Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
639 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Kimga ishonish kerak?

Bilamizki munosabatlarda ishonch juda muhim rol o’ynaydi. Ishonch bo’lsagina oilaviy, jamoaviy maqsadlarga tezroq erishiladi.

Munosabatlarda ishonch bor yoki yo’qligini quyidagi elementlar orqali bilib olishingiz mumkin:

Munosabatlardagi ochiqlik (kamchilikni ayta olish);
Taxminiy kutuvlarni qila olish (oldingi tajribaga asoslanib);
Doimiy nazoratning yo’qligi.

Agar sizning jamoangizda bu elementlarning aksi bo’lsa, ishonch ustida ishlash muhim vazifaga aylanishi kerak.

Yana qanday qo’shimchalar qila olasiz?

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🌚1
👀

Qayerda monitoring kuchli bo’lsa, o’sha yerda o’zaro ISHONCH yo’qdir!

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8💯41🔥1💔1
Ozchilik ta’siri.

Millioner Warren Buffet kuniga 600-1000 varoq kitob o’qiydi.

Xuddi shunday Bill Gates ham yiliga o’rtacha 50 ta kitob o’qiydi.

Elon Musk ham qolishmaydi. Yiliga 100 ga yaqin kitob o’qiydi.

Va boshqa ko’plab boy insonlar ham doimiy kitob o’qishadi. Nega?

Chunki hamma yaxshi g’oyalar, yaxshi loyihalar kitob o’qish paytida chiqib keladi.

Ma’lum bir so’rovnomadan ishonarli natija olish uchun kamida 100 kishi ishtirok etishi kerak. Bitta Jahongir Ortiqxo’jayevning “Men umuman kitob o’qimayman” degan gapidan o’rnak olib, kitob o’qimay boy bo’lsa ham bo’lar ekan deb zaxarlanayotgan yoshlar yuqoridagi statistikalarga bee’tibor bo’lmang. 100 ta boydan 1-2tasigina kitob o’qimas balkim, qolgan 98tasi albatta kitob o’qiydi.

Ko’plar qatorida bo’laylik!

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍6❤‍🔥411👏1😍1🤓1
Shaxsiy hayot, ish va ko’ngil ochish hammasi - Telegramda!

O’zbekistonlik professionallarga Shaxsiy Coachlik qilishni boshlaganimga roppa-rosa 6 oy bo’ldi. Shu vaqtning o’zida O’zbekistonning kelajak bozorida uchraydigan katta xavfni taxmin qilishga ulgurdim.

Bir xodimning shaxs va professional sifatidagi butun faoliyati yagona ijtimoiy tarmoq - Telegram bilan chegaralab qo’yilgan(Chunki bu tekin). Istalgan insonning smartphonenidagi Telegram sahifasini ochib qarasangiz bir dunyo gruppa va kanallarni topishingiz mumkin va buning eng muammoli tarafi ishxonadan kelgan muhim xabarni o’qib turganingizda oila a’zolaringizdan ham xabar kelib qoladi. Ishxonadan kelgan xabar oxirigacha o’qilmay, uydan kelgan xabarga o’tib ketiladi. Endi uyga javob berib bo’lsangiz, yoqtirgan bloggeringizning navbatdagi posti chiqadi va endi e’tibor shu yerga qaratiladi. Ya’ni kommunikatsiya instrumentlari saralab, tizimlashtirib qo’yilmagan.

Tasavvur qiling! Ijtimoiy voqealar tufayli O’zbekistonda Telegramdan foydalanish taqiqlandi. Bunda kommunikatsiya instrumenti sifatida faqat Telegramdan foydalanayotgan korxonalar hujjatlar masalasida, proyektlarning progresslari va arxiv masalalarida turli muammolarga duch keladi. Buning oqibatida kimlardir ishdan bo’shatib yuborilishi mumkin va bo’lyapti ham.

Nega hali ham orqadamiz deb muammolarga katta yechim topishdan ko’ra, kichik texnik elementlarga e’tibor berishni ham o’ylaylik.

Yuqoridagi muammoga yechim sifatida esa E-maildan foydalanish madaniyatini shakllantirishdan boshlaylik!

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥41
Endi sizda ham o’xshaydi!

Sohamizga oid kitoblar o’qiymiz va olingan yangi bilimlarni qo’llab ko’ramiz.

Podcastlar eshitamiz va mashxur insonlar bosib o’tgan yo’ldan biz ham borishga harakat qilamiz.

Yetmaganiga, shu mashxur insonlar bilan konsultatsiyalar o’tkazib, yanada chuqurroq ilmlarni, hayotiy tajribalarni olamiz.

Xatto, muvaffaqiyatga erishish yoki boyib ketish formulalarini ham izlab topib, darrov sinab ko’ramiz.

Lekin nimagadir aksariyat holatlarda bizda unchalik o’xshamaydi. Sababi, olingan bilimlarni shundoqligicha qo’llasak o’xshab ketadi deb o’ylaymiz.

Shaxsan men “Steal like an artist”(San’atkordek ko’chirish) degan iborani doim aqlimda tutaman. Birorta resursdan foydalanar ekanman, anashu bilimni qanday qilib mahalliylashtirish(локализация) mumkinligi haqida o’ylayman. Va bu doim ish berib kelgan.

Ana endi siz ham olingan bilimlarni shundoqligicha qabul qilmay, ularni mahalliylashtirish orqali o’sib borasiz!

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👍52😇1
Forwarded from Xurshid Saidmuhammad | Notes (Xurshidbek@)
#Iqtibos_time

Yosh ulg’aygani sayin anglab boryapmanki, rost so’zlashning eng zo’r foydasi bu aytganlaringizni eslab qolishingiz shart emas. Shunaqa rohatlanib suhbatlashasiz. Ishonmasangiz sinab ko’ring 😊

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍306👏4😁2
Vaziyatdan dars chiqarish!

Rahbar har bir vaziyatdan o’ziga dars chiqarishni bilishi kerak yoki shu fikrda yurishi kerak.

Bugun yarim kunim bankda o’tib ketdi va shu vaqt ichida rahbar sifatida 2ta darsni o’zim uchun oldim:

1-si, har bir tashkilotda mabodo xatolik bo’lib qolsa unga doim yechim beradigan 1ta Expert xodimning bo’lishi. Kerak bo’lsa yaxshi maosh to’lab bo’lsa ham tashkilotga jalb qilish.

2-dars, xodimlar uchun “farosat”kurslarini sotib olib, mijoz bilan ishlash ko’nikmasini o’stirish. Bu eng muhim ko’nikma hisoblanadi.

Sabablari haqida yozsam shikoyat qilayotgandek bo’lib qolaman. Asosiy xulosa, hamma joyda o’ziga yarasha ustunlik va kamchiliklar bo’ladi va rahbar doim o’z tashkiloti uchun ulardan qanaqa darslarni olish mumkin degan fikrda bo’lishi kerak.

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍6😍2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻgʻri maqsad va tanlov sizni yuksaltiradi!

🔍 Ota-onalar nima maqsadda farzandini xususiy maktabga bermoqda?

📊 Farzandingizning asl muvaffaqiyati nimada?

‼️ Bugungi kunda tanqidiy fikrlash qanchalik muhim?

Xususiy maktablarni qanday tanlash kerak?

🖥 Qaysi yoshda bolaga qanday ko‘nikmalar o‘rgatilishi kerak?

📌 Farzandlarimizga noto‘g‘ri talab va kutuvlar qo‘ymayapmizmi?

🚫 Xayolan toʻsiq qoʻymang!

Bugungi kunda ta’limdagi ogʻriqli nuqtalar, oʻrnatilgan qoliplar, notoʻgʻri talab va kutuvlar mavzusida Novda School jamoasi tomonidan ilk podcastimiz tasvirga olindi.

⚡️ Tez kunda Novda School YouTube sahifasida ko’rishingiz mumkin!

😇 @novdaschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩6👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar nima uchun pul to’layapti?

Video boshqalarga ham foydali bo’lishi uchun ulashib qo’yishni unutmang!

Ro’yxatdan o’tish

@novdaschool
👍5😍3🔥2
😠Negativ ko’p joyda rivojlanish haqida gap bo’lishi mumkin emas!

O’zbekistonga kelganimga sal kam 2 oy bo’ldi. Oldingi kelganlarimda yosh bo’lganim uchunmi yoki atrof-muhitga kamroq e’tibor berganim uchunmi bilinmagan ekan.

Bu safargi kelishimda qayerga bormay negativga to’la davra, negativ yuzlar, negativ munosabatlar.

Sanoqli insonlarda shukronalik xissi, bir-biridan shunchaki minnatdorchilik xissi, bir-biriga shunchaki tabassum qilib rahmat aytish holatlarini kuzatdim.

Xatto, eng yaqinlarimda ham shu holatni kuzatib, buning uchun o’zimni aybdor ham xis qildim.

Nimaga shunaqa negativ ko’p?

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥246💯5
Hamma o’ziga keragini so’raydi😁

O’g’lim bilan namoz o’qiyapmiz. 1-rakat tugatib sajdaga boshni qo’ydik.

O’g’lim: Ya Allah! Please give me so many Lego toys!

😊
😁55❤‍🔥6👍32🕊1
Bechora pozitsiyaga o’tib olib nimaga erishmoqchisiz?

Yaqinda O’zbekistonga 2 oydan oshiq muddatga borib keldim. Oxirgi 10 yil ichida 1-marta bunaqa uzoq muddatga qaytishim.

Uzoq muddat yursangiz atrofni ko’proq analiz qilish imkoni bo’lar ekan. Lekin meni eng xayratga solgan narsa - bu odamlar o’zini BECHORA pozitsiyaga solib olgani.

Qanaqa qilib, rostdan ham odamlar qiynalyapti deyishingiz mumkin?

Keling bir oddiy voqea bilan tushuntirib beraman. Bundan 5 yil oldin uylangani qaytganimda bir davrada yaqinlar bilan suhbatlashib qoldik. U yerdagi tanishim mahallasidagi men umuman tanimaydigan “Falonchiyevlar” haqida gap ochib qoldi: ularning oilasida hamma oliy ma’lumotliligi, shuning uchun har oy uyiga falon million daromad kelishi, va bir qancha bog’lar qilib ishlari yaxshi bo’lib ketgani haqida. Va buni u tanishim maqtanib aytib bergandi, xuddi o’zi erishgandek.

Oradan 5 yil o’tib o’sha tanishim bilan yana bir davraga tushib qoldik. Ishoning, boyagi “Falonchiyevlar” haqida 5 yil o’tib ham yana maqtanib aytib berdi.

Ya’ni anavu tanishim 5 yil ichida o’ylab ham ko’rmaganki, nima qilsam menda ham shunaqa daromad bo’lishi mumkin deb.

Bu kabi misollarni ko’plab keltirishim mumkin, qaysiki o’zini BECHORA pozitsiyaga solib boshqalar yutug’i bilan o’zini ovutib yurganlar haqida.

BECHORA pozitsiyaga o’tib olib erishishingiz mumkin bo’lgan narsa faqat o’zingizni ovutish xolos. Maslahatim, har doim “Nima qilsam yanada hayotim yaxshilanadi?” deyishga o’tib oling.

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍335🤝3
Bir kechada yangi asfalt.

Ertalab o’g’limni bog’chasiga olib ketayotganda ko’rib qoldik. Mahallamiz ko’chasida kichik ta’mirlash bo’lgan va hamma uxlayotgan paytda ishni bitirib ketishgan.

Yaponiyada odatda shunday, yo’l ta’mirlash ishlari (agar juda katta yo’l bo’lmasa) hech kimga halaqit qilmaydigan paytda, tunda amalga oshiriladi.

Albatta buning texnik sabablari ham bor, lekin eng muhimi insonlarga malol kelmasligi uchun😊

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏85💯2
Algoritmlar orqali boshqarish jamoani yomonlashtiradi!

Kompaniyalar ko'pincha xodimlarning sun'iy intellekt bilan birga ishlashining samaradorlik afzalliklarini ta'kidlaydilar. Lekin buning boshqa salbiy oqibatlari ham bor. Qaysiki, kreativlik tushib ketishi, jamoaviy ishlash pasayib ketishi, bir-biri bilan kollegiya sifatida muloqaat yo’qolib ketishi.

Umumiy 5 ta tadqiqotda 3153ta xodimni analiz qilib ko’rishgan va shunaqa xulosaga kelishganki: “Inson tomonidan ko’ra AI orqali boshqarilgan jamoalarda bir-birini qo’llab-quvvatlashi yo’qolib ketgan.”

Xulosa qilishganki, algoritmga asoslangan boshqaruv xodimlarning natijalariga unchalik ijobiy ta’sir qilmaydi, aksincha, ularning sog’lig’iga ziyon yetkazishi mumkin.

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85🔥31
Har bir menejer bilishi kerak bo’lgan 5 ta liderlik usullari:

Muvofiqlashtirish Nazariyasi (Coordination Theory):
- Bu yondashuvda har bir jamoa a’zosi vazifalarini aniq bilishi va ularni bajarish uchun birgalikda ishlashi zarurligi ta’kidlanadi. Bunda muvofiqlashtirish va samarali aloqa asosiy rol o‘ynaydi.

Xarizmatik Liderlik (Charismatic Leadership):
- Xarizmatik liderlar o‘zlarining shaxsiy jihatlari va ta’sir kuchlari orqali jamoani ilhomlantiradilar. Ular o‘zlariga ishonchli va ruhlantiruvchi bo‘lib, o‘zlarining qat’iyatliligi bilan jamoani oldinga olib boradilar.

Transformatsion Liderlik (Transformational Leadership):
- Bu yondashuvda lider jamoa a’zolarini o‘z imkoniyatlarini oshirishga undaydi va ularni yuqori darajaga olib chiqadi. Bu, odatda, o‘zgarishlarni qabul qilish va yangiliklarni joriy qilish orqali amalga oshiriladi.

Xizmatkor Liderlik (Servant Leadership):
- Xizmatkor liderlikda lider jamoa ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi va ularga xizmat qilishni asosiy maqsad sifatida ko‘radi. Bunda liderning vazifasi jamoaning muvaffaqiyatini ta’minlashdir.

Moslashuvchan Liderlik (Situational Leadership):
- Bu modeldan foydalanadigan liderning uslubi vaziyatga qarab o‘zgarishi kerakligini ta’kidlaydi. Lider har bir holatga mos ravishda o‘z yondashuvini o‘zgartiradi va jamoa a’zolarining malaka va tajribasiga qarab boshqaruv uslubini tanlaydi.

Siz qaysi liderlik modellarida o’zingizni ko’rasiz?

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Boshlagan ishi oxiriga yetmaydiganlar uchun maslahat! 

Vazifalaringizni kichik bosqichlarga bo‘lib, har safar faqat bitta bosqichni yakunlashga e’tibor qarating.

Bu yondashuv bosimni kamaytiradi va kuchayish hissini uyg‘otadi, har bitta kichik qadamlarni oxiriga yetganingizda “Qila olyapman” degan ishonch paydo bo’ladi. Bu esa sizga rejangizda qat’iy qolishga va boshlagan ishingizni tugatishga yordam beradi.

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍112
Oramizda necha foiz odam elektron pochta (E-mail)dan foydalanamiz?
Anonymous Poll
84%
Foydalanaman
3%
🧐 Foydalanish rejam bor
13%
Foydalanmayman
Nega eslatma yozishning murakkab usulini tark etishingiz va asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan usulga o‘tishingiz kerak?!

Har doim to’g’ri qayd olish va ma’lumotlardan to’g’ri vaqtda tizimli foydalanish masalasida qiynalib kelganman. PARA, Zettelkasten, Bullet journaling... Bu usullardan qaysidir paytlar foydalanib ham ko’rganman.

Va bu meni asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan va eslatma yozishning har qachongidan ham ko‘ra qiziqarli va yoqimli bo’lgan usulni o’rganishga sabab bo’ldi.

Bu "Commonplacing" - “Oddiylashtirish” usuli. Bu o‘rganilishi kerak bo‘lgan yana bir tizim emas — shunchaki tarixdagi buyuk aql egalari tomonidan qo‘llanilgan go‘zal va oddiy amaliyot:

- Leonardo da Vinchi
- Tomas Jefferson
- Mark Tven
- Genri David Toro

Va menimcha, bu bizning ma'lumotlarga to‘lib-toshgan dunyomizda aynan bizga kerak bo‘lgan narsa.

Commonplace usulini qanday boshlash kerak:

Qaydga olish ilovasini tanlang. Buni ortiqcha o‘ylamang yoki mukammal tizim yaratishga vaqt sarflamang. Shunchaki narsalarni osongina yozib olishingiz mumkin bo‘lgan eslatma yozish ilovasini tanlang. Bu Evernote, Notion, Tana yoki shunchaki Apple Notes bo‘lishi mumkin. Tanlangan ilovada 'Commonplace Kitobi' deb nomlangan fayl oching, va siz boshlashga tayyorsiz.

Diqqatni tortgan narsalarni shu faylga qayd qilishni boshlang. Sizni rostdan qiziqtirgan iqtiboslar, g‘oyalar yoki ommaviy axborot vositalaridagi maqolalarni saqlashni boshlang. Bu yerda asosiy narsa sizning commonplace kitobingizni filtr sifatida ishlatishdir. Bu topgan hamma narsangizni saqlab, keyin hech qachon qaytib qaramay qolib ketishi uchun emas. Bu sizni qandaydir ma'noda ilhomlantiradigan, sizga biror narsa aytadigan narsalarni jamlash joyidir. Bu bosqichni ham ortiqcha o‘ylamang. Agar biror ma’lumot sizni ilhomlantirsa, uni saqlang.

Yaxshiroq izlanish uchun vaqt ajrating. Commonplace kitobingizni qayta ko‘rib chiqish va qaysidir ma’lumotni tadqiq qilish uchun muntazam vaqt belgilashni rejalashtiring. Balki bu har yakshanba biror kafeda ertalabda yoki uyda kechki tinch vaqtda bo’lishi mumkin. Bunda jiddiy izlanish qilib chiqish shart emas. Asosiysi, ma'lumotlarni saralash va sizni ilhomlantirgan joyingizni oddiygina o‘rganish vaqti deb tushuning.

Eslatmalaringizni ko‘zdan kechiring. Eng qiziqarlisini tanlang va shu haqida yozishni boshlang. Nima e'tiboringizni olganini, nima uchun bu siz uchun muhimligini, bu haqida qanday savollaringiz borligini yozing? 5 yoshli bola kabi bo‘ling, barcha savollarni bering va keng ko‘z bilan o‘rganing.

💡Expert maslahati: Hamma ma’lumotlarni kategoriyalab chiqish haqida juda ko‘p qayg‘urmang. Bir nechta kategoriyalar foydali bo‘lishi mumkin, lekin haqiqiy ilm ma’lumotlarni erkin o‘rganishda davom etganingizda va kutilmagan bog‘lanishlar qilishiga imkon berganingizda sodir bo‘ladi. Shaxsan men bu usuldan foyalanishni boshlaganimdan beri tadqiqot qilish, kreativroq bo’lish va yanada qiziquvchan bo’lib boryapman.

Shunday qilib, eslatmalar yozishni murakkab yo’llaridan charchagan bo‘lsangiz, bu usul siz uchun bo‘lishi mumkin.

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍172
Forwarded from Maqsadli Menejment
Menejment sohasida kerakli eng muhim ko’kinmalar qaysi?

5 yil oldin birinchi marta professional darajadagi jamoani boshqarish vazifasiga o’tdim. O’zimcha yetakchilik qobilyatim bor, jamoa boshqarishda qandaydir tajribalar yig’ganman, lekin qanday qilib kuchli Menejer bo’lishni bilmayman.

Birinchi qilgan ishim - bu kompaniyadagi men 2 yildan keyin erishmoqchi bo’lgan natijaga erishgan xodimni topish va uni o’zimga mentor qillib olish bo’ldi. Mentorimga yuqoridagi savolni berdim. Quyidagi 3 ta muhim ko’nikma ustida ishlashim kerakligi haqida aytib berdi:

1. Decision-making (Qaror qabul qilish) ko’nikmasi. Chunki xodimlar doim muhim qarorlar qabul qilishni menejerdan kutadi va bu orqali ularning ishonchiga tezroq kirish mumkin.

2. Problem-solving (Muammoni hal qilish) ko’nikmasi. Chunki Menejerning asosiy vazifasi kompaniya oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish, natija ko’rsatish. Kelib chiqqan muammolarga to’g’ri yechim berish orqali jamoa minusga kirib ketish oldini olinadi.

3. Communication (Muloqot) ko’nikmasi. Chunki jamoa Menejer kutgan natijani berishi uchun yo’nalishni yaxshi tushunib olishi kerak. Maqsadlar, kutuvlar va strategiyalarni tushuntirayotganda yangi kirgan xodimdan tortib veterangacha bittada tushunadigan tilda kommunikatsiya qilish kerak.

Bu maslahatni jiddiy qabul qilib, keyingi 6 oy faqat shu ko’nikmalar ustida ishladim. 1 oy o’tgandan keyin quyidagi ijobiy natijalarni ko’rishni boshladim:

- Boshida faqat bir taraflama munosabat bo’lardi. Faqat men tomondan xodimlarga murojaat bo’lardi. Endi ba’zi xodimlar men bilan ochiq suhbatlashishni boshladi. Ikki taraflama munosabat boshlandi.

- Qarorlar qabul qilishda ko’proq o’zim bosh qotirib yurardim. Endi jamoadagi talantlar bilan birgalikda muhokama qilishni boshladim. Va olingan qarorlarga xodimlarning ko’proq qismi ergashishni boshladi.

- Jamoada mendan bilimliroq, kuchliroq talantlar borligini tan olishni boshladim. Bu menga ba’zi qarorlarni qabul qilish vakolatini anashu talantlarga berish va boshqa muhim ishlarga ko’proq vaqt ajratishimga yordam bera boshladi.

- ENG muhimi - o’zimga bo’lgan ishonchim yanada oshishni boshladi.

Xulosa shuki, Menejment bo’ladimi yoki boshqa har qanday soha bo’ladimi, boshlanishida keyingi 2-5 yilda nimaga erishmoqchisiz uni aniqlash va shu yo’ldagi eng muhim ko’nikmalar ustida ishlashdan boshlash kerak.

📌 @maqsadli_menejment
👍6🔥42
Eng yoqimli va samarali texnika!

Kun o’rtasida uyqingiz kelsa uyquni yo’qotish uchun Energy Drink ichasizmi? Yoki kofe ichib olasizmi? Yoki shunchaki biroz uxlab olasizmi?

Ilmiy izlanishlar esa Coffee-Nap usulini eng samarali deb ko’rsatadi.

Ya’ni, Kofe ichib keyin biroz uxlashni (ilmiy jihatdan isbotlangan energiya oshirish usuli).

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, uyqusi yetishmayotgan insonlarga bir chashka kofe va 20 daqiqalik qisqa uyqu kuchli tetiklik his qilishi uchun yetarli bo'ladi. Va men bu usulni 10 kun davomida o’zimda sinab ko’rdim.

📌 Bu qanday ishlaydi?

1 chashka kofedagi kafein tanaga kirib, ta’sir qilib uyquni ochib yuborishi uchun 20 daqiqa vaqt ketadi.
20 daqiqa mizg’ib olish esa charchoq va uyqusirashni yengish uchun yetarli vaqt.
ikkalasini birlashtirib, uyqudan tursangiz miyya kofe va qisqa uyqudan kerakli foydani olgan bo’ladi.

Manabu, samarali Kofe ichib qisqa uxlashning 5 bosqichli qo'llanmasi:

1. Tushlikdan keyingi eng qulay vaqtingizni toping.

2. Tinch muhit yarating.

3. Bir chashka kofe iching.

4. Taymerni 20 daqiqaga qo'yib, biroz uxlab oling.

5. Buni doimiy odatga aylantiring.

Kun bo’yi Kofeni cheksiz ichishni to'xtating.
Kun bo'yi uyqusirab yurishni ham to'xtating.
Ikkalasini birlashtirib, mukammal va samarali natijaga erishing.

♻️ Ushbu foydali tavsiyani Energy Drinklar ichib yurgan do’stingizga yuborib qo’ying!

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24👍131👏1