Ziyodbek's Blog – Telegram
Ziyodbek's Blog
162 subscribers
452 photos
89 videos
22 files
436 links
T: Ziyodbek Ahmadjonov
D: Software Engineer
C: ITFlakes, Inter Nation, BeeLab, Comston

YT: bit.ly/3RHDBX6
W: https://ziyodbek.uz
C: @zyobee
Download Telegram
Forwarded from GDG Tashkent (Khumoyun Inoyatov)
#DevFest22 yaqinlashmoqda!

Sizlarga mamnuniyat bilan festivalimizdan oldingi, tajribali injinerlar bilan online suhbatlarni e'lon qilamiz!

5-Noyabr - Azimjon Pulatov (SDE @ Amazon)
Cracking the System Design Interview (O’zbek tilida)

6-Noyabr - Jakhongir Rakhmonov (SDE @ Amazon)
Coding AMA: Engineering, life and work in Europe (O’zbek tilida)

Suhbatlarni o’tkazib yubormaslik uchun YouTube kanalimizga a’zo bo’lib qo’ng’iroqcha 🔔 tugmasini bosib qo’ying.

Mehmonlarimizga savollaringizni quyida yozib qoldiring 👇

Biz bilan qoling! 😉
👍4
🧑‍💻 Qattiq ishla, bir necha tasklarni bajar va dam olish uchun kitob mutolaa qil.

P.S: The best time for reading a book!
@ziyodbek_ahmadjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3
Dasturlashni o'rganishni boshlaganimda va hozir.

Dasturlashni o'rganishda davom etmoqdaman. Hali "yetarlicha tajribali dasturchi bo'ldim" demoqchi emasman. Faqatgina o'rganish jarayonidagi ba'zi xato va kamchiliklarim haqida aytib bermoqchiman.

🌀Dasturlashga til bilmasdan kirganim bu mening eng katta va vaqt yo'qotishimga sabab bo'lgan xatoim bo'lgan deb o'ylayman. Ya'ni hech bo'lmaganda bir chet tilini (ingiliz, rus) o'rganib, so'ngra kirish o'rganish jarayonini tezlashtiradi deb o'ylayman. Lekin bu degani til bilmasdan o'rganish mumkin emas degani emas. lekin til bilish kam vaqtda yaxshiroq natija olish mumkin. YouTube'dan tekin qo'llanmalar bilan soqqani ham tejaysiz.

🌀Juda uyatchanglik ham ko'p bilimlardan to'sishini kech tushudim. Ya'ni hozir o'z sohamdagi TOP insonlarga aloqaga chiqish va ulardan yordam so'rash (maromidan oshmagan holda)ga uyalmayman. Bu katta bilimlar va tajriba uchun yo'l ochib bermoqda, Alhamdulillah.

🌀Ko'proq o'z sohamga oid insonlar bilan suhbatlashishga intilmaganim ham xatolarimdan biri bo'lgan deb o'ylayman. Ya'ni boshidan boshlab mendan yaxshi bilishi yoki yaxshi bilmasligidan qat'iy nazar, umuman dasturlashga aloqasi bor odamlar bilan kam suhbatlashishim mening o'rganish — o'sish tezligimga salbiy ta'sir qilganini tan olaman. Xozir attang qilishimdan foyda yo'qdir, lekin ibrat uchun aytaman: O'sha paytdagi Guli, Shaxlo, Saida ...larni o'rniga bironta dasturlashga aloqasi bor odam bilan chatting qilsam bo'lardi ekan. (Boshqa ismlar ham bo'lishi mumkin edi. Misol uchun: Sobir, Ahmad va hkz :))

🌀Internetdan qidirishni kech o'rganganman deb o'ylayman. Ya'ni biron joyda code yozayotib tiqilib qolsam darrov yonimdagilardan bu nima bo'ladi deb so'rayverib miyasini qotirganman. Hozir o'ylasam ustozlarimga rahmim keladi)

🌀Daftarga yozishni bilmaganman yohud yoqtirmaganman. Bu ham men uchun xatolarning boshida turadigani, biron narsa o'rganishdagi umuman ilm talabidagi eng asosiy omil bu "note qilish" ya'ni yozib olish ekanini endi tushunib yetganim. Yozish bu xotirada qolishni yaxshilashi, havodagi bilimlarni saqlab qolishi va boshqa foydalari haqida bilarmidingiz, men endi tushunib boryapman (deb o'ylayman😁)

🌀Challange qo'yish nima ekani haqida o'ylab ham ko'rmagan edim. Qishloqda o'sgan odam sifatida aytaman dunyoqarashim juda tor. Va men har xil challange'larni umuman try qilib ko'rmaganman. Hozir sal-pal tushundim lekin baribir challangelarni qabul qilish va bajarishga no'noqman, yoxud irodasiz. (Eng yaxshi natijam 30 kun 5 soatdan code yozishni taxminan 15 kun ushlaganman🌚)

🌀Xatolarimga tik qarashni bilmaganim haqida. Kimdir menga xato qilayotganimni aytsa o'ylab-netmay inkor qilish odatim borligi menga ko'p pand berdi. Kimdir sizga kamchiligingizni aytishi bu sizni emas o'sha yomon yoki noto'g'ri odatingizni yomon ekanligidandir. Bu sizni yomon degani emas.

Hozircha kalta fahmimga shular keldi.
Har bir odamda kamchiliklar bor, kamchilik, xatolarni bartaraf qilish yo'li esa avvalo kamchilik va xatoni aniqlashdan boshlanadi. Kimdadir qaysidir muammo, xato yoki kamchilikni topishga yordam berib qolar degan maqsadda yozdim.

Har bir inson xato qilguvchidir....

🚀 Harakatsizlikni to'xtating.
(c) Noma'lum: Harakat - kechagi men bilan, bugungi menning farqi!

@ziyodbek_ahmadjonov
👍14😁43👌2🕊1
Forwarded from GDG Tashkent (Khumoyun Inoyatov)
#DevFest22 oldidan o’tkazilayotgan suhbatlarimiz davom etadi!

12-Noyabr 6:00pm - Diyorbek Sadullaev (SDE @ Super Dispatch)
Debugging Frontend Applications (O’zbek tilida)

13-Noyabr 8:00pm - Muhammadjon Toshpulatov (SDE @ Google)
Path to Google (O’zbek tilida)

Suhbatlarni o’tkazib yubormaslik uchun YouTube kanalimizga a’zo bo’lib qo’ng’iroqcha 🔔 tugmasini bosib qo’ying.

Mehmonlarimizga savollaringizni quyida yozib qoldiring 👇

Biz bilan qoling! 😉
👍4🕊2🔥1🤩1
Forwarded from Josh*Developer
React.js intervyu premyerasi.

Bugun soat 17:30 da video premyerasini barcha bilan birgalikda ko'rishingiz mumkin. Ulgurmaganlar keyin ham ko'rsa bo'ladi.

Demak, 17:30 da ko'rishguncha 😉

Video linki: https://youtu.be/L9_F-thz3Qc

Yaqinlaringizga ham ulashing. ✈️

@JoshDeveloper
👍3
Kompaniya zo'r, bozordagi tajribasi zo'r.
O'nlab Seniorlari bor.
Interview ham successfully.
Middle berilgan daraja.
Juda hushmuomala va ochiqko'ngil Project Maneger.
Lekin oyligi...

P.S: Men hate qiladigan O'zbek IT Bozori haqida gap ketyapti..
@ziyodbek_ahmadjonov
👍4🤬3👎1
#natural

Biroz o'ylab, "Fotoblogger bo'lsammikan?" - deb yubordim shu rasmga qarab.

P.S: Shunaqa qib harakat qib tursak, nasib bo'lsa yaxsho'pketadi!

@ziyodbek_ahmadjonov
👍10🔥3😁3
#real

Yandex Go taksida Start va Comfort turidagi tariflarining asosiy farqi bitta:

Comfort turidagi haydovchilar yetib kelgani haqida telefon qilishmaydi. Chunki ular ilovada chat borligini bilishadi)

P.S: Yaxsho’pketadi!

@ziyodbek_ahmadjonov
😁15👍2
#^**%*£¥<€*}?!.

Bitta saytga 8 milliard so’m ajratilganini eshitib yangi awwwards.com ni kutgan edim.

P.S: Bu xabarga yaxsho’pketadi deyolmayman🙁

@ziyodbek_ahmadjonov
🤬5🤯3
Forwarded from Nizamoff
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliard so’mlik loyihalar haqida

Bugun ko’pchilik muhokamasida bo’lgan mavzu haqida. Umuman olganda bunday holatlar juda ko’p uchramoqda. Shular haqida hazilomus tarzda video ovozlashtirdim.

@nizamoff
😁5👍1
Kecha kanalga to'rtta post joylapman. #respect
Gapiradigan gaplar, tanqid qiladigan masalalar ham ko'payib qolgan ekan.

Xulosa: Sizlarda qaysi organ yaxshi ishlaydi? Hazm qilish o'rganlari yaxshi ishlashadi!!!

P.S: Oz qoldi yaxsho'pketadi!
@ziyodbek_ahmadjonov
😁8🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cyber Sport ham sport turi deb e’lon qilinganidan xabaringiz bormi😉

P.S: Ozgina miyyaga dam bersak, yaxsho’pketadi!

@ziyodbek_ahmadjonov
😁5👍2👏2🍾2
Bir website ko'rib qoldim. Ayni JavaScriptni o'rganishni boshlagan, o'rganayotgan va hatto JavaScript bo'yicha ishlayotganlar ham bir qator kirib sinab ko'rsa bo'ladigan sahifa deb o'ylayman.

Sahifa nimalar qiladi. Faqat bitta ish qiladi: JavaScript qanday ishlaydi? savoliga javob beradi. U yerda siz aslida JavaScript sizning functioningizni qaysi ketma-ketlikda ishlatyapti call-stack qachon bo'shayapti va hakozolarni ko'rsatib turadi.

P.S: arrow function, function expression emas function decloration sifatida codelaringizni tekshirsangiz yaxsho'pketadi! JavaScript sizni tog'angiz bo'lsa ham bir kirib ko'rsangiz zarari yo'q))

Website uchun link:
http://latentflip.com/loupe

@ziyodbek_ahmadjonov
👍7😁4👏1
Bir nechta interviewlarda o'zimcha qatnashib qo'yib birnimalar aytib bergim keldi sizlarga.

Odatda interview davomida HTML va CSS dan kamroq savol beriladi. Lekin shunday bo'lsa ham, odatda kondidatlar bu savollarning javobini bilmasliklaridan nolishadi interviewerlar. Ba'zi interview olayotgan odam bilan shunchalik yaqin bo'lib ketasiz, dardini ochishni boshlab yuboradi. Deyishgandi ko'o'p interview ko'rgan do'stlarimiz)

Keling shunaqa oson savollardan bittasini sizga taqdim qilay.

HTML da div tegi bor, unga .hello va .hi classNamelari berilgan, CSSda esa uyidagicha stillar yozilgan:

.hi {
background-color: red;
}

.hello
{
background-color: green;
}


div ning backgroundi qanday rangda bo'ladi?

Albatta yashil rangda bo'ladi. Chunki, CSSda qoida oxirgi yozilgani hisob))

P.S: Bu faqat shu holat uchun ishlaydigan gaplar. Example boshqa bo'lsa, answer ham boshqacha bo'ladi. Ozgina e'tiborliroq bo'linsa yaxsho'pketadi.

@ziyodbek_ahmadjonov.
👍7🐳4👎1
Interviewda tushadigan savollarni ko'rishda davom etamiza..

JavaScript'da va yokida ixtiyoriy tilda ikkita object'ni bir-biriga tengligini tekshirmoqchisiz qanday yo'l tutasiz?

Man ham odatdagi dasturchilar kabi, "avval object keylarini array'ga olib olaman va u yordamida object'ni ichidan value'larni olib ikkalasini tekshira ketaman va oxirida teng yoki teng emasligini bitta yangi o'zgaruvchiga o'zlashtirib e'lon qilaman" deb javob berib yurar edim.

Lekin bunga juda sodda uslub bilan javob bersa bo'lishini bilmasdim. Keyin ustozlarimizdan shunaqa savol tushdi deb gaplashib qolganimizda ular bu savolning optimal javobini aytishgan.

Hullas savol va umumiy holat tushunarli bo'lgan bo'lsa javob quyidagicha.

let obj1 = { name: "BoxoTashkenskiy", age: 26 };
let obj2 = { name: "Shox007", age: 23 };

let result = obj1.toString() === obj2.toString(); // false


P.S: Yani object'larni avval string'ga o'grib olib tekshirilsa va hamma o'z shevasida gapirsa yaxsho'pketadi.! Nimadir tushunarsiz bo'lsa savol bersangiz bo'ladi!

@ziyodbek_ahmadjonov
👍4🔥3🥰1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10👍3🔥1🥰1
Forwarded from Khumoyun Codes
Issiq ish joyi 🥶

Ota-onamning bizni o’qitishlaridan asosiy maqsadligi, biz issiq so’vuqda ularga o’xshab qiynalib yurmasligimiz bo’lgan. Men ham yoshligimdan, yaxshi kasbni egasi bo’lsang, qo’ling qadoq, terlamasdan pul topasan degan gapni eshitganman. Bu motivatsiyani natijasini hozirgidek sovuq kunlarda sezishni, eslashni boshlayman. Alhamdulillah, qalbda hotirjamlik bilan, issiq xonada, issiq choy ichib kod yozib o’tiribmiz. Bu birinchidan Allohni marhamati, keyin ota-onamiz va oxiri bizning mehnatimiz mahsuli. Hozirgi holatimiz uchun Allohga shukur, ota onamizga rahmat aytshimiz kerak.

Ishi ko’chada, ochiq havoda, sovuq bo’lsa ham, tunni tonga ulab, dalada yoki qurilishda halol mehnat qilayotganlar qancha. Albatta jamiyat uchun har bir kasb egasini o’rni bor, ularni ishini qadrini pasaytirmoqchi emasman. Lekin, hozir o’qiyotgan kitobimiz, olayotgan bilimimiz, qilayotgan mehnatimiz, ertaga albatta o’zini mevasini beradi, halol yo’l va jismoniy mehnatsiz rizqimizni topamiz.

Shuning uchun ham, Mirshakar aka aytganiga o’xshab, “men bu pechkani yoqaman” deb harakat qilish kerak.

@khumoyun_codes
👍8🥰1
#meme #back

Men, bir backend'chi akamizga:
- Aka, siz bir kunga hamma backend'chilarni yig'ing, men ularga tushuntiray. Qachon biz front'chilarni tushunasizlar?

Frontend sizlarni tog'alaring emas!

P.S: Ozgina bizni tushunishsa yaxsho'pketadi!
@ziyodbek_ahmadjonov
😁12🤯2🤔1
Yana penaltiylar seriasi bo'lsa chaqiringlar uni ham ko'rib qo'yamiz!

P.S: Croatia Top. Yaxsho'pketadi)
@ziyodbek_ahmadjonov
👍5😁2