#101Maslahat
💡6️⃣9️⃣ Hayotimizda sarguzashtlarni yaratishning yana bir usuli - Qiziquvchanlik!
Qiziquvchanlik nafaqat hayotimizni sarguzashtlarga boy qiladi, balki uzoq vaqt bir narsaga fokus qilish qobilyatimizni ham kuchaytirar ekan.
Qanday qilib?
Video o’yinlar o’ynaydigan Gamerlar yaxshi bilishadiki, o’yinning eng zo’r sirlari g’or ichiga, o’rmonga yoki bir qishloqning hech kim hayoliga kelmaydigan yeriga yashiringan bo’ladi. Va tabiiyki, oddiy, hamma kabi o’ynaydigan Gamer o’yinning sirini topa olmaydi.
Ya’ni, har kunlik ishlaringizda, undagi muammolarga yechim topishda hamma kabi emas, balki biroz “Qiziquvchanlik” bilan yondashsangiz yangi usullar, yangi kitoblar yoki yangi instrumentlar kelib chiqadi.
Har kuni “bugungi izlanishim nima?” degan savol berishni odat qiling!
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3❤2
Xurshid Saidmuhammad | Notes
#101Maslahat 💡6️⃣7️⃣ Pozitiv sotaylik! Qayerga qaramaylik, kim bilan suhbat qilmaylik albatta nolish, g’iybat yoki shikoyat bo’ladi. Nolib yoki shikoyat qilsak go’yo ichimiz bo’shab, yengil tortamiz. Aslida, eshitayotgan quloqqa bu juda yoqimsiz. Hech…
“Shikoyatsiz 21 kun” haqida yozganimga 1 hafta bo’libdi.
Sinab ko’rayotganlar! Qanday ketyapti?
Sinab ko’rayotganlar! Qanday ketyapti?
🔥7👍2
#101Maslahat
💡7️⃣0️⃣ Kamchiliklarimiz aslida bizning eng yaxshi do’stlarimiz!
Bugun tennis bo’yicha katta turnamentlardan biri - Avstraliya Open turnamenti yakunlandi. Va Jannik Sinner ismli yosh yigit 1-Italiyalik tennis chempioniga aylandi. Taqdirlash marosimida juda oddiy, lekin har bir insonni harakatga undaydigan so’zlar aytdi nutqi davomida raqibiga murojaat qilarkan.
“Sen bilan bir necha finallarda o’ynadik. Har gal sen meni yaxshiroq tennis o’ynashimga, har gal kamchiliklarim ustida ishlashimga majbur qilding. Bu meni chempion qildi bugun” shu mazmundagi gaplar edi.
Ba’zida kimdir sizga yaxshi bo’lsin deb to’g’ridan-to’g’ri kamchiligimizni aytsa, ba’zida shu kamchiliklar mag’lubiyatdan keyin ko’zga ko’rinadi. Mag’lubiyatlardan to’g’ri xulosa chiqarishimiz va ular ustida ishlashimiz bizni bu hayotda chempion qiladi.

👍10❤🔥3⚡2❤1
O’yinqaroqlik!
5000 dan ziyod insonlarni - Nobel mukofoti egalaridan tortib oddiy haydovchigacha bo’lgan ko’lamdagi insonlar bilan suhbat qilish natijasida 8 xil “O’yinqaroq” xarakter borligini olimlar aniqlashibdi.
1️⃣ Kolleksioner - kolleksiya qilishni yoqtiradigan, ishlarini tashkiliy jihatdan yaxshilashga harakat qiladigan inson.
2️⃣ Raqobatchi - o’yin, sportni yaxshi ko’radigan, yutishdan zavqlanadigan inson.
3️⃣ Kashfiyotchi - tadqiq qilishni, yangi joylar va narsalarni kashf qilishni yaxshi ko’radigan inson.
4️⃣ Kreator - yangi narsalarni ixtiro qilishda soatlab vaqt sarflashdan zavqlanadigan inson.
5️⃣ Storyteller - yuqori tasavvurga ega, va bu bilan insonlarni ko’nglini ko’taradigan, yozish va san’atni yoqtiradigan inson.
6️⃣ Hazilkash - doim hammani kuldirib yuradigan inson.
7️⃣ Direktor - reja tuzishni, insonlarni boshqarishni va o’zgarishlar qilishni yaxshi ko’radigan inson.
8️⃣ Kinestetik - jismoniy mashg’ulotlardan zavqlanadigan inson.
Va buni aniqlash, samaradorlikni yaxshilashning 1-vazifasi ekan.

👍6❤3🔥2
Sizda qanday “O’yinqaroq” xarakter bor?
Anonymous Poll
20%
1
16%
2
17%
3
16%
4
27%
5
19%
6
29%
7
17%
8
#101Maslahat
💡7️⃣1️⃣ Hech narsani shaxsiy qabul qilmang!
Shakllantirishimiz kerak bo’lgan eng qiyin odatlardan biri bo’lsa kerak.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
💡7️⃣1️⃣ Hech narsani shaxsiy qabul qilmang!
Shakllantirishimiz kerak bo’lgan eng qiyin odatlardan biri bo’lsa kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍2👏1
#101Maslahat
💡7️⃣2️⃣ Bir marta - yetarli emas!
Brendlarda chegirma bo’layotganda tugagunicha elektron xabar yuborib turadi. Agar keyinroq sotib olaman deb 🛒 aravachaga saqlab qo’ysangiz, ertasi kuniyoq “Xarid qilmabsiz. Nimadir yordam kerakmasmi?” kabi xabar keladi.
Boshlig’ingizdan muhim vazifani olganingizda, ofisidan chiqib ketar ekansiz vazifani to’liq tushundingizmi yo’qmi tekshirib qo’yadi. 2 kundan keyin qanday ketayotgani, 1 haftadan keyin 1-hisobot yaqinligini eslatib qo’yadi.
Yangi lug’at yodlayotganingizda ertalab 1-siga yozib yodlaysiz. Kunduzi xotirada takror qilasiz. Kechga borib ustozga topshirasiz. 1 yoki 3 oydan keyin umumiy lug’at bo’yicha imtihon topshirasiz.
Tushunib yetganingizdek, axborotga to’la bo’lgan bu davrda hech narsa bir martalik harakat bilan ko’zlangan natijaga olib bormaydi. Ko’p rahbarlar, ustozlar va ota-onalar orada bir tekshirib qo’yishgani(tergov emas) bilan vazifam bajarildi deb o’ylashadi.
Yaxshi rahbar, yaxshi ustoz va yaxshi ota-ona bo’lish uchun “orada bir” yetarli emas.

👍8❤5
#Iqtibos_time
“Men doim bir muammoni ko'rsam, nega kimdir shu haqida hech narsa qilmaganiga hayron bo’lardim. Keyin bilsam, o'sha KIMdir MEN ekanman.”
©Lily Tomlin, Yozuvchi & Aktrisa

🔥11⚡6❤🔥2👍2😁2❤1
#101Maslahat
💡7️⃣3️⃣ Shaxsiy javobgarlikni rag’batlantiring!
Mas’uliyatsiz muvaffaqiyatga erishib bo’lmasligi hammamizga ma’lum. Va ko’pchiligimizda hech bo’lmasa bir marotaba hayotimizda qandaydir mo’jiza sodir bo’lgan, qachonki, o’z xatti-harakatlarimiz va natijalarimizga faqat o’zimizni javobgar deb qabul qilganimizda.
Mashxur yozuvchilardan B.J Gallager va Stiv Ventura hammualliflikda yozgan bir kitobida, shaxsiy javobgarlikni rag’batlantirishning muhim faktorlari haqida yozishadi va quyidagi 10 ta muhim eslatmalarni qo’llanma sifatida taqdim etadi:
✅ Kimdir birinchi boshlab berishini kutmayman!
✅ Nima bo’lishidan qat’iy nazar, o’zimga bog’liq!
✅ Men bo’lmasam, kim? Hozir bo’lmasa, qachon?
✅ Hech bo’lmasa sinab ko’ray!
✅ Mas’uliyatdan qochmayman!
✅ Menga ishonsa bo’ladi!
✅ Bu meni vazifam, burchim!
✅ Shunchaki bajar! (Just do it)
✅ Bajaraman!
✅ MEN!
Tushunib yetganingizdek, muvaffaqiyatga erishish eng avval MENimizga bog’liq ekan!

🔥8👍2❤1⚡1
#101Maslahat
💡7️⃣4️⃣ - maslahat @muhammadjohns dan😊
Meeting'larni to'g'ri boshqaring
Ish kun/haftamiz davomida meeting'lar ko'p bo'ladi: Proyektni muhokama qilish uchun, "standup" uchun, foydali ma'lumotlarni ulashish uchun, va hkz.
Shunday yig'ilishlar sabab fokus yo'qolishi, ish unumdorlimiz pasayishi mumkin yoki aksincha, jamoa uchun juda foydali bo'lishi mumkin. Meeting'lar samarali bo'lishi uchun hamma o'z xissasini qo'sha oladi.
Agar siz meeting'ni tashkillashtiruvchi bo'lsangiz:
● Meeting'ning vaqtini belgilash uchun Calendar yoki shunga o'xshagan, jamoadoshlaringiz ishlatadigan dasturdan foydalaning.
● Meeting maqsadini aniq qiling. Meeting uchun "agenda" tayyorlang. Qatnashuvchilar aniq nimaga kelishayotganini bilishsin.
● Meeting keragidan ko'proq vaqt olmasligi kerak. 30 daqiqa yetadimi, demak faqat 30 daqiqalik tashkillashtiring, ortiqcha emas. Agar har ehtimol, deb 45 daqiqa belgilasangiz, shu vaqtning barchasi ketib qoladi.
● Agar meeting'dagi muhokama ertaroq tugasa, meeting'ni ham tugating. Qo'shimcha mavzular bilan to'ldirmang.
● Faqat muhokama qilinadigan mavzuga aloqador bo'lgan odamlarni taklif qiling. Qatnashishi shart bo'lgan odamlar ro'yhatini tuzing va ro'yhatni hammaga yuboring. Qolganlar – ixtiyoriy.
● Meeting asosiy mavzudan chetga chiqmasligini nazorat qiling. Bundan tashqari, mavzuga aloqador lekin unchalik muhim bo'lmagan narsalarga ham ko'p vaqt sarflanmasligi kerak ("bike shedding" deyiladi).
● Haftada qaysidir kunlarni meeting'siz kunlar qilib belgilang.
Agar siz meeting qatnashuvchisi bo'lsangiz:
● Meeting'ga vaqtida boring. Kech qoladigan bo'lsangiz, oldindan ogohlantirib qo'ying.
● Meeting'da sizdan so'ralishi mumkin bo'lgan savollarga tayyorlanib oling.
● Agar meeting uchun muhim odam bo'lmasangiz yoki meeting'dan foyda olmaydigan bo'lsangiz, qatnashmang, vaqtingizni tejang.
● Meeting nimaga tashkillashtirilganini bilmasangiz, tashkillashtirgan odamdan agenda'ni so'rang.
Happy meetings! 📅
@muhammadjohns

Google Workspace
Google Calendar - Easier Time Management, Appointments & Scheduling
Learn how Google Calendar helps you stay on top of your plans - at home, at work and everywhere in between.
👍8👏2
#101Maslahat
💡7️⃣5️⃣ Nimadir qilishni aytish - shikoyat qilishning bir ko’rinishi!
Shaxsiy yoki professional munosabatlarda mayda detallar juda muhim rol o’ynaydi. Ma’lum bir vazafilar ustida kelishuv bo’ladi va inson holi tabiiyki bir muddatdan so’ng kelishilgan vazifalar kechika boshlaydi.
Kutuvlar o’z o’rnida bo’lmagach, qarshimizdagi insonga kichik eslatmalar qilishni boshlaymiz. Uni qilib qo’ygin, buni qachon qilib qo’yasan. Lekin aksariyat holatlarda biz shunchaki eslatib qo’ydim deb o’ylaymiz. Natija bo’lmagach, yana eslatamiz va oxiri SHIKOYAT qilamiz. Qabul qiluvchi insonda esa “menga shikoyat” qilyapti degan tushuncha 1-eslatmadayoq miyyaga joylashib qoladi va shu vazifani bajarishga bo’lgan harakat sustlashib boraveradi.
Yechim shundaki, kichik eslatmalar bilan “shikoyat qilish”dan avval, sababini so’rashni va shu vazifa bajarilishi uchun siz qanday yordam qila olishingiz mumkinligi haqida muloqaat qilish kerak bo’ladi. Va eng qizig’i, bu uslub har qanday munosabatlarda ish beradi.

👍9🔥8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌨️
Ko’zlarim ko’rganidek olib berolganida edi🥹

👍5❤🔥4😢2
#101Maslahat
💡7️⃣7️⃣ G’oyalarni faqat kitobdan izlang!
Yangi g’oyalarni izlashda muammolarga duch kelishimiz mumkin. Shu haqida yaqinda bir kreativ insonning bergan intervyusiga belgilangan mavzuni o’qib ajablandim: “G’oyalarni tarmoqdan emas, kitobdan izlang.”
Men esa go’yalarni faqat kitobdan izlang degan bo’lar edim. Sababi, biz qidirayotgan g’oyalar kutilmagan paytda oddiy kitob o’qishdan chiqib keladi.
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
💡7️⃣7️⃣ G’oyalarni faqat kitobdan izlang!
Yangi g’oyalarni izlashda muammolarga duch kelishimiz mumkin. Shu haqida yaqinda bir kreativ insonning bergan intervyusiga belgilangan mavzuni o’qib ajablandim: “G’oyalarni tarmoqdan emas, kitobdan izlang.”
Men esa go’yalarni faqat kitobdan izlang degan bo’lar edim. Sababi, biz qidirayotgan g’oyalar kutilmagan paytda oddiy kitob o’qishdan chiqib keladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯12👍6❤2
#101Maslahat
💡7️⃣8️⃣ Murojaat qilishga odatlaning, ammo kutmang!
Oldingi jamoamizda bir Expert bo’lar edi.(Hozir ham bor, faqat boshqa filialimizda😊) Muammolarga yechimi bo’lsa ham yanada yaxshiroq yechim topish uchun doim rahbarlarga murojaat bilan kelib, fikrlarimiz bilan qiziqar edi. Ba’zida ra’d javobini olar edi, lekin bundan xafa bo’lib rahbar orqasidan jamoadoshlar bilan g’iybat qilib botqoqlikka botmasdan, yana yangi usullar bilan rahbarlardan HA javobini olishga harakat qilar edi. Bu harakati bilan jamoaga million dollarlik foydalar keltirgan va yaxshigina mukofotlangan ham.
Xulosa shuki, hech kim sizning murojaatlaringizga ijobiy javob berishga majbur emas. Bir gal negativ bo’lsa, 100 marta ijobiy javob olish ehtimolingiz katta. Shunchaki, murojaat qilishni odat qiling!

👍12🔥4❤🔥1
#101Maslahat
💡7️⃣9️⃣ G’oya reklama qilishga o’taylik!
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki xil turdagi reklamalarga ko’zimiz tushib turadi. Birinchisi, o’zini reklama qilish. Ya’ni shaxsiyatni reklama qilishga urg’u beriladi, qobilyatlari, shaxsiy brendi haqida gapirib ko’proq imkoniyatlarni qo’lga kiritiladi. Bu turdagi reklamalar ko’proq. Ikkinchisi, g’oyalarni reklama qilish. Ya’ni qilinayotgan ishdagi qadriyatlar, loyihalarning oliy maqsadi va uning insonlarga foydasi haqida gapirishga urg’u beriladi.
Birinchisidan ko’ra ikkinchisining umri uzun va keng ko’lamda ta’sir o’tkazadi. O’zgarishlar qilish uchun esa shaxsiyatdan ko’ra g’oyalarimizni reklama qilishimiz muhimroq hisoblanadi.

👍8❤🔥2❤1👏1
#101Maslahat
💡8️⃣0️⃣ Oxiri go’zal bo’ladi!
©️Robin Sharma
✈️ @lidernotes
📷 @lidernotes
💡8️⃣0️⃣ Oxiri go’zal bo’ladi!
“O’zgarish boshida qiyin, o’rtasida tartibsizlik va oxiriga kelib go’zal bo’ladi.”
©️Robin Sharma
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍6❤🔥1🔥1
Forwarded from Aziz Rahimov
Bulut kabi yig’laymiz
Bulutlarga qaraysiz. Yengilgina uchib yuradi. Bitta bulutning vazni kamida 500 000kg ligi bilib qolasiz. Shuncha vazni bilan qanday uchib yuribdi, hayron qolasiz.
Uni undan ham og’irroq havo ko’tarib turibdi. Biz ko’rmaymiz xolos.
Atrofimizda ham shunday. Katta ishlar qilayotgan liderning, ommaga ko’rinmaydigan jamoasi turibdi.
Tez ko’tarilayotgan yigitchaning, ommaga ko’rinmaydigan ajdodlari, ustozlari turibdi.
Kitob chiqargan akademikning, ommaga ko’rinmaydigan shogirdlari, yordamchilari turibdi.
Oson muvaffaqiyatdek ko’ringan ishda, ommaga ko’rinmaydigan qancha duolar, iltijolar turibdi.
Ostidagi havodan vazni ortsa bulut borini yo’qotadi. Buni yomg’ir deb ataymiz.
Xuddi shunday biz ham bizni ko’tarib turganlarni unutsak, kun kelib bulut kabi yig’laymiz.
@azizrakhimov_blog

❤20👍7❤🔥2
Assalomu aleykum!
Omonmisizlar? O’z ustinglarda ishlashdan charchamayapsizlarmi?

👍18🕊3❤2🔥2🐳2👏1