Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.05K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Ramazon uchun atalgan sovg'amiz deyarli tayyor :)

Yaqin orada siz azizlarga taqdim etamiz :)

Tayyormisiz?
​​Saudiyada oy ko'rishibdi. Ertaga Ramazon. Ramazon uchun yasalgan botimiz tayyor hisob. Test rejimi bo'lsa ham ishimizni boshlab olishga yetadi 😊

Yaqin daqiqalar ichida kutib oling :)

Aytgancha, sizda ham pastdagisidaqangisidan bo'lishini istaysizmi?
Forwarded from Ikhlas Pro News
​​Assalomu alaykum aziz dindoshlar.

Kirib kelayotgan Ramazon muborak.

Ikhlas Pro (telegram bot)ining 0.1 versiyasini sizlarga demo tarzida taqdim etaman.

Botning qulayliklari
🔹 Namoz vaqtini bilish
🔸Mazhablarni almashtirib ko'rish;
🔸Hisoblash uslublarni almashtirib ko'rish;
🔸Turgan joyingizning aniq vaqtini ko'rish;
🔹 Ramazon tabriklari yasash.

Telegram bot: @ikhlas_pro_bot

Botda qandaydir xato chiqsa @ikhlas_pro_admin ga murojaat qilishingiz mumkin!

Ramazon tabriklarini yasash hamma uchun ochiq. Bot agar sekinlasa xafa bo'lmaysiz. Rasm tiniq formatda bo'lgani uchun yuklash uchun vaqt oladi.

@ikhlas_pro
​​Telegramda yirik yangiliklar!

Biroz avval Telegramning rasmiy blogida yangi maqola chop etildi. Asosiy yangilik: Telegram oylik 400 million foydalanuvchilarga ega bo‘libdi! Albatta, sevimli messenjerimiz uchun xursandmiz, shuningdek, yaxshi yangiliklar yana bor!

Bir muddat avval Telegram so‘rovnoma yaratishda “Quiz” rejimini ishga tushirgan, u orqali foydalanuvchilar faqat 1ta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan test yaratishlari mumkin edi. Topingchi nima? Telegram shu funksiyadan foydalanib, ilm-fan uchun test tayyorlaganlarga umumiy hisobda 400 ming yevro vaʼda qilmoqda!

Shartlari juda oddiy: @QuizBot orqali istalgan fandan, istalgan tilda, istalgan qiyinlik darajasida, istagancha savollar yarating! Telegram jamoasi tuzilgan savollar ichidan g‘oliblarni saralab oladi! Birinchi bosqichning oxirgi muddati 15-may ekan.

Ps: Balki bu musobaqada men g‘olib bo‘la olmayman baribir, mendan kuchlilar rosa ko‘p deyotgandirsiz, lekin unutmang, agar harakat qilsangiz, hech bo‘lmasa 50 yevro ishlab olishingiz ham mumkin.😉

Shuningdek, 🎲 emojisi orqali tasodifiy raqamni aniqlashni boshlagan Telegram endi 🎯 emojisi orqali nayza otish o‘yinini ham boshlabdi. Shunchaki, chatga shu 🎯 emojini yuboring!

Bundan tashqari Telegram jamoasi 2020-yilda bizga xavfsiz guruhli video-chat funksiyasini ishga tushirishga vaʼda berishmoqda. Demak, yangiliklarni kuzatishda davom etamiz!

Manba: @TheTechnoAli

@muhammadyunus_uz
Youtubedagi darsimiz qaysi mavuda bo'lsin?
Anonymous Poll
26%
Socketlar bilan ishlash
28%
SMS api bilan ishlash
76%
php da Telegram-Bot yasash
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
Covid-19.zip
Bitta yaxshi variant berildi. Yana qilganlar bormi?)
http://konkurs.muhammadyunus.uz/dildora/

Mana maketni vadaga binoan joylashtirdim. Baho bering.

Dildoraning ishi :)

Qizlar dasturlashni o'rganolmaydi deganlar uchun Dildoradan "otvet" 😄

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Progress Academy
​​🔴1-may kuni 20:00da Malaysiyada IT sohada universitet o'qituvchisi Anvar Narzullayev bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Malaysiyada IT ta'lim

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: https://www.youtube.com/progressacademyuz

Vebinar boshlanishi haqida esa quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAEAw14qucn51LfTKGA
Facebook yangi emojini taqdim etibdi. Navbat bilan bizga ham yetib keldi bu emoji :)

Endi Facebookdagi postga 7 xil munosabat bildira olaman 😎

PS: Buni olish uchun faqat kutish kerak!

@muhammadyunus_uz
​​"Nega dasturchilar, ITchilar kam?" degan savolga javobim qanday bilasizmi?

Hozir sizga internet tezligini emas, internet narxlarini taqqoslab beraman.

"G'ishtmat" 12 yoshda, o'zi pul topmaydi. Onasi 800ming, otasi 1mln maosh oladi.

Uchini uchiga ulab yashashadi. Lekin "G'ishtmat" ITga qiziqadi. Tog'asi sovg'a qilgan kompyuterida Counter Strike da hamma parollarni terib o'ynay oladi. Lekin unda internet yo'q. Nega bilasizmi?

Ota-onasi topgan pul ro'zg'orga arang yetib, yetmaydi. U qishloqda yashaydi. Faqat bo'kib o'lgur beelineni antenasi chiqadi. Beeline da esa 70 GB 25$.

Uni ham keyingi oyga cho'zdirolmaysan. Qoida shunaqa. Endi tasavvur qilib ko'ring, agar G'ishtmat Toshkent respublikasida tug'ilganida u Sarkor Telecomdan 25$ evaziga cheksiz, 100mbs tezni olar edi, va online tarzda ancha narsa o'rganib olar edi.

Agar u Rossiyada tug'ilganda 350 rubl evaziga olardi shu tarifni. 5$

Lekin u sho'rpeshona kesaktopdida tug'ildi. Endi yo cho'pon, yoki rus suvoqchisi bo'ladi. Ha, o'sha 350 rubl internetga ulanib, yoshligidan ITni o'rgangan, suniy onglar ustida ishlayotgan Vadimning uyida suvoqchilik qiladi.

Nima qilsin, uning peshonasiga UzTelecom va Beelineday yeb to'ymas maxluqlar bitilgan bo'lsa.

————————————————-


Prezidentning qishloqlarga internet oborish bo'yicha bergan taklifini ma'qullayman. Faqat narxini ham sal tushirish tarafdoriman.

Anaqqisa, Ilon aka bepul internet taqdim qilsa, beelinedan oyiga 250 ming so'mdan berishsa ham foydalanmaymiz 👍

@muhammadyunus_uz
​​Bildiruv (Tezyoz.uz haqida)

Troll.uz kanalida tezyoz.uz saytida TezYoz ligasi bo'layotganini ko'rib qoldim. Keyin qatnashish uchun kirdim. Lekin 1chi o'rinda turgan shovvoz, 406 WPM (words per minute - bir daqiqada ichidaga so'zlar) rekord qo'yibdi. Bu yerda xavfsizlik yaxshi emasligini bildim. Va ozgina izlanish qilib 116 WPM qo'ydim.

Man ham bundan katta rekord qo'yishim mumkin edi. Kompyuterimning texnik kuchi yetmadi. (Karantinda Netbukchamdaman).

Shuni aytib o'tishim kerak-ki, manga sovg'a kerak emas. Man shunchaki haqiqiylik bo'lishi uchun ushbu ishni qildim.

Wikining aytishicha eng katta rekord 360 WPM ekan.

Maqsadim va taklifim: 2-3 bosqichlarda 1-20 o'rindagi peshqadamlarni, o'zlari bergan maxsus kompyuterlarda sinab ko'rishlari kerak.

Akkountimdagi hisobni olib tashlashlarini istayman!

Anavi 400dan oshgan shovvoz 1000dan ham oshib ketibdi. 😀. "O'zbekda u, qiziqqon".

@muhammadyunus_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertalabga murojaatimizdan so'ng, tezyoz.uz sayti "nayrangboz" ga chiqarib, bizni natijalarimizni olib tashlashibdi.

Avval ham aytganimdek, o'yinda haqqoniylik bo'lishi uchun offline bosqich qilish kerak.

Keyin, hech bo'lmasa topgan xatoligimiz uchun mukofotlashmasa ham, "lo'ttiboz", "nayrangboz" ga chiqarmanglar. 😀

Aytgancha, anavi 66 wpmni olib tashlayveringlar. Test uchun qildim uni.

Tezyoz.uz jamoasiga va murojaatimizga e'tibor bergan ma'sullariga rahmat. 😀

@muhammadyunus_uz
​​Dasturchi qancha daromad topadi deyishadi.

Ozgina kayfiyatni ko'taramiz, Senior dasturchi bo'lsangiz deb nomlangan GIF. 😀

@muhammadyunus_uz
Forwarded from Najot Ta'lim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegramda bot bilan ishlash

Ushbu darsimizda telegram messenjerida botlar bilan ishlashni va ulardan qanday foydalanishni o'rganib olasiz.
#SMM
#11dars

📌 YouTube: https://youtu.be/TU7LDx4TkLY

SMM yo'nalishidan ushbu darsgacha bo'lgan barcha darslar ro'yxati:
▶️ Bu yerda

Siz internetda shunchaki o'tirganingizda, kimdir zamonaviy kasblarni o'rganmoqda

Youtube | Instagram | Facebook | Telegram
O'zbekcha darslar tayyor bo'lguncha, kirasiz, tushunmasangiz ham qilganlarini takrorlaysiz. 😀

Savollar tug'ilsa, botga o'tib savollarni yuboraverasiz.
Бир тарафга қарайсан, сан тенгилар ва сандан катталар қандайдир аҳмоқона ишлар билан юришибди. Ўзингни улардан олдинда эканлигингни эслаб мағрурланасан.

Бир тарафга қарайсан, сандан ёш бўлганлар, сандан анча олдиндалар. Еб қўйдинг. Олдинга қараб харакат қиласан.

"Киши ўзидан кичиклар орасида доим ўзини энг зўриман деб ўйлаб қолади. Ва тўхтаб қолади. Энг яхши вариант, доим ўзингдан катталар орасида бўлишдир."
(с) Ман

Манави расм эса шунинг исботидир!
Иккала қора айлана ҳам тенг!

@dasturchi_pf
​​Super o’rganuvchilarning 6 odati

Harqanday ilm, mahoratlarni chuqurroq va tezroq o’rganing.

Super o’rganuvchi bo’lish 21 asr talabi. Texnologiya asrida muvaffaqiyatga erishish uchun, inson super qobiliyat egasi bo’lishi kerak. Super qobiliyatlar faqat super o’rganishlar, o’z ustida doimiy ishlash bilan vujudga keladi.

Bugungi rivojlangan va rivojlanayotgan dunyoda o’qib-o’rganish qobiliyatiga ega bo’lishingiz juda muhimdir. Ko’p insonlar yanglish bir tushungacha egaki, siz hayotda yaxshi o’rganuvchi bo’lishingiz uchun, tug’ma talant egasi bo’lishingiz kerak. “Wunderkind bo’lishingiz sizga ilm eshiklarini tez ochadi”, deyishadi. Aslida ham shundaymi? Men, yo’q deb javob bergan bo’lardim.

Ko’p polimatlar (turli xil ishlarda a’lo darajada bo’lgan odamlar) – jumladan Eynshteyn, Richard Feynman, Genri Ford, Elon Musk – larda g’ayrioddiy miya yoki qobiliyat yo’qligini o’zlari ham tan olishgan.

Bizning miyamiz shunchalik kuchliki, biz agar bunga ishonsak, xohlagan yangi yo’nalish, texnalogiya, sohani – aniq qo’llanma, to’g’ri yondashuv va o’rgangan narsalarimizni amalda sinashga qodirmiz. Deyarli har bir kishi biror yangi sohani, yo’nalishni o’rganishi mumkin – faqat to’g’ri uslublar bilan.

Davomini saytda o'qing. Postga sig'madi!
https://haysam.uz/super-organuvchilarning-6-odati/

Muallif: Muhammad Xalil, WUIT bitiruvchisi, O'qituvchi. Ustozimiz.
Manba: Haysam.uz saytidan olindi

@muhammadyunus_uz