Forwarded from Mr. Do‘ppi
Telegram botlar yordamida o'z biznesingizga ko'proq mijozlarni jalb etishni yoki o'z ishingizni avtomatlashtirishni istaysizmi?
@muhammadyunus_uz sizga sifatli botlar yasash xizmatini taklif etadi!
Sizga tez, sifatli, boshqaruv paneliga ega, turli xil turdagi botlar yasatishingiz va 1 oy davomida texnik yordamga ega bo'lishingiz mumkin.
Shoshiling! Navbatda qolib ketmang!
Telegram: @muhammad_yunusoff
Telefon raqam: +998901515064
Kanal: @muhammadyunus_uz

"Бизни жамият шундай тарбиялади"
Ижтимоий тармоқларда машхурликка эришган Ruxsora Masharipova берган интервюдаги бир сўз мани эътиборимни кўпроқ тортди. "Бизни жамият шундай тарбиялади".
Ҳа, дунё мактабларида замонавий фан-техника дарслари ўтилаётган бир вақтда биз ҳеч қандай асосга эга бўлмаган "Юксак маънавият - енгилмас куч" китобини ёдладик. (У китобни нима мақсадда ёзганини муаллифи ҳам билмаса керак!)
Ҳафтада бир соат информатика дарси, 4 марта одобнома дарсини ўтар эдик. (Юксак М, Ватан туйғуси, Маънавият асослари, Миллиё ғоя, Синф соати). Бу китобларда бошидан охиригача шеърлар-у, синфда ҳеч ким тушунмайдиган ажнабий туйғулар тавсирланар эди.
Бошқа юртнинг фарзандлари нобель олиб ватанига бўлган мухаббатини исботласа, биз "Юксак маънавият - енгилмас куч"даги ибораларни ёдлаб ватанимизга бўлган мухаббатимизни исботлар эдик.
Ҳа, "Бизни жамият шундай тарбиялади"!
@muhammadyunus_uz

👎1
Forwarded from Pixer.uz
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.
Assalomu alaykum. Ushbu loyihani MyBotUz deb nomladik. Bu loyiha sizlarga quyidagilarni taqdim etadi:
🔹Yuqori sifatli veb saytlar yasash;
🔹Avtomatlashtirilgan Telegram botlar yasab berish;
🔹Grafik dizayn xizmatlari (SMM posterlar, logotiplar va boshqa);
🔹Ijtimoiy tarmoqlar marketingi (korxona, tashkilot va shu kabilarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini boshqarish, reklamalar qo'yish);
🔹Copywriting (yuqori natija olib keluvchi reklama matnlari yozib berish, rus, ingliz va o'zbek tilida);
Bu kanalda bajarilgan buyurtmalar haqida ma'lumot (agar buyurtmachi rozi bo'lsa), hamda MyBotUz a'zolarining erishgan natijalari e'lon qilib boriladi.
Telefon: +998993015803
Telegram: @mybotuz_admin
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling!
Facebook kanalimizga a'zo bo'ling!
Instagram kanalimizga a'zo bo'ling!

"Покиза инсон" қандай акция ўзи?
Ушбу акция доирасида юртимиздаги ободонлаштириш бошқармаси ходимларига эътибор қаратиш, уларга иссиқ ичимлик ва егулик улашиш, бироз бўлса ҳам кўнгилларини кўтариш мақсадида бир гуруҳ кўнгиллилар меҳр улашишмоқда.
Марҳамат, сиз ҳам ушбу акцияга ўз ҳиссангизни қўшинг, меҳр улашинг, кўчаларимизни покиза бўлиши учун ёрдам беринг.
https://www.youtube.com/watch?v=jbhPvQYIvnQ
Ушбу видеони дўстларингиз билан баҳам кўринг, ёқса лайк босинг ва обуна бўлишни унутманг:)

YouTube
"Pokiza insonlar" aksiyasi
#turonline #pokizainson #aksiya
Forwarded from Temurbek Adhamov
Анча вақтдан бери блог очиш ва каналда ўзим билган нарсаларни бошқалар билан улашиш, ҳаётий тажрибалар, Нажот Таълим марказининг ички ҳаёти ва бошқа мавзулар борасида ёзиб бориш мақсадида юрган эдим. "MFaktor webinar"да иштирок этганимдан бери менга ўқув марказ очиш, уни юритиш, "Social media marketing", замонавий касблар бўйича кўплаб саволлар келмоқда. Озми-кўпми йиғилган билимларни улашиш мақсадида ўйлаб юрган режамни амалга оширишга киришдим.
Каналга аъзо бўлиб қўллаб-қувватлаб турасизлар, деган умиддаман. Зериктириб қўймасликка, ва тез-тез сизларни эслаб туришга ҳаракат қиламан, қўлдан келганча! 😄
Каналга обуна бўлиш: https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAFEISfian-8VBeBitg

Lotin alifbosi ko'proq ovoz to'plabdi. Demak birinchi maqolamiz lotin alifbosida yoziladi. :)
Reklamalardan cheklaning
Sizda ham tepa bar reklamalar, qandaydir soxta xabarlarga to‘lib ketayotgan bo‘lsa, demak sizda quyidagi dasturlardan biri, yoki bir nechtasi bor:
=> Imo
Bu messenjer o‘z huquqlaridan foydalanib, sms uchun berilgan imkoniyatdan, sizga reklama chiqarishda foydalanadi. Agar zarurat bo‘lmasa uni o‘chirib yuboring. Yoki sozlamalarga kirib huquqlaridan mahrum qiling.
=> Likee
Bu dastur ham imodan qolishmagan holatda sizga reklamalar jo‘natadi. Eng yomoni reklamalar, sizga yangi xat, yangi chat kabi dizaynda keladi. Bossangiz reklama.
=>Google Playdan tortilgan shaxsi yo‘q dasturlar
Ishonchli bo‘lmagan dasturni o‘rnatmang. Va unga huquqlar bermang. Agar imkon bo‘lsa ularni o‘chirib yuboring.

👍1
Foydali: «Men ham dasturchi bo‘lmoqchiman... »
Odatda ko‘p kishi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy xabar orqali har xil savollar berishadi. Shuning uchun ko‘p takrorlanadigan savollarni bir postga olib qo‘yishni niyat qildim.
«Qanday qilib dasturchi bo‘lishim mumkin...? »
O‘qib, o‘rganib, harakat qilib dasturchi bo‘lsa bo‘ladi. Muhimi maqsad qo‘yish, va shunga bo‘lgan qadamlarni bosib o‘tish.
«1 oyda dasturchi bo‘lsa bo‘ladimi?»
Sir saqlamayman, eng jahlimni chiqaradigan savol shu. Nega kimdir biologni oldiga borib «1 oyda biolog bo‘la olamanmi, yoki yo‘qmi? » demaydi-da, 1 oyda dasturchi bo‘laman deydi.
1 oyda dasturchi bo‘lsa bo‘ladi. Dasturlashni mayda qismlaridan birini chuqur o‘rganib, shunda ishlasa bo‘ladi. Masalan Testerlikni o‘rgansangiz bir oyda ishga joylashsangiz bo‘ladi.
«Matematikani bilmasam ham dasturchi bo‘la olamanmi?»
Ha. Agar faqat katta ixtirolar, yangi texnologiyalar yaratish ilinjida dasturlash o‘rganayotgan bo‘lsangiz qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish kabi amallarni bilsangiz bo‘ldi.
«Viloyatlikman... »
Man ham Qo‘qon shahridanman. Dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarim sabab, Toshkent shahriga o‘qish ilinjida kelgandim.
Siz ham o‘ylanmang. Agar yosh bo‘lsangiz "Gazini bosing". Qarz oling uydan. Jiddi jahd qilib o‘rganing. 5 oyda ishga joylashadigan bilimingiz bo‘ladi.
«Dasturlashni qayerda o‘rgansam bo‘ladi?»
Toshkentda ITga oid o‘qishlar ko‘p.(PDP, IT school, Najot Ta'lim, PRO Web va hkz.) Man deyarli hammasiga borib ko‘rib, oxiri Najot Ta'limni tanlab, shu yerda o‘qiganman. Yaxshi natija bergan. Bu mening tanlovim edi.
Shunaqa gaplar. Agar yana savol bo‘ladigan bo‘lsa @muhammad_yunusoff ga yuborishingiz mumkin.

👍1😁1
Xaker (inglizcha: hack — yaʼni chopish¸ boltalash), informatsion texnologiyalar boʻyicha yetarli malakaga ega mutaxassis. Kompyuter sistemasini oʻta chuqur biladigan shaxs. Avval boshdan xaker degan atama kompyuter dasturlarini tezda yoza oladigan, yoki qurumlarni tezda sozlay oladigan dasturchilarga nisbatan ishlatilgan. Hakerlar asosan 3 turga toifalashadi: Black hat, White hat va Grey hat.
Hack soʻzi hippilar jargonida paydo bo'lib, dunyo lugʻatiga kirgan. Hozir haker soʻzi kreker, yaʼni buzgʻunchi maʼnosida notoʻgʻri ishlatiladi.
Hakerlar oʻz siyosiy simpatiya va antipatiyalariga koʻra harakat qilib kompyuter dasturlariga ataylabdan ziyon yetkazishadi. AQSh va Yevropada hakerlik kiberjinoyat tarzida baholadi. Va yaxshi maosh to'lashadi.
Manba: Wikipedia

Dasturlashni qaysi saytlardan o'rgansam bo'ladi?
Agar sizda Dasturlashni o'rganish ishtiyoqi bo'lsa-yu, Toshkentga kelishni hech qanday yo'li bo'lmasa, u holda o'zingiz YouTube yoki boshqa o'quv platformalari orqali o'rganishingiz mumkin. Bunga eng kami yaxshi internet tezligi va tinch o'qish joyi kerak bo'ladi.
Demak, siz uchun foydali bo'lgan manbalar ro'yxatini keltirishga harakat qilaman:
1. Mayoq.uz (@mayoquz)
Darslar narxi: bepul;
Talab etiladi: Qiziqish, o'zbek tilini bilish;
O'zbek tilida frontnendni o'rganmoqchi bo'lgan uchun eng yaxshi kanallardan biri. Tayyor proektlarni yasash jarayonlaridan lavhalar. (+Foydali tavsiyalar)
2. Farkhod Dadajonov kanali

O'zbekzamon youtube dasturchi vloggerlari ichida eng ko'p video chiqaradigan dasturchi. 4 mingdan ziyod kuzatuvchilari bor.
3. HTML Akademiyasi (html academy)
Darslar: Bepul va Pullik kurslar mavjud (Kurs narxlari)
Talab etiladi: Rus tilini bilish
Ustozlar tavsiya qilgan sayt. Pullik kurslari ham bor. Har bir o'quvchiga alohida mentorlar biriktirilar ekan. Imkoni borlarga tavsiya qilaman.
4. w3schools.com
Darslar: Bepul
Talab etiladi: Rus yoki ingliz tilini bilish
Hozirgacha yordam beradigan sayt. Ancha-muncha kishga yordam berib ulgurgan.
5. freeCodeCamp
Darslar: Bepul
Talab etiladi: Ingliz tilini bilish
Yaxshi sayt. Ancha foyda bergan.
6. SoloLearn
Darslar: Bepul
Talab etiladi: Ingliz tilini bilish
Birinchi sertifikat olib, o'zimni dasturchi deb hisoblab yurgan paytim, Soloni sertifikatini ko'tarib yurardim. Sodda tushuntirilgan. Lekin sertifikatini manga o'xshab ko'tarib yurmang :)
Dasturlashga doir va tavsiya va yangiliklarni o'qib borish uchun esa muhammadyunus.uz blogiga obuna bo'ling. (Hozircha bepul :) )
https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAE02o99eccfPqAm2lw

👍2
"Android dasturchi bo'laman. Maoshi baland ekan..."
Odadiy suxbatlarning birida bir tanishim dasturlashni o'rganmoqchiman. "Qaysi yo'nalishni maslahat berasiz?" deb qoldi. O'zim Veb dasturlashni o'rganganim sabab, "shunda boshlasang o'zim yordam qilib turaman" dedim. "Hop" deb boshladi....
Bir oylardan so'ng androidni o'rganmoqchi ekanini aytdi. "Nega?" desam, "maoshi 1200$ ekan" dedi. Tushuntirsam, tushunmadi.
Hurmatli dasturlashni o'rganayotgan yoki o'rganmoqchi bo'layotgan aka-uka, opa-singillarim. Dasturlashda har bir sohaning o'ziga yarasha o'rni bor. Man Veb dasturlash bilan birgalikda Android va iOS uchun ham app yozib ko'rganman. Backend bilan ham tanishman.
Qaysi sohada bo'lmang professionali bo'lsangiz sizga yaxshi maosh to'lashadi. Siz Androidda 1200$ deyayotgan maoshni endi o'rgangan dasturchiga berishmaydi. Veb dasturchiga ham.
Demak oldingizdan bitta yo'lni tanlash kerak. Boshlanishiga albatta :)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Natija (Najot Ta'lim/Dasturlash)
Bugun tunda uyqu kelmay, qulay bir dastur yasab qo'ydim. U dasturda serverni ishga tusharasiz va butun sinf unga ulanib fayllarni yuborishingiz mumkin.
Qulay tarafi shundaki, internet shart emas :)
Bu dastur o'zi local server yaratadi va ulangan o'quvchini chatga qo'shib qo'yadi.
Endi internet va fleshkalarsiz ham darsdagi fayllarni bo'lisha olamiz.

❤1👍1
Bugun poyezdda
Qo'qondan Toshkentga 3 kishi bilet oldik. Andijon - Toshkent yo'nalishidagi poyezdda ketadigan bo'ldik. Vaqt bo'ldi. Poyezdga chiqib o'rindig'imiz tomon yo'l oldik.
O'rindig'imiz oldiga yetib kelganimizda sherigimning o'rnida bir aka farzandi bilan o'tirib ketayotgan ekan. Avvaliga to'g'ri tushundik. Farzandining joyi oldinda ekan. Oldindagi joyda esa bir ayol farzandi bilan o'tiribdi. Ozgina tik turdik, kimdir bo'shatib berarmikan deb. Hech kim hijolat bo'lmayotganini ko'rib, o'zimizning huquqimizni talab qilishga tushdik.
Shunda bir "qahramon" kelib o'z joyini bo'shatib berishini, akani biz ham farzandli bo'lsak tushunishimizni aytdi.
Lekin u kimdir 5 soat turib ketishini, unga kimdir joy so'rab berishini tushunmay, aqllilik qilib, o'zini qahramon qilib ko'rsatishi jaxlimni chiqardi.
Poyezdda yurganda o'zingizni va qolganlarni noqulay ahvolga solmaslik uchun shularni yodlab oling.
1. "Zapchast"lar bilan birgalikda biror joyga ketayotganda ticket olayotib, mani "zapchastim" bor desangiz, bitta bepul bilet qo'shib beradi.
2. Iloji boricha o'zingizni joyingizda o'tiring. Kimdir sizga joy berishga majbur emas.
3. Ticketingiz bo'lmasa sotib oling. Bo'lmasa bo'sh joy qidirib o'tiring. Kimdir joyiga birinchi o'tirishingiz, u joy sizniki degani emas.
4. Agar kimdir bilan joy alishmoqchi bo'lsangiz, siz unga o'z joyingizni berayabsiz. Unga rahmat ayting. Ozgina bo'lsa ham yolg'ondan hijolat bo'ling.
5. Oddiy muammolar uchun baqir-chaqir qilib tashlamang.
6. Ovozini baland qilib qo'shiq yoki kino ko'rib ketmang. Kimdir uxlab ketyabdi.
7. Kimdir ovqat yeyayotgan bo'lsa ko'zingiz bilan yemang. Balki sizga beradigan darajada ko'p emasdir. Juda chiday olmasangiz, ko'zingizni qisib keting.
8. Baland kulmang. Kimgadir yoqmasligi mumkin. Masalan manga yoqmaydi.
9. Orqangizga xushyor bo'ling. Xona kichik. Hamma sizning kun bo'yi yegan narsalaringizni hidlab ketmasin.
10. Xurrak otsangiz uxlamang.
Yana bir gap. Man unaqa rahmdil inson emas. Oldinlari xo'p deb turib ketganman. Oldinlari xo'p deb och qolganman. Oldinlari xo'p ko'chada qolib ketganman. Oldinlari xo'p deb sharmanda bo'lganman. Pulsiz qolganman. va hakazo. Siz kimgadir iltifot ko'rsatyabsizmi, u uni qadrlasin. Bo'lmasa iltifot ko'rsatish kerka emas deb hisoblayman.
Shunaqa gaplar.

Angular, Vue, React ning qisqacha tarixi va 2020 yilgacha bo'lgan statistikasi
Bir necha yil avval dasturchilar asosiy katta loyihalar uchun, Angular yoki React dan foydalanishar edi. Qaysi biri qulayligi to'g'risida forumlarda ko'p bahslashar edilar. 2018-yilda maydonga uchunchi raqib kirib keldi. Bu Vue edi. Endi tortishuvlar yanada kengaydi.
Bu framework yoki kutubxonalardan birini afzal deyish fikridan yiroqmiz. Biz sizga tushuntiramiz. Hamma tabiatiga qarab tanlab olaversin. (To'g'rida. Kimgadir asaL yoqadi. Kimgadir lolA)
Angular — Google tomonidan yaratilgan. Vue va Reactdan avval, 2010-yilda birinchilardan bo'lib e'lon qilingan. Angular TypeScriptda yozilgan. 2016-yilda 2-versiya chiqqach framework ning nomi AngularJs dan Angularga o'zgardi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, Google Angularning Javanoscriptdagi versiyasini qo'llab-quvvatlashni to'xtatdi. Angular nomi 2-versiyadan hozirga qadar o'zgarmay kelmoqda. Angularning oxirgi 9-versiyasi 2020-yil fevral oyida taqdim etildi.
Rasmiy sayti: https://angular.io/
Youtube darslik: Linkni bosing (Ingliz tilida) Linkni bosing (o'zbek tilida)
Vue (VueJs) — maydondagi eng yosh va "tankalari yo'q" o'yinchi. Vue Googlening sobiq ishchisi Evan You tomonidan 2014 yilda ommaga taqdim etilgan. So'nggi uch yilda, hech qanday "tankalarsiz" (ya'ni yirik kompaniyalar yordamisiz) Vue ommalashib ketdi. Ayni vaqtdagi versiyasi 2019-yil Fevral oyida e'lon qilingan 2.6 - versiya. Hozirgacha versiyasi yangilanmadi. Kichik o'zgarishlar qo'shilganini hisobga olmasak. Vue 3 ning alfa davridagi qismi e'lon qilingan. U versiyada Vue ham Typenoscriptga ko'chishni rejalashtirgan.
Rasmiy sayti: https://vuejs.org/
Youtube darslik: Linkni bosing (Ingliz tilida)
React — Facebook tomonidan 2013-yilda taqdim etilgan. Facebook o'z mahsulotlarida Reactdan foydalanadi. Masalan Facebook, Instagram va Whatsapp. Hozirda oxirgi versiyasi 2018-yil noyabrda chiqqan 16-versiya. Hozirga qadar ba'zi bir yangilanishlar qilingan.
Rasmiy sayti: https://reactjs.org/
Youtube darslik: Linkni bosing (ingliz tilida)
2020-yil statistikalariga qaraydigan bo'lsak, eng ko'p React, so'ng Angular va nisbatan kamroq Vuedan foydalaniladi.
Mehnat bozorida eng ko'p talab Angular dasturchilarga, so'ng React dasturchilarga va bulardan 10 barobar kamroq Vue dasturchilarga.
Agar siz Javanoscriptni bilmasangiz framework lar bilan o'zingizni chalg'itmang. Eng avval til o'rganing. Javanoscriptni mukammal bilsangiz, siz uchun bulardan birni o'rganish muammo bo'lmaydi.

Freelanceda ishlaydiganlar yoki biznesini internetda olib boradiganlarning telegram profili qanday bo'lishi kerak (ixtiyoriy)
1. Ism va familya to'ldiriladigan joyga asl ism, familyangizni yoki hamma biladigan nikingizni kiriting. Hechqachon ism kiritadigan joyga "Begim hayotim mazmuni","Jannatim onam","Alish krasavchik","0923","Mehribonim","USA","Hacker N1" deb yozib qo'ymang.
2. Shaxsiy fotosurat yuklaydigan joyda fotosuratingizni yuklang yoki biror manzarali rasmlarni. "O'ldim, kuydim","U ketdi","Itday hor bo'l" degan statuslarni yuklamaganingiz ma'qul.
3. Bio ga o'zingiz, kompaniyangiz haqida ma'lumot yozib qo'ying. Yoki shunga link berib qo'ying.
4. Hammaga bir xil spam xabarlarni yubormang. Masalan: "Bu xabarni 20 kishiga yuboring" yoki "Rossiya prezidenti bugun quyosh..." deb boshlanadigan spam xabarlarni.
5. 4+ Kiprik qaynatib ichish haqidagisini ham.
6. Iloji boricha imlo xatolarisiz yozishing. Hech bo'lmasa, manga o'xshab harakat qiling. Kecirasiz, how, wottaman, cunmadm kabi so'zlarni klientga nisbatan ishlatmang. U ham sizni "cunmi" qolishi mumkin.
Shularga amal qilib, xushmuomalalik bilan klient bilan aloqa qilsak, hammasi yaxshi bo'ladi.