Emotsional (Hissiy) intellektning quyidagi 12ta elementlari bor ekan:
1. Emotsional o'z-o'zini anglash
2. Emotsional o'z-o'zini nazorat qilish
3. Moslashuvchanlik
4. Muvaffaqiyatga yo'naltirilganlik
5. Ijtimoiy xabardorlik
6. Empatiya
7. Ijobiy nuqtai nazar
8. Tashkiliy tushunchalar
9. Murabbiy va mentorlik tushunchasi
10. Nizolarni boshqarish
11. Jamoada ishlash
12. Ruhlantiruvchi rahbarlik
Bularning qay birini ustida ishlashingiz kerak deb o’ylaysiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3
Forwarded from Temurbek Adhamov
Ijodkorlarga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman, tomosha qiling…
https://youtu.be/c1msSUMKiPQ?si=wTdEwV_oYlQ1BLLu

❤7😢2
#101Maslahat
💡4️⃣6️⃣ Kunlik ishlar bilan o’ralashib qolgansiz!
Vaqt tez o’tayotgandek tuyulishi, o’ylagan rejalaringizga ulgurmay qolishingiz yoki chala qolib ketishi, va kun, hafta, oy oxiriga borib hech narsaga ulgurmay qolishingiz sababi - rejasiz kunlik ishlar bilan o’ralashib qolganingizda. Shu kabi muammolaringizga yana bir boshqa haqiqatni do’stim @jakhonrakhmonov ham o’z blogida ulashibdi. Foydali joylarini sinab ko’ring albatta😊
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
https://news.1rj.ru/str/jakhonrakhmonov/442
💡4️⃣6️⃣ Kunlik ishlar bilan o’ralashib qolgansiz!
Vaqt tez o’tayotgandek tuyulishi, o’ylagan rejalaringizga ulgurmay qolishingiz yoki chala qolib ketishi, va kun, hafta, oy oxiriga borib hech narsaga ulgurmay qolishingiz sababi - rejasiz kunlik ishlar bilan o’ralashib qolganingizda. Shu kabi muammolaringizga yana bir boshqa haqiqatni do’stim @jakhonrakhmonov ham o’z blogida ulashibdi. Foydali joylarini sinab ko’ring albatta😊
https://news.1rj.ru/str/jakhonrakhmonov/442
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Jakhongir Rakhmonov - IT
Vaqt tez o'tyapti. Hech narsa qilishga ulgurmayapman. Uni qilsam buni qila olmayman, buni qilsam uni qila olmayman. Bu menga juda katta stress bermoqda.
Tanish holatmi?
Bu muammoni muhokama qilishdan oldin keling "zero-sum game" (nol summali o'yin) degan…

👍10
#101Maslahat
💡4️⃣7️⃣ Kreativ bo’lish uchun yo’q narsani yaratish shart emas😁
Ba’zida kreativ nimadir o’ylab topishim kerak deb ko’p vaqt yutqizib qo’yamiz. Menimcha bor narsalardan chiroyli foydalanishning o’zi kreativlik.
P.S. O’g’limni ish joyi ekan😆
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
💡4️⃣7️⃣ Kreativ bo’lish uchun yo’q narsani yaratish shart emas😁
Ba’zida kreativ nimadir o’ylab topishim kerak deb ko’p vaqt yutqizib qo’yamiz. Menimcha bor narsalardan chiroyli foydalanishning o’zi kreativlik.
P.S. O’g’limni ish joyi ekan😆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😁9🤣3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇲🇾
Kuala Lumpur (KL) ko’z yosh to’kyapti🌧️ Men Yaponga qaytib ketyotganim uchun🥹Bunchalar ko’z yoshiga ne xojat, men albatta qaytaman😁
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Kuala Lumpur (KL) ko’z yosh to’kyapti🌧️ Men Yaponga qaytib ketyotganim uchun🥹Bunchalar ko’z yoshiga ne xojat, men albatta qaytaman😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁21🔥4
🙋🏻♂️
Assalomu aleykum azizlar!
Bu statistikani ko’rib, yana bir boshqa statistakaga - qaysi davlatdan turib kuzatishingizga ham qiziqdim.
Siz qaysi davlatdan turib bu kanalni kuzatasiz?
Izohlarda qodiring🙏

👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤2😁2
#101Maslahat
💡4️⃣8️⃣ Son emas sifat muhimroq!
Oramizda kitobga muhabbati bor va ko’proq kitob o’qishga xohishi borlar yetarlicha bo’lsa kerak. Lekin aksariyat holatlarda 1oyda bitta kitob ham o’qib tugata olmayapman degan muammo atrofida aylanib qolamiz. Bu masalada shaxsiy fikrim, 1oyda nechta kitob o’qiganingiz bilan emas, bitta kitobni chuqur tushunib o’qish va uni o’z hayotimizga tadbiq qila olishga e’tiborimizni qaratishimiz kerak.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
💡4️⃣8️⃣ Son emas sifat muhimroq!
Oramizda kitobga muhabbati bor va ko’proq kitob o’qishga xohishi borlar yetarlicha bo’lsa kerak. Lekin aksariyat holatlarda 1oyda bitta kitob ham o’qib tugata olmayapman degan muammo atrofida aylanib qolamiz. Bu masalada shaxsiy fikrim, 1oyda nechta kitob o’qiganingiz bilan emas, bitta kitobni chuqur tushunib o’qish va uni o’z hayotimizga tadbiq qila olishga e’tiborimizni qaratishimiz kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16❤5👍3
#101Maslahat
💡4️⃣9️⃣ Shaxsiy brend nima uchun muhim?!
Avlodlar almashar ekan va ular vaqti kelib jamiyatning muhim bo’laklariga aylanar ekan, ularning olayotgan qarorlari, xatti-harakatlari o’zlari yoshligidan kumir deb bilgan insonlarnikiga taqlid qilish bilan boshlanadi. Shunday ekan, siz ham kimningdir kumiriga aylanishingiz va ularning kelajagiga ta’sir ko’rsatishingiz mumkin va menimcha har qanday mutaxassislikka ega inson uchun shaxsiy brendi ustida ishlash muhim vazifa deb ham bilaman.
O’zbekistonda bo’lganimda albatta qo’shimcha bilimlar olish uchun MFaktorda bo’ladigan shu praktikumga qatnashgan bo’lardim.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
https://news.1rj.ru/str/MFaktorUz/16282

MFaktor.uz
Asosiy xaridorlarga ega boʻlmoqchimisiz?
🙍♂️ Tez orada "Z" avlod katta bo'ladi, asosiy xaridorga aylanadi va ularning xaridlariga katta taʼsirni "Influencer" otkazadi...
⚡️ Ya'ni bu avlod xaridlarida asosan katta auditoriyasi bor va o'zlariga "Кумир"…

👍4❤2
😁9🔥2
Oramizda 64 kishi Telegram Premium obunachi ekansizlar. Atigi 5 kishi manashu Link orqali Boost qilib yuborsanglar men ham kanalda storieslar qo’ya oladigan bo’larkanman. Atigi 5ta mehribon insonning Boosti bilan hal bo’lar ekan. Rahmat oldindan😊
Mana shu yerda ham link qoldirdim
🔗 https://news.1rj.ru/str/lidernotes?boost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15⚡1
#101Maslahat
💡5️⃣0️⃣ Kariyerangizda sizni muvaffaqiyatga olib boruvchi ko’nikma - bu Soft skills.
Aytilishi bo’lsa ham, lekin o’zlashtirish va rivojlantirish Hard(qiyin) bo’lgan jarayon deb o’ylayman. Lekin birorta soft skillni o’zlashtirib olsangiz, uning hayotingizga ta’siri shunaqa Hard(qattiq) bo’ladiki, har qanday vaziyatda qo’llana olasiz!
Sizda qanday soft skills mavjud?

👍10❤1
#101Maslahat
💡5️⃣1️⃣ 10x o’rganishning Stanford uslubi!
Hammani dardi nimadirni tezroq o’rganish va tezroq natijaga erishish. Va navbatdagi, haliyam sizni joningizga tegmagan 10x tezroq o’rganishning Stanford uslubi, 3 qoidasi bilan ulashaman. Bu uslub “Hech nima qilmaslik” deb nomlanar ekan🧐 Ilmiyroq nomi “Bo’shliq effekti” deb nomlanadi, yoxud “Ora-orada dam olib” deb qo’ysa ham bo’larkan🤓
Xullas, 1-qoida:
✅ 10+ sekund tanaffus - uzoq vaqt dars qilish miyyaga nagruska beradi va ma’lum bir nuqtadan keyin o’rganilayotgan ilm xotirada qolmaydi. Shuning uchun o’zingizga 10 sekund tanaffus berib shu vaqt ichida nafas olib-chiqarish mashqi qiling. Miyya anchagina shamollaydi va yana kelgan joyidan toza miyya bilan davom etib ketaverasiz.
2-qoida:
✅ Diqqatni jamlash - aksariyat holatlarda dars qilib bo’lgandan keyin, hozir o’rgangan narsamizni eslay olmasligimiz sababli diqqatimiz jam bo’lmaganida ekan. Bunda bizga Fokus mashqi - yagona nuqtaga 30-60 sekund diqqat bilan qarash mashqi yordam beradi. Bu qoida shaxsan menga juda yoqdi, chunki birinchidan murakkab emas va ikkinchidan 1-qoidani ham birdaniga bajarsa bo’ladi🤓
Va so’ngi, lekin eng muhim qoida:
✅ Yaxshi uyqu - ilmiy izlanishlarga ko’ra, inson diqqatini maximum 90 daqiqa jamlab tura olar ekan. Bu sizda balkim 60 daqiqa bo’lishi ham mumkin. Yaxshi uyquning bu izlanishga bog’liqlik tarafi shundaki, agar 3-4 soat dars qilmoqchi bo’lsangiz 90 daqiqadan keyin ozgina uxlab olish yoki o’zingizni yolg’ondan uxlaganga solib miyyaga dam berish va shu kuni 8 soatlik uyqu olishingiz o’rganilgan bilimlar xotirada yaxshi qolishiga xizmat qilar ekan.
Agar sizda ham shu kabi muammolar bo’lsa sinab ko’ring va shu postni do’stlarga ham ulashib qo’ying😊

👍25🔥2
Xurshid Saidmuhammad | Notes
Navbatdagi “Ovozli suhbat”ni qilamizmi? Nima deysizlar?
Ovozli suhbat uchun ovoz berganlar!
Yangilik! Ertaga Toshkent vaqti bilan 20:30da navbatdagi ovozli suhbatni qilamiz.
Mavzuimiz erkin bo’ladi va qiziqarli bo’lishi uchun Savol-Javob formatida o’tkazamiz.
Shu postning komment qismida savollaringizni yo’llab qo’ying!

👍19❤2
#101Maslahat
💡5️⃣2️⃣ ABCDE metodi!
O’tgan hafta endigina biznessini boshlagan bir biznessmen bilan birinchi Coaching suhbatimizni qildim. Uni qiynayotgan muammo shunda ediki, xattoki har kuni kunlik qiladigan rejalarining ro’yxatini tuzib shu bo’yicha ishlasa ham kunning oxirida qoniqtiradigan natijaga erishmayotgan edi. Suxbat davomida, bu muammoning 2ta asosiy sababini birgalikda topdik: 1) Kunlik rejalarni har kuni ertalab tuzishligi; va 2) Rejalarni tuzayotganda muhimlik darajasi bo’yicha ro’yxatga yozmasligi.
Ko’pchiligimizda shu kabi muammolar uchrab turishi tabiiy va bunda bizga ABCDE metodi yordam beradi.
A= Must do(Bajarish shart) Bu listga kunning eng muhim vazifalarini, bajarilishi shart bo’lgan vazifalarni kiritasiz.
B= Should do(Bajarish kerak) Bu listga tezroq qilib qo’ysangiz o’zingizga yaxshi bo’ladigan vazifalarni kiratasiz. Lekin muhimlilik darajasi A ro’yxatchalik emas, va hech qachon A listdagi vazifalar tugamasdan B listga o’tmasligingiz kerak.
C= Nice to do(Yoqimli ishlar) Bu listga bajarish yengil va yoqimli bo’lgan ishlar, masalan, Instagramda o’tirish, do’stlar bilan ko’rishish, yoki shu kabi muhimlik darajasi past bo’lgan ishlarni kiritasiz.
D= Delegate(Yordam so’rash) Yuqoridagi kunlik ishlarni ro’yxatga tuzib chiqqandan so’ng, muhimlariga vaqt ajratish uchun kimdandir yordam so’rash. Ya’ni faqat siz qilmasangiz bo’lmaydigan ishlarni o’zingizga qoldirib, qolganlarini kimgadir iltimos qilish.
E= Eliminate(Yo’q deyish) Bu so’ngi qoida ham muhim omil hisoblanib, kun davomidagi rejadan tashqari vazifalar paydo bo’lganda YO’Q deyish va shu orqali fokusni asosiy A ro’yxatidagi ishlarni bajarishga qaratishdan iborat.
Va eng muhim qismi shundaki, bu metodni ertangi kun uchun har kuni kun boshlanishidan oldin emas, balki bir kun oldin uyquga yotishdan avval yuqoridagi ko’rinishda rejalar tuzib chiqish kerak bo’ladi. Bu sizga xuddi yuqoridagi klientim kabi vaqtni tejashga va fokusni yaxshilashga yordam beradi!

🔥17❤6
#101Maslahat
💡5️⃣3️⃣ Har bir inson hech kimga o’xshamagan qobilyat bilan tug’iladi!
Yaqinda sayohatda bo’lganimizda, 3,5 yoshli o’g’lim bilan mehmonxonaning bolalar o’yinxonasiga o’ynagani tushdik. Hech kim yo’q edi, lekin birozdan Arab ayol 2,5 yoshli o’g’li bilan kirib keldi. Qanchadir vaqt o’tgandan keyin, arab ayol har xil mashg’ulotlarni o’g’liga majburlayotganini sezdim. Keyin bilsam meni o’g’lim bilan Ingliz tilida qilayotgan suhbatlarimiz ta’sir qilgan ekan. Xonadan chiqib ketar ekanmiz, ayol menga murojaat qilib shunday dedi: “Murojaatimni ma’zur tutasiz. Alloh yomon ko’zlardan asrasin, o’g’lingizni Ingliz tilida fikrlarini shunaqa ravon ifodalab berayotganiga havas qildim. Juda ko’p usullarni qo’llayapmiz lekin faqat so’zlardan uyog’iga o’tmayapti. Menga maslahat bera olasizmi?”
Bolaga yangi ko’nikmalar o’rgatayotganda majburlamaslik, sabrli bo’lish va boshqa oddiy tajribalarimizni ulashdim. Va bu kichik voqea menga boshqalarning yutug’ini ko’rganimizda darrov o’zimiz bilan solishtirishimizni eslatdi. Bu bizni motivatsiyamizni ko’tarishdan ko’ra, har birimizda hech kimga o’xshamagan qobilyat borligini esimizdan chiqarishga xizmat qiladi xolos.
Noyob qobilyatingiz borligini tez-tez o’zingizga eslating!

👍28❤5💯4
#101Maslahat
💡5️⃣4️⃣ Bo’shliqni o’rnini nima bilan to’ldiryapsiz?
Bundan bir necha hafta oldin jamoamdagi bir ishchi bilan navbatdagi 1:1 Coaching suhbatini qilar ekanman, bo’sh vaqtlarida yoki dam olish kunlarida nimalar bilan shug’ullanishi haqida savol berdim. Oxirgi paytlar natijalari pasayib ketganiga ishdan tashqaridagi hayoti qanchalik ta’sir qilishini bilish maqsadida. Topilgan javob shu bo’ldiki, dam olish kunlari deyarli hech narsa qilmas ekan: tongga yaqin uxlash, kunning yarmida uyg’onish va qolgan qismini divanda harakatsiz TV ko’rish bilan o’tkizish. Ishga nisbatan layoqat yo’qligi, sal narsaga jahl qilish, va rivojlanish uchun ga’yrat ko’rsatmaslik - bularning barchasiga yuqoridagi yomon odatlar ta’sir ko’rsatayotgan ekan. Bu kabi yashash tarzi 1-2 haftada emas, balkim oylar, yillar davomida shakllanib qoladi va buning sababi “Bo’shliq”ning o’rnini to’g’ri to’ldirmaslik yoki umuman to’ldirmaslik bo’ladi.
Har birimiz hech bo’lmaganda bir marotaba “_____” chiziqcha/bo’sh joy o’rnini to’g’ri so’z bilan/mos keladigan son bilan to’ldiring ko’rinishidagi test yechib ko’rganmiz. Hayotimizdagi “Bo’sh” vaqtlar ham xuddi shunday, ya’ni bo’sh vaqtimizni to’g’ri mashg’ulotlar, yaxshi odatlar bilan to’ldirmas ekanmiz, bu bo’shliqni bizni salbiy oqibatlarga olib boruvchi odatlar egallab oladi.
Shunday ekan, bo’sh vaqtlarda nimalar bilan shug’ullanyapsiz - bu haqida biroz mulohaza qilib ko’ring!

👍14🔥5
#101Maslahat
💡5️⃣5️⃣ Yaxshi kadr bo’lishning eng oddiy usuli!
Florida Shtati universiteti professori doktor Anders Erikson ELITA qatlamdagi insonlarning muvaffaqiyatlarini o’rganish bo’yicha yetakchi olim hisoblanadi. Uning 25 yillik yuqori maoshli rahbarlarning kariyera yo'lini o’rganishda qilgan tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, muvaffaqiyatli insonlarning barchasi “Delibrate Practice” - ya’ni aniq bitta ko’nikmani rivojlantirish ustida davomiy ishlashgan.
Qanday qilib?
Bir vaqtning o’zida faqat bitta skill (ko’nikma)ni ustida ishlash va har safar navbatdagi muhim ko’nikmlarni o’rganishda ham ayni shu senariyni takrorlash orqali. Bu uslub ularni borgan sari qiymatli kadr bo'lishiga, oxir-oqibat 10 × 20 × 100 marta, hatto o'z kariyeralarining boshida birga boshlagan odamlardan 257 martagacha ko'p pul topishlariga sabab bo’lgan.
Xulosa shuki, sizni qiymatingizni va albatta sohangizdagi “bahoingiz”ni oshiradigan narsa - bu ma’lum bir ko’nikmada eng zo’ri bo’lishingiz. Biror narsada zo'r bo'lganingizdagina siz haqiqatdan ham muvaffaqiyatli va baxtli bo'lasiz!

👍17❤4💯4🔥3