Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Navbatdagi “Ovozli suhbat”ni qilamizmi? Nima deysizlar?
Anonymous Poll
79%
Ha
54%
Albatta😁
😁9🔥2
📢

Oramizda 64 kishi Telegram Premium obunachi ekansizlar. Atigi 5 kishi manashu Link orqali Boost qilib yuborsanglar men ham kanalda storieslar qo’ya oladigan bo’larkanman. Atigi 5ta mehribon insonning Boosti bilan hal bo’lar ekan. Rahmat oldindan😊

Mana shu yerda ham link qoldirdim
🔗 https://news.1rj.ru/str/lidernotes?boost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍151
#101Maslahat

💡5️⃣0️⃣ Kariyerangizda sizni muvaffaqiyatga olib boruvchi ko’nikma - bu Soft skills.

Aytilishi bo’lsa ham, lekin o’zlashtirish va rivojlantirish Hard(qiyin) bo’lgan jarayon deb o’ylayman. Lekin birorta soft skillni o’zlashtirib olsangiz, uning hayotingizga ta’siri shunaqa Hard(qattiq) bo’ladiki, har qanday vaziyatda qo’llana olasiz!

Sizda qanday soft skills mavjud?

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101
#101Maslahat

💡5️⃣1️⃣ 10x o’rganishning Stanford uslubi!

Hammani dardi nimadirni tezroq o’rganish va tezroq natijaga erishish. Va navbatdagi, haliyam sizni joningizga tegmagan 10x tezroq o’rganishning Stanford uslubi, 3 qoidasi bilan ulashaman. Bu uslub “Hech nima qilmaslik” deb nomlanar ekan🧐 Ilmiyroq nomi “Bo’shliq effekti” deb nomlanadi, yoxud “Ora-orada dam olib” deb qo’ysa ham bo’larkan🤓

Xullas, 1-qoida:
10+ sekund tanaffus - uzoq vaqt dars qilish miyyaga nagruska beradi va ma’lum bir nuqtadan keyin o’rganilayotgan ilm xotirada qolmaydi. Shuning uchun o’zingizga 10 sekund tanaffus berib shu vaqt ichida nafas olib-chiqarish mashqi qiling. Miyya anchagina shamollaydi va yana kelgan joyidan toza miyya bilan davom etib ketaverasiz.

2-qoida:
Diqqatni jamlash - aksariyat holatlarda dars qilib bo’lgandan keyin, hozir o’rgangan narsamizni eslay olmasligimiz sababli diqqatimiz jam bo’lmaganida ekan. Bunda bizga Fokus mashqi - yagona nuqtaga 30-60 sekund diqqat bilan qarash mashqi yordam beradi. Bu qoida shaxsan menga juda yoqdi, chunki birinchidan murakkab emas va ikkinchidan 1-qoidani ham birdaniga bajarsa bo’ladi🤓

Va so’ngi, lekin eng muhim qoida:
Yaxshi uyqu - ilmiy izlanishlarga ko’ra, inson diqqatini maximum 90 daqiqa jamlab tura olar ekan. Bu sizda balkim 60 daqiqa bo’lishi ham mumkin. Yaxshi uyquning bu izlanishga bog’liqlik tarafi shundaki, agar 3-4 soat dars qilmoqchi bo’lsangiz 90 daqiqadan keyin ozgina uxlab olish yoki o’zingizni yolg’ondan uxlaganga solib miyyaga dam berish va shu kuni 8 soatlik uyqu olishingiz o’rganilgan bilimlar xotirada yaxshi qolishiga xizmat qilar ekan.

Agar sizda ham shu kabi muammolar bo’lsa sinab ko’ring va shu postni do’stlarga ham ulashib qo’ying😊

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥2
Xurshid Saidmuhammad | Notes
Navbatdagi “Ovozli suhbat”ni qilamizmi? Nima deysizlar?
Ovozli suhbat uchun ovoz berganlar!

Yangilik! Ertaga Toshkent vaqti bilan 20:30da navbatdagi ovozli suhbatni qilamiz.

Mavzuimiz erkin bo’ladi va qiziqarli bo’lishi uchun Savol-Javob formatida o’tkazamiz.

Shu postning komment qismida savollaringizni yo’llab qo’ying!

🙋🏻‍♂️
👍192
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (58 minutes)
#101Maslahat

💡5️⃣2️⃣ ABCDE metodi!

O’tgan hafta endigina biznessini boshlagan bir biznessmen bilan birinchi Coaching suhbatimizni qildim. Uni qiynayotgan muammo shunda ediki, xattoki har kuni kunlik qiladigan rejalarining ro’yxatini tuzib shu bo’yicha ishlasa ham kunning oxirida qoniqtiradigan natijaga erishmayotgan edi. Suxbat davomida, bu muammoning 2ta asosiy sababini birgalikda topdik: 1) Kunlik rejalarni har kuni ertalab tuzishligi; va 2) Rejalarni tuzayotganda muhimlik darajasi bo’yicha ro’yxatga yozmasligi.

Ko’pchiligimizda shu kabi muammolar uchrab turishi tabiiy va bunda bizga ABCDE metodi yordam beradi.

A= Must do(Bajarish shart) Bu listga kunning eng muhim vazifalarini, bajarilishi shart bo’lgan vazifalarni kiritasiz.

B= Should do(Bajarish kerak) Bu listga tezroq qilib qo’ysangiz o’zingizga yaxshi bo’ladigan vazifalarni kiratasiz. Lekin muhimlilik darajasi A ro’yxatchalik emas, va hech qachon A listdagi vazifalar tugamasdan B listga o’tmasligingiz kerak.

C= Nice to do(Yoqimli ishlar) Bu listga bajarish yengil va yoqimli bo’lgan ishlar, masalan, Instagramda o’tirish, do’stlar bilan ko’rishish, yoki shu kabi muhimlik darajasi past bo’lgan ishlarni kiritasiz.

D= Delegate(Yordam so’rash) Yuqoridagi kunlik ishlarni ro’yxatga tuzib chiqqandan so’ng, muhimlariga vaqt ajratish uchun kimdandir yordam so’rash. Ya’ni faqat siz qilmasangiz bo’lmaydigan ishlarni o’zingizga qoldirib, qolganlarini kimgadir iltimos qilish.

E= Eliminate(Yo’q deyish) Bu so’ngi qoida ham muhim omil hisoblanib, kun davomidagi rejadan tashqari vazifalar paydo bo’lganda YO’Q deyish va shu orqali fokusni asosiy A ro’yxatidagi ishlarni bajarishga qaratishdan iborat.

Va eng muhim qismi shundaki, bu metodni ertangi kun uchun har kuni kun boshlanishidan oldin emas, balki bir kun oldin uyquga yotishdan avval yuqoridagi ko’rinishda rejalar tuzib chiqish kerak bo’ladi. Bu sizga xuddi yuqoridagi klientim kabi vaqtni tejashga va fokusni yaxshilashga yordam beradi!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥176
#101Maslahat

💡5️⃣3️⃣ Har bir inson hech kimga o’xshamagan qobilyat bilan tug’iladi!

Yaqinda sayohatda bo’lganimizda, 3,5 yoshli o’g’lim bilan mehmonxonaning bolalar o’yinxonasiga o’ynagani tushdik. Hech kim yo’q edi, lekin birozdan Arab ayol 2,5 yoshli o’g’li bilan kirib keldi. Qanchadir vaqt o’tgandan keyin, arab ayol har xil mashg’ulotlarni o’g’liga majburlayotganini sezdim. Keyin bilsam meni o’g’lim bilan Ingliz tilida qilayotgan suhbatlarimiz ta’sir qilgan ekan. Xonadan chiqib ketar ekanmiz, ayol menga murojaat qilib shunday dedi: “Murojaatimni ma’zur tutasiz. Alloh yomon ko’zlardan asrasin, o’g’lingizni Ingliz tilida fikrlarini shunaqa ravon ifodalab berayotganiga havas qildim. Juda ko’p usullarni qo’llayapmiz lekin faqat so’zlardan uyog’iga o’tmayapti. Menga maslahat bera olasizmi?”

Bolaga yangi ko’nikmalar o’rgatayotganda majburlamaslik, sabrli bo’lish va boshqa oddiy tajribalarimizni ulashdim. Va bu kichik voqea menga boshqalarning yutug’ini ko’rganimizda darrov o’zimiz bilan solishtirishimizni eslatdi. Bu bizni motivatsiyamizni ko’tarishdan ko’ra, har birimizda hech kimga o’xshamagan qobilyat borligini esimizdan chiqarishga xizmat qiladi xolos.

Noyob qobilyatingiz borligini tez-tez o’zingizga eslating!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍285💯4
#101Maslahat

💡5️⃣4️⃣ Bo’shliqni o’rnini nima bilan to’ldiryapsiz?

Bundan bir necha hafta oldin jamoamdagi bir ishchi bilan navbatdagi 1:1 Coaching suhbatini qilar ekanman, bo’sh vaqtlarida yoki dam olish kunlarida nimalar bilan shug’ullanishi haqida savol berdim. Oxirgi paytlar natijalari pasayib ketganiga ishdan tashqaridagi hayoti qanchalik ta’sir qilishini bilish maqsadida. Topilgan javob shu bo’ldiki, dam olish kunlari deyarli hech narsa qilmas ekan: tongga yaqin uxlash, kunning yarmida uyg’onish va qolgan qismini divanda harakatsiz TV ko’rish bilan o’tkizish. Ishga nisbatan layoqat yo’qligi, sal narsaga jahl qilish, va rivojlanish uchun ga’yrat ko’rsatmaslik - bularning barchasiga yuqoridagi yomon odatlar ta’sir ko’rsatayotgan ekan. Bu kabi yashash tarzi 1-2 haftada emas, balkim oylar, yillar davomida shakllanib qoladi va buning sababi “Bo’shliq”ning o’rnini to’g’ri to’ldirmaslik yoki umuman to’ldirmaslik bo’ladi.

Har birimiz hech bo’lmaganda bir marotaba “_____” chiziqcha/bo’sh joy o’rnini to’g’ri so’z bilan/mos keladigan son bilan to’ldiring ko’rinishidagi test yechib ko’rganmiz. Hayotimizdagi “Bo’sh” vaqtlar ham xuddi shunday, ya’ni bo’sh vaqtimizni to’g’ri mashg’ulotlar, yaxshi odatlar bilan to’ldirmas ekanmiz, bu bo’shliqni bizni salbiy oqibatlarga olib boruvchi odatlar egallab oladi.

Shunday ekan, bo’sh vaqtlarda nimalar bilan shug’ullanyapsiz - bu haqida biroz mulohaza qilib ko’ring!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥5
#101Maslahat

💡5️⃣5️⃣ Yaxshi kadr bo’lishning eng oddiy usuli!

Florida Shtati universiteti professori doktor Anders Erikson ELITA qatlamdagi insonlarning muvaffaqiyatlarini o’rganish bo’yicha yetakchi olim hisoblanadi. Uning 25 yillik yuqori maoshli rahbarlarning kariyera yo'lini o’rganishda qilgan tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, muvaffaqiyatli insonlarning barchasi “Delibrate Practice” - ya’ni aniq bitta ko’nikmani rivojlantirish ustida davomiy ishlashgan.

Qanday qilib?

Bir vaqtning o’zida faqat bitta skill (ko’nikma)ni ustida ishlash va har safar navbatdagi muhim ko’nikmlarni o’rganishda ham ayni shu senariyni takrorlash orqali. Bu uslub ularni borgan sari qiymatli kadr bo'lishiga, oxir-oqibat 10 × 20 × 100 marta, hatto o'z kariyeralarining boshida birga boshlagan odamlardan 257 martagacha ko'p pul topishlariga sabab bo’lgan.

Xulosa shuki, sizni qiymatingizni va albatta sohangizdagi “bahoingiz”ni oshiradigan narsa - bu ma’lum bir ko’nikmada eng zo’ri bo’lishingiz. Biror narsada zo'r bo'lganingizdagina siz haqiqatdan ham muvaffaqiyatli va baxtli bo'lasiz!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍174💯4🔥3
#101Maslahat

💡5️⃣6️⃣ Tanlanmaslik - bu mag’lubiyat emas!

Yangi Menejer bo’lgan paytim, jamoalarimizdan biriga yangi Lider vakansiyasini ochdik va intervyu tugagunicha tanlash jarayonida ishtirok etdim. Oxirgi suhbatga 2 ta kuchli kandidat o’tgan edi va biz bittasini, Soft skills(Yumshoq ko’nikmalari) ko’prog’ini tanladik. Suhbatdan o’ta olmagan kandidatga Feedback berish jarayonida boshlig’im shunaqa chiroyli tushuntirish berdiki, bu men uchun ham katta dars bo’lib qoldi.

“Natijani eshitishib kayfiyating tushib ketgan bo’lishi mumkin. Lekin sen yiqilganing yo’q, ya’ni yutqizganing yo’q. Tanlamading degani bu mag’lub degani ham emas.”

degan so’zlari edi.

Mag’lubiyat degan narsaning o’zi asli yo’q deb o’ylayman. Shunchaki, bu safar sizni galingiz bo’lmasligi mumkin, lekin albatta sizni galingiz keladi va tanlanasiz. Bunga shubha yo’q, qachonki siz ham yuqoridagi kandidat kabi to’g’ri xulosa chiqarib yanada ko’proq ustingizda ishlasangiz.

P.S. Aytganchi, oradan ko’p vaqt o’tmay TANLANMAGAN kandidat jamoa lideri lavozimiga TANLANDI!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥22👍8
🎯

Shaxsiy rivojlanishga oid qanaqa kitob o’qimay, albatta “Maqsad qo’yish va uning ahamiyati” haqida alohida bob ajratilganiga duch kelyapman. Shu mavzu haqida yana suhbat qilmasak bo’lmaydi shekili?!😊

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2155
Mas’uliyatsizligimiz o’zimizdan ko’ra boshqalarga ko’proq zarar keltiryapti!

Haydovchilik guvohnomamni bundan 3-yil oldin, 2 oylik darslarga qatnab, $2000 to’lov qilib Yaponiyada olganman. Imtixon testlaridan kamida 90 ball olmasangiz guvohnomani bermaydi, ya’ni 1-2ta xato qilishga haqqingiz bor xolos. Men 2 marta imtixondan yiqilib, 3-sida guvohnomani olganman.

Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston turli hududlarida ayol haydovchilar, 18ga to’lmagan maktab o’quvchilari yoki spirtli ichimlik ichgan xolda mashina haydab qanchadan-qancha insonlarning hayotiga zomin bo’layotganini ko’ryapmiz. YTHdan jabrlanganlar yoki dunyodan ko’z yumganlarning deyarli barchasi shunchaki piyodalar yo’lagidan o’tib ketayotganlar yoki shunchaki yo’lni chetida turgan insonlar. Bu haqida rapper Konsta ham “Yashagim kelar” qo’shig’ida achinarli ravishda ko’rsatib bergan. O’zbekistonga borsam qanday qilib farzandlarimni ko’nglim hotirjam ko’chaga chiqarishim mumkin bu ahvolda, bilmadim!

Haydovchilik guvohnomasini olish qiyin bo’lishi kerak! Qimmat bo’lishi kerak! Ataydan bo’lsa ham imtixondan yiqitib keyingi safar o’qib kelmasa bo’lmaydigan qilib qo’yish kerak!

Faqat shundagina insonda mas’uliyat kuchayadi va jamiyatga kamroq zarar kelgan bo’lardi.

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍62
Ayol-qizlarning STEMdagi o’rni!

Kuni kecha 2023-yilning Nobel mukofoti sovrundorlari davra suhbatini ko’rib chiqdim. (YouTubeda “Nobel Minds” deb qidirsangiz chiqib keladi) Tahsinga sazovor joyi shundaki, mukofotlanganlar orasida 3 kishi ayol olimalar edi va bu (boshlovchi jurnalistning aytishiga ko’ra) uzoq yillardan keyin yana bir necha ayol kishi mukofotlanishi ekan.

Suhbatni tabiiyki, qanday qilib ayol-qizlarimizni ko’proq STEM (Sience, Technology, Engineering, Mathematics) yo’nalishlariga jalb qilish, bunda Nobel mukofotini yutganlarning “Rol Model” sifatida tutadigan ahamiyatidan boshlashdi. Darrov statistikalarni qaray boshladim. O’zbekistonda necha foiz ayol-qizlar STEM yo’nalishida mutaxassis bo’lib yetishib chiqayotgan ekan deb. Va albatta natijalarni ko’rib xursand bo’lib ketdim.

Osiyoda oliy ta'limda STEM dasturlari bo'yicha bitiruvchi qizlarning ulushi bo’yicha 3-o’rinda ekanmiz. Butun dunyo statiskasini olib qarasak ham ayol-qiz olimalarining foizi bo’yicha O’rta Osiya 46% bilan peshqadam ekan.

To’g’ri bu statistikalar hammasi ham oxirgi ma’lumotlar bo’lmasligi mumkin yoki shunchaki raqam bo’lishi mumkin xolos. Lekin shunda ham men hali ancha bo’shliq bor deb o’ylayman. Bir jamiyatdagi yuzlab olimlarni dunyoga keltirib tarbiya qiladigan ularning onalaridir. Olima onalar ko’payishiga sababchi bo’laylik, ularni ilm olishiga rag’bat qilaylik. Zora butun insoniyatga foyda keltiradigan Nobelchilar bizdan ham chiqsa.

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥43
#101Maslahat

💡5️⃣7️⃣ Manzilni aniqlamasdan yo’lga chiqmaylik!

Bir necha kun avval Coaching konsultatsiyalarimdan birida suhbatdoshim jamoasidagi xodimning natijalarini yaxshilashdagi uchrayotgan muammolarga yechim so’rab qoldi. Suhbatlashar ekanmiz, muammoning ildizi - hech bir xodimning belgilangan KPIsi yo’qligi va unga yechim - KPIni belgilab chiqish va davomli ravishda shu KPIga erishish uchun lider sifatida individual maqsadli rejalar qo’yib chiqish kerakligini aniqlab oldik.

Agar sizda ham shu kabi muammolar bo’lsa yoki har kuni ishga-o’qishga nima uchun borib kelayotganingizni bilmas ekansiz, demak sizda maqsadli reja yo’q va shuning uchun ertalab turib ishga-o’qishga borgingiz kelmay uydan chiqib ketasiz.

Buning yechimi oddiy - 10-10-10 Qoidasi.

Muallif Suzi Velch tomonidan ommalashtirilgan 10-10-10 qoidasi oddiy, ammo samarali qaror qabul qilish strategiyasidir. Qaror qabul qilishdan oldin (katta yoki kichik) o'zingizdan so'rang: "10 daqiqa, 10 oy va 10 yildan keyin bu qarorga nisbatan qanday munosabatda bo'laman? (O’zimni qanday his qilaman)". Bu albatta maqsadli reja tuzishda ham katta foyda beradi.

Xulosa shuki: "Boriladigan manzilni aniqlab olinmas ekan, yo'l uzoqlashib boraveradi va manzilga yetib borish uchun motivatsiya tushib ketaveradi".

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥93👍2
#101Maslahat

💡5️⃣8️⃣ O’zimizga kelganda dangasamiz!

Kuni kecha jamoamdagi natijalari top bo’lgan bir xodim bilan yillik sarhisob suhbat(Coaching) qildim. Top xodim bo’lishiga sabab bo’lgan instrumentni eshitib menda boshqa bir fikr uyg’ondi.

🟢 Instrument: Job denoscription (lavozimga belgilangan vazifalar)ni doimiy ko’zdan o’tkazib turish va har 3 oyda oldingidan yaxshiroq natija ko’rsatish uchun kamchiliklar ustida ishlash. Bu usul, birgina xodimni kompaniya daromadiga sezilarli darajada foyda keltirgan.

O’z kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan har bir inson “Job denoscription”ga qanchalik mos tushyapman deb o’zini nazorat qiladi.

Endi o’zimizga savol beraylik: Ota-ona, farzand, aka-singil sifatida(mutaxassis emas) “Job denoscription”nimiz bormi?Agar bo’lsa unda nimalar yozilgan? Agar bo’lmasa, nega yo’q?

Yil yakunlanib bormoqda! Bu kanalni o’qiydigan har biringizda shaxsiy rivojlanishga xohish bor. Yangi yilda ko’pchiligingiz bunga jiddiy fokus qaratmoqchisiz balki. Yuqoridagi savollarga javob berib ko’ring, va shaxs sifatidagi majburiyatlaringiz, o’zingizga nisbatan qo’ygan majburiyatlaringizni belgilab chiqing!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥6
#101Maslahat

💡5️⃣9️⃣ QR x QR = QL

QR - quality of your relationship (munosabatlaringiz sifati)

QR - quantity of your relationship (munosabatlaringiz soni)

QL - quality of life (Hayotingiz sifati)

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3
#101Maslahat

💡6️⃣0️⃣ Shaxsiy rivojlanishning Stiv Jobs usuli🤩

Umrining oxirgi yillari, Stiv og’ir kasallik bilan kurashib va uni yengib Applega yana qaytar ekan lider, asoschi va albatta shaxs sifatida rivojlanishning oddiy usullarini sinab ko’ra boshlaydi. Shaxsiy coachi bilan bo’lgan navbatdagi suhbatdan keyin o’sha davrda ko’pchilik qilmayotgan yangi fikr - insaytni topishadi.

Bu insayt - o’ziga-o’zi email xabar yozish usuli edi.

G’oya shundan iborat ediki, hayotimizni eng yuqori cho’qqisida bo’lamizmi, yoki hali endi yo’lni boshida bo’lamizmi inson doim o’zi bilan suhbatlashganda o’ziga nisbatan to’g’ri, ya’ni o’zini alday olmaydi. O’ziga nisbatan talablari juda yuqori bo’lgan Stiv Jobs esa asoschi va lider sifatida mas’uliyat va majburiyatlarini yanada oshirish, yaxshilash uchun shu usulni 1 yildan ko’proq davrda davomli qo’llab keladi.

Xulosa shuki, asli oddiy ko’ringan usullar doim ishlaydi. Shunday ekan, bu oddiy usuldan siz ham foydalanishingizga nima to’sqinlik qilyapti?!

Email (elektron pochta) ochamiz; Emaili borlar shart emas😊
Haftada 1 yoki 2 marta yangi o’rgangan bilimlar, yangi g’oyalar va rejalarni xohlagan formatda o’zimizga yuboramiz;
Va kamida 3 oy muddatda sinab ko’ramiz.

3 oydan keyin bu usul shaxs sifatida sizni qanchalik o’zgartirdi, birgalikda suhbatlashamiz!

Yangi yilga yangi odatlar bilan kiraylik va shu postni yaqinlarga maximum darajada yuborib qo’yaylik🙏

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥611
📖

Shu joyiga kelganda #101Maslahat hashtagi orqali postlarni topib hammasini o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Kimga qaysi maslahat foydali bo’ldi? 👨‍🎓
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍191