Muhammadali – Telegram
Eʼtirof

Bugun Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etiladigan “Oltin Humo – 2025” milliy kinotaqdimotining marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli tadbir yurtimiz kino sohasining eng yirik va eng kutilgan voqealaridan biri bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad – milliy kinematografiyaning yutuqlarini sarhisob qilish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ijodkorlarning mehnatini munosib e’tirof etishdir.

Marosim doirasida yil davomida yaratilgan eng yaxshi badiiy, hujjatli, animatsion va qisqa metrajli filmlar taqdim etildi, shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. “Oltin Humo” mukofoti o‘zbek kino ijodkorlari uchun yuksak professional baho va faxriy e’tirof sifatida qadrlanadi.
~~~

Balki koʻpchilik bilmas, adamning asosiy kasblaridan biri aktyorlik. Lekin odatda ikkinchi darajali rol yoki epizodik rollar ijro etadilar. Shuningdek, salbiy rollarni yaxshi o'ynaydilar. Lekin shu vaqtgacha hech-da bosh rol berilmagandi.

Nihoyat, bu amalga oshdi.  "Choʻliq" nomli filmda asosiy qahramon roli. Qarangki, aynan shu filmdagi rol orqali "Oltin Humo"da "yilning eng yaxshi aktyori" deya eʼtirof etildilar. Bugun oilamizda bayram! Biz umuman kutmagan edik. Misol uchun, 5 ta nomzoddan biri sifatida marosimda qatnashish aytildi, lekin gʻolib boʻlishlari haqida aytilmadi. Men o'ylagandimki, agar gʻolib bo'lganlarida bu haqida oldindan xabar beriladi. Lekin kutilmaganda (chunki adam ham kutmagandim, dedilar) Ulugʻbek Muhammadkarimov nomi eʼlon qilindi! Ikki karra quvonchli boʻlar ekan, agar oldindan aytib qo'yilmasa))

Asosan kanalda futbol haqida gaplashamiz, ammo bugungi quvonchli kunimizni sizlar bilan bo'lishgim keldi.

Muhammadali
🔥33👍102👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fanlardan jamoa tuzilganida bu tarkib qanday ko'rinish olgan bo'lardi?

Ustozlardan ajoyib tanlov! Misol uchun men bu tarkibga hech qanday o'zgartirish kiritmagan bo'lardim. Shuningdek, pozitsiya bo'yicha fanlar haqida qisqacha izohlar ham to'g'ri.

O'zim kutgan fan - adabiyot. Ya'ni, adabiyotni qaysi pozitsiyaga qo'yishlari qiziq edi, oxirgacha kutdim. Bosh murabbiy tanloviga esa to'laqonli qo'shildim.

Muhammadali
🔥15😁81👏1
Bugun "Real" tarixidagi buyuk futbolchilardan biri, klub afsonasi, sobiq sardor va "Oltin to‘p" sohibi — Karim Benzema 38 yoshga to‘ldi!

Uning natijalari shunchaki fantastika:
— "Madrid" tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purar;
— La Liga tarixidagi to‘rtinchi eng yaxshi to‘purar;
— Chempionlar Ligasining besh karra g‘olibi;
— Tarixdagi eng sovrindor fransuz futbolchisi va eng yaxshi to‘purari;
— ChL pley-off bosqichlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri va faoliyati davomida 500 ga yaqin gol muallifi;
— Klublar o‘rtasidagi JChning 5 karra va Yevropa Superkubogining 4 karra sohibi;
— 4 karra Fransiya va 4 karra Ispaniya chempioni.

"Real" safida Benzema jami 25 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, 354 ta gol urgan va 165 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Benzema shubhasiz yuqoridagi sovrinlar va natijalarga ulkan hissa qo‘shgan. Lekin men uning boshqa xislatini e’tirof etmoqchiman. U o‘zidan kuchli futbolchini tan ola biladigan va unga yordam berishni o‘z vazifasi deb qabul qilgan o‘yinchi edi.

Yaqinda undan "Real"ning muammolari haqida so‘rashganda, u Vini, Mbappe, Bellingem va Rodrigo haqida shunday dedi: "Hujumdagi futbolchilarning barchasida o'zining egosi bor. Bu yulduzlar o‘zlarini har bir o‘yinchi jamoaga hissa qo‘sha olishiga ishontirishlari va, eng muhimi — o‘zaro muloqot qilishlari lozim.

Muammo yoningda sendan ko‘ra ko‘proq gol urayotgan o‘yinchi borligini qabul qila olmaganingda paydo bo‘ladi. Bunday muammolar bir maydonda ko‘plab yulduz o‘yinchilar jamlanganda yuzaga keladi.

Agar jamoadoshingiz sizdan yaxshiroq bo‘lsa — buni tan olishingiz kerak, chunki o‘sha jamoadoshingizga ham baribir boshqalar kerak bo‘ladi, u hamma ishni bir o‘zi qila olmaydi"
.

Balki mana shunday fikrlash uni cho‘qqiga olib chiqqandir? Menimcha, shunday. U Ronaldu bilan ajoyib yillar o‘tkazganining sababi ham shu. Ronaldudan keyin esa jamoaga aynan shunday yetakchi kerak edi. Karim bu rol uniki ekanligi, shunday rolga o'tish vaqti kelganini tushundi va uni qoyilmaqom ijro etdi.

Benzemaning faoliyatiga nazar tashlarkanmiz, u o'z pozitsiyasidagi unikal hujumchilardan bo'lgani bilan xotiramizdan joy oldi. U Levandovski yoki Holanddek "gol mashinasi" bo'lmagandir, ammo ba'zi jihatlari, o'yin uslubi bilan, men uchun ulardan kam darajadagi o'yinchi emas.

Muhammadali
🔥27👍6👏43😁1
Hafta o‘rtasida "Nyukasl" ham, "Chelsi" ham Angliya Liga kubogining chorak finalidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalga yo‘llanma oldi. Agar voqealar rivoji shunday davom etsa, bu ikki jamoa fevral oyidayoq turnir finalida to‘qnash kelishi ham mumkin. Bu esa ularning bugun bo‘lib o‘tadigan o‘zaro o‘yiniga o‘zgacha intriga qoʻshadi.

Premyer ligadagi holatga kelsak, turnir jadvalida ular o‘rtasida 8 pog‘onalik farq bo‘lishiga qaramay, "Nyukasl" va "Chelsi" baribir Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda. Jadvalning yuqori qismidagi zichlik shundayki, qatorasiga erishilgan bir nechta g‘alaba kuchlar nisbatini va vaziyatni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Ushbu to‘qnashuvda "uy oʻyini" faktori ham alohida e’tiborga molik. "Chelsi" "Sent-Jeyms Park"da jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda: londonliklar 2021-yildan beri bu stadionda g‘alaba qozona olishmayapti. Ular bu yerda ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi va shulardan uchtasi aynan Premyer liga doirasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu uchrashuvni siz bilan birgalikda soat 17:30 da 📺Setanta Sports 1 telekanalida tomosha qilamiz.

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍42
"Real" hatto kubok uchrashuvini ham xotirjam oʻtkaza olmadi. Endi esa ularni "Sevilya" kutmoqda. "Bernabeu"da sevilyaliklar qachon oxirgi marta gʻalaba qozonganini eslolmasa ham kerak.

Ammo Alonsoning hozirgi holatida deyarli har bir o'yin ogʻir oʻtyapti, hatto g'alaba bo'lsa ham. Bugungi ham bundan farqli bo'lmasa kerak.

Siz bilan ushbu uchrashuvni soat 01:00 da Youtube orqali tomosha qilamiz

Havola: youtube.com/live/AX7QJZWEYsY

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍5😁2
La Liganing oʻyinlar vaqtini belgilovchi mutaxassislariga rahmat. "Real" va "Barsa" oʻyinlari bu turnir tomoshabinlarining asosiy auditoriyasi hisoblanadi. Tashakkurimning sababi, odatda bu 2 jamoaning bittasi oʻz oʻyinini ertaroq boshlaydi. Bu hafta "Barselona"ning oʻyini ideal vaqtda.

"Barselona" ham xuddi "Real" singari yildagi soʻnggi bahsida maydonga tushadi. "Vilyarreal" esa La Ligada barqarorlik boʻyicha uchinchi jamoa boʻlib turibdi. Ushbu uchrashuvni esa Youtube orqali birgalikda tomosha qilishimiz mumkin.

Havola: youtube.com/live/UrwEUdeGovk

Muhammadali
👍62👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
12👍1
Setanta Sports O'zbekiston 🇺🇿
📺 Rasman: Abdullajon Yusupov – Setanta Sports sharhlovchisi! ⚽️ Abdullajon Setanta Sports YouTube kanalida o’zbek tilida olib beriladigan 🇪🇸 LaLiga,🇩🇪 Bundesliga,🇫🇷 Liga 1 va 🏆 Saudiya Pro Ligasi uchrashuvlarini va telekanallarimizda 🤐 APL uchrashuvlarini…
Jamoamiz yangi a'zosi tanishtirildi. Siz uni yaxshi taniysiz. Abdullajon futbol sharhiga ham anchadan beri qiziqib yurgandi. Mana endi bu orzuni amalga oshirish imkoni taqdim etildi. Yangi transfer, yangi ovoz!

Bu borada Setanta Sports sharhlovchilar, efirlari bilan ishlovchi xodim sifatida qo'ldan kelganda yordam beraman.
73👍2816😁5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍192👎2
Muhammadali
Video message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁14👏31
Bugungi oʻyinim

Turnir jadvalida yonma-yon oʻrin egallagan jamoalar to'qnashuvi. Ammo "Villa" va "Chelsi" orasidagi ochkolar farqi 7 tani tashkil etadi.

Emeri jamoasi 10 ta oʻyindan iborat tarixiy gʻalabali seriyaga ega. Mareska yigitlari bunga nuqta qoʻya olarmikin?

📺 Setanta Sports 1 telekanalida 22:30 da ushbu uchrashuvni birga tomosha qilamiz😉

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👎1
Orif Tolipov
Асосий устоз ҳақида
Xuddi shu holat menda dodam bilan. Ular men va ukamni futbolga qiziqtirganlar. 10-11 yoshimizdan dodam bilan kechasi futbollarni tomosha qilib o'tarardik. Bahsli vaziyatlarda ba'zan ikki tomonda bo'lib, bahslashardik ham. Hozirgacha shunday. Qolgan istalgan mavzuda, suhbatda quloq solamiz. Ammo futbolda fikrlarimiz turlicha bo'lishi mumkin. Ayniqsa, dodam bir klub muxlis ekanliklaridan kelib chiqsak, har doim ham adekvat fikr bildirishlari qiyin, aksar muxlislar singari)) Shunday holatlarda shu zahoti qo'ng'iroqlashib, bahsga kirishib ketamiz.

Futbol shunchaki o'yin emas, bizning misolimizda bu - kattalar bilan, otamiz yo dodamiz bilan munosabatlarni yanada yaqinlashtiruvchi ajoyib vosita. Ayniqsa, hozirgi tezkor, texnologik zamonda yoshi sizdan bir yoki ikki avlod katta bo'lgan odamlar bilan gaplashishga mavzular kamaygan vaqtda shu kabi vositalarga ehtiyoj katta.

Muhammadali
👍182
Yaqindagina, 6-dekabr kuni "Aston Villa" so'nggi daqiqalarda Buendiyaning goli evaziga "Arsenal"ni mag'lub etgandi. Hozirgi 11 o'yindan iborat g'alabali seriya ichida bu mavsum chempionlik uchun favorit deyilayotgan klub ustidan ham g'alaba bor. Ikki jamoa yilning so'nggi o'yinida yana o'zaro to'qnash kelishmoqda. Bu safar endi Emeri jamoasi yutsa, ochkolar tenglashadi. Shuningdek, tarixiy seriyani ham davom ettirish ustuvor maqsadlardan. Arteta esa o'tgan o'yindagi mag'lubiyat alamini bugungi bahs uchun motivatsiya o'laroq ishlatish ilinjida. Bundan ortiq intrigani hozir topish qiyin.

Yil so‘nggida qanday kino ko‘rsam ekan deb o‘ylab turibsizmi? Unday bo‘lsa, barcha "ekshn" janri shinavandalarini bugungi to‘qnashuvga taklif etaman. Haqiqiy triller kafolatlanadi! Bosh rolda murabbiylar va futbolchilar. Ikkinchi darajadali rolda men:)

Kanal: 📺Setanta Sports 1
Premyera: 01:15


Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28🔥5👎3👍2
Tarkiblar ma'lum.

Kalafiorining o'rnida o'tgan bahs Lyuis-Skelli o'ynagandi, bu safar Xinkapi. "Brayton"ga qarshi 20 daqiqa o'ynagan Gabriel muhim o'yinda boshlang'ich tarkibda. Rays esa o'tgan bahs davomida jarohat bilan o'ynagan ekan, shu sabab bu safar Arteta risk qilmoqchi emas. Qolgan o'yinchilar esa o'sha-o'sha, ya'ni, yarim himoya va hujum o'tgan o'yindagi tarkib bilan bir xil.

"Aston Villa" tarkibida qanot himoyachilari o'zgargan. Kesh "Chelsi" bilan o'yinda 5-sariqni olgandi - diskvalifikatsiya. Matsen o'rniga Din. Onana Kamara o'rnida. Kamarada ham oxirgi kartochka beshinchisi edi. MakGin o'rniga Sancho. Bu biroz kutilmagan. Chunki Jeydon "Chelsi"ga qarshi o'yinda ham, birinchi davrada "Arsenal"ga qarshi o'yinda ham zaxiradan o'yinni boshlagandi. Lekin Sancho tushgani yaxshi bo'ldi, menimcha. Chunki MakGin baribir vinger emas, sof vinger o'ynashi ko'proq effekt beradi. Tag'inam, qolgani Sanchoning kayfiyatiga bog'liq. Malen o'rniga Uotkins - muhokamasiz. "Chelsi"ga qarshi o'yinni yutib bergan o'yinchilardan.

Muhammadali
👍93👎1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥162