Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur – Telegram
Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur
2.04K subscribers
645 photos
74 videos
15 files
609 links
Barchasi dasturlash haqida.

https://www.youtube.com/yunus_code


Man haqimda: https://news.1rj.ru/str/yunus_code/1764

English one is @yunuscode

website: yunus.monster
Download Telegram
Sizga qaysi alfavitda yozganimiz ma'qul?
Anonymous Poll
76%
Lotin
24%
Krill
Lotin alifbosi ko'proq ovoz to'plabdi. Demak birinchi maqolamiz lotin alifbosida yoziladi. :)
​​Reklamalardan cheklaning

Sizda ham tepa bar reklamalar, qandaydir soxta xabarlarga to‘lib ketayotgan bo‘lsa, demak sizda quyidagi dasturlardan biri, yoki bir nechtasi bor:

=> Imo

Bu messenjer o‘z huquqlaridan foydalanib, sms uchun berilgan imkoniyatdan, sizga reklama chiqarishda foydalanadi. Agar zarurat bo‘lmasa uni o‘chirib yuboring. Yoki sozlamalarga kirib huquqlaridan mahrum qiling.

=> Likee

Bu dastur ham imodan qolishmagan holatda sizga reklamalar jo‘natadi. Eng yomoni reklamalar, sizga yangi xat, yangi chat kabi dizaynda keladi. Bossangiz reklama.

=>Google Playdan tortilgan shaxsi yo‘q dasturlar

Ishonchli bo‘lmagan dasturni o‘rnatmang. Va unga huquqlar bermang. Agar imkon bo‘lsa ularni o‘chirib yuboring.

@muhammadyunus_uz
👍1
​​
Foydali: «Men ham dasturchi bo‘lmoqchiman... »

Odatda ko‘p kishi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy xabar orqali har xil savollar berishadi. Shuning uchun ko‘p takrorlanadigan savollarni bir postga olib qo‘yishni niyat qildim.

«Qanday qilib dasturchi bo‘lishim mumkin...? »

O‘qib, o‘rganib, harakat qilib dasturchi bo‘lsa bo‘ladi. Muhimi maqsad qo‘yish, va shunga bo‘lgan qadamlarni bosib o‘tish.

«1 oyda dasturchi bo‘lsa bo‘ladimi?»

Sir saqlamayman, eng jahlimni chiqaradigan savol shu. Nega kimdir biologni oldiga borib «1 oyda biolog bo‘la olamanmi, yoki yo‘qmi? » demaydi-da, 1 oyda dasturchi bo‘laman deydi.

1 oyda dasturchi bo‘lsa bo‘ladi. Dasturlashni mayda qismlaridan birini chuqur o‘rganib, shunda ishlasa bo‘ladi. Masalan Testerlikni o‘rgansangiz bir oyda ishga joylashsangiz bo‘ladi.

«Matematikani bilmasam ham dasturchi bo‘la olamanmi?»

Ha. Agar faqat katta ixtirolar, yangi texnologiyalar yaratish ilinjida dasturlash o‘rganayotgan bo‘lsangiz qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish kabi amallarni bilsangiz bo‘ldi.

«Viloyatlikman... »

Man ham Qo‘qon shahridanman. Dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarim sabab, Toshkent shahriga o‘qish ilinjida kelgandim.

Siz ham o‘ylanmang. Agar yosh bo‘lsangiz "Gazini bosing". Qarz oling uydan. Jiddi jahd qilib o‘rganing. 5 oyda ishga joylashadigan bilimingiz bo‘ladi.

«Dasturlashni qayerda o‘rgansam bo‘ladi?»

Toshkentda ITga oid o‘qishlar ko‘p.(PDP, IT school, Najot Ta'lim, PRO Web va hkz.) Man deyarli hammasiga borib ko‘rib, oxiri Najot Ta'limni tanlab, shu yerda o‘qiganman. Yaxshi natija bergan. Bu mening tanlovim edi.

Shunaqa gaplar. Agar yana savol bo‘ladigan bo‘lsa @muhammad_yunusoff ga yuborishingiz mumkin.
👍1😁1
​​Xaker (inglizcha: hack — yaʼni chopish¸ boltalash), informatsion texnologiyalar boʻyicha yetarli malakaga ega mutaxassis. Kompyuter sistemasini oʻta chuqur biladigan shaxs. Avval boshdan xaker degan atama kompyuter dasturlarini tezda yoza oladigan, yoki qurumlarni tezda sozlay oladigan dasturchilarga nisbatan ishlatilgan. Hakerlar asosan 3 turga toifalashadi: Black hat, White hat va Grey hat.

Hack soʻzi hippilar jargonida paydo bo'lib, dunyo lugʻatiga kirgan. Hozir haker soʻzi kreker, yaʼni buzgʻunchi maʼnosida notoʻgʻri ishlatiladi.

Hakerlar oʻz siyosiy simpatiya va antipatiyalariga koʻra harakat qilib kompyuter dasturlariga ataylabdan ziyon yetkazishadi. AQSh va Yevropada hakerlik kiberjinoyat tarzida baholadi. Va yaxshi maosh to'lashadi.

Manba: Wikipedia

@muhammadyunus_uz
​​Dasturlashni qaysi saytlardan o'rgansam bo'ladi?

Agar sizda Dasturlashni o'rganish ishtiyoqi bo'lsa-yu, Toshkentga kelishni hech qanday yo'li bo'lmasa, u holda o'zingiz YouTube yoki boshqa o'quv platformalari orqali o'rganishingiz mumkin. Bunga eng kami yaxshi internet tezligi va tinch o'qish joyi kerak bo'ladi.

Demak, siz uchun foydali bo'lgan manbalar ro'yxatini keltirishga harakat qilaman:

1. Mayoq.uz (@mayoquz)

Darslar narxi: bepul;
Talab etiladi: Qiziqish, o'zbek tilini bilish;

O'zbek tilida frontnendni o'rganmoqchi bo'lgan uchun eng yaxshi kanallardan biri. Tayyor proektlarni yasash jarayonlaridan lavhalar. (+Foydali tavsiyalar)

2. Farkhod Dadajonov kanali

Darslar narxi: bepul;
Talab etiladi: Qiziqish, o'zbek tilini bilish;

O'zbekzamon youtube dasturchi vloggerlari ichida eng ko'p video chiqaradigan dasturchi. 4 mingdan ziyod kuzatuvchilari bor.

3. HTML Akademiyasi (html academy)

Darslar: Bepul va Pullik kurslar mavjud (Kurs narxlari)
Talab etiladi: Rus tilini bilish

Ustozlar tavsiya qilgan sayt. Pullik kurslari ham bor. Har bir o'quvchiga alohida mentorlar biriktirilar ekan. Imkoni borlarga tavsiya qilaman.

4. w3schools.com

Darslar: Bepul
Talab etiladi: Rus yoki ingliz tilini bilish

Hozirgacha yordam beradigan sayt. Ancha-muncha kishga yordam berib ulgurgan.

5. freeCodeCamp

Darslar: Bepul
Talab etiladi: Ingliz tilini bilish

Yaxshi sayt. Ancha foyda bergan.

6. SoloLearn

Darslar: Bepul
Talab etiladi: Ingliz tilini bilish

Birinchi sertifikat olib, o'zimni dasturchi deb hisoblab yurgan paytim, Soloni sertifikatini ko'tarib yurardim. Sodda tushuntirilgan. Lekin sertifikatini manga o'xshab ko'tarib yurmang :)

Dasturlashga doir va tavsiya va yangiliklarni o'qib borish uchun esa muhammadyunus.uz blogiga obuna bo'ling. (Hozircha bepul :) )

https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAE02o99eccfPqAm2lw
👍2
​​"Android dasturchi bo'laman. Maoshi baland ekan..."

Odadiy suxbatlarning birida bir tanishim dasturlashni o'rganmoqchiman. "Qaysi yo'nalishni maslahat berasiz?" deb qoldi. O'zim Veb dasturlashni o'rganganim sabab, "shunda boshlasang o'zim yordam qilib turaman" dedim. "Hop" deb boshladi....

Bir oylardan so'ng androidni o'rganmoqchi ekanini aytdi. "Nega?" desam, "maoshi 1200$ ekan" dedi. Tushuntirsam, tushunmadi.

Hurmatli dasturlashni o'rganayotgan yoki o'rganmoqchi bo'layotgan aka-uka, opa-singillarim. Dasturlashda har bir sohaning o'ziga yarasha o'rni bor. Man Veb dasturlash bilan birgalikda Android va iOS uchun ham app yozib ko'rganman. Backend bilan ham tanishman.

Qaysi sohada bo'lmang professionali bo'lsangiz sizga yaxshi maosh to'lashadi. Siz Androidda 1200$ deyayotgan maoshni endi o'rgangan dasturchiga berishmaydi. Veb dasturchiga ham.

Demak oldingizdan bitta yo'lni tanlash kerak. Boshlanishiga albatta :)

Dasturlashga doir va tavsiya va yangiliklarni o'qib borish uchun esa muhammadyunus.uz blogiga obuna bo'ling. (Hozircha bepul :) )

https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAE02o99eccfPqAm2lw
Frontend kursini tugatdik. Alloh xayrli qilsin. Hali 5 oylik backend ham kutmoqda...
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Natija (Najot Ta'lim/Dasturlash)

Bugun tunda uyqu kelmay, qulay bir dastur yasab qo'ydim. U dasturda serverni ishga tusharasiz va butun sinf unga ulanib fayllarni yuborishingiz mumkin.

Qulay tarafi shundaki, internet shart emas :)

Bu dastur o'zi local server yaratadi va ulangan o'quvchini chatga qo'shib qo'yadi.

Endi internet va fleshkalarsiz ham darsdagi fayllarni bo'lisha olamiz.

@muhammadyunus_uz
1👍1
​​Bugun poyezdda

Qo'qondan Toshkentga 3 kishi bilet oldik. Andijon - Toshkent yo'nalishidagi poyezdda ketadigan bo'ldik. Vaqt bo'ldi. Poyezdga chiqib o'rindig'imiz tomon yo'l oldik.

O'rindig'imiz oldiga yetib kelganimizda sherigimning o'rnida bir aka farzandi bilan o'tirib ketayotgan ekan. Avvaliga to'g'ri tushundik. Farzandining joyi oldinda ekan. Oldindagi joyda esa bir ayol farzandi bilan o'tiribdi. Ozgina tik turdik, kimdir bo'shatib berarmikan deb. Hech kim hijolat bo'lmayotganini ko'rib, o'zimizning huquqimizni talab qilishga tushdik.

Shunda bir "qahramon" kelib o'z joyini bo'shatib berishini, akani biz ham farzandli bo'lsak tushunishimizni aytdi.

Lekin u kimdir 5 soat turib ketishini, unga kimdir joy so'rab berishini tushunmay, aqllilik qilib, o'zini qahramon qilib ko'rsatishi jaxlimni chiqardi.

Poyezdda yurganda o'zingizni va qolganlarni noqulay ahvolga solmaslik uchun shularni yodlab oling.

1. "Zapchast"lar bilan birgalikda biror joyga ketayotganda ticket olayotib, mani "zapchastim" bor desangiz, bitta bepul bilet qo'shib beradi.
2. Iloji boricha o'zingizni joyingizda o'tiring. Kimdir sizga joy berishga majbur emas.
3. Ticketingiz bo'lmasa sotib oling. Bo'lmasa bo'sh joy qidirib o'tiring. Kimdir joyiga birinchi o'tirishingiz, u joy sizniki degani emas.
4. Agar kimdir bilan joy alishmoqchi bo'lsangiz, siz unga o'z joyingizni berayabsiz. Unga rahmat ayting. Ozgina bo'lsa ham yolg'ondan hijolat bo'ling.
5. Oddiy muammolar uchun baqir-chaqir qilib tashlamang.
6. Ovozini baland qilib qo'shiq yoki kino ko'rib ketmang. Kimdir uxlab ketyabdi.
7. Kimdir ovqat yeyayotgan bo'lsa ko'zingiz bilan yemang. Balki sizga beradigan darajada ko'p emasdir. Juda chiday olmasangiz, ko'zingizni qisib keting.
8. Baland kulmang. Kimgadir yoqmasligi mumkin. Masalan manga yoqmaydi.
9. Orqangizga xushyor bo'ling. Xona kichik. Hamma sizning kun bo'yi yegan narsalaringizni hidlab ketmasin.
10. Xurrak otsangiz uxlamang.

Yana bir gap. Man unaqa rahmdil inson emas. Oldinlari xo'p deb turib ketganman. Oldinlari xo'p deb och qolganman. Oldinlari xo'p ko'chada qolib ketganman. Oldinlari xo'p deb sharmanda bo'lganman. Pulsiz qolganman. va hakazo. Siz kimgadir iltifot ko'rsatyabsizmi, u uni qadrlasin. Bo'lmasa iltifot ko'rsatish kerka emas deb hisoblayman.

Shunaqa gaplar.
​​Angular, Vue, React ning qisqacha tarixi va 2020 yilgacha bo'lgan statistikasi

Bir necha yil avval dasturchilar asosiy katta loyihalar uchun, Angular yoki React dan foydalanishar edi. Qaysi biri qulayligi to'g'risida forumlarda ko'p bahslashar edilar. 2018-yilda maydonga uchunchi raqib kirib keldi. Bu Vue edi. Endi tortishuvlar yanada kengaydi.

Bu framework yoki kutubxonalardan birini afzal deyish fikridan yiroqmiz. Biz sizga tushuntiramiz. Hamma tabiatiga qarab tanlab olaversin. (To'g'rida. Kimgadir asaL yoqadi. Kimgadir lolA)

Angular — Google tomonidan yaratilgan. Vue va Reactdan avval, 2010-yilda birinchilardan bo'lib e'lon qilingan. Angular TypeScriptda yozilgan. 2016-yilda 2-versiya chiqqach framework ning nomi AngularJs dan Angularga o'zgardi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, Google Angularning Javanoscriptdagi versiyasini qo'llab-quvvatlashni to'xtatdi. Angular nomi 2-versiyadan hozirga qadar o'zgarmay kelmoqda. Angularning oxirgi 9-versiyasi 2020-yil fevral oyida taqdim etildi.

Rasmiy sayti: https://angular.io/
Youtube darslik: Linkni bosing (Ingliz tilida) Linkni bosing (o'zbek tilida)

Vue (VueJs) — maydondagi eng yosh va "tankalari yo'q" o'yinchi. Vue Googlening sobiq ishchisi Evan You tomonidan 2014 yilda ommaga taqdim etilgan. So'nggi uch yilda, hech qanday "tankalarsiz" (ya'ni yirik kompaniyalar yordamisiz) Vue ommalashib ketdi. Ayni vaqtdagi versiyasi 2019-yil Fevral oyida e'lon qilingan 2.6 - versiya. Hozirgacha versiyasi yangilanmadi. Kichik o'zgarishlar qo'shilganini hisobga olmasak. Vue 3 ning alfa davridagi qismi e'lon qilingan. U versiyada Vue ham Typenoscriptga ko'chishni rejalashtirgan.

Rasmiy sayti: https://vuejs.org/
Youtube darslik: Linkni bosing (Ingliz tilida)

React — Facebook tomonidan 2013-yilda taqdim etilgan. Facebook o'z mahsulotlarida Reactdan foydalanadi. Masalan Facebook, Instagram va Whatsapp. Hozirda oxirgi versiyasi 2018-yil noyabrda chiqqan 16-versiya. Hozirga qadar ba'zi bir yangilanishlar qilingan.

Rasmiy sayti: https://reactjs.org/
Youtube darslik: Linkni bosing (ingliz tilida)

2020-yil statistikalariga qaraydigan bo'lsak, eng ko'p React, so'ng Angular va nisbatan kamroq Vuedan foydalaniladi.

Mehnat bozorida eng ko'p talab Angular dasturchilarga, so'ng React dasturchilarga va bulardan 10 barobar kamroq Vue dasturchilarga.

Agar siz Javanoscriptni bilmasangiz framework lar bilan o'zingizni chalg'itmang. Eng avval til o'rganing. Javanoscriptni mukammal bilsangiz, siz uchun bulardan birni o'rganish muammo bo'lmaydi.

@muhammadyunus_uz
​​Freelanceda ishlaydiganlar yoki biznesini internetda olib boradiganlarning telegram profili qanday bo'lishi kerak (ixtiyoriy)

1. Ism va familya to'ldiriladigan joyga asl ism, familyangizni yoki hamma biladigan nikingizni kiriting. Hechqachon ism kiritadigan joyga "Begim hayotim mazmuni","Jannatim onam","Alish krasavchik","0923","Mehribonim","USA","Hacker N1" deb yozib qo'ymang.
2. Shaxsiy fotosurat yuklaydigan joyda fotosuratingizni yuklang yoki biror manzarali rasmlarni. "O'ldim, kuydim","U ketdi","Itday hor bo'l" degan statuslarni yuklamaganingiz ma'qul.
3. Bio ga o'zingiz, kompaniyangiz haqida ma'lumot yozib qo'ying. Yoki shunga link berib qo'ying.
4. Hammaga bir xil spam xabarlarni yubormang. Masalan: "Bu xabarni 20 kishiga yuboring" yoki "Rossiya prezidenti bugun quyosh..." deb boshlanadigan spam xabarlarni.
5. 4+ Kiprik qaynatib ichish haqidagisini ham.
6. Iloji boricha imlo xatolarisiz yozishing. Hech bo'lmasa, manga o'xshab harakat qiling. Kecirasiz, how, wottaman, cunmadm kabi so'zlarni klientga nisbatan ishlatmang. U ham sizni "cunmi" qolishi mumkin.

Shularga amal qilib, xushmuomalalik bilan klient bilan aloqa qilsak, hammasi yaxshi bo'ladi.

@muhammadyunus_uz
👍1
Gradient dasturi haqida

Kechadan beri feysbuk va twitterda Gradient dasturi rasm orqali sizning millatingizni tahmin qilayotgani aks etgan screenshotlar ko'payib qoldi. Xo'sh, u dastur aslida qanday ishlaydi?

1. Sizni turgan locationingizni aniqlaydi.
2. Rasm olingan locationni aniqlaydi.
3. Ikkala locationga mos ikkita javob chiqaradi.
4. Yuzni rangini, sochni rangi tekshiradi. Qolgan ikkita javobni shunga mos random tanlab oladi.

Isbot uchun bir xil rasm VPN va Proxy bilan sinab ko'rilgan.

@muhammadyunus_uz
​​​Кузатиш ҳақида янги қарор

Яқин бир-икки соатдан бери "личкам" портлаб кетди. Ҳамма бир хил хабарни жўнатяпти. Нима эмиш, эртадан янги қарор кучга кирар эмиш, унга кўра сизни телефонда гаплашганларингиз, фейсбук, твиттер аккаунтларингиз кузатувга олинар эмиш.

Аввало, илтимос, шунга ўхшаш огоҳлантириш хатларини юборманглар (бўлибам менга, деппўйеми😜). Бу ҳудди Билайн компаниясининг туғилган кунида қандайдир смсни 10 кишига юборганларга текинга 10ГБ трафик бериши ҳақидаги спамга ўхшайди.

Яна шуни айтиш жоизки, бу хабар бутунлай сафсата ҳам эмас. Яъни, сизни шундоқ ҳам кузатишаётган бўлишлари мумкин, қаёқдан ҳам билардик, тўғрими?

Гап шундаки, давлатимизга кириб келадиган ахборот оқимининг назорати билан биргина ташкилот (адашмасам, UzInfoCom эди) шуғулланади ва у давлат ташкилотидир. Бутун оқим биргина ташкилот қўлида қолса нима бўлади? Бу дегани, алоқа каналлари орқали кираётган ва чиқаётган барча хабарларни анализ қилиш имконияти шундоқ ҳам мавжуд дегани.

Лекин юртимиздаги 10 миллиондан ортиқ интернет фойдаланувчиларининг ҳар бир қадамини кузатиб ўтиришга эса, ҳечкимни вақти етмаса керак. Шундай экан, ваҳимага ўрин йўқ, ҳеч нима ўзгармаяпти. Аввал ҳам кузатишлари мумкин эди, ҳозир ҳам.

Шу ўринда сизларга бўлган воқеалар асосида суратга олинган "Эдвард Сноуден" филмини кўришни тавсия қиламан. Филм Америка махфий разведка бошқармасининг собиқ ходими бўлган Эдвард Сноуден ҳақида. Жаноб Сноуден разведка бошқармаси бутун аҳолининг қўнғироқлари, хабарларини кузата олишини ва бундан турли мақсадларда фойдаланишини билганидан кейин, бу ҳақида ОАВ орқали барчага маълум қилади. Уни Америка душмани деб эълон қилишган ва ҳозирда Россия фуқаролигини олган. Кўриб чиқинглар, балки юқоридаги ваҳимали хабар ҳақида тушунчага эга бўларсизлар.

Яна қайтараман, ҳеч қандай ваҳимага ўрин йўқ, бемалол телефонда севганингиз билан гаплашаверинг, бу бўйича жавобгарликка тортишмайдику, ахир? Ижтимоий тармоқлардаги ноўрин гаплар учун ўтириб чиққанлар шундоқ ҳам кўп учрайди. Масалан, 1-2 ой олдин бир йигит қайсидир ҳокимни ёмонлаб аллақандай пости сабаб 15 сутка ўтириб чиққан эди, эсингиздами?

Шундай экан, бунақа хабарларни яқинларингизга тарқатиб, янада кўпроқ ваҳима уйғотишингиз шарт эмас.

Манба: @TheTechnoAli

@muhammadyunus_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib rasmlarni kontaktalardan boshqa hech kim ko'rolmaydigan qilish va forward qilingan xabar bilan sizning profilingizga kirishni ta'qiqlash,

@muhammadyunus_uz
Ovoz bering. Qanday kursni video dars qilaylik?
Anonymous Poll
15%
Blog sayt ochish
35%
Telegram bot yasash
50%
Dasturlash darslarini
​​Dasturlash bo‘yicha qiziqarli reklama

Biroz avval dasturlash kurslariga taklif etilayotgan reklamani ko‘rdim. U yerda Fullstack dasturlashdan kurs boshlanayotganini va markazda php, mysql, mongo, nodejs, html, css, ruby, python, react, angular, javanoscript o‘rgatilishi yozilgan. Katta ehtimol bilan aytamanki, yoki o‘qituvchi hech birini bilmaydi, yoki internatdagi tutoriallarga ishonib qolishgan.

O‘zbekistonda python, javanoscript, php, ruby, sql, nosql, react, angular hammasini mukammal biladigan dasturchini tanimayman.

Iltimos qilardim-ki, sal insof bilan kurslar ochishsin markazlar.

Yolg‘on - yaxshi emas.

@muhammadyunus_uz
​​Аnonimlikni qadrlovchilarga Tor brauzeri yaxshi tanish – u internet-faollikni yashirish uchun oʼziga xos yoʼnaltirishdan (marshrutizatsiyadan) foydalanadi. Nomi esa kengaytirilganda The Onion Router boʼlib, «Piyoz-yoʼnaltiruvchi» maʼnosini beradi.

Dastlab ushbu servis harbiy maqsadlarda tashkil etilgan, lekin keyinchalik ommaviy foydalanishga topshirilgan. Haliyam Tor Browserdan foydalanib koʼrmaganlar va afzalliklarini bilmaydiganlar uchun uning toʼrtta muhim oʼziga xosligini maʼlum qilmoqdamiz.

Izingizni kuzata olishmaydi

Tor brauzeridan foydalanganda, har gal internetga kirishda maxfiylik va anonimlik taʼminlanadi. Ushbu dasturiy taʼminot tarmoqda shaxsni bildirmasdan turib barcha standart harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Maʼlumotlarni almashish uchun Tor koʼp bosqichli shifrlashdan foydalanadi, bunda yuzerning IP-manzili shifrlanadi va ketma-ket uchta server zanjiridan oʼtadi. Ushbu serverlar maʼlumotlar toʼplamini oʼz navbati bilan shifrdan chiqarib oʼtkazadi va, uchinchi serverga kelganida, foydalanuvchi qaysi saytda boʼlganligini anglashning imkoni qolmaydi. Brauzerning bunday ishlash sxemasi sizning butkul anonim qolishingizga imkon beradi, ayni paytda saytlarga kirishingiz tarixini boshqalar kuzatishlariga yoʼl qoʼymaydi. Hattoki oʼzingizning internet-provayderingiz ham sizning qaysi saytlarga kirishingizni aniqlay olmaydi.

Joylashuvingizni yashirib beradi

Tor brauzerining ishlash tizimi internet-trafikni shifrlovchi koʼp sonli serverlar bilan bogʼlangan. Ular nafaqat foydalanuvchining qaysi saytlarga kirishi, balki internetga qaerdan kirayotganini ham begona koʼzlardan yashiradi.

Lokatsiyani shifrlash orqali foydalanuvchining butkul anonimligi taʼminlanadi; maʼlumotlar toʼplami oʼtadigan har bir server shifrlashning muayyan bitta qatlamini yechadi va boshqa serverning joylashuvini aniqlay olmaydi. Serverlarni kuzatish imkoni yoʼqligining yana bir sababi – ular tasodifiy tartibda tanlanadi; ularning umumiy soni esa yetti mingtacha boʼlib, Yer yuzining Аntarktidadan boshqa barcha qitʼalarida joylashgan!

Shuncha imkoniyatlar – barchasi bepul!

Tor Browserni rasmiy saytidan (agar ochilmasa, VPN orqali kiring) mutlaqo bepul yuklab olib oʼrnatish mumkin. Brauzer jami 15 tilda interfeysga ega, shular orasida rus tili ham bor.

Cheklangan saytlarga ham kira olasiz

Tor brauzeri nafaqat sizni kuzatuvlardan himoyalaydi, balki provayder tomonidan kirish cheklab qoʼyilgan saytlarni ham ochish imkonini beradi. Turli sabablarga koʼra ayrim hududlardan kirish yopib qoʼyilgan resurslarga ushbu ilova yordamida muammosiz kirish mumkin.

Manba: Terabayt.uz

PS: Maqola muallifining fikri kanal muallifini fikrini ifoda etmaydi)

@muhammadyunus_uz
​​Qanday qilib hacker bo'lishim mumkin? (1-qism)

Eng avval hacker o'zi kim ekanini bilib olamiz.

Hacker
- favqulodda kuchli dasturchi. U dasturlash tilining koʼplab tomonlari bilan bir qatorda u orqali tuzilgan dastur yoki saytlarda ham koʼp uchraydigan nozik joylarini biladi. Аynan shu nozik joylar sababli u oʼsha sayt yoki dasturni buzib kira oladi.

Hackerlar 3ta guruhga boʼlinadi: Black Hat - buzgʼunchi hackerlar, White Hat - himoyachi, tinchlikparvar hackerlar, Grey Hat - asosan oʼzi haq deb bilgan yoʼlni tanlaydigan hackerlar guruhi.

Shuningdek, hackerlar quyidagi toifalarga boʼlinadi:
Newbie - yangi boshlagan hackerlar, odatda katta ziyon yetkaza olishmaydi, harbiylar taʼbiri bilan aytganda "dux".
Script Kiddie - oʼzi kod terishni bilmaydigan, buzish ishlarini maʼlum dasturlar orqaligina amalga oshira oladigan hackerlar.
Cracker - dasturlarni buzuvchi hackerlar. Bu yoʼnalish hackerlar jamiyatida eng pastkash ish deya baholansada, bizdagi sharoit uchun ular juda kerakli. Nega deysizmi? Siz shu vaqtgacha Windows uchun, istalgan kompyuter dasturi yoki oʼyinlar uchun pul toʼlaganmisiz? Yoʼqmi? Krekerlar sharofati bilan.
Hacktivist - internetda oʼz noroziligini bildirish bilan shugʼullanadigan hacker.
Suicide Hacker - huddi oʼzini portlatuvchi suiqasdchilarga oʼxshaydi, shaxsi oshkor boʼlishini bila turib juda katta hujumlarni amalga oshiradi.
Va boshqalar.

Lekin afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda sizga koʼrinmas nik yasab berish, spamdan chiqarish va hokazo sirlarni bilishini aytayotgan odam hacker hisoblanmaydi.

Manba: @TheTechnoAli

@muhammadyunus_uz
👍1👎1
Hayotimda ulkan oʻzgarishlarga sabab boʻlgan shahar! #StayStrongTashkent Duodamiz!
​​UZTELECOM 2 oy bepul xizmat ko'rsatadimi?

Ijtimoiy taqmoqlarda ba'zi kanallar "O'zbekistonda ikki oy davomida internet bepul ekan" degan xabarlarni tarqatib yurishibdi.

Bu xabar mutlaqo asossiz bo'lib, noto'g'ri tushunish natijasida kelib chiqqan. Ya'ni sizni ikki oyga internetdan uzib qo'yishmaydi. Shunchaki foydalangan internetingiz uchun ikki oydan keyin pul to'laysiz.

Bunday xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilardim.

@muhammadyunus_uz