Marjona Teaches | Edutopian – Telegram
Marjona Teaches | Edutopian
367 subscribers
42 photos
12 videos
2 files
25 links
Ingliz tili o'qituvchisi.
TESOL yo‘nalishi bo‘yicha magistr.
TEFL va C1 sertifikatlari, shuningdek 5 yillik tajribaga egaman.
Zamonaviy o‘qitish metodikalari asosida dars olib boraman.
Ta’limda tenglik, ongli yondashuv va tanqidiy fikrlash tarafdoriman.
Download Telegram
📈 Ingliz tilida kasrlar va foizlar

a tenth = 10%

Only a tenth of the workers were late to the meeting.
(Odamlarning faqat 10% yig‘ilishga kech qoldi.)

a fifth = 20%

A fifth of my salary goes to rent.
(Maoshimning 20% uy ijarasiga ketadi.)

a quarter = 25%

A quarter of the cake has been eaten.
(Tortning choragi yeyilgan.)

a third = 33%

About a third of the city’s population are students.
(Shaharning taxminan uchdan bir aholisi talabalar.)

two-fifths = 40%

Two-fifths of the participants were women.
(Qatnashchilarning 40% ayollar edi.)

a half = 50%

Half of the class passed the exam.
(Sinfning yarmi imtihondan o‘tdi.)

three-fifths = 60%

Three-fifths of the land is used for farming.
(Yerning 60% qismi dehqonchilik uchun ishlatiladi.)

two-thirds = 66%

Two-thirds of the project is already finished.
(Loyihaning uchdan ikki qismi allaqachon tugagan.)

three-quarters = 75%

Three-quarters of the students prefer online learning.
(Talabalarning 75% onlayn o‘qishni afzal ko‘radi.)

four-fifths = 80%

Four-fifths of the country is covered by mountains.
(Mamlakatning 80% qismi tog‘lar bilan qoplangan.)

📌 Ko‘rib turganingizdek, bunday iboralar:

kundalik suhbatda (pul, vaqt, oziq-ovqat, odamlar soni),

IELTS Writing Task 1da esa diagrammalarni tasvirlashda juda qo‘l keladi.
👍51
Dars soati 20:00 ga ko’chirildi!
👏8
“This is a good sign, having a broken heart. It means we have tried for something.

― Elizabeth Gilbert, "Eat, Pray, Love"

@edutopian
💔3
Aytgancha, kimda instagram bor?)
8👍5
Anyway, menda 1 oy uchun study plan bor. Sizdachi?
👏12
Study planning foydasi shuki, siz qachon nima qilishni bilasiz. Qilinishi kerak bo'lgan vazifani bajarmasangiz, o'zingizni qulay his qilmaysiz. Shu qulaylik orqali dofamin his qilish uchun ham kunlik planni menga o'xshab bajarasiz.💚
🔥54
Siz ingliz tilini o’qish uchun, ishlash uchun o’rganmoqdasiz. Ammo orangizda shunday kishi bormi, farzandiga o’rgatish uchun o’rganayotgan? 🥹
🫡8🥰4
Marjona Teaches | Edutopian
Anyway, menda 1 oy uchun study plan bor. Sizdachi?
The first day totally failed, the second is about to fail.

Birinchi kunning vazifasi bajarilmadi, ikkinchi kunniki ham chala. Kecha qizimning injiqligi, tunda o'zimning deyarli allergik shok bo'lib qolayozganim, bugun esa yana kutilmagan hodisalar study planimning dastlabki ikki kunini ham barbod qildi.

Buni nimaga yozyapman? Axir men sizning ingliz tili ustozingizman va sizga mukammal, hamma narsani vaqtida bajaradigan bo'lib ko'rinishim kerak emasmi?

Yo'q. Biz barchamiz odamlarmiz va hayot doim bizning rejamiz asosida ketmaydi. Biz doim bir urinishda nimanidir uddalay olmaymiz.

Yuqorida diplomlarimni yuborgan edim. Bularning barchasini o'z tarixi, o'sha tarixda qancha mashaqqat, uyqusizlik, ba'zan ko'z yosh bor. Men bir urinishdayoq nimanidir uddalab bo'lmasligiga odatlanganman va bu vaziyatni tushunaman. Ammo study planimni uloqtirmayman. Ertaga mo'ljallangan vazifani bajarishga urinaman. Agar bajara olmasam, undan keyingi kunnikini bajarishga harakat qilaman. Shunday qilib, sekin odatlanaman, fursat va imkon topishni o'rganaman.

O'quvchim, hayot g'alabadan emas, harakatdan iborat.
🔥10👏1
Bilaman, orangizda ko'pchiligingiz bir necha muddat ingliz tilini o'rgangansiz, va o'zingizga ma'lum sabablar bilan na biror darajaga yetmasdan, sertifikat olmasdan, to'xtatib qo'ygansiz. Bir gap bor edi, agar ortga qaytmoqchi bo'lsang, nima uchun yo'lga chiqganingni esla, degan. Sizga ingliz tili juda kerak va shuning uchun shu postni o'qiyapsiz. Qo'lingizda butun dunyo ilmi - internet bor. Instagram emas, ChatGPT bilan ko'proq vaqt o'tkazing. YouTube shorts emas, ingliz tili ko'rsatuv va kinolar ko'ring. Va albatta, kursga qatnashing. Mana shu gapdan keyin kursimni reklamasi bo'lishi kerak edi. Ammo afsuski, o'rinlar to'ldi va endi qachon yangi guruh ochishim noma'lum. Ammo sizlarga self-study qilishga doim yordam berib boraman. Mana shu post 👉 https://news.1rj.ru/str/edutopian/75 100 ta 🔥 yig'sa, til o’rganish uslubingizni umuman o’zgartirib yuboradigan dars o'tib beraman.
🔥22👏3
Ertadan boshlanadigan intensiv guruhimdagilarga meni motivatsiya berishim😅
🤣7👏5😁3🥰21👍1
Bajarganingiz uchun sizga hech kim rahmat aytmaydigan yumushlarni qilib bo’lgan bo’lsangiz, endi o’tirib kelajagingiz uchun dars qiling.
🔥194
Live stream finished (55 minutes)
Darsdan taassurotlar🔥
3🔥2👏2🥰1🐳1
Forwarded from Fayyoza Shonazarova🤍
Dars rejasi judayam yoqdi menga. Umid qilamanki, 1 oy ichida juda qiziqarli dars boladi
🔥1🐳1
Forwarded from Sohiba Qodirova
The lesson was just wonderful. 1 month plan is another theme 😍. I think it is very useful. Thanks teacher ⚡️
2🐳1
Forwarded from Kamola Po‘latova
To‘g‘risini aytsam ustoz tanlashda juda injiqman.Lekin, birinchi darsingizni ko‘rganimdayoq ichimdan ʼʼshu insonʼʼ degan ovoz kelgan... Berayotga bilimingiz, samimiyligingiz, tarbiyangiz va insoniyligingiz uchun rahmat! Faqatgina moddiyat uchungina dars beradigan ustozlarni ko‘rganman, lekin natija uchun, haqiqiy ilm o‘rgatish uchun, chin dildan o‘z sohasini sevib dars beradigan o‘qituvchilar juda kam. Noyobligingizga ko‘z tegmasin Mrs Marjona. Sizni samimiy yaxshi ko‘raman.... Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 🥹🥹💋
@Marjona_Kh
5💯2
Bir xatoni takror-takror qilasiz, xatoligini bilsangiz ham.

Olaylik, biror so'z siz uni talaffuz qilayotganingizdek aytilmasligini bilasiz, qanday to'g'ri aytilishini ham bilasiz, lekin gapirganingizda doim uning o'zingiz odatlanib qolgan noto'g'ri shaklidan foydalanasiz. Yoki bror grammatik struktura, to'g'risini bilasiz, ammo o'zingiz odatlanib qolgan notog'risida gap tuzasiz.

Bunday xatolarning nomi til o'zlashtirish naariyasida "Fossilized mistakes", ya'ni "qotib qolgan xatolar" dir.

Kelishib chiqish sabablar:
- Dastlab bu xatolarni qilib boshlaganingizda hech kim to'g'irlamagan sizni, siz bu xatoni 100 martalab takrorlagansiz, natijada sizga tug'ishganingizdek yaqin bo'lib ketgan bu xatolar)
- Siz tilni, xususan ingliz tilini, ona tilingizga taqqoslab o'rganasiz va foydalanasiz. O'zbek va ingliz tili tuzilishi keskin farq qilgani uchun, taqqoslash natijada xatolarni takrorlayverasiz.
- Ingliz tilida yetarlicha input qabul qilmaysiz.
- Tilda yetarlicha amaliyot qilmaysiz. Grammatik qoidalardir sizning bilganingiz bu tilda faqat.

"Fossilized mistakes" surunkali xastalikka o'xshyadi. Xushxabar, ularni yo'qotish mumkin.

- Aniqlab olish kerak, sizdagi xatolar nima. Nimadan xato foydalanyapsiz.
- Xatoning tuzatilgan shakli qanday bo'ladi?
- Va maxsus muolaja - professional o'qituvchi tomonidan berilgan ko'rstamalarni bajarib, sekin bu xatolarni kamaytirish mumkin.

Bunday xatolarni tuzatish bir qancha vaqt oladi. Balki shunday xatolargina sizni o'zingiz xohlagan natijaga chqishingizda halal berayotgandir. Hamma xato qiladi, ammo tilni jonkuyar ustoz bilan o'rganish va xatolaringizga to'g'ri yondashish sizni tezroq va aniqroq darajaga olib chiqadi.
🔥5👍2
The-Elephant-Man-by-Tim-Vicary-book-PDF.pdf
409.3 KB
Darajangiz beginner ammo ingliz tili kitob o'qishni xohlaysiz. Shu kitobni o'qib ko'ring. Maza qilsangiz, boshqalarga ham tavsiya qiling.

@edutopian
7🔥2