DARAJA.ILMIY.UZ – Telegram
DARAJA.ILMIY.UZ
1.07K subscribers
49 photos
9 videos
35 files
104 links
🌐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi

📍Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 7.
📬 E-mail: info@ilmiy.uz
☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 203-32-31
🌐 Rasmiy veb-sayt: www.innovation.gov.uz
Download Telegram
SAVOL: Tayanch doktoranturaga qabul qaysi oyda bo'ladi? Sentabrda СEFR topshirsam tayanch doktoranturaga hujjat topshirishga ulguramanmi?

🔺JAVOB: Tayanch doktoranturaga hujjatlar har yili 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar qabul qilinadi. Ushbu muddat mobaynida belgilangan talab darajasidagi xorijiy til sertifikatini taqdim etsangiz, hujjatlaringiz tizim orqali qabul qilinadi.

SAVOL:Men hozir 1-kurs tayanch doktoranturada tahsil olayapman. 13.00.01. - ixtisosligimni 03.00.08. - ixtisoslikka o'zgartirsam bo'ladimi?

🔺JAVOB:Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shaklida tahsil olayotgan izlanuvchining ixtisoslik shifri ish bajarilayotgan tashkilot Kollegial organi qarori asosida oʻzgartirilishi mumkin.

@ilmiy_darajali_kadrlar

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Edu.uz
#E’lon #Ovozli_chat

⚡️Bugun, soat 11:30 da mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari yuzasidan ovozli chat bo‘lib o‘tadi

Unda qabul talablari bilan bog‘liq barcha savollaringizga vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari javob berishadi.

Eslatma: mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar phd.mininnovation.uz orqali onlayn qabul qilinadi.

🔊Ovozli chatda ishtirok etish uchun havola:
👉
https://news.1rj.ru/str/ilmiy_darajali_kadrlar?livestream=f33cd5c3b58fc14b19

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
#live #matbuot_anjumani

⚡️Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi


Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

👉 На русском
👉 In English
Eduuz
@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
РАСМИЙ ОППОНЕНТ КИМ?

ОАК талабларидан маълумки, Етакчи ташкилот ва расмий оппонентлар Илмий кенгаш томонидан диссертацияни ҳимояга қабул қилиш тўғрисида қарор қабул қилинганидан кейин тасдиқланади.

➡️ Илмий кенгашда диссертация ҳимояга қабул қилинган кундан бошлаб 5 кун ичида диссертация ва диссертация автореферати лойиҳаси Илмий кенгаш томонидан расмий оппонентлар ва етакчи ташкилотга кузатув хати орқали юборилади.

✅️ Илмий кенгаш диссертация йўналиши бўйича тадқиқотлар олиб бораётган олимларидан расмий оппонентлар тайинлайди.
Фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун диссертация бўйича 2 нафар расмий оппонент тайинланади, улардан бири фан доктори бўлиши керак, иккинчиси эса, фан доктори ёки фалсафа доктори (PhD) бўлиши мумкин. Расмий оппонентларнинг 1 нафари ҳимоя ўтаётган Илмий кенгаш аъзоси бўлиши керак.

✅️ Фан доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун диссертация бўйича фан докторлари ёки профессорлар орасидан 3 нафар расмий оппонент тайинланади, бунда улардан 1 нафари ҳимоя ўтаётган Илмий кенгаш аъзоси бўлиши керак. Айрим ҳолларда, истисно тариқасида, Илмий кенгашнинг 2 нафар аъзоси ОАК билан келишилган ҳолда расмий оппонент бўлиши мумкин.

✅️ Расмий оппонентлар турли ташкилотларнинг ходимлари бўлиши лозим.

‼️ Қуйидагилар расмий оппонент бўла олмайдилар:

ОАK Раёсати аъзолари;
ОАK аппарати ходимлари;
ОАK эксперт кенгашлари аъзолари (эксперт кенгаши йўналишидаги диссертациялар бўйича);
диссертацияни кўриб чиқаётган Илмий кенгаш раиси, раис ўринбосари ва илмий котиби;
талабгорнинг илмий раҳбари (консультанти);


✅️ Зарур ҳолларда, Илмий кенгаш раисининг ўринбосари ёки илмий котиби ОАКнинг рухсати билан расмий оппонент қилиб тайинланиши мумкин.

Расмий оппонент диссертация, диссертация автореферати ва диссертация мавзуси бўйича эълон қилинган ишларни ўрганиб чиқиб, ўз фикрини Илмий кенгашга тақриз шаклида тақдим этади. Тақризда танланган мавзунинг долзарблиги, диссертацияда келтирилган илмий тафсилот, асосий натижалар, хулоса ҳамда амалий ва назарий тавсиялар қай даражада асосланганлиги ва янгилиги, шунингдек диссертациянинг унга қўйилган талабларга мувофиқлиги акс эттирилади.

➡️ Расмий оппонентларнинг тақризи нусхалари Илмий кенгаш томонидан диссертация ҳимоясидан камида 5 кун олдин талабгорга топширилиши керак.

Расмий оппонент ўзи тайёрлаган тақризнинг холис ва сифатли бўлиши ҳамда Илмий кенгаш белгилаган муддатда тақдим этилиши учун масъулдир.

✅️ Расмий оппонентнинг тақризи унга қўйилган талабларга жавоб бермаган тақдирда, Илмий кенгаш тақризни қайта ишлаш учун расмий оппонентга қайтариб беришга ёки расмий оппонентни алмаштиришга ҳақли. Бунда диссертация ҳимояси бошқа кунга қолдирилади.

➡️ Илмий кенгаш томонидан хорижий мамлакатларнинг тегишли таълим муассасалари ва илмий марказлари келишув асосида етакчи ташкилот, чет эллик таниқли мутахассис-олим эса, унинг розилиги билан диссертация ҳимояси юзасидан расмий оппонент этиб тайинланиши мумкин.

Фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун диссертация ҳимоясида, қоида тариқасида, расмий оппонентларнинг ҳаммаси қатнашиши шарт.

‼️ Фан доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун диссертацияга ижобий тақриз берган битта расмий оппонент узрли сабабларга кўра диссертация ҳимоясида иштирок эта олмаган тақдирда, ҳимояга рухсат берилади. Бунда ушбу оппонентнинг тақризи илмий котиб томонидан Илмий кенгаш мажлисида тўлиқ ўқиб эшиттирилади.

@ILMIYHIMOYA
@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Loyiha_matni_-_98472-(98472)(1).pdf
239.3 KB
🏛OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGINING
 
“Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi
milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” ID-98472 sonli qaror loyihasi  
💡https://regulation.gov.uz/oz/d/98472

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📝Qaror loyihasi ilovasining 1-bobida Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan
olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasi keltirilgan hamda quyidagicha izoh berib o’tilgan
Izoh:
1) taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi;


@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi aniqrog’i
ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinishi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushirilishi haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan.

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
❗️Norasmiy test markazlariga tashrif buyurib masofadan (Remote, Home Edition va boshqa) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmasligi ehtimoli borligini inobatga olib bunday reklamalarga uchmasliklaringizni, vaqtingizni va mablag’laringizni behuda sarflashdan ehtiyot bo’lishingizni so’raymiz!

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Milliy_va_xalqaro_tan_olingan_sertifikatlat_to'g'risida.pdf
1.1 MB
#Rasman

⚡️Bakalavr va magistratura uchun til bilish darajasini baholovchi tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

🎓@Talim_huquqi
@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Magistratura va doktorantura uchun qaysi darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi?

Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

©️1️⃣ xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

🅱️2️⃣ gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

🅱️1️⃣ boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.


@xushnudbek
@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Magistr Sertifikat.pdf
15.9 MB
📝2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tiilarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati va ularning darajalarini tasdiqlash to‘g‘risida.

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Hurmatli mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq

2024-yil navbatdagi chorak uchun uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn qabuli davom etmoqda.

Hujjatlar joriy yil
25-iyuldan 25-avgustga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik - falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#DIQQAT
#Elon

📣Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjatlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan Yagona elektron tizim endi yangi elektron manzilda.

phd.mininnovation.uz Yagona elektron tizimi endilikda daraja.ilmiy.uz domeniga ko’chirildi. Tizimdan foydalanish bilan bog’liq barcha vazifalarni endilikda ushbu daraja.ilmiy.uz domeni orqali amalga oshirishingiz mumkin.

📌 Yagona elektron tizimning faqat domeni o’zgarganligi tufayli phd.mininnovation.uz domeni orqali shu kungacha qabul qilingan hujjatlar teng kuchga ega va ularni qayta yuklash talab etilmaydi.

@ilmiy_darajali_kadrlar

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Квота 2025.pdf
42.4 MB
#DIQQAT
#E’LON

⚡️⚡️2025-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o’qitish bo’yicha qabul kvotalari (tashkilotlar bo'yicha ixtisosliklar kesimida) tasdiqlandi

📤
Qabul kvotalari bilan batafsil tanishib chiqish

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo’yicha eng tezkor yangiliklar
➡️ @ilmiy_darajali_kadrlar

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutlariga hujjat topshiruvchi talabgorlar diqqatiga

📝Hujjatlar ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan 1️⃣5️⃣-sentabrdan 1️⃣5️⃣-oktabrgacha bo‘lgan davrda (daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.

@ilmiy_darajali_kadrlar

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#ogohlantirish

Tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) hujjat topshirmoqchi bo’lgan talabgorlar diqqatiga❗️

🔊TOEFL iBT (Home edition) til sertifikati uchun tayyorlanib, imtixon topshirib hamda sertifikatni qo’lga kiritgan taqdiringizda ham sizga hech qanday imtiyoz berilmaydi va sertifikatingiz tan olinmaydi! (Asos)

🧮Vaqtingiz va mablag’ingizni qadrlang!

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
Forwarded from NSFLA | Rasmiy kanal
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Ариза.docx
14.1 KB
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun ariza na'munasi

@scientific_servicess
@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#savollarga_javoblar

SAVOL: Tayancha doktorantura va doktoranturaga hujjat topshirish uchun TOEFL iBT Home edition sertifikati to’g’ri keladimi?

🔺JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 29 mayda 3515-raqam bilan roʻyxatga olingan) taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

Rasmiy sahifalarimiz
Web-site | Instagram | Facebook
👍1
Forwarded from NSFLA | Rasmiy kanal
🔔 TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari endi Agentlikda

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha ikki tashkilot kelishuvi asosida Agentlikda TOEFL ITP hamda TOEIC testlari o‘tkazib kelinmoqda.

🗓 Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Agentlikda “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

💻 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences)ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish shartlari, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan www.ets.org sayti orqali tanishish mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM