Ilm olishning o'z odobi bor. Kimdaki bu odob bo’lmasa, ilm ham bo'lmaydi.
1. Darsga kela olmasa yoki ishtirok eta olmasa, ustozni ogohlantirish.
2. Darsda, xususan ZOOM'da, xushyor va kamerasi yoniq ishtirok etish.
3. Darslarni davom ettira olmaydigan bo'lsa bedarak yo'qolib ketish emas, ustozni xabardor qilish.
Siz yana qanday ilm olish odoblarini bilasiz?

🥰6
How to Pronounce Whatcha...
PronunciationWorld
Whatchamacallit — bu nima?
Kelib chiqishi:
So‘z “what you may call it” iborasidan kelib chiqqan. Vaqt o‘tib, og‘zaki nutqda qisqarib whatchamacallit shaklini olgan.
Ma’nosi:
Biror narsaning nomi yodingizdan chiqib qolganda yoki nomini bilmaganda ishlatiladi.
(O‘zbekcha: “haligi narsa”, “nomi esimga tushmayapti”)
Qachon ishlatiladi:
✔ kundalik suhbatda
✔ og‘zaki nutqda
❌ rasmiy yozishmalarda va imtihonlarda ishlatilmaydi
Misol:
Can you pass me that whatchamacallit?
@edutopian

🔥4❤1👍1👏1
How to Pronounce Bambooz...
Pronunciation Guide
Bamboozle — bu qanday so‘z?
Bamboozle — ingliz tilidagi norasmiy (informal) va slang so‘z. Asosan og‘zaki nutqda ishlatiladi.
Ma’nosi:
👉 Kimnidir chalg‘itmoq, adashtirmoq, yoki haqiqatni yashirib gapirmoq.
Qachon ishlatiladi:
✔ kundalik suhbatda
✔ hazil yoki tanqid ohangida
❌ rasmiy yozuvlarda va imtihonlarda ishlatilmaydi
Misollar:
— Don’t bamboozle me with excuses.
— He tried to bamboozle the customers.
@edutopian
Drop your example below 👇

🔥4👍1
Marjona Teaches | Edutopian
Ms Kimyo umumiy qiymati 4 mln 650 000 so'mlik dasturimizda bepul o'qib-o'rganishlari mumkinligini tasdiqlovchi sertifikat. ✅
GRANT - ya'ni hozirgi darajangizdan to B2 darajagacha mening darslarimda bepul qatnashish imkoniyatini e'lon qilgan edim ikki oy avval. GRANT sohibasi Ms Kimyo mana qariyb ikki oydan buyon darslarda a'lo qatnashib, hozirgacha ishonchimizni oqlaganlari uchun yana GRANT e'lon qilmoqchiman. GRANTni kutayotganlar bormi?
❤7👍1
Can you learn English online by yourself?
Yes. But will you actually do it? That’s the real question.
Hozir resurs — ko‘p. YouTube, apps, free lessons, PDFs…
Hammasi bor.
Va ha — nazariy jihatdan siz tilni o‘zingiz o‘rgana olasiz.
Lekin hayot boshqacha ishlaydi, to‘g‘rimi? Men birin ketin sanab beraman, siz o'qing.
1) Structure yo‘q bo‘lsa — progress ham bo‘lmaydi
Siz gramma yoki vocab videoni ko‘rasiz, keyin boshqa kanalni ochasiz, keyin yana boshqasini…Chalg'ishlar natijasida hech narsani o'rgana olmaysiz.
Til o‘rganish uchun tizim kerak.
Bu esa har doim self-study’da bo‘lmaydi.
2) Odamlarga tartib uchun odam kerak
Ha, siz mustaqil o‘qib o'rganish mumkin deb o'ylaysiz.
Lekin: ish bor, bola bor, uy bor, charchoq...
O‘zingiz-o‘zingizga “Bugun qilasan!” deysiz…
…lekin hech kim nazorat qilmaydi.
Hech kim sizni kutmaydi.
Hech kim:“Homework qani?”
deyolmaydi.
Kursning eng katta kuchi — javobgarlik.
3) Xatolarni o’zingiz sezolmaysiz
Speaking paytida siz “I am agree” deb o‘ylab yurasiz.
Youtube sizning xatongizni sezmaydi.
App sizning talaffuzingizni to‘g‘rilamaydi.
Lekin teacher:
“Stop. Let’s fix this.”
— deb real vaqtning o‘zida sizni to‘g‘ri yo‘lga soladi.
4) Speaking — eng qiyin qism. Yolğiz o‘rgana olmaysiz.
Agar speaking self-study bilan rivojlansa
— dunyoda hamma inglizcha gapirgan bo‘lardi.
Lekin biz ham bilamiz, siz ham bilasiz:
Speaking — faqat odam bilan bo‘ladi.
Feedback bilan bo‘ladi.
Real conversation bilan bo‘ladi.
YouTube bilan emas.
5) Kurs sizga tezlik beradi
Bir o‘zingiz 1 yilda qiladigan progressni
o‘qituvchi bilan 3–4 oyda qilasiz.
Nega?
Chunki yo‘l ko‘rsatuvchi bor.
Xatolarni ko‘rsatadigan odam bor.
Suhbat qiladigan odam bor.
Motivatsiya bor.
Self-study’da esa hammasi sizning zimangizda.
💡 Xullas, ha, o‘zingiz o‘rganishingiz mumkin.
Lekin odamlar kursni shunchaki “til uchun” emas,
natija uchun sotib olishadi.
Sizga shunday real natija kerak bo'lsa, Yanvardan boshlanadigan pre-intermediate guruhimga qo'shiling. O'z o'rningizni band qiling @Marjona_Kholmurodova

❤3👍1
Marjona Teaches | Edutopian
O’quvchimga dars uchun qilgan to’lovini ortig’i bilan qaytarib berdim. Nega deb o’ylaysiz?
Ha, o'quvchim Ms Noila dekabr oyida dars davomidagi barcha so'zlarni 100% yodlab borganliklari uchun Yangi Yilga shunday mukofotladik.
Bu pullar mening hisobimdan emas, guruh fondiniki. Fond qanday yig'ilgan - o'quvchilar har kuni 10 tadan so'z yodlashadi. Har bir javob berilmagan so'zga 5 mingdan to'lashadi. (So'z yodlash uchun ajoyib turtki-a?)
Bu 430 mingni ham yig'ish oson bo'lmadi, hamma bir biridan zo'r, deyarli har kuni so'z yodlanadi. G'olibni tanlash ham oson bo'lmadi. Ammo baribir zo'rdan zo'r chiqadi, bilasiz..
Xulosa, agar siz imkoniyatim yo'qligi uchun Ms Marjonaning darslariga qatnasha olmayapman desangiz - bahona. Chunki yaxshi o'qisangiz, hatto dars uchun qilishingiz mumkin bo'lgan to'lovdan ortig'ini ham qo'lga kiritishingiz mumkin. 🥲

👍9❤4🔥2
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
meni yaqindan taniganlar xabari bor
yaqinda 39 kiraman va men 40 yoshimda pensiyaga chiqishni reja qilganman
2026 karyeramdagi eng so’ngi yil bo’ladi
bunga qanday qilib erishayotganimni siz bilan bo’lishish menga cheksiz ilhom beradi
yodingizda bo'lsa men 10 yil oldin Norvegiyada farrosh edim. Bir yildan keyin pensiyaga chiqaman.
meni yo’limni bosib o’tish tibbiyot sohasidagilar uchun osonroq. Sababi mendagi tajriba shu sohada. IT yoki boshqa sohalarda ham albatta mumkin.
1-qadam
til o’rganish. Bu eng muhim qadam. Busiz iloji yo’q. Ingliz tilisiz zamonaviy kasblar o’rganish imkoniyati yo’q. Til bilgan odam doim sizdan oldinda bo’ladi.
Talab yuqori kasbda ishlash katta imkoniyatlar beradi.
2-qadam
kasbingiz uchun baland oylik to’laydigan joyda ishlash.
Norvegiyadagi ko’z duxtir oyligim Norvegiya bosh vaziri oyligidan baland. Germaniyada, Fransiyada va boshqa bir qator davlatlarda ham shunday.
3-qadam
topgan pulni hammasini sarflamaslik.
“Buni harid qilishga qurbim yetadi” degan gap eng katta dushman ekanligini tushunish. Insonni harid qilishga qurbi yetsada har doim iqtisod bilan yashash. Mana shu xislat barchasini o’zgartirishdagi asosiy kalit.
4-qadam
birlamchi ehtiyojlardan ortgan pulni barchasini va to’g’ri investitsiya qilish.
Oxirgi 6-7 yilda Uzbda markazdan ko’chmas mulk olganlar ko'pi adashmadi. Ta’lim sohasida ham yomon bo’lmadi. Turli aksiyalar, bizneslar, farqi yo'q...
tez boy bo'lib ketish sxemalardan (forex, bitcoin...) uzoq yurish.
muhimi investitsion obyektni yaxshi o’rganish. To’g’ri investitsiya qilish. Bu yerdagi kalit dars “diversifikatsiya” va “yo’qotsang ham tinching buzilmaydigan pul miqdorini belgilab ol, har bir investitsiyada ana o’sha miqdordan oshma”.
g’arbdagi rivojlangan davlatda erta pensiyaga chiqish uchun va butun umr ishlamasdan yashashga yetadigan portfolio yasashga 10 yil ketadi. Misol hozirgi hayot tarzimni ushlab turishim uchun 10 yil kifoya bo'ldi.
Ispaniya, Italiya va shu kabi janubiy Yevropa davlatlarida pensiyaga chiqish uchun uchun 6-7 yil ishlash yetadi.
Uzbda pensiyaga chiqish uchun esa 3-4 yil ishlash yetadi.
"pensiyaga chiqish" insonga erkinlik beradi. Ertaman turganda xohlagan ishingizni qila olish erkinligi.
eng muhimi sizda pul uchun ishlamaslik tanlovi bo'ladi.
bu juda katta ne'mat...
Bek Olimjon
05.01.26
Norvegiya

👍9❤2
Bek Olimjon
meni yaqindan taniganlar xabari bor yaqinda 39 kiraman va men 40 yoshimda pensiyaga chiqishni reja qilganman 2026 karyeramdagi eng so’ngi yil bo’ladi bunga qanday qilib erishayotganimni siz bilan bo’lishish menga cheksiz ilhom beradi yodingizda bo'lsa…
Shu postni o'qib ham ingliz tilini o'rganmasangiz, nimadir deyolmayman ochig'i..
👍4🔥3
BIR YIL hayotimni o'zgartirgan..
Men ham sizga o'xshab, bir oy o'qib, ikki oy tashlab qo'yib yurgan edim. Ammo hayotimda nimanidir o'zgartirishim kerak edi. 500 ming oyligimni (bu atigi 4 yil oldingi gaplar) bir yil faqat til kurslariga - o'zimga investetsiya qilishga sarfladim. Aytsam, ertakka o'xshaydi - C1 daraja oldim-u, hayotim o'zgardi.
- Yaqinlarim men nimanidir uddalay olishimga ishonch bildira boshladi
- Ishga kirish uchun suhbatga borsam, talablarimni qo'ya olardim
- O'zimga ishonchim baland - nimanidir hayotda do'ndirib qo'ygandek edim o'zimcha
- Yuqori maoshga ishlay boshladim, oylik daromadim 20 mlngacha oshdi
Nahotki bular sizning hayotingizda ham sodir bo'lishiga shubha qilsangiz? BIR YIL yetarli - astoydil harakat qilib, tajribali ustozni boshini tuting va hamkasblaringizdan ustun jihatga - "ingliz tilini biladi" degan sharafga erishing.
Hozirda mening uch daraja uchun guruhlarim mavjud:
Beginner - 14:00-16:00
Elementary - 20:00-22:00
Pre-Intermediate - 20:00-22:00
Qo'shiling, do'stona va energiyaga to'la jamoada ingliz tilini o'rganib, bir yildan keyingi hayotingizni hozirgisidan tubdan o'zgartiring!

🔥8👍5❤2
Buxoro amiri Imom al-Buxoriy hazratlarini huzuriga chorlab, undan “Al-jome’ as-sahih” va “At-ta’rix” asarlarini o‘qib berishni talab qiladi. Shunda Imom al-Buxoriy qat’iy javob beradi:
“Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman. Kimga ilm kerak bo‘lsa, o‘zi izlasin. Alloh esa oxirat kuni ilmni yashirmay, uni toliblarga sarf qilganim sababli meni kechiradi.”
Bu yerda “tolib” so‘zi alohida ma’noga ega. Arab tilida tolib — bilim istovchi, talabgor, talaba, ya’ni ilmga chanqoq odam deganidir. Ilm tolibi — ustozning eshigini qoqadigan, ilmni izlab boradigan, uni talab qiladigan kishidir. Ilm hech qachon o‘zi kelib odamning oldiga tushmaydi.
Aynan shu sababli men kanalda video darsliklar yuborishni, bepul darslar o‘tkazishni to‘xtatdim. Chunki ilmga haqiqatan muhtoj bo‘lgan odam — aslida barchamiz ilmga muhtojmiz — intizomli, muntazam va mas’uliyat bilan darslarga qatnashadi.
Ingliz tili o‘rgatib, oddiy blog yuritmasligimning sababi ham shunda: ilm — ijtimoiy tarmoqda tasodifan “duch kelib qoladigan” kontent emas. Ilm — bu qasd bilan, mehnat bilan, sabr bilan erishiladigan javohir. Kim ilmni chin dildan istasa, uning ortidan o‘zi boradi.

🔥9💯5
Marjona Teaches | Edutopian
Bugun 4 oy to'ldi shu guruh bilan dars boshlaganimizga..
Ha, 4 oy to'ldi bugun onalik ta'tilidan so'ng yangi guruhimni ochganimga.
Bu guruhning o'quvchilarini progressini kuzatib, ular haqida yozmasam bo'lmaydi, dedim.
🫧Bu vaqt ichida o'quvchilarim 1000ga yaqin so'z yod olishdi
🫧So'zlarni tarjimasi bilan emas, definition bilan yodlab, javob beradigan darajaga chiqishdi
🫧Native English speakerlarini videolarini ko'rib, gap nima haqida ketyapti va voqealar rivoji haqida ingliz tilida gapirib berishga qobilyatli bo'lishdi
Ularning bu darajaga chiqib olishi uchun 4 oyning o'tishi kifoya emas edi. Uyqusiz tunlar, halovatsiz uyqular, chala qolgan ro'zg'or ishlari, isitmalayotgan bola yig'isi, kechikkan yoki sovugan taom - 4 oy ichida ular yana qanday qiyinchiliklarga qaramay matonat bilan davom eta oldi ekan-a? Bu vaqt ichida biz faqatgina A1-A2 dasturini tugatib qolmay, ularni o'zlashtirishga ham qodir bo'ldik. Asosiy urg'u so'z yodlash va speaking bo'lganligi uchun o'quvchilar gapirishda o'zlarini ancha qulay his qiladi.
Oldinda esa avvalgidan ham ko'p vazifalar, sinovlar bor - B1 darajada ular bilan Multilevelning test formatiga ham tayyorlana boshlaymiz General Englishni ustida ishlashni davom ettirgan holda. Ingliz tilini o'rganish juda uzoq safar, oson emas, ammo o'zingizni avaylaganingiz bilan ham nima o'zgarar edi? Vaqt o'tgani qoladi, xolos..
Afsuski, xavfsizlik va shaxsga bo'lgan hurmatim yuzasidan darslarning videosini joylay olmayman. Chunki videolar ularning omonati - o'quvchilar darsda o'zlarini qulay his qilishlari, videomizni kimdir ko'radi degan qo'rquvlarsiz darsda qatnashishlarini ta'minlash eng birinchi o'rinda men uchun.
Ammo darsda ishtirok etib ko'rishni istasangiz, always Welcome!

❤15🥰1
Asabiylashmaydigan ustozni ko‘rganmisiz?
Ko‘plab o‘quvchilar darslarimda aynan yoqtiradigan jihat — bu ijobiy va xavfsiz o‘quv muhiti. Bu muhit tasodifan paydo bo‘lmaydi. U, avvalo, ustozdan taraladi. Ustoz qanchalik xotirjam, pozitiv va xushmuomala bo‘lsa, dars jarayoni ham shunchalik qiziqarli, samarali va musaffo kechadi.
Biroq bunday ustoz bo‘lish faqat xarakter masalasi emas. Bu — kasbiy kompetensiya masalasi. Ya’ni, o‘z fanini chuqur bilish bilan birga, pedagogika va TESOL metodologiyasiga tayangan holda dars olib borishni ham talab qiladi.
Avvalo, ustoz qachon asabiylashishini tahlil qilib olaylik. Odatda bu holat o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘yganida yuz beradi. Afsuski, ko‘pchilik o‘quvchilar uchun xato qilish — salbiy tajriba, hatto travmaga aylangan. Vaholanki, zamonaviy pedagogika nuqtayi nazaridan xato — o‘rganish jarayonining ajralmas va muhim qismi, ayniqsa til o‘rganishda.
TESOL amaliyotida xatolarni to‘g‘rilashning bir nechta samarali usullari mavjud:
Recasting — o‘quvchi xatosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmasdan, to‘g‘ri shaklda qayta takrorlash
Elicitation — o‘quvchini o‘zi to‘g‘ri variantni topishga undash
Clarification request — “Iltimos, yana bir bor ayting” kabi yumshoq signal berish
Delayed correction — xatoni darhol emas, mashq yoki faoliyat oxirida muhokama qilish
Bundan tashqari, ba’zi xatolarga vaqtincha ko‘z yumish ham pedagogik jihatdan to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. Agar xato kommunikatsiyaga halal bermayotgan bo‘lsa va tabiiy jarayonning bir qismi bo‘lsa, uni darhol to‘xtatish shart emas. Ammo xato takror-takror kuzatilsa, albatta, tizimli va muloyim tarzda to‘g‘rilanishi lozim.
Shu bois ingliz tili ustozlariga asosiy maslahatim shuki:
xatolarga radikal yoki jazolovchi yondashuv bilan emas, balki tabiiy va metodik asoslangan yondashuv bilan munosabatda bo‘ling.
Ana shundagina siz asabiy emas, balki ijobiy, ishonchli va do‘stona o‘quv muhitini yarata olasiz. Bu muhit esa til o‘rganishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
@edutopian - Marjona Teaches..

❤7🥰6👍3💯2🔥1
Oilangizda bir necha kishi ingliz tilini o'rganyaptimi?
Tabriklayman, agar oilangizda sizdan boshqa kimdir ingliz tilini bilsa yoki o'rganayotgan bo'lsa, endi butun oilangiz bu tilni o'zlashtirib olishi mumkin. Quyida sizga buni sirini o'rgataman.
"English Zone" tashkil qiling. Ya'ni faqat ingliz tilida muloqot qilinadigan hudud. Olaylik, oshxona — bu yerda faqat ingliz tilida gapiriladi. Kimdir o'zbekcha gapirib qo'ysa jarima — idishlarni yuvadi. Ovqatlanish jarayonida ham ingliz tilida gapirilishi kerak. Masalan, "Pass me the salt, please".
Bu jarayonda SPEAKING'da bo'ladigan qo'rquvingiz yo'qoladi.
Lug'atdagi so'zlar jonli muloqotga ko'chadi.
Natijada, immersion (sho‘ng‘ish) — sun’iy ravishda ingliz tili muhitini yaratish va tilni tabiiy o‘zlashtirishga erishasiz.

👍11❤5👏5
Bolalarimning ingliz tilida kitob o’qiydigan onasi bo’lishi xohlagandim.
Va shunday. Ularning ingliz tilida o’qiydigan, bu tilda kino ko’radigan va so’zlasha oladigan onasi bor. Eng muhimi, ularga ingliz tilini o’rgata olishim mumkinligi.
Kitob o’qish - yaxshi. Ingliz tilida o’qish esa boshqacha zavq beradi..
@edutopian - Marjona Teaches…

❤10🔥4💯2👍1
Ingliz tilini o'rganmaslik uchun sabab yo'q. Ingliz tili - sayohatlar, yangi bilimlar va juda keng dunyoqarash bera oladi sizga. Shuningdek, obro' va qo'shimcha daromad ham.
Endi esa o'rganmaslik uchun bahona ham yo'q. Chunki boshlang'ich darajadagi yangi guruhimni ochyapman. Dars vaqti juda qulay, online - uyda qahva ichib, dam olib jonli muhitda professional o'qituvchidan til o'rganishga nima yetsin-a?
Darslar uchun yozilgan bir nechta "otziv"larni shu linklarda o'qib ko'rishingiz mumkin:
Ms Kimyo - uch farzandning onasi
Ms Noila - yosh ona, stomatolog
Ms Kamola - shoira, suhandan, ikki farzandning onasi
Endi esa Sizning navbatingiz. Vaqtingiz va kuchingizni Sizga manfaatli bo'lgan ilmni o'rganishga sarflang.
Bog'lanish uchun: @Marjona_Kholmurodova

❤8