"Real" hatto kubok uchrashuvini ham xotirjam oʻtkaza olmadi. Endi esa ularni "Sevilya" kutmoqda. "Bernabeu"da sevilyaliklar qachon oxirgi marta gʻalaba qozonganini eslolmasa ham kerak.
Ammo Alonsoning hozirgi holatida deyarli har bir o'yin ogʻir oʻtyapti, hatto g'alaba bo'lsa ham. Bugungi ham bundan farqli bo'lmasa kerak.
Siz bilan ushbu uchrashuvni soat 01:00 da Youtube orqali tomosha qilamiz✅
Havola: youtube.com/live/AX7QJZWEYsY
Muhammadali
Ammo Alonsoning hozirgi holatida deyarli har bir o'yin ogʻir oʻtyapti, hatto g'alaba bo'lsa ham. Bugungi ham bundan farqli bo'lmasa kerak.
Siz bilan ushbu uchrashuvni soat 01:00 da Youtube orqali tomosha qilamiz
Havola: youtube.com/live/AX7QJZWEYsY
Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍5😁2
La Liganing oʻyinlar vaqtini belgilovchi mutaxassislariga rahmat. "Real" va "Barsa" oʻyinlari bu turnir tomoshabinlarining asosiy auditoriyasi hisoblanadi. Tashakkurimning sababi, odatda bu 2 jamoaning bittasi oʻz oʻyinini ertaroq boshlaydi. Bu hafta "Barselona"ning oʻyini ideal vaqtda.
"Barselona" ham xuddi "Real" singari yildagi soʻnggi bahsida maydonga tushadi. "Vilyarreal" esa La Ligada barqarorlik boʻyicha uchinchi jamoa boʻlib turibdi. Ushbu uchrashuvni esa Youtube orqali birgalikda tomosha qilishimiz mumkin.
Havola: youtube.com/live/UrwEUdeGovk

👍6❤2👎1
Setanta Sports O'zbekiston 🇺🇿
Jamoamiz yangi a'zosi tanishtirildi. Siz uni yaxshi taniysiz. Abdullajon futbol sharhiga ham anchadan beri qiziqib yurgandi. Mana endi bu orzuni amalga oshirish imkoni taqdim etildi. Yangi transfer, yangi ovoz!
Bu borada Setanta Sports sharhlovchilar, efirlari bilan ishlovchi xodim sifatida qo'ldan kelganda yordam beraman.
Bu borada Setanta Sports sharhlovchilar, efirlari bilan ishlovchi xodim sifatida qo'ldan kelganda yordam beraman.
⚡73👍28❤16😁5🔥1
Bugungi oʻyinim
Turnir jadvalida yonma-yon oʻrin egallagan jamoalar to'qnashuvi. Ammo "Villa" va "Chelsi" orasidagi ochkolar farqi 7 tani tashkil etadi.
Emeri jamoasi 10 ta oʻyindan iborat tarixiy gʻalabali seriyaga ega. Mareska yigitlari bunga nuqta qoʻya olarmikin?
📺 Setanta Sports 1 telekanalida 22:30 da ushbu uchrashuvni birga tomosha qilamiz😉
Muhammadali
Turnir jadvalida yonma-yon oʻrin egallagan jamoalar to'qnashuvi. Ammo "Villa" va "Chelsi" orasidagi ochkolar farqi 7 tani tashkil etadi.
Emeri jamoasi 10 ta oʻyindan iborat tarixiy gʻalabali seriyaga ega. Mareska yigitlari bunga nuqta qoʻya olarmikin?
Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👎1
Orif Tolipov
Асосий устоз ҳақида
Xuddi shu holat menda dodam bilan. Ular men va ukamni futbolga qiziqtirganlar. 10-11 yoshimizdan dodam bilan kechasi futbollarni tomosha qilib o'tarardik. Bahsli vaziyatlarda ba'zan ikki tomonda bo'lib, bahslashardik ham. Hozirgacha shunday. Qolgan istalgan mavzuda, suhbatda quloq solamiz. Ammo futbolda fikrlarimiz turlicha bo'lishi mumkin. Ayniqsa, dodam bir klub muxlis ekanliklaridan kelib chiqsak, har doim ham adekvat fikr bildirishlari qiyin, aksar muxlislar singari)) Shunday holatlarda shu zahoti qo'ng'iroqlashib, bahsga kirishib ketamiz.
Futbol shunchaki o'yin emas, bizning misolimizda bu - kattalar bilan, otamiz yo dodamiz bilan munosabatlarni yanada yaqinlashtiruvchi ajoyib vosita. Ayniqsa, hozirgi tezkor, texnologik zamonda yoshi sizdan bir yoki ikki avlod katta bo'lgan odamlar bilan gaplashishga mavzular kamaygan vaqtda shu kabi vositalarga ehtiyoj katta.

👍18❤2
Yaqindagina, 6-dekabr kuni "Aston Villa" so'nggi daqiqalarda Buendiyaning goli evaziga "Arsenal"ni mag'lub etgandi. Hozirgi 11 o'yindan iborat g'alabali seriya ichida bu mavsum chempionlik uchun favorit deyilayotgan klub ustidan ham g'alaba bor. Ikki jamoa yilning so'nggi o'yinida yana o'zaro to'qnash kelishmoqda. Bu safar endi Emeri jamoasi yutsa, ochkolar tenglashadi. Shuningdek, tarixiy seriyani ham davom ettirish ustuvor maqsadlardan. Arteta esa o'tgan o'yindagi mag'lubiyat alamini bugungi bahs uchun motivatsiya o'laroq ishlatish ilinjida. Bundan ortiq intrigani hozir topish qiyin.
Yil so‘nggida qanday kino ko‘rsam ekan deb o‘ylab turibsizmi? Unday bo‘lsa, barcha "ekshn" janri shinavandalarini bugungi to‘qnashuvga taklif etaman. Haqiqiy triller kafolatlanadi! Bosh rolda murabbiylar va futbolchilar.Ikkinchi darajadali rolda men:)
Kanal:📺 Setanta Sports 1
Premyera: 01:15
Muhammadali
Yil so‘nggida qanday kino ko‘rsam ekan deb o‘ylab turibsizmi? Unday bo‘lsa, barcha "ekshn" janri shinavandalarini bugungi to‘qnashuvga taklif etaman. Haqiqiy triller kafolatlanadi! Bosh rolda murabbiylar va futbolchilar.
Kanal:
Premyera: 01:15
Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28🔥5👎3👍2
Tarkiblar ma'lum.
Kalafiorining o'rnida o'tgan bahs Lyuis-Skelli o'ynagandi, bu safar Xinkapi. "Brayton"ga qarshi 20 daqiqa o'ynagan Gabriel muhim o'yinda boshlang'ich tarkibda. Rays esa o'tgan bahs davomida jarohat bilan o'ynagan ekan, shu sabab bu safar Arteta risk qilmoqchi emas. Qolgan o'yinchilar esa o'sha-o'sha, ya'ni, yarim himoya va hujum o'tgan o'yindagi tarkib bilan bir xil.
"Aston Villa" tarkibida qanot himoyachilari o'zgargan. Kesh "Chelsi" bilan o'yinda 5-sariqni olgandi - diskvalifikatsiya. Matsen o'rniga Din. Onana Kamara o'rnida. Kamarada ham oxirgi kartochka beshinchisi edi. MakGin o'rniga Sancho. Bu biroz kutilmagan. Chunki Jeydon "Chelsi"ga qarshi o'yinda ham, birinchi davrada "Arsenal"ga qarshi o'yinda ham zaxiradan o'yinni boshlagandi. Lekin Sancho tushgani yaxshi bo'ldi, menimcha. Chunki MakGin baribir vinger emas, sof vinger o'ynashi ko'proq effekt beradi. Tag'inam, qolgani Sanchoning kayfiyatiga bog'liq. Malen o'rniga Uotkins - muhokamasiz. "Chelsi"ga qarshi o'yinni yutib bergan o'yinchilardan.

👍9❤3👎1👏1
Bugungi o'yinim
2026-yilni "Liverpul" - "Lids" bahsi boshlab beradi. 6-dekabrda jamoalar 3:3 hisobida durang o'ynashgandi. O'sha uchrashuvda "qizillar" Ekitikening 2 daqiqada 2 ta gol kiritgani hisobiga oldinga chiqib olishgan, ammo yakunda bu ustunlikni qo'ldan chiqarishgandi. U vaqtlar o'yinda ham, natijada ham barqarorlik yetishmas edi. Oradan ko'p o'tmadi, biroq Slot yigitlari shundan keyin ketma-ket 4 o'yindan beri g'alaba qozondi, 2 tasi quruq o'yin.
Jamoaning hozirgi formasi va "Enfild"dagi atmosferadan kelib chiqsak, har tomonlama "Liverpul" ustunlikka ega. Uning ustiga "Aston Villa"ning seriyasi yakunlangani ham liverpulliklarga qo'shimcha motivatsiya. Agar bugun ular g'alaba qozonishsa, ochkolar farqi 4 taga yetadi.
Ushbu uchrashuvni siz bilan birga soat 22:30 da📺 Setanta Sports 1 telekanali orqali tomosha qilamiz.
Muhammadali
2026-yilni "Liverpul" - "Lids" bahsi boshlab beradi. 6-dekabrda jamoalar 3:3 hisobida durang o'ynashgandi. O'sha uchrashuvda "qizillar" Ekitikening 2 daqiqada 2 ta gol kiritgani hisobiga oldinga chiqib olishgan, ammo yakunda bu ustunlikni qo'ldan chiqarishgandi. U vaqtlar o'yinda ham, natijada ham barqarorlik yetishmas edi. Oradan ko'p o'tmadi, biroq Slot yigitlari shundan keyin ketma-ket 4 o'yindan beri g'alaba qozondi, 2 tasi quruq o'yin.
Jamoaning hozirgi formasi va "Enfild"dagi atmosferadan kelib chiqsak, har tomonlama "Liverpul" ustunlikka ega. Uning ustiga "Aston Villa"ning seriyasi yakunlangani ham liverpulliklarga qo'shimcha motivatsiya. Agar bugun ular g'alaba qozonishsa, ochkolar farqi 4 taga yetadi.
Ushbu uchrashuvni siz bilan birga soat 22:30 da
Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍1
Forwarded from Farrukh Ismoilov | VAMOS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Farrukh Ismoilov | VAMOS
Bugun Ispaniya superkubogi finaliga bir necha yulduzlar, shu jumladan, Karim Benzema ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Stadion mashxurlar bilan to’ladigan ko’rinadi. ✅ @vamosfarrukh
Eng mashhuri - Xayrulla aka bilan barchamiz stadiondan birga tomosha qilamiz. Bunga Benzema ham sherik bòlmoqchi ekan)
❤16😁15