Ko'nglim buzildi..
Shu xabarni o'qib juda xafa bo'ldim. Professionallardan ham, o'quvchilardan ham. General Englishi yaxshi emasligini bila turib, 1 yoki 2 oylik kurs sotib olayotgan, nazoratsiz qolayotgan o'quvchilarga hayronman. Kurs sotayotganlarga e'tirozim yo'q, qaddini ursin. Ammo o'zingiz uyg'oq bo'ling! Agar sizda umumiy ingliz tili yaxshi bo'lmasa, 200$ ga sotib olgan 1.5 oylik kursingiz ham yordam bermaydi. Avvalo, poydevorni mustahkamlash kerak.
Grammatika B2 bilsangiz, Listeningni B2 darajada bajaraman deb orzu qilmang. Barcha skill - Listening, Reading, Writing va Speaking ham siz 0 darajaligingizdan shakllanib borishi kerak. Marketing qurboni bo'lmang. Avval umumiy ingliz tilingizni B2 darajaga chiqarib, keyin testlarga xoh IELTS, xoh CEFRga tayyorlaydigan kurs sotib oling.
Yoqilg'i quyilmagan mashinani qancha masofagacha itarib bora olasiz? Hech qanchagacha. Avval bakni umumiy ingliz tili bilmi bilan to'ldiring. Keyingina yurish ham gapmi, uchasiz!

🔥4👍2
Juda ko'pchilik qanday qilib tug'ruqdan keyin juda tez tiklanganim haqida so'rashadi. Qizim hali 3 oyligidayoq dars o'tib, yangi loyihalar ustida ishlay boshladim. Qanday kuch edi bu?
Moddiyatga emas, rivojlanishga bo'lgan kuchli xohish edi bu. Men maishiy hayotdagi mayda-chuydalik, mentalitet kabi g'ovlarni olib tashlashim kerak edi. Bilmingiz va jamg'armangiz bo'lsa, hayot ancha yengillashadi. Ikkisidan birini tanlash kerak bo'lsa, bilim bo'laqolsin shu biri. Bilim rivojlanishning asosiy unsuridir. Shu sababli dars tayyorlashim, shu bilan birga moliyaviy mustaqil bo'lishim kerak degan qaror qabul qildim.
Ayol uchun hayotining eng sinovli qismi bu farzandini dunyoga keltirgach boshlanar ekan. Tana va ruhning yangi hayot tarziga moslashishi, balki boshqalarning ham sening bu hayot tarzingga moslashishiga vaqt kerak. Ayolning do'st va yaqinlarning yordamiga eng ko'p ehtiyojmand davri ham tug'ruqdan keyingi davr ekan. Mening tiklanishimga turmush o'rtog'imning mehr va g'amxo'rligi, masofadan turib bo'lsada qo'llab-quvvatlash va tushunishi juda katta yordam berdi.
Qaynona onamning hamda ayamning yordami tufayli to'yib uxlagan tunlarim bo'ldi. Ayniqsa ular hamon mendan katta yutuqlar kutishi, meni ruhlantirishlari o'zimga bo'lgan bahomni oshiradi.
O'quvchilarim esa menga qattiq ishongan, ammo barcha mas'uliyat o'z zimmasida ekanligini bilashadi. Barchasi ilmli, madaniyatli va juda zehnli.
Negadir men rivojlanishga qaror qildim va hayotim ijobiylikka - positivlikka burkandi. Balki men dunyoning faqat yaxshi tomonini ko'rishga qaror qilganim uchundir. Chunki aslida juda ko'p muammolar sizning miyangizda bo'ladi, reallikda emas.
Bugun bu xabarni sizga ham foydali bo'lishi mumkin deb yozdim.
- Rivojlaning.
- Bilim oling.
- Jamg'armangiz bo'lsin.
- Yordam so'rang.
- Ijobiy fikrlang.
Siz chiroyli hayotda yashashga munosibsiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🔥8
Maroqli, shu bilan qiyin vaziyat bo'ldi GRANT egasini tanlash. Ishtirokchilarning barchasini inshosini o'qir ekanman, GRANT shu insonniki bo'lishi kerak degan xayol o'tardi ichimda. Ammo bir kishiga berilishi kerak. Shartmi, shart. Ayniqsa, suhbat bosqichidan keyin miyamda savollar, va hali pishiq bo'lmagan xulosalar ko'paydi. Lekin qaror qilish kerak, yakuniy xulosaga kelinishi kerak.
Ishtirokchilarning barchasi o'ziga xos - qobilyatli, ishtiyoqi baland. Ammo ularning oralaridan
Qolgan barcha qatnashchilarga ham katta rahmat.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏4❤3
Ms Kimyo umumiy qiymati 4 mln 650 000 so'mlik dasturimizda bepul o'qib-o'rganishlari mumkinligini tasdiqlovchi sertifikat. ✅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥8👏3🎉2
Hello, edutopians!
Ko'pchilik yangi guruh so'rab yozishyapti. Beginner uchun guruh mavjud emas. Ammo Elementary va pre-intermediate daraja uchun qabul ochiq💚
Guruhda o'quvchilar soni cheklangan - men uchun sifat va har bir o'quvchiga individual yondoshuv muhim. Tezroq joy band qilsangiz, tezroq safimizda bo'lasiz🥰
Ko'pchilik yangi guruh so'rab yozishyapti. Beginner uchun guruh mavjud emas. Ammo Elementary va pre-intermediate daraja uchun qabul ochiq
Guruhda o'quvchilar soni cheklangan - men uchun sifat va har bir o'quvchiga individual yondoshuv muhim. Tezroq joy band qilsangiz, tezroq safimizda bo'lasiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Til o'rgatishda matematikani o'rgatishda qo'llaniladigan metodlar ishlamaydi. Xatoni darhol tuzatish - zo'r ustozligingizni anglatmaydi. Ustozni har bir shaxsning o'z ehtiyojlariga qarab yondashish, tajriba va kuchli metodologiya "zo'r" qiladi.
Darsda o'quvchilar dam olgandek his qiladi, bosim va stress emas. Til sinfxonasida maksimal positivlik bo'lishi kerak, qo'rquv va tazyiq emas. Shunga o'quvchilarim dars tayyorlamasa ham uyalmay darsga kiraveradi-a?! ☺️
Xullas, til o'rganing - dam oling)
Bizga qo'shilish uchun @Marjona_Kholmurodova - shaxsan o'zimga yozing.

👍1
Моҳидил
rostan qanaqa magniy
shu yerda magniyning reklamasi bo'lishi kerak edi, ammo hech qanday magniy ichmayman. Metodlarga suyanaman. Error correction'ning o'z turlari bor. Va barcha o'quvchimni hurmat qilaman, chunki ish-o'qishdan vaqt topib, nimadir o'rganyaptimi - hurmatga albatta loyiq.
❤4🔥3🥰1
Ilm olishning o'z odobi bor. Kimdaki bu odob bo’lmasa, ilm ham bo'lmaydi.
1. Darsga kela olmasa yoki ishtirok eta olmasa, ustozni ogohlantirish.
2. Darsda, xususan ZOOM'da, xushyor va kamerasi yoniq ishtirok etish.
3. Darslarni davom ettira olmaydigan bo'lsa bedarak yo'qolib ketish emas, ustozni xabardor qilish.
Siz yana qanday ilm olish odoblarini bilasiz?

🥰6