❗️Github va Git haqida
Bugun sizlar bilan github va git haqida suhbatlashamiz, dasturlashni o'rganayotkan har qanday inson bularni ham o'rganishi kerak albatta, shuning uchun bular haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchiman.
Git - bu bepul va ochiq manbali(open-source) versiya boshqaruv tizimi(version control system), dasturiy ta'minot bo'lib u dastlab Linus Torvalds tomonidan 2005 yilda yaratilgan.
— Versiya boshqaruv tizimi nima degani o'zi? Misol uchun siz birorta dastur tuzdingiz va ishga tushurdingiz, qachondir tajribangiz ortib u dasturning yangi versiyasini ishlab chiqdingiz lekin sizga eski versiya ham kerak, shu holatda versiyalarni boshqarish uchun git bizga yordamga keladi.
Github - 2008 - yilda ishlab chiqarilgan bo'lib bepul va code uchun bulutli platforma. U Git orqali siz va sizning jamoangiz kompyuterda birga ishlashingizga yordam beradi.
Git va Github bilan ishlash haqida yana bitta post qilamiz Insha'Alloh.
🚀@codeschooluz

👍1
CODE SCHOOL pinned «Eslatma Yana bir bor eslatib o'tamiz, kursga ro'yxatdan o'tish uchun @codeschooluz_admin ga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak: • To'liq ism familya, Tug'ilgan kun - DD/MM/YYYY • VisualStudioCode dasturida "Hello, World" natijani chiqarib screenshot…»
Assalomu alaykum hammaga, bugun kursimiz uchun ro'yxatga olishning oxirgi kuni, ro'yxatdan o'tish uchun topshiriqlarni yuborib adminga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun 👉 @codeschooluz_admin
Murojaat uchun 👉 @codeschooluz_admin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Firuz Allayev - Oxirgi paytlar nima koʻproq xavotirga solyapti, shu haqida javob berdi.
© AVLO PODCAST
🚀@codeschooluz
© AVLO PODCAST
🚀@codeschooluz
Number system
#number
Biz ba'zi harflar belgilar emojilarni yozganimizda, kompyuter ularni raqamlarga o'giradi, chunki kompyuter faqat raqamlarni tushuna oladi.
Kompyuter faqat pozitsion sanoq sistemasini tushunadi, raqamlar pozitsiyasiga qarab bir nechta turga bo'linadi:
• Decimal Number System
• Binary Number System
• Octal Number System
• Hexadecimal Number System
— Decimal Number System (O'nlik sanoq sistemasi)- bu kundalik hayotimizda foydalanadigan sanoq sistemasi o'nlik sanoq sistemasidir. O'nlik sanoq sistemasida 10 ta raqam mavjud, 0 dan 9 gacha bo'lgan 10 ta raqamdan foydalaniladi.
— Binary Number System(Ikkilik sanoq sistemasi) - raqamlarni yaratish uchun 2 ta raqamdan foydalanadi, ya'ni 0 va 1. Ikkilik sanoq sistemasi elektron qurilmalar va kompyuter tizimlarida foydalaniladi.
— Octal Number System(sakkizlik sanoq sistema) - Sakkizlik sanoq sistemasi asosiy qiymati 8 ga teng. Sakkizlik sanoq sistema raqamlarini yaratish uchun u 8 ta raqamdan foydalanadi, ya'ni 0-7.
Sakkizlik sanoq sistemasi keng tarqalgan emas. UNIX tizimlarida fayl ruxsatlarini va UTF-8 raqamlarini va hokazolarni ifodalash uchun stenografiya sifatida ishlatiladi.
— Hexadecimal Number System(O'n oltilik sanoq sistemasi) - Asosiy qiymati 16 bo'lgan sanoq sistemasi o'n oltilik sanoq sistemasi deb ataladi. Raqamlarini yaratish uchun u 16 ta raqamdan foydalanadi. 0 dan 9 gacha raqamlar o'nlik sanoq sistemasidagi raqamlar kabi olinadi, lekin 10 dan 15 gacha bo'lgan raqamlar A dan F gacha, ya'ni 10 - A, 11 - B, 12 - C, 13 - D, 14 - E, va 15 - F sifatida ishlatiladi.
Boshqa tarafdagi o'n oltilik sanoq sistemasi mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarda (Embedded system) qo'llaniladi, bu yerda ular kiritilgan ma'lumotlarni oltita sonlar sifatida qabul qiladi.

#emoji #unicode
Bu yerda siz Unicode dagi barcha emoji larni codeni topishingiz mumkin.
LINK - https://apps.timwhitlock.info/emoji/tables/unicode
Ularni Pythonda ishlatilishini ham ko'rib ketamiz:
P.S: Bu qaysi sanoq sistemasida? Javoblarni commentlarda qoldiramiz.
🚀@codeschooluz
Bu yerda siz Unicode dagi barcha emoji larni codeni topishingiz mumkin.
LINK - https://apps.timwhitlock.info/emoji/tables/unicode
Ularni Pythonda ishlatilishini ham ko'rib ketamiz:
print("\U0001F609") — 😉P.S: Bu qaysi sanoq sistemasida? Javoblarni commentlarda qoldiramiz.
🚀@codeschooluz
🧐Nega biror sohani pul uchun o'rganilsa rivojlanish bo'lmaydi?
#foydali_ilm
Biror sohani o'rganishdan avval maqsad qo'yib olishimiz kerak, ko'pchiligimiz atrofga qarab kim qaysi sohada ko'proq pul topayotkan bo'lsa shuni o'rgangimiz keladi, buyerda maqsad pul, to'g'ri pul uchun o'rganilsa o'rganib bo'lmaydi emas, pul sabab qaysidir nuqtada qolib ketasiz.
— Bu qanday bo'ladi?
Siz ma'lum muddat, aytaylik 4 oy dasturlashni o'rgandingiz(aslida dasturlash uchun 4 oy hech qancha vaqt emas), 4 oy ichida ancha-muncha narsa o'rganasiz. Bir kuni buyurtma olasiz va bajarasiz, pul topasiz💰. Pul odamni buzadi deganlaridek, pul topishga qiziqasiz va o'rganishdan qolib ketasiz. Bilimingiz yetarli bo'lmagan, kuchingiz yetmagan ishlarni pul uchun qilishga shoshilasiz, eplab qilishingiz mumkin. Lekin vaqt ketadi...
— Iloji boricha o'rganayotkan sohangizni o'zingizni mutaxassis deb his qilmaguncha o'rganing. Ishlashni boshlagan taqdirda ham kamida ikki soat o'rganishga sarflang, o'rganishdan to'xtab qolmang.

😁2
#data_type #primitive
Dasturlashda ma'lumotlar turini ikkiga bo'lib o'rganamiz, primitive va non-primitive.
Asosiy ma'lumot turlari bu dasturlash tillari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar turidir. Aksariyat dasturlash tillari murakkabroq ma'lumot turlari asosiy ma'lumot turlari ustiga quriladi va faqatgina qiymatini saqlab qolmasda o'zaro bog'liqlik ham bo'ladi.
— Pythonda 4 ta primitive ma'lumot turi mavjud:
• Integers
• Float
• Strings
• Boolean
— Non-primitive ma'lumot turi faqat bir turdagi o'zgaruvchi emas, balki turli xil turdagi o'zgaruvchilarni ham o'zida saqlashi mumkin, bular quyidagilar:
• List
• Tuple
• Set
• Dictionary

🧐Internet tezligi nima va u qanday o'lchanadi?
Internet tezligi bu WWW internet tarmog'idan kompyuter, planshet yoki telefoningizga ulanish tezligini anglatadi, u internetdan yuklab olish va yuklashni bildiradi.
Ushbu ma'lumotlarning tezligi soniyasiga megabit (Mbps) bilan o'lchanadi. Bir megabit 1024 kilobitga teng. Ushbu tezlik 1.0 Mbit/s sekundiga 1.0 Kilobit/s (Kbps) dan 1000 marta tezroq ekanligini anglatadi.
Download(internetdan yuklab olish) va Upload(internetga yuklash)ni soddaroq qilib tushuntiradigan bo'lsak.
Donwload - internetdan yuklash tezligi raqamli ma'lumotlarni internetdan kompyuteringizga yuklash tezligi.
Upload - yuklash tezligi ma'lumotlarni internetga yuklash tezligidir.
Internet tezligi turlari.
Siz foydalanayotkan internet tezligi, siz ishlatayotkan internet turiga bog'liq. Internetga ulanish turga misol keltiradigan bo'lsak biz eng ko'p foydalanadigan 3G simsiz yoki 4G simsiz aloqa, mobil aloqa, mobil tarmoq nuqtalari, modem yoki dial-up DSL (raqamli abonent liniyasi), kabel, sun'iy yo'ldosh, ISDN (Integrated Services Digital Network) va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin.
P.S: Shu mavzu bo'yicha yana qo'shimcha ma'lumotlar bo'lsa commentlar bo'limida qoldirishingiz mumkin.

TOP 3 PYTHON IDEs/CODE EDITORS
Eng ko'p ishlatiladigan Python IDE(Integrated development environment)/code editorlar. Bu yerda ko'rsatilganlari hammasi emas, siz o'zingizga qulayini ishlatishni o'rgansangiz code yozish uchun yetarli.
Visual Studio Code — bu Windows, macOS va Linux uchun mavjud bo'lgan yengil, lekin juda kuchli code editor hisoblanadi. U ko'pchilik dasturlash tillari(masalan, C++, C#, Java, Python, PHP, Go)ni qo'llab quvvatlaydi. Boshlang'ich dasturchilar uchun juda qulay editor hisonlanadi.
PyCharm — Bu code editor ni kompyuteri kuchliroq bo'lgan dasturchilarimizga tavfsiya qilgan bo'lardim. RAM minimal 4 GB bo'lishi kerak, 8 GB bo'lgan kompyuterlarga tavfsiya etiladi, aks holda kompyuteringizda sekin ishlash kuzatilishi mumkin. Code editorning ikki xil versiyasi bor PyCharm Community Edition tekin versiyasi, PyCharm Professional Edition pullik versiyasi.
PyCharm Community versiyasi Apache 2 litsenziyasiga ega: bu bepul va ochiq manbali code editor hisoblanadi.
PyCharm Professional bu versiyasida PyCharm Community da mavjud bo'lmagan qoshimcha funksiyalarga kirishga imkon beradi.
Sublime Text — bu qulay va tekin Text va code editor hisonlanadi. Deyarli barcha dasturlash tillarini qo'llab quvvatlaydi. U Linux, MacOS, Windows kabi turli xil OSlar uchun ishlab chiqilgan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧐 What is Computer Vision❓
Computer vision (kompyuter ko’rishi, sun'iy ko'rish) - bu sun’iy intellekt(AI)ning asosiy yo’nalishlaridan biri bo'lib asosiy vazifasi tasvirdan qarab nimaligini tushunish hisoblanadi.
Misol uchun an’anaviy dasturlash yordamida tasvirdan oddiy it yoki mushuk tasfirini farqlash uchun biz birinchi navbatda uning hususiyatlarini (ko’z, qulog’ining shakli, rangi v.h) aniqlashimiz kerak, bu esa juda murakab hisoblanadi hamma holatda ham ishlamaydi va aniqlik darajasi anchagina past bo’ladi.

❓Django nima, va u nima uchun ishlatiladi.
#django #python
— Django - bu Python dasturlash tilida yozilgan bepul, ochiq manbali, yuqori darajadagi framework bo'lib, u dastlab 2003 - 2005 - yillarda tajribali dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan va 2005 - yil ommaga taqdim etilgan.
— Serqirrali framework - Django deyarli har qanday turdagi web saytlarning beckend qismini yaratish uchun ishlatish mumkin. U har qanday mijoz tizimi bilan ishlashi mumkin, u kontentlarni har qanday formatda (jumladan HTML, RSS feeds, JSON, XML va boshqalar) yetkazib bera oladi.
— Django o'zining xafsizligi borasida ham frameworklar orasida mashxur hisoblanadi.
Hozirda Djangodan juda ko'p kompaniyalar applar yaratish uchun foydalanmoqda, jumladan Instagram, YouTube, Mozilla, Dropbox, Spotify va yana bir nechta applarni misol keltirish mumkin.

👍2
Forwarded from Javohir Jalilov - AI
Python yordamida API bilan ishlash.
#api #python #foydali_ilm
Python yordamida API bilan ishlash juda oson. Biz pythonning requests kutubxonasidan foydalanamiz. requests kutubxonasi HTTP so’rovlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Bu kutubxanadan foydalanish uchun birinchi navbatda uni pip orqali yuklab olishimiz kerak:
Biz tasodifiy foydalanuvchilarni yaratib beruvchi ochiq manbali API dan foydalanamiz.
LINK - https://randomuser.me
Foydalanib ko’rganlar natijalarni screenshot orqali commentga yuboring. Siz hammasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz consoleda "200" natija olasiz.
P.S: Status code lar haqida ham keyingi postlarimizda ko’rib o’tamiz. Foydali bo’lgan bo’lsa do’stlarga ulashamiz.
✅ @JavohirJalilov

pip install requestsHTTP so’rovlarini yuborish uchun uning bir nechta usullar bor, ularning qaysidan foydalanish sizning qanday amal bajarishingizga bog’liq. Biz GET usulidan foydalanib ko’ramiz. Hozircha requests kutubxonasidan foydalanish va eng sodda API lar bilan ishlash va natija olishni ko’ramiz.
Biz tasodifiy foydalanuvchilarni yaratib beruvchi ochiq manbali API dan foydalanamiz.
LINK - https://randomuser.me
Foydalanib ko’rganlar natijalarni screenshot orqali commentga yuboring. Siz hammasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz consoleda "200" natija olasiz.
P.S: Status code lar haqida ham keyingi postlarimizda ko’rib o’tamiz. Foydali bo’lgan bo’lsa do’stlarga ulashamiz.
✅ @JavohirJalilov
Dunyodagi eng tez rivojlanayotgan dasturlash tili qaysi?
Python ! Ha, bu veb ilovalar ishlab chiqish uchun eng ommabop, ishlatish uchun qulay dasturlash tili. Ammo python faqatgina veb uchun emas, balki data science, artificial intelligence (AI), machine learning (ML) uchun ham birinchi o'rinda turadigan dasturlash tilidir.
Eng katta kompaniyalar ham Pythondan ko'p jihatda foydalanadi, ularga quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin Google, Facebook, Instagram, Netflix va boshqalar.
Shunday ekan qisqa vaqt ichida juda tez rivojlanib kelayotkan Python, hozirda dunyoda eng tez rivojlanayotkan dasturlash tili hisoblanadi.

🔥2
🆕 2022-yilda veb-ishlab chiqish uchun eng yaxshi 10 ta Python Framework
• Django
• Pyramid
• CherryPy
• Flask
• Bottle
• WebPy
• TurboGears
• CubicWeb
• AIOHTTP
• Dash
P.S: Django va Flask haqida ko'p gaplashdik, nima deysiz qolganlari haqida ham ma'lumot ulashib boraylikmi?

👍3🔥1
Python dasturlash tilini Windows 10 ga o'rnatish.
Python dasturlash tillini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun boshlang'ich qadamlarni qo'yishga yordam berib yuboramaiz.
Fodali bo'lgan bo'lsa do'stlarga ulashing.
🔴 YouTube — https://youtu.be/9Ic3pgVWN8A

YouTube
Python dasturlash tilini Windows 10 ga o'rnatish
👍3
HAPPY NEW YEAR🥳
Barchaga kirib kelayotkan yangi yil bilan CODESCHOOLUZ jamoasi nomidan tabriklaymiz. Yangi yilda barcha maqsadlaringizga erishishingizga tilakdoshmiz. Yangi yilda baxt-saodat, sihat-salomatlik va omad tilab qolamiz! Hurmat bilan CODESCHOOLUZ team.
❄️@codeschooluz

🎉13
Computer Vision problems.
Computer vision ni biz 3 ga bo’lib o’rganamiz:
▫️low-level — quyi daraja (image processing)
▫️mid-level — o’rta daraja (feature extraction)
▫️high-level — yuqori daraja (intelligent).
Image Processing (tasvirni qayta ishlash, ishlov berish) - bu rasmlar bilan ishlashga oson bo'lishi qayta ishlash jarayoni. Misol uchun RGB rasmni GRAYSCALE ga, HSV, BINARY shunday formatlarga o'tkazish.
Feature extraction(xususiyatlarni ajratib olish) - Computer vision da obyektni aniqlashda xususiyatlarni ajratib olish juda muhim. Xususiyatlarni ajratib olish uchun edge detection va corner detection orqali aniqlashimiz mumkin.
— Edge detection - tasvirning qirralarini aniqlash uchun ishlatiladi, tasvir xususiyatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Dastlabki Computer vision tajribalari qirralarni aniqlash va oddiy obyektlarni, doira, kvadrat aniqlash bilan o'tkazilgan.
— Corner detection - tasvirdan qarab burchaklarni aniqlash, tasvirdagi ma'lum turdagi xususiyatlarni olish va tasvirning mazmunini aniqlash uchun ishlatiladi.
intelligent - bunda kompyuterga tasvirlardan qarab, oldindan o'rgatilgan, ya'ni yuqoridagi sanab o'tganlarimiz orqali xususiyatlaridan o'rganib taniy olish.

👍10
Version control system.
Sizlar bilan yuqorida versiyani boshqarish tizimi, Git haqida gaplashgandik, bu haqida qisqacha video tayyorladik. YouTube orqali ko'rishingiz mumkin.
YouTube — https://youtu.be/1U48AZKAaew

👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chrome dinosaur offline game!
Ko'pchilik internetga kirish uchun Google Chrome'dan foydalanadi, foydalanish davomida internet ishlamay qolsa nima bilan mashg'ul bo'lasiz odatda? Albatta Dinosaur o'yinini o'ynaysiz😅
Biz ham shundan ilhomlanib bu o'yinni python yordamida o'ynamoqchi bo'ldik, natija ancha yaxshi.
Videoda ko'rib turgan code da foydalanilgan Python kutubxonalar.
Python kutubxonalarini o'rnatish bo'yicha post ulashganmiz.
— Python dasturlash tilini biladigan, Github bilan ishlay oladigan, va yana AI ga qiziqadiganlar proyektda qatnashib ko'rishi mumkin.
Bundan maqsad shunchaki ko'ngilhushlikmi? Yoq, bu proyektdan siz ko'p narsalar olishingiz mumkin - Github bilan ishlashni chuqurroq o'rganish, githubda jamoa bo'lib ishlash va tajriba.
Proyektga o'z hissangizni qo'shing
🚀@codeschooluz
Ko'pchilik internetga kirish uchun Google Chrome'dan foydalanadi, foydalanish davomida internet ishlamay qolsa nima bilan mashg'ul bo'lasiz odatda? Albatta Dinosaur o'yinini o'ynaysiz😅
Biz ham shundan ilhomlanib bu o'yinni python yordamida o'ynamoqchi bo'ldik, natija ancha yaxshi.
Videoda ko'rib turgan code da foydalanilgan Python kutubxonalar.
Pillow - oynalarni screen qilish uchun va qayta ishlash uchunpygetwindow - oynalarni GUI ma'lumotlarini olish va boshqarish uchunpyautogui - va kompyuter klaviaturalarini avtomatik boshqarishPython kutubxonalarini o'rnatish bo'yicha post ulashganmiz.

👍7