizlik emas, balki past maqsad jinoyatdir. Katta urinishlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganingiz ham ulug'vordir"

©️ Bruce Lee

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13❤‍🔥3👍2
#101Maslahat

💡1️⃣3️⃣ Miyyada emas amalda bo’lsin!

Balkim sizda eng zo’r g’oyalar yoki takrorlanmas fikrlar bo’lishi mumkin. Bir emas, balkim bir qanchasi miyyada chang bosib yotgan bo’lish ehtimoli katta. Har kuni o’zingizni solishtirayotgan o’sha insonlarni sizdan bitta katta farqi, g’oyalarini miyyada emas balki amalda ko’proq bajarayotganida.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤‍🔥2
#101Maslahat

💡1️⃣4️⃣ Kuniga 5000+ qadam!

Sog’lom turmush-tarzini albatta semirib ketib yoki buning oqibatida og’ir kasallikka chalingandan so’ng boshlash shart emas. Shunchaki har kuni eng kamida 5000 qadam yurishni ta’minlaydigan odatlarni yo’lga qo’ysangiz bo’lgani.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141
Xullas, 14-Maslahat qayerdan keldi?!

Hozirgina Subyektivning yangi sonini ko’rib chiqdim. Yigitlar semizlik haqida judayam tushunarli, sodda va botib ketadigan darajada tushuntirib berishgan. Shu hujjatli filmni ko’rish davomida miyyamdan faqat va faqat “Shukronalik” hissi o’tib turdi. Negaki, mening kunlik ish-faoliyatim aktiv harakatga qurilgan. Ya’ni deyarli har kuni o’rtacha 6000-7000 qadam yuraman va bu mening vaznimni normadan semizlikka o’tib ketmasligiga yordam beradi. Jismoniy harakatdan boshqa yana bir qancha muhim faktorlarni tekinga, o’z hayotida experiment qilib ko’rib 50 daqiqaga joylagan bu yigitlarni jasoratiga va mehnatiga rahmat deyman. Endi sizning navbatingiz. Biroz vaqt ajratib ko’ring(uyalib ketasiz bilan) va semizlikdan o’zingizni saqlab qoling.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
#101Maslahat

💡1️⃣5️⃣ Aybni o’zimizdan qidiraylik!

Ko’pincha hayotimizda ro’y berayotgan bizga yoqmaydigan holatlarda imkon qadar boshqalarni ayblashga odatlanganmiz. Hamma biz kabi boshqalarni ayblayversa, bahonalar topaversa yoki mas’uliyatni boshqalarga ag’darib qo’yaversa atrof-muhitimiz yaxshi tarafga o’zgarishi qiyin. Nimadir yoqmadimi yoki o’xshamayaptimi avvalo aybni o’zimizdan qidiraylik. Biz yaxshiroq qilishimiz mumkin bo’lgan nimadir bor albatta.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103
“Bilmaganini bilish - bu yarim ilm!”

Yaponiyaga kelishimdan oldin hayollarimda hamma narsani bilardim. Kimdir qo’limdan kelmaydigan ishni so’rasa yoki taklif qilsa darrov “bo’ldi, hop” deb keyin uni amalga oshirish uchun yoki o’zimni ortiqcha qiynab qo’yardim yoki uyalib qolardim. Lekin shunda ham bilmagan paytim qo’rqmasdan bilmadim deya olish uyat emasligini tushunib yetmas edim. Xattoki, Yaponiyaga o’qishga kelib o’zimdan 10 barobar bilimli tengdoshlarimni ham bilmagan payti bilmadim deb aytgan paytlariga guvoh bo’lganimda ham tushunib yetmaganman. Qachonki, men universitetda o’tkazilgan katta O’zbekiston madaniyat haftaligiga liderlik qilgan paytimda zo’r tushunib yetganman. Deyarli har kuni oldimga jamoadoshlarim muammolar bilan kelishardi va ko’piga menda javob bo’lmas edi. “Bilmadim” deb javob berib, biladiganlarni topish va har gal shu orqali bilimimni, tajribamni oshirib borganman. Ya’ni bosh borib devorga tegmagunicha “Bilmadim” desam xuddiki uyalib qolaman, xuddiki obro’yim tushib ketadi deb o’ylaganman. Ba’zida shunaqa bo’ladiki, hayot ko’rsatib qo’ymagunicha qotib qolgan ongimiz biz xohlamagan narsalarni qabul qilmaydi. Shu oddiy narsani ham bilmaysanmi deyishlaridan qo’rqmang. To’g’ri o’sish doim og’riqli bo’ladi. Bilmadim deb aytishga odatlanasiz va boshida og’riqli bo’ladi. Shu og’riq sizni o’z ustingizda ishlashga majbur qiladi. Oxir oqibat qancha o’rganganingiz sari shuncha ko’p bilim olishga rag’batingiz kuchayadi. “Bilmadim” deyishga odatlanaylik va “biladiganlar” qatorida bo’laylik.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥42
#101Maslahat

💡1️⃣6️⃣ Ishlaringizni qiziqarli qilish yo’lini qidiring!

O’qish va ish faoliyatimizda ma’lum bir nuqtaga kelib “Charchash” tushkunlik kayfiyati paydo bo’ladi, yonib turgan ko’zingizdagi katta ishtiyoq so’nib qoladi. Buni Ingliz tilida “Burn out” deyishadi. Ba’zan buning sababi qilyotgan o’qish-ishlaringizni qiziqarli yo’lda qilmayotganingiz bo’ladi. Ya’ni har kuni ishtiyoq bilan uyg’onish uchun har bir ishingizni eng qiziqarli shaklda qilishga harakat qiling.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍117👏4💩1
#101Maslahat

💡1️⃣7️⃣ Kutuvlar - sizni qoloq qiladi!

Eng yomon odatlarimizdan biri hali o’zimiz bir nimani qoyillatib qo’ymasdan boshqalardan mukammallikni kutamiz. Kimdir bizga yechim bersa, shuni iloji bo’lsa oxirgacha qilib bersa. Kayfiyatimiz tushib ketsa, kimdir kelib motivaysiya berib qo’ysa. Mahallamiz ko’chasi yillardan beri asfalt qilinmaydi. Shuni kimdir hokimyatga ariza qilib chiqsada. Shu kabi kutuvlar avloddan avlodga, nasildan nasilga o’tib kelyapti. Bu zanjirni uzish payti kelmadimikin. Balkim bu sizdirsiz shuni boshlab beradigan. Xulosani o’zingizga qoldiraman.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍182
#101Maslahat

💡1️⃣8️⃣ Boshlash doim qiyin!

Birinchi qadamni qo’yib olish doim qiyin bo’lgan. Sabablarini bir qancha keltirish mumkin. Lekin hammada uchraydigan yagona bir sabab bu komfort zonada qolib ketish bo’ladi. Boshlash qiyin bo’lyaptimi, demak siz komfort zonadasiz.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
O’zbek tilida kitob varoqlaganimga bir necha oy bo’libdi.

Ruhiyatga ozuqa berish vaqti keldi. Birgalikda o’qiymizmi?!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤩3
Topdim!

- Ulug’lik istadim, uni tavoze’likdan topdim!
- Raislik istadim, uni halol luqmadan topdim!
- Ayol istadim, uni sadoqatdan topdim!
- Faxr istadim, uni faqirlikdan topdim!
- Sunnatni istadim, uni taqvodan topdim!
- Shon-sharaf istadim, uni qanoatdan topdim!
- Rohat istadim, uni parhezdan topdim!

©️ Uvays Qaraniy

📖 Tungi mutolaadan…

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥4👍2
#101Maslahat

💡1️⃣9️⃣ Halovatni minimalizmdan topish mumkin!

Uyimizdan yillardan beri saqlab kelayotgan buyumlarimiz, keraksiz mebel va yana shu kabi matohlarimiz yetarli bo’lsa kerak. Yangi uylanib, to’ydan keyin ayolim bilan Yaponiyaga qaytganimizda bo’m-bo’sh uyga kirib borganmiz. Va sekin-sekin faqat kerakli mebel va jihozlarni ola boshlaganmiz. O’zi shundoq ham kichik bo’lgan uyga ortiqcha narsa olishni o’ylamaydi odam. Ishim ko’pincha stressda o’tgani uchun har kuni uyga kelganimda halovat topar edim. Chunki uyda ortiqcha narsani o’zi yo’q, kichik xonalar bo’lsa ham yetarlicha keng ko’rinar edi. Lekin O’zbekistonda buni aksi. Bizda joy, xonalar yetarlicha va qo’limizdan kelganicha to’ldirishga harakat qilamiz. Keraksiz narsalardan qutulish, soddalashtirish va minimallik sari harakat qilish ishoning halovat beradi.

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍166
Yaponiyalik mashxur minimalist ekspert shunday deydi:

“Odamlar qanchalik tartibli bo'lishidan qat'i nazar, tartibsizlikka yana qaytsa, xato ularning xonasi tor yoki narsalari ko’pligida emas, balki ularning fikrlash tarzidadir.”


©️Marie Kondo

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Англияда бир нарсага кўз тушди. Покистонликлар, ҳиндлар фарзандларини энг зўр мактабга беришга харакат қилишар экан, инглизлар эса - уйига энг яқинига!

Оқибат: Буюк Британиянинг бош вазири ҳинд, Лондон хокими - Покистонлик! Бу бошланиши!

Фарзандларни яхши мактабда ўқиши кўпроқ нарсага эришишини эҳтимолини анчага оширади!

Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Instagram: Alisher Isaev blogi
👏11👍6
Vatan sog’inchini bosib turadigan makon va avrab qo’yadigan issiq choy!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141🔥1
📖Tungi mutolaadan xulosa!

Kechadan beri “Tazkirat ul-avliyo” kitobini o’qiyapman. Avliyolar hayotidan, ularning hikmatli so’zlari va o’gitlaridan shunday mazza qilyapmanki. Lekin ularni sizlar bilan ulashishga meni haddim yetmas ekan. Yaxshisi, birgalikda o’qiganimiz ma’qul ekan!

👉 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍6
Forwarded from Najot Ta'lim
Savodxonlik madaniyatdir

⚫️ Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda "savodsizlik" sindromi avj olib, ko'pchilik "zamonaviy alifbo"dan foydalanmoqda.

Harflarni atayin o‘z o'rnida qo'llamasdan, o'zbek imlo lug'atida yo'q so'zlardan foydalanadiganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi.

⚙️ Ushbu postda tuzatishimiz shart bo'lgan ba'zi xatolarni keltirdik.

🎉 O'zbek tili bayrami muborak bo'lsin, o'z ona tilimizni hurmat qilaylik!

➡️ Postni "zamonaviy alifbo"dan foydalanadigan do'stlaringizga yuboring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2