Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
639 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Ustozimdan ham yuqoridagi mavzu haqida qisqacha👇
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Оддий тадбиркорлар хаммасини ўзим қиламан дейди.

Каттароқ болалар эса ишни ўз соҳасининг мутахассисига топширади!

Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Instagram: AlisherIsaev_Milliard
Тел: 555002220
#Iqtibos_time

“Kuchsiz kompaniyalarda politikalar yutadi, kuchli kompaniyalarda esa zo’r g’oyalar yutadi!”

©️ Stiv Jobs

🟩 @lidernotes
🟩 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2
☕️ Boshqaruv xuddi kofe tayyorlashga o’xshaydi!

Rasmda o’ziga xos Origami qadoqli kofe. Ko’rinishidan shunchaki qaynagan bir chashka suvni ustidan quysangiz kofe tayyor bo’ladi. Lekin tayyorlab ko’rsangiz, ta’mi sizga yoki ichadigan odamga yoqmasligi aniq. Chunki qancha miqdor suv qo’yish kerak, qanaqa gradusda quyish kerak, taqsimlab quyish kerakmi yoki bittada chashka to’lguncha quyib yuborasizmi.

Liderlik ham xuddi shunday. Balansni olishni bilmagan, qaysi payt qanday strategiya yoki qanaqa liderlik usulidan foydalanishni bilmagan liderning boshqaruvi ham xuddi bemaza kofenikidek bo’p qoladi.

Uning uchun rahbar jamoasining holatini o’rganishi, bilishi va unga moslab turli strategiyalar qo’llashi kerak.

🟩 @lidernotes
🟩 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3
#101Maslahat

💡1️⃣0️⃣0️⃣ Xato qilmasdan rivojlanish bo’lmaydi!

Muvaqqaiyatga erishgan insonlar yoki doimiy yutuqlarga erishayotgan insonlar doim omadli insonlardek ko’rinadi. Aslida esa unday emas.

Ko’plab muvaffaqiyatli kompaniyalar ham siz bilan bizga eng zo’rlari bo’lib tanilishdan avval yuzlab muvaffaqiyatsizlikka uchragani ma’lum. Masalan, Apple Stive Jobsni ishdan bo’shatib yuboradi va bu xato Next va Pixar Animation loyihalarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Stiv Jobs yana Applega kuchliroq bo’lib qaytadi va shu vaqtgacha hayotimizning ajralmas qismiga aylangan iPhone yaratiladi.

Lider sifatida jamoangizni A nuqtadan B nuqataga olib borar ekansiz, jarayonda uchraydigan har bir qiyinchilik va muvaffaqiyatsizlikni uzoq muddatli yutuqlarga olib boruvchi tajriba sifatida qabul qilishga odatlaning.

Agar jamoangizda kamchilik yoki xato bo’lmayaptimi, bu sizga allaqachon signal bo’lishi kerak.

🟩 @lidernotes
🟩 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Forwarded from Umidjon Ishmukhamedov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Битта тўғри ғоя билан миллатни аждодларга муносиб авлод қилиш мумкин.

Бунинг учун ғоя шамолини кўтариб, инсоннинг онг остига ўрнашиши лозим. Бунга 6 ой харакат қилдик.

Aгар ушбу видеони кўриб, қалбингиз жумбушга келган бўлса, айнан шу инсон менман ёки менинг фарзандларим, дўстларим, акаларим, укаларим деган инсонларга улашиб, шамолни қадриятли кўтарилишига, уларнинг миллатимиз умидига айланишига сабабчи бўлинг 🙌

Millat Umidi
Umidjon Ishmukhamedov - ғоя муаллифи
Zohidjon Olov - Шеър муаллифи
Zohirshoh Jurayev - Ижроси, мусиқаси муаллифи. Шу лойиҳада қатнашган ҳамма иштирокчиларга ташаккур!
👍5
#101Maslahat 🥳

💡1️⃣0️⃣1️⃣ Endi sizga navbat…

Oxirgi 101-maslahatni shu arzimagan yo’lni birga bosib o’tgan siz yaqinlardan eshitgim keldi.

30 ga kirgan men akangiz yoki ukangizga qanday maslahat bergan bo’lar edingiz?

🟩 @lidernotes
🟩 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
💬 101 Maslahat loyihasidan o’rganganlarim!

Azizlar, esinglarda bo’lsa bu loyihani o’zimga chellenj sifatida har kuni 1tadan maslahat post qilaman deb va’da bergandim. Lekin har doim ham biz o’ylaganimizdek bo’lmaydi. Yoki sog’liq tufayli, yoki ishlar ko’payib ketgani sabab ijod qilishga vaqt topolmaymiz.

Lekin o’zimga oxiriga yetkazib qo’yaman degan va’dam bor edi va nihoyat yakunini ham qildik. Agar shu loyiha hech bo’lmaganda 1 kishiga foydali bo’lgan bo’lsa, men maqsadimga yetdim deb o’ylayman.

Bu loyihadan nimalarni o’rgandim:

Ba’zida imkonsiz ko’ringan maqsadlarni qo’yish kerakligini. Chunki maqsadga erishish qanchalik imkonsiz bo’lmasin, jarayonda anchagina o’sganimni va keyingi maqsadlarni yanada kattaroq qilishni tushundim;

Qancha mukammallikka intilganim sari, shuncha bor tajriba ham ish bermasligini. Chunki mukammalikka intilsangiz bor tajribangiz ham xuddi yetarli emasdek ko’rinadi;

5 yil oldingi bosib o’tilgan yo’l, olingan bilimlar kun kelib men bilan bir xil pozitsiyadagi yosh kariyerasini boshlayotganlarga foydali bo’lishini;

Sodda tilda, sodda formatda yozish ko’proq tushunarli va ko’proq insonga yetib borishini;

Har bir qilinadigan loyiha orqali fikrlari o’xshash bo’lgan insonlar bilan birlashish imkoniyati borligini.

Va albatta jarayondan rohatlanish kerakligini. Sizga qanchalik foydali bo’ldi bilmadim, lekin men shaxsan mazza qilib yozdim har bitta maslahatni.

Shunaqa gaplar…

🟩 @lidernotes
🟩 @lidernotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏42
📣

Va men 👆bulardan kuch olgan holda sizlarga 2 ta yana yangi loyihani tayyorlab qo’ydim.

Qanday loyiha ekanligini ertaga, 30-May kuni tongi soat 9:00da e’lon qilaman.

O’tkazib yubormang!
Hammaga hayrli kech!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥131👍1
📣

Assalomu aleykum hammaga!
Navbatdagi yangi kichik 2ta loyihani kutib oling!

KLL - Kaizen Leadership Lab!
Bu loyiha BEPUL yopiq Telegram kanalda quyidagi maqsadlar ostida birlashadigan insonlar uchun. Kanalda aktivlik va sifatni ushlab turish uchun faqat quyidagi maqsadlarni oldiga qo’ygan insonlargina(Tadbirkor, Rahbar, Menejerlar va yoshlar) qo’shilishi mumkin:

1. Shaxsiy va professional rivojlanishni istaganlar;
2. Yetakchilik(liderlik) ko’nikmalarni o’rganish yoki rivojlantirishni istaganlar.

Agar siz ham shu ikki maqsad ustida rivojlanishni istasangiz @xurshid_sm ga “KLLga qo’shilmoqchiman” deb hoziroq yozishingiz mumkin.

2-loyiha bu Solo Podcast🎙️

Ba’zi aytmoqchi bo’lgan gaplarimni hammasini ham kichkina postga sig’dirib bo’lmaydi. Afsuski, uzun matnli postlarni o’qishga energiya yo’qolib ketyapti. Lekin pozitiv bo’lgan holatda, anashu fikrlarni yetkazib berish uchun YETAKCHI Podcastini boshlashga qaror qildim. Podcast 1-soni 1-Iyundan boshlab Xurshid Saidmuhammad kanalida ulashib boraman.

Mehringiz uchun oldindan rahmat! Yangi loyihalarda yana birgalikda rivojlanamiz!

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12🏆8👍2🆒21
🎙️ YETAKCHI Podcast 1-soni bugun O’zbekiston vaqti bilan 20:00da post qilaman. O’tkazib yubormang😊

🟩 @yetkachi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6
Xurshid Saidmuhammad | Notes pinned «📣 Assalomu aleykum hammaga! Navbatdagi yangi kichik 2ta loyihani kutib oling! KLL - Kaizen Leadership Lab! Bu loyiha BEPUL yopiq Telegram kanalda quyidagi maqsadlar ostida birlashadigan insonlar uchun. Kanalda aktivlik va sifatni ushlab turish uchun…»
Audio
🔊
🎙️ YETAKCHI Podcast

EP101: Shaxsiy rivojlanishda andoza olishning o’rni va uning kuchi!

(Eshitish uchun 10 daqiqa vaqt ketadi)

Yana qaysi mavzular haqida podcast chiqishini xohlardingiz?

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5
Nega 3 yoshdan keyin kech?

Rasmdagi xabar favqulotda holatlarda yuboriladigan trevoga. Yaponiyada yer qimirlasa, telefonlarga judayam baland ovozda shunaqa trevoga xabarlar keladi.

Bugun ertalab soat 6:30da xuddi shunday xabar keldi. Ayolim bolalar uyg’onib ketmasin deb darrov telefon ovozini o’chirdi, chunki biz yashayotgan shaharda yer qimirlashi bo’lmayotgandi.

Ayolim xabar ovozini o’chirib-o’chirmay 3 yoshli o’g’lim darrov uyg’onib, ikki qo’li bilan boshini ushlab o’zini himoya qildi. Darrov quchoqlab, tinchlantirdik va yer qimirlamayotganini aytdik.

Ozginadan keyin nimaga unaqa qilganini so’rasak, ustozlarim aytgan yer qimirlayotganda agar stol bo’lmasa, boshingni shunaqa himoya qilishing kerak deb. Biz esa 😳

Mana nega yaponlar 3 yoshgacha bolalar bog’chasida faqat shunaqa hayot uchun kerakli eng muhim bilimlarni o’rgatishadi.

Farzandlarimiz Ingliz, Rus va Arab tillarini maktabda ham o’rganishi mumkin. Yaxshi taomlarni uyda ham qilib bersak bo’ladi. Maktabgacha ta’lim esa shu kabi muhim bilimlarni berish bilan shug’ullanishi kerak.

(Ma’lumot uchun, Yaponiya bog’chalarida har bitta bolaning o’zining yong’indan himoya qiladigan maxsus materialdan tikilgan plashi bor. Uxlayotganda yonida, ovqatlanayotganda stulining orqasida turadi)

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍297🔥52❤‍🔥1😍1
Shaxsiy rivojlanish yana mas’uliyatga aylanishi kerak!

Oxirgi yillarda, shaxsiy rivojlanish qandaydir trend va hammaning kundalik suhbatida chiroyli eshitilish va chiroyli ko’rinish uchun ishlatiladigan terminga aylandi.

Aslida esa shaxsiy rivojlanish har birimizning mas’uliyatimizga aylanishi kerak bo’lgan davrlar keldi deb o’ylayman.

YETAKCHI Podcastning navbatdagi soni shu mavzu haqida bo’ladi.

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122🔥1🌚1
YETAKCHI Podcast EP102.mp3
21.7 MB
🔊
🎙️ YETAKCHI Podcast


EP2: Shaxsiy rivojlanish yana mas’uliyat darajasiga chiqishi kerak!


Mavzu haqida biroz fikr-mulohazalarimni ulashishga harakat qildim. Yana qaysi mavzular haqida podcast chiqishini xohlardingiz?

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍6👍4🔥31
Nega xodimlar ishdan ketishni xohlaydi?

Tadqiqotlarga ko’ra 51% xodimlar doimiy yangi ish izlab yurishar ekan. Va ko’pchiliklari quyidagi sabablar tufayli hozirgi ish joyidan ketishni xohlar ekan:

Uzoq muddat o’smaslik;
Xodimga nisbatan past baho berish;
Ish-joyidagi doimiy stress;
Ishlashga motivatsiya yo’qligi;
Xodimning kelajak roadmapi noaniqligi;
Mikromenejment;
Noreal kutuvlar;
Konstruktiv bo’lmagan tanqidlar;
Jamoadoshlar tomonidan yordam yo’qligi;
Ma’nosiz maqsad va o’zgarishlar.

Yuqoridagilardan qaysi sabablar O’zbekistonda ham kuzatiladi?

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥41
Qurbon Hayitingiz muborak bo’lsin!

Assalomu aleykum azizlar! Barchamizga Iyd Qurbon hayit ayyomi muborak bo’lsin. Oilangizga tinchlik-hotirjamlik, kasbu-koringizga barokatlar yog’ilsin. Qilgan qurbonliklaringiz va ehsonlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin.

Bayramlarni yaxshi o’tkazib olinglar!
👍11🎉3🥰2
Kimga ishonish kerak?

Bilamizki munosabatlarda ishonch juda muhim rol o’ynaydi. Ishonch bo’lsagina oilaviy, jamoaviy maqsadlarga tezroq erishiladi.

Munosabatlarda ishonch bor yoki yo’qligini quyidagi elementlar orqali bilib olishingiz mumkin:

Munosabatlardagi ochiqlik (kamchilikni ayta olish);
Taxminiy kutuvlarni qila olish (oldingi tajribaga asoslanib);
Doimiy nazoratning yo’qligi.

Agar sizning jamoangizda bu elementlarning aksi bo’lsa, ishonch ustida ishlash muhim vazifaga aylanishi kerak.

Yana qanday qo’shimchalar qila olasiz?

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🌚1
👀

Qayerda monitoring kuchli bo’lsa, o’sha yerda o’zaro ISHONCH yo’qdir!

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8💯41🔥1💔1
Ozchilik ta’siri.

Millioner Warren Buffet kuniga 600-1000 varoq kitob o’qiydi.

Xuddi shunday Bill Gates ham yiliga o’rtacha 50 ta kitob o’qiydi.

Elon Musk ham qolishmaydi. Yiliga 100 ga yaqin kitob o’qiydi.

Va boshqa ko’plab boy insonlar ham doimiy kitob o’qishadi. Nega?

Chunki hamma yaxshi g’oyalar, yaxshi loyihalar kitob o’qish paytida chiqib keladi.

Ma’lum bir so’rovnomadan ishonarli natija olish uchun kamida 100 kishi ishtirok etishi kerak. Bitta Jahongir Ortiqxo’jayevning “Men umuman kitob o’qimayman” degan gapidan o’rnak olib, kitob o’qimay boy bo’lsa ham bo’lar ekan deb zaxarlanayotgan yoshlar yuqoridagi statistikalarga bee’tibor bo’lmang. 100 ta boydan 1-2tasigina kitob o’qimas balkim, qolgan 98tasi albatta kitob o’qiydi.

Ko’plar qatorida bo’laylik!

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍6❤‍🔥411👏1😍1🤓1