Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.04K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Nima deysizlar? Qaysi birini sizlarga olib beray?

Uchalasidan birini tanlang!

Narxi: 29$ ekan :)

@muhammadyunus_uz
Downloads.zip
1.9 MB
Sizlar uchun hammasi! :)

Fayl formati photoshop. )
Mazza qilinglar.

@muhammadyunus_uz
Ko'p kishi biznes uchun foydali kanal so'raydi. Man dasturchiman, biznesmen emas. Lekin biznesni o'z ustalari bor. Man youtubeda qanday monetizatsiya qiladi, qanday target qiladi, qanday seo qilinadi degan savollarga javob berishga qodir emasman. Lekin bu savollarni o'z egalari bor. @raqamlimarketing kanali shu o'rinda ancha foydali maqolalarni berib ketibdi. Ular bilan quyidagi linklarda tanishishingiz mumkin:

- Youtubeda suniy rivojlanish;
- Youtube kanalni rivojlantirish;
- SMM mutaxasis bo'lish uchun nima talab etiladi;
- Social Media Marketing nima?;


Qiziqsangiz mana bu yerdan bir boshida o'qib chiqishingiz ham mumkin. 21-asr farzandini raqamli dunyosiz tasavvur qilolmayman. Raqamli dunyoda eng yaxshi marketing Raqamli marketing. Qiziqmi? Unda olg'a))
@raqamlimarketing
Youtubega ham birinchi videomizni yuklab oldik.

Brauzerda ovoz bilan ishlash.

Barchaga qiziq bo'lsa kerak, sahifaga qarab qora desangiz u qoraga, qizil desangiz qizilga o'zgarib qolsa. Eng zo'ri o'zbek tilida gapirsangiz :)

Kirib ko'ring, yoqsa klass bosish va follow qilishga pul olmaymiz 😉

https://www.youtube.com/watch?v=ylVm0Xy4qQQ
Xato va kamchiliklarni botga yozaveringlar :)

Aytgancha mikrafon bilan muammodan tashqari. Hozir uydaman, mikrafonim toshkentda 😊
👍1
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur pinned «Youtubega ham birinchi videomizni yuklab oldik. Brauzerda ovoz bilan ishlash. Barchaga qiziq bo'lsa kerak, sahifaga qarab qora desangiz u qoraga, qizil desangiz qizilga o'zgarib qolsa. Eng zo'ri o'zbek tilida gapirsangiz :) Kirib ko'ring, yoqsa klass bosish…»
​​Yangi O‘zbekiston, eski internet...

Pandemiya sabab butun dunyo masofadan ishlash, masofadan o‘qish uchun katta eʼtibor bera boshladi.

Avvallari internetga beeʼtibor xalq endi 21-asrda yashayotganini xis qilyabdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo, lekin, biroq...

O‘zbekistonda internet tezligi haqida gapirmayman. Bu foydasiz va siyqasi chiqqan mavzu. Man boshqa taklif bermoqchiman. UzTelecom monopoliyasiga chek qo‘yish kerak.

Butun mamlakatga internet sotadigan ayni shu kompaniya yakka o‘zi butun respublikani internet bilan taʼminlashga QODIR EMAS!!!

Agar ushbu monopoliya tugasa, internet narxlari arzonlaydi, raqobat tufayli chekka joylarga ham internet signallari yetib boradi, sifatli xizmat ko‘rsatish boshlanadi.

Agar monopoliya bekor qilinsa, raqobatchilar kirib kela boshlaydi. Tushuning, butun mamlakatga bitta teshikdan internet berish...

Xullas, rasmiylardan iltimos qilardim. UzTelecom bo‘kib o‘lgan. Xalq uchun UzTelecom dan boshqa internet provayderlarini kirishiga ruxsat beringlar.

Yana bir gap! Bu internetingiz bilan, kelajakni tasavvur ham qilib bo'lmaydi.

Hurmat bilan ertalabdan beri UzTelecomga qo'ng'iroq qilib, robot bilan gaplashib o'tirgan Muhammad Yunus

@muhammadyunus_uz
Uyda o‘tirib ishlaydiganlarga devon anolitegidan 12 tavsiya:

1. Uychi kiyimda emas, odatiy ishga kiyib boradigan kiyimda bo‘ling. Bu ishchan kayfiyatni saqlaydi.

2. Kiyinib, ko‘chani bir ikki aylanib, xonadoningizga qayting. Bir oz piyoda sayr qon aylanishni taʼminlaydi.

3. Ish joyingizni saranjomlang. Ish stolidan keraksiz narsalarni olib tashlab, faqat ishga taaluqli anjom va qog‘ozdar qolsin.

4. Uychilarga sizda ish vaqti boshlangani haqida qatʼiy tayinlab tushuntiring.

5. Kundalik vazifalaringizni rejalab yozing.

6. Internetga ulanib boshlig‘ingiz, hamkasblaringiz va qo‘l ostidagilar va mijozlar bilan aloqaga chiqib, qayerda ekanligiz va bugun nima ishlar bajarishingiz haqida habar bering va ularning rejalari haqida qiziqing.

7. Kun davomida hamkasblar va mijozlar bilan telefon, elektron pochta va messenjerlar orqali muloqot qilib turing.

8. Bitriks 24 va shunga o‘xshagan masofali ishlarni boshqarish dasturlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘ying.

9. Divan, kreslo, ko‘rpacha va gilamda yotvolib, ishlashga urunmang.

10. Oshxonaga serqatnovlikdan tiyiling. Tushlik va choy vaqtlari xuddi ishxonadagidek bo‘lsin.

11. Kun oxirida qilingan va qilinmagan ishlarni taftishlang. Hamkasblaringiz bilan yakuniy aloqaga chiqib, ish statusi, yangi masala va muammolardan xabardor bo‘ling va kerakli maʼlumot bilan bo‘lishing.

12. Ertangi kuningiz rejasini tuzgach ishni o‘z vaqtida yakunlang. Ko‘chani bir aylanib, uyga qatsangiz zarar qilmaydi, uyqusizlik oldini oladi.

Hech qayerdan ko‘chirilmagan, tarjima qilinmagan, bir o‘tirishda yozilgan.

Jamshid Muslimov (@subnazar)

@muhammadyunus_uz
👍1
Ramazon uchun atalgan sovg'amiz deyarli tayyor :)

Yaqin orada siz azizlarga taqdim etamiz :)

Tayyormisiz?
​​Saudiyada oy ko'rishibdi. Ertaga Ramazon. Ramazon uchun yasalgan botimiz tayyor hisob. Test rejimi bo'lsa ham ishimizni boshlab olishga yetadi 😊

Yaqin daqiqalar ichida kutib oling :)

Aytgancha, sizda ham pastdagisidaqangisidan bo'lishini istaysizmi?
Forwarded from Ikhlas Pro News
​​Assalomu alaykum aziz dindoshlar.

Kirib kelayotgan Ramazon muborak.

Ikhlas Pro (telegram bot)ining 0.1 versiyasini sizlarga demo tarzida taqdim etaman.

Botning qulayliklari
🔹 Namoz vaqtini bilish
🔸Mazhablarni almashtirib ko'rish;
🔸Hisoblash uslublarni almashtirib ko'rish;
🔸Turgan joyingizning aniq vaqtini ko'rish;
🔹 Ramazon tabriklari yasash.

Telegram bot: @ikhlas_pro_bot

Botda qandaydir xato chiqsa @ikhlas_pro_admin ga murojaat qilishingiz mumkin!

Ramazon tabriklarini yasash hamma uchun ochiq. Bot agar sekinlasa xafa bo'lmaysiz. Rasm tiniq formatda bo'lgani uchun yuklash uchun vaqt oladi.

@ikhlas_pro
​​Telegramda yirik yangiliklar!

Biroz avval Telegramning rasmiy blogida yangi maqola chop etildi. Asosiy yangilik: Telegram oylik 400 million foydalanuvchilarga ega bo‘libdi! Albatta, sevimli messenjerimiz uchun xursandmiz, shuningdek, yaxshi yangiliklar yana bor!

Bir muddat avval Telegram so‘rovnoma yaratishda “Quiz” rejimini ishga tushirgan, u orqali foydalanuvchilar faqat 1ta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan test yaratishlari mumkin edi. Topingchi nima? Telegram shu funksiyadan foydalanib, ilm-fan uchun test tayyorlaganlarga umumiy hisobda 400 ming yevro vaʼda qilmoqda!

Shartlari juda oddiy: @QuizBot orqali istalgan fandan, istalgan tilda, istalgan qiyinlik darajasida, istagancha savollar yarating! Telegram jamoasi tuzilgan savollar ichidan g‘oliblarni saralab oladi! Birinchi bosqichning oxirgi muddati 15-may ekan.

Ps: Balki bu musobaqada men g‘olib bo‘la olmayman baribir, mendan kuchlilar rosa ko‘p deyotgandirsiz, lekin unutmang, agar harakat qilsangiz, hech bo‘lmasa 50 yevro ishlab olishingiz ham mumkin.😉

Shuningdek, 🎲 emojisi orqali tasodifiy raqamni aniqlashni boshlagan Telegram endi 🎯 emojisi orqali nayza otish o‘yinini ham boshlabdi. Shunchaki, chatga shu 🎯 emojini yuboring!

Bundan tashqari Telegram jamoasi 2020-yilda bizga xavfsiz guruhli video-chat funksiyasini ishga tushirishga vaʼda berishmoqda. Demak, yangiliklarni kuzatishda davom etamiz!

Manba: @TheTechnoAli

@muhammadyunus_uz
Youtubedagi darsimiz qaysi mavuda bo'lsin?
Anonymous Poll
26%
Socketlar bilan ishlash
28%
SMS api bilan ishlash
76%
php da Telegram-Bot yasash
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Covid-19.zip
Bitta yaxshi variant berildi. Yana qilganlar bormi?)
http://konkurs.muhammadyunus.uz/dildora/

Mana maketni vadaga binoan joylashtirdim. Baho bering.

Dildoraning ishi :)

Qizlar dasturlashni o'rganolmaydi deganlar uchun Dildoradan "otvet" 😄

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Progress Academy
​​🔴1-may kuni 20:00da Malaysiyada IT sohada universitet o'qituvchisi Anvar Narzullayev bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Malaysiyada IT ta'lim

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: https://www.youtube.com/progressacademyuz

Vebinar boshlanishi haqida esa quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAEAw14qucn51LfTKGA
Facebook yangi emojini taqdim etibdi. Navbat bilan bizga ham yetib keldi bu emoji :)

Endi Facebookdagi postga 7 xil munosabat bildira olaman 😎

PS: Buni olish uchun faqat kutish kerak!

@muhammadyunus_uz
​​"Nega dasturchilar, ITchilar kam?" degan savolga javobim qanday bilasizmi?

Hozir sizga internet tezligini emas, internet narxlarini taqqoslab beraman.

"G'ishtmat" 12 yoshda, o'zi pul topmaydi. Onasi 800ming, otasi 1mln maosh oladi.

Uchini uchiga ulab yashashadi. Lekin "G'ishtmat" ITga qiziqadi. Tog'asi sovg'a qilgan kompyuterida Counter Strike da hamma parollarni terib o'ynay oladi. Lekin unda internet yo'q. Nega bilasizmi?

Ota-onasi topgan pul ro'zg'orga arang yetib, yetmaydi. U qishloqda yashaydi. Faqat bo'kib o'lgur beelineni antenasi chiqadi. Beeline da esa 70 GB 25$.

Uni ham keyingi oyga cho'zdirolmaysan. Qoida shunaqa. Endi tasavvur qilib ko'ring, agar G'ishtmat Toshkent respublikasida tug'ilganida u Sarkor Telecomdan 25$ evaziga cheksiz, 100mbs tezni olar edi, va online tarzda ancha narsa o'rganib olar edi.

Agar u Rossiyada tug'ilganda 350 rubl evaziga olardi shu tarifni. 5$

Lekin u sho'rpeshona kesaktopdida tug'ildi. Endi yo cho'pon, yoki rus suvoqchisi bo'ladi. Ha, o'sha 350 rubl internetga ulanib, yoshligidan ITni o'rgangan, suniy onglar ustida ishlayotgan Vadimning uyida suvoqchilik qiladi.

Nima qilsin, uning peshonasiga UzTelecom va Beelineday yeb to'ymas maxluqlar bitilgan bo'lsa.

————————————————-


Prezidentning qishloqlarga internet oborish bo'yicha bergan taklifini ma'qullayman. Faqat narxini ham sal tushirish tarafdoriman.

Anaqqisa, Ilon aka bepul internet taqdim qilsa, beelinedan oyiga 250 ming so'mdan berishsa ham foydalanmaymiz 👍

@muhammadyunus_uz