Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
#101Maslahat

💡5️⃣9️⃣ QR x QR = QL

QR - quality of your relationship (munosabatlaringiz sifati)

QR - quantity of your relationship (munosabatlaringiz soni)

QL - quality of life (Hayotingiz sifati)

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3
#101Maslahat

💡6️⃣0️⃣ Shaxsiy rivojlanishning Stiv Jobs usuli🤩

Umrining oxirgi yillari, Stiv og’ir kasallik bilan kurashib va uni yengib Applega yana qaytar ekan lider, asoschi va albatta shaxs sifatida rivojlanishning oddiy usullarini sinab ko’ra boshlaydi. Shaxsiy coachi bilan bo’lgan navbatdagi suhbatdan keyin o’sha davrda ko’pchilik qilmayotgan yangi fikr - insaytni topishadi.

Bu insayt - o’ziga-o’zi email xabar yozish usuli edi.

G’oya shundan iborat ediki, hayotimizni eng yuqori cho’qqisida bo’lamizmi, yoki hali endi yo’lni boshida bo’lamizmi inson doim o’zi bilan suhbatlashganda o’ziga nisbatan to’g’ri, ya’ni o’zini alday olmaydi. O’ziga nisbatan talablari juda yuqori bo’lgan Stiv Jobs esa asoschi va lider sifatida mas’uliyat va majburiyatlarini yanada oshirish, yaxshilash uchun shu usulni 1 yildan ko’proq davrda davomli qo’llab keladi.

Xulosa shuki, asli oddiy ko’ringan usullar doim ishlaydi. Shunday ekan, bu oddiy usuldan siz ham foydalanishingizga nima to’sqinlik qilyapti?!

Email (elektron pochta) ochamiz; Emaili borlar shart emas😊
Haftada 1 yoki 2 marta yangi o’rgangan bilimlar, yangi g’oyalar va rejalarni xohlagan formatda o’zimizga yuboramiz;
Va kamida 3 oy muddatda sinab ko’ramiz.

3 oydan keyin bu usul shaxs sifatida sizni qanchalik o’zgartirdi, birgalikda suhbatlashamiz!

Yangi yilga yangi odatlar bilan kiraylik va shu postni yaqinlarga maximum darajada yuborib qo’yaylik🙏

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥611
📖

Shu joyiga kelganda #101Maslahat hashtagi orqali postlarni topib hammasini o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Kimga qaysi maslahat foydali bo’ldi? 👨‍🎓
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍191
📊 2023-yil sarhisobi!

Meni esa Tojik motivator deb o’ylashyapti🤓
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣29😁2🐳1
Ayolim va 3 yoshli o’g’limning suhbatidan:

O’g’lim: Oyi, gul xohlaysizmi?
Oyisi: Ha, xohlayman.
O’g’lim: Unda sizga challenge 😁 O’yinchoqlarimni yig’ishtirib qo’ysangiz beraman😊
Oyisi: 😳

Farzandlarimiz - bizning aksimiz!
😁63🔥2🐳2🤣2🗿1
Teskari effekt😁

Sizlarga ham yangi yilni qanday kutib olsang yil bo’yi shunday o’tadi deyishganmi?

Masalan, 2023-yilni uxlab kutib olgandim teskari effekt berib yil bo’yi kunlik o’rtacha uyqu vaqtim 6soatdan oshmabdi😁

2024-yilga ko’proq uxlashni maqsad qildim😁 Kam uyqu sog’liqqa zarar ekan!

Hazil o’z yo’liga! Lekin maqsadlaringizga yilni qanday kutib olishingizni hech qanday ahamiyati yo’q.

Hammaga yangi hafta muborak!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32😁15👏2🐳2
#Iqtibos_time

Bugun
“Siz uchun qo’rqinchli bo’lgan g’or siz izlagan xazinani saqlaydi.”

degan iqtibosning hayotdagi ko’rinishini yashadim.

O’g’lim bilan bolalar o’yingohiga bordik. Boshida bolalar kam yerdagi mashinalarni o’ynab yurdi 1 soatlarcha. Keyin qiziqtirib rasmdagi👆joyga olib keldim. Ko’rinishidan qo’rqinchli tuyuldi shekili birga kiramiz dedi. Birga kirdim. Tuneldan o’tib sirpanchiqdan tushadigan joyi bor edi. Tuneldan o’tgani qo’rqib birga o’tamiz dedi. Tunelni yarmiga borganimizda qo’rqinchli emasligini, u yog’iga o’zi bora olishini tushuntirdim. Qo’rqmasdan o’tib, sirpanchiqdan mazza qilib tushdilar😊 Shu bilan deyarli 2 soat shu joydan chiqmasdan, tinmasdan yugurib bir o’zi o’ynab yurdi.

Qo’rquvni yengib o’tgan bola tunelning oxirida xazina borligini bilib oldida😊

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍64
IT loyihalarda dasturchi bo’lish yetarli emas.

24/7 faqat va faqat liderlik qobilyati ustida ishlab, @lidernotes postlarini doimiy o’qiydigan dasturchi kerak.

(Dasturchi haqida yozishni menga kim qo’yibdi deydigan odam yo’q😁)

Tez-tez @jakhonrakhmonov do’stim postlaridan idea o’g’irlab turmasam obunachim ko’paymaydi shekili😂
😁17👍1


#101Maslahat ni oxiriga yetkazib qo’yamizmi?

🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥194
#101Maslahat

💡6️⃣1️⃣ 2024-yildagi maqsadlarga 2023-yildagi qobilyatlar bilan erishib bo’lmaydi!

Shu paytgacha maqsad qo’yib unga erisholmayotgani haqida taxminan 100ga yaqin kishidan maslahat so’rab savol kelgan. Disclaimer o’rnida aytishim kerakki, maqsadlarga erishish masalasida “oliy ma’lumotim” yo’q.😊

Lekin, aniq bilamanki, maqsadlaringizga erishish uchun shu paytgacha sizda bo’lmagan qobilyatlaringizni rivojlantirish orqali erishasiz!

Formulasi juda oddiy👇

Maqsad + Yangi qobilyat = Progress

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥62😁21
Samolyotdan avtobusgacha yetarli!

1.5 yil oldin O’zbekistonga qaytganimizda qaytish biz o’ylaganchalik go’zal o’tmadi. Toshkentga qo’ndik va samolyotdan tushib chiqish binosiga olib boradigan avtobusga borish orasidagi 50m masofada men, ayolim va o’g’lim nafas olishimiz qiyinlashib, tomog’imiz og’rib qoldi. 3 hafta davomida yuqori harorat, holsizlik va yo’tal bilan, xullas kasal bo’lib yurib keldik.

Kecha havo sifati bo‘yicha Toshkent dunyodagi eng iflos shaharlar orasida to’rtinchi o’ringa chiqibdi. (1.5yil oldin yaxshiroq edi)

@xushnudbek.uz kanalidan:
“Bugun mahalliy vaqt bilan soat 12:27 Toshkentdagi PM2.5 miqdori (diametri 2,5 mikron va undan kichik bo‘lgan havoni ifloslantiruvchi zarrachalar) 189 ga chiqqan, bu esa Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan havo sifati bo‘yicha tavsiya etilgan normal me’yordan 25 barobar yuqori degani.”


Yaponiya shaharlari esa eng toza shaharlar orasida top 5talikda turibdi. Lekin shunda ham insonlar maska(niqob) 😷 taqib yurishadi(o’z salomatliklari uchun) va bu madaniyatga aylanib bo’lgan.

Bunday iflos havoda maska taqib yurishingizga nima to’sqinlik qilyapti?

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😢103
🤓

Yoshligimdan turli tadbirlarda faol bo’lib, boshlovchiliklar qilsam, hamma bilan zo’r chiqishib yursam, kattaroq bo’lgandan keyin turli proyektlarga liderlik qilsam, hozirda ham katta kompaniyada Menejer bo’lib ishlab yursam - ko’pchilik meni Extrovert deb o’ylarkan.

Aslida g’irt Introvert odamman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁243👏2
Mukammallik sari!

Ingliz tilida “Steps to excellence” (Mukammallik sari qadamlar) degan ibora bor va asosan bizness boshqaruvida qo’llash uchun o’ylab topilgan formula.

Formula quyidagicha ishlaydi: muammoning asl ildizini topish va unga mukammal yechim berish uchun eng kamida suratdagi shaklda 5 marta WHY (Nimaga) deb savol qo’yish kerak.

Menimcha bu formulani 3 yoshli farzandi bor odam o’ylab topgan bo’lishi kerak😁 Chunki o’g’lim doim nimadir bo’lsa kamida 5 marta WHY? deb so’raydi😂

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁17👍51
#101Maslahat

💡6️⃣2️⃣ Men haqimda hikoyacha.

Katta hayotga qadam qo’yib, kasb-hunarni boshlar ekanmiz 2ta narsa eng muhim ekan: 1) Pul topish; 2) O’rganish.

Agar shu ikkalasi ham yo’q bo’lsa unda tashlab ketish kerak. Ya’ni shu ikkalasidan birini beradigan joyni topishimiz va vaqtimizni behudaga sarflamasligimiz kerak ekan.

Bundan 5,5yil oldin, unversitetni oxirgi yili turli kompaniyalarga ishga topshirib yurgan paytlarim bitirishimizga yaqin bir kompaniyadan ish taklifini olganman. U payti qancha oylik olaman, ish boshlagandan keyin nima o’rganishim mumkin bular haqida o’ylab ham ko’rmaganman. Bir necha kun o’tib Appledan Part-Time sotuvchi ishiga ham taklif kelgan. Deyarli ikkala ishda ham bir xil maosh taklif qilingan edi. Yapon kompaniyalarida bor potensialimni ko’rsatib bera olmasligimni bilganim va Alloh dilimga Appleda ko’proq narsa o’rganishimni solgani uchun tavakkal shuni tanlaganman. Juda ko’p tafakkur qilamanki, agar o’shanda Full-time ish turganda Part-time ishga borib nima qilaman deb yapon kompaniyasiga ketganimda qisqa vaqt ichida balkim hozirgi yutuqlarga erishmagan bo’lardim.

Xulosa shuki, ehtiyojlarimiz va muammolarimizni faqat qisqa muddatga yechib beradigan qarorlar qabul qilishga shoshilmaylik!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍611
#101Maslahat

💡6️⃣3️⃣ Pul topish va o’rganish simbiozi!

Pul topish sizga ko’proq erkinlik berib o’rganishga imkoniyat yaratsa;

O’rganish sizga ko’proq pul topish imkoniyatini olib keladi.

Shu ikki simbiozni topish asosiy maqsadlarimizdan biri bo’lishi kerak!

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥73👍3
📖

💡6️⃣4️⃣ Boshlanishi oson bo’lsin!

Bir oyda shu 3ta kitobni yengil o’qib tugatdim. 100 varoqli kitoblar edi. Lekin bir dunyo ilm oldim.

Ba’zida kitob o’qishni boshlash qiyinlik qiladi va jasorat topib boshlaganimizda qiyin kitob tanlab qo’yamiz. Boshlanishiga shunaqa kam varoqli, yengil o’qiladigan kitoblar tanlaganimiz bizdagi kitob o’qish odatimizni shakllantirishda yordam beradi.

Kitob o’qish odatini shakllantirishingizda sizga nima yordam bergan?

✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥31