Marjona Teaches | Edutopian – Telegram
Marjona Teaches | Edutopian
372 subscribers
43 photos
12 videos
2 files
23 links
Ingliz tili o'qituvchisi.
TESOL yo‘nalishi bo‘yicha magistr.
TEFL va C1 sertifikatlari, shuningdek 5 yillik tajribaga egaman.
Zamonaviy o‘qitish metodikalari asosida dars olib boraman.
Ta’limda tenglik, ongli yondashuv va tanqidiy fikrlash tarafdoriman.
Download Telegram
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
meni yaqindan taniganlar xabari bor

yaqinda 39 kiraman va men 40 yoshimda pensiyaga chiqishni reja qilganman

2026 karyeramdagi eng so’ngi yil bo’ladi

bunga qanday qilib erishayotganimni siz bilan bo’lishish menga cheksiz ilhom beradi

yodingizda bo'lsa men 10 yil oldin Norvegiyada farrosh edim. Bir yildan keyin pensiyaga chiqaman.

meni yo’limni bosib o’tish tibbiyot sohasidagilar uchun osonroq. Sababi mendagi tajriba shu sohada. IT yoki boshqa sohalarda ham albatta mumkin.


1-qadam
til o’rganish. Bu eng muhim qadam. Busiz iloji yo’q. Ingliz tilisiz zamonaviy kasblar o’rganish imkoniyati yo’q. Til bilgan odam doim sizdan oldinda bo’ladi.

Talab yuqori kasbda ishlash katta imkoniyatlar beradi.


2-qadam
kasbingiz uchun baland oylik to’laydigan joyda ishlash.

Norvegiyadagi ko’z duxtir oyligim Norvegiya bosh vaziri oyligidan baland. Germaniyada, Fransiyada va boshqa bir qator davlatlarda ham shunday.


3-qadam
topgan pulni hammasini sarflamaslik.

Buni harid qilishga qurbim yetadi” degan gap eng katta dushman ekanligini tushunish. Insonni harid qilishga qurbi yetsada har doim iqtisod bilan yashash. Mana shu xislat barchasini o’zgartirishdagi asosiy kalit.


4-qadam
birlamchi ehtiyojlardan ortgan pulni barchasini va to’g’ri investitsiya qilish.

Oxirgi 6-7 yilda Uzbda markazdan ko’chmas mulk olganlar ko'pi adashmadi. Ta’lim sohasida ham yomon bo’lmadi. Turli aksiyalar, bizneslar, farqi yo'q...

tez boy bo'lib ketish sxemalardan (forex, bitcoin...) uzoq yurish.

muhimi investitsion obyektni yaxshi o’rganish. To’g’ri investitsiya qilish. Bu yerdagi kalit dars “diversifikatsiya” va “yo’qotsang ham tinching buzilmaydigan pul miqdorini belgilab ol, har bir investitsiyada ana o’sha miqdordan oshma”.



g’arbdagi rivojlangan davlatda erta pensiyaga chiqish uchun va butun umr ishlamasdan yashashga yetadigan portfolio yasashga 10 yil ketadi. Misol hozirgi hayot tarzimni ushlab turishim uchun 10 yil kifoya bo'ldi.

Ispaniya, Italiya va shu kabi janubiy Yevropa davlatlarida pensiyaga chiqish uchun uchun 6-7 yil ishlash yetadi.

Uzbda pensiyaga chiqish uchun esa 3-4 yil ishlash yetadi.

"pensiyaga chiqish" insonga erkinlik beradi. Ertaman turganda xohlagan ishingizni qila olish erkinligi.

eng muhimi sizda pul uchun ishlamaslik tanlovi bo'ladi.

bu juda katta ne'mat...

Bek Olimjon
05.01.26
Norvegiya
👍92
BIR YIL hayotimni o'zgartirgan..

Men ham sizga o'xshab, bir oy o'qib, ikki oy tashlab qo'yib yurgan edim. Ammo hayotimda nimanidir o'zgartirishim kerak edi. 500 ming oyligimni (bu atigi 4 yil oldingi gaplar) bir yil faqat til kurslariga - o'zimga investetsiya qilishga sarfladim. Aytsam, ertakka o'xshaydi - C1 daraja oldim-u, hayotim o'zgardi.

- Yaqinlarim men nimanidir uddalay olishimga ishonch bildira boshladi
- Ishga kirish uchun suhbatga borsam, talablarimni qo'ya olardim
- O'zimga ishonchim baland - nimanidir hayotda do'ndirib qo'ygandek edim o'zimcha
- Yuqori maoshga ishlay boshladim, oylik daromadim 20 mlngacha oshdi

Nahotki bular sizning hayotingizda ham sodir bo'lishiga shubha qilsangiz? BIR YIL yetarli - astoydil harakat qilib, tajribali ustozni boshini tuting va hamkasblaringizdan ustun jihatga - "ingliz tilini biladi" degan sharafga erishing.

Hozirda mening uch daraja uchun guruhlarim mavjud:

Beginner - 14:00-16:00
Elementary - 20:00-22:00
Pre-Intermediate - 20:00-22:00

Qo'shiling, do'stona va energiyaga to'la jamoada ingliz tilini o'rganib, bir yildan keyingi hayotingizni hozirgisidan tubdan o'zgartiring!
🔥8👍52
Buxoro amiri Imom al-Buxoriy hazratlarini huzuriga chorlab, undan “Al-jome’ as-sahih” va “At-ta’rix” asarlarini o‘qib berishni talab qiladi. Shunda Imom al-Buxoriy qat’iy javob beradi:

“Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman. Kimga ilm kerak bo‘lsa, o‘zi izlasin. Alloh esa oxirat kuni ilmni yashirmay, uni toliblarga sarf qilganim sababli meni kechiradi.”

Bu yerda “tolib” so‘zi alohida ma’noga ega. Arab tilida tolib — bilim istovchi, talabgor, talaba, ya’ni ilmga chanqoq odam deganidir. Ilm tolibi — ustozning eshigini qoqadigan, ilmni izlab boradigan, uni talab qiladigan kishidir. Ilm hech qachon o‘zi kelib odamning oldiga tushmaydi.

Aynan shu sababli men kanalda video darsliklar yuborishni, bepul darslar o‘tkazishni to‘xtatdim. Chunki ilmga haqiqatan muhtoj bo‘lgan odam — aslida barchamiz ilmga muhtojmiz — intizomli, muntazam va mas’uliyat bilan darslarga qatnashadi.

Ingliz tili o‘rgatib, oddiy blog yuritmasligimning sababi ham shunda: ilm — ijtimoiy tarmoqda tasodifan “duch kelib qoladigan” kontent emas. Ilm — bu qasd bilan, mehnat bilan, sabr bilan erishiladigan javohir. Kim ilmni chin dildan istasa, uning ortidan o‘zi boradi.

@edutopian
🔥9💯5
Bugun 4 oy to'ldi shu guruh bilan dars boshlaganimizga..
😢1
Marjona Teaches | Edutopian
Bugun 4 oy to'ldi shu guruh bilan dars boshlaganimizga..
Ha, 4 oy to'ldi bugun onalik ta'tilidan so'ng yangi guruhimni ochganimga.

Bu guruhning o'quvchilarini progressini kuzatib, ular haqida yozmasam bo'lmaydi, dedim.

🫧Bu vaqt ichida o'quvchilarim 1000ga yaqin so'z yod olishdi
🫧So'zlarni tarjimasi bilan emas, definition bilan yodlab, javob beradigan darajaga chiqishdi
🫧Native English speakerlarini videolarini ko'rib, gap nima haqida ketyapti va voqealar rivoji haqida ingliz tilida gapirib berishga qobilyatli bo'lishdi

Ularning bu darajaga chiqib olishi uchun 4 oyning o'tishi kifoya emas edi. Uyqusiz tunlar, halovatsiz uyqular, chala qolgan ro'zg'or ishlari, isitmalayotgan bola yig'isi, kechikkan yoki sovugan taom - 4 oy ichida ular yana qanday qiyinchiliklarga qaramay matonat bilan davom eta oldi ekan-a? Bu vaqt ichida biz faqatgina A1-A2 dasturini tugatib qolmay, ularni o'zlashtirishga ham qodir bo'ldik. Asosiy urg'u so'z yodlash va speaking bo'lganligi uchun o'quvchilar gapirishda o'zlarini ancha qulay his qiladi.


Oldinda esa avvalgidan ham ko'p vazifalar, sinovlar bor - B1 darajada ular bilan Multilevelning test formatiga ham tayyorlana boshlaymiz General Englishni ustida ishlashni davom ettirgan holda. Ingliz tilini o'rganish juda uzoq safar, oson emas, ammo o'zingizni avaylaganingiz bilan ham nima o'zgarar edi? Vaqt o'tgani qoladi, xolos..

Afsuski, xavfsizlik va shaxsga bo'lgan hurmatim yuzasidan darslarning videosini joylay olmayman. Chunki videolar ularning omonati - o'quvchilar darsda o'zlarini qulay his qilishlari, videomizni kimdir ko'radi degan qo'rquvlarsiz darsda qatnashishlarini ta'minlash eng birinchi o'rinda men uchun.

Ammo darsda ishtirok etib ko'rishni istasangiz, always Welcome!
15🥰1
İngliz tili orzulari kattalar uchun 🤍
❤‍🔥9👍3🥰2
Asabiylashmaydigan ustozni ko‘rganmisiz?

Ko‘plab o‘quvchilar darslarimda aynan yoqtiradigan jihat — bu ijobiy va xavfsiz o‘quv muhiti. Bu muhit tasodifan paydo bo‘lmaydi. U, avvalo, ustozdan taraladi. Ustoz qanchalik xotirjam, pozitiv va xushmuomala bo‘lsa, dars jarayoni ham shunchalik qiziqarli, samarali va musaffo kechadi.

Biroq bunday ustoz bo‘lish faqat xarakter masalasi emas. Bu — kasbiy kompetensiya masalasi. Ya’ni, o‘z fanini chuqur bilish bilan birga, pedagogika va TESOL metodologiyasiga tayangan holda dars olib borishni ham talab qiladi.

Avvalo, ustoz qachon asabiylashishini tahlil qilib olaylik. Odatda bu holat o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘yganida yuz beradi. Afsuski, ko‘pchilik o‘quvchilar uchun xato qilish — salbiy tajriba, hatto travmaga aylangan. Vaholanki, zamonaviy pedagogika nuqtayi nazaridan xato — o‘rganish jarayonining ajralmas va muhim qismi, ayniqsa til o‘rganishda.

TESOL amaliyotida xatolarni to‘g‘rilashning bir nechta samarali usullari mavjud:

Recasting — o‘quvchi xatosini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmasdan, to‘g‘ri shaklda qayta takrorlash

Elicitation — o‘quvchini o‘zi to‘g‘ri variantni topishga undash

Clarification request — “Iltimos, yana bir bor ayting” kabi yumshoq signal berish

Delayed correction — xatoni darhol emas, mashq yoki faoliyat oxirida muhokama qilish

Bundan tashqari, ba’zi xatolarga vaqtincha ko‘z yumish ham pedagogik jihatdan to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. Agar xato kommunikatsiyaga halal bermayotgan bo‘lsa va tabiiy jarayonning bir qismi bo‘lsa, uni darhol to‘xtatish shart emas. Ammo xato takror-takror kuzatilsa, albatta, tizimli va muloyim tarzda to‘g‘rilanishi lozim.

Shu bois ingliz tili ustozlariga asosiy maslahatim shuki:
xatolarga radikal yoki jazolovchi yondashuv bilan emas, balki tabiiy va metodik asoslangan yondashuv bilan munosabatda bo‘ling.

Ana shundagina siz asabiy emas, balki ijobiy, ishonchli va do‘stona o‘quv muhitini yarata olasiz. Bu muhit esa til o‘rganishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

@edutopian - Marjona Teaches..
7🥰6👍3💯2🔥1
Oilangizda bir necha kishi ingliz tilini o'rganyaptimi?

Tabriklayman, agar oilangizda sizdan boshqa kimdir ingliz tilini bilsa yoki o'rganayotgan bo'lsa, endi butun oilangiz bu tilni o'zlashtirib olishi mumkin. Quyida sizga buni sirini o'rgataman.

"English Zone" tashkil qiling. Ya'ni faqat ingliz tilida muloqot qilinadigan hudud. Olaylik, oshxona — bu yerda faqat ingliz tilida gapiriladi. Kimdir o'zbekcha gapirib qo'ysa jarima — idishlarni yuvadi. Ovqatlanish jarayonida ham ingliz tilida gapirilishi kerak. Masalan, "Pass me the salt, please".

Bu jarayonda SPEAKING'da bo'ladigan qo'rquvingiz yo'qoladi.
Lug'atdagi so'zlar jonli muloqotga ko'chadi.
Natijada, immersion (sho‘ng‘ish) — sun’iy ravishda ingliz tili muhitini yaratish va tilni tabiiy o‘zlashtirishga erishasiz.

@edutopian - Marjona Teaches..
👍115👏5
Bolalarimning ingliz tilida kitob o’qiydigan onasi bo’lishi xohlagandim.

Va shunday. Ularning ingliz tilida o’qiydigan, bu tilda kino ko’radigan va so’zlasha oladigan onasi bor. Eng muhimi, ularga ingliz tilini o’rgata olishim mumkinligi.

Kitob o’qish - yaxshi. Ingliz tilida o’qish esa boshqacha zavq beradi..

@edutopian - Marjona Teaches…
10🔥4💯2👍1
Ingliz tilini o'rganmaslik uchun sabab yo'q. Ingliz tili - sayohatlar, yangi bilimlar va juda keng dunyoqarash bera oladi sizga. Shuningdek, obro' va qo'shimcha daromad ham.

Endi esa o'rganmaslik uchun bahona ham yo'q. Chunki boshlang'ich darajadagi yangi guruhimni ochyapman. Dars vaqti juda qulay, online - uyda qahva ichib, dam olib jonli muhitda professional o'qituvchidan til o'rganishga nima yetsin-a?

Darslar uchun yozilgan bir nechta "otziv"larni shu linklarda o'qib ko'rishingiz mumkin:

Ms Kimyo - uch farzandning onasi

Ms Noila - yosh ona, stomatolog

Ms Kamola - shoira, suhandan, ikki farzandning onasi

Endi esa Sizning navbatingiz. Vaqtingiz va kuchingizni Sizga manfaatli bo'lgan ilmni o'rganishga sarflang.

Bog'lanish uchun: @Marjona_Kholmurodova
8
Tushkunlikda bo'lsangiz til o'rganing - chalg'iysiz.
Zerikkan bo'lsangiz til o'rganing - vaqtni mazmunli o'tkazasiz.
O'zgarmoqchi bo'lsangiz til o'rganing - yangiliklar kashf qilasiz.
Ko'p pul topmoqchi bo'lsangiz til o'rganing - hamkasblaringizdan kuchliroq bo'lasiz.
Farzandlaringiz uchun yaxshilik qilmoqchi bo'lsangiz til o'rganing - ularga ham o'rgatasiz.
Rivojlanishni istasangiz til o'rganing - yangi tanishuvlar, kengroq ma'lumotlar eshigi ochiladi.

Umuman olganda, o'zingizni eng yaxshi versiyangiz bo'lishni istasangiz - albatta til o'rganing. Qaysi tilni o'rganishga kelganda esa, siz va oilangiz uchun manfaatli bo'ladigan tilni tanlang.

@edutopian - Marjona Teaches...
10💯5👍1
Shaxsiy hayotidan ortib shu kabi izoh yozadigan o'quvchilarga rahmat, aslida. Tabiiy, jonli va kerakli. Mehnatingiz va harakatlaringiz kim uchundir foydali ekanligini his qilish sizga ilhom beradi.

Sarflagan vaqtingiz va samimiy fikrlaringiz uchun rahmat, Ms Sharifa 🤍
🔥64💯1
Nega ba'zi o'quvchilar tilni juda tez o'rganadi, ammo ba'zilar yillab harakat qilsa ham natija kutilgandek bo'lmaydi?

Fanda buni "Affective Filter" ya'ni "Hissiy Filtr" deb ataydi.

Bu nima degani? Tasavvur qiling, miyangizda bir "filtr" bor. Agar bu filtr yupqa bo‘lsa, bilim miyaga oson kiradi. Agar filtr qalin bo‘lsa, u bilim yo‘liga to‘siq (blok) bo‘ladi.

Filtrning qatlamlarini esa quyidagi hissiyotlar tashkil qiladi:
Xavotir - "Xato qilsam-chi?", "Ustimdan kulishsa-chi?" degan qo‘rquv.
O'ziga bo'lgan ishonch pastligi - "Men baribir o‘rgana olmayman" deb o‘ylash.
Inhibition & Introversion - Tortinchoqlik va o‘zini haddan tashqari nazorat qilish.
Ishtiyoqsizlik - Til o‘rganishdan maqsad aniq emasligi.

Bu filtr qalinlashib, "mental block"ni tashkil qiladi, natijada til o'zlashtirish jarayoni sustlashadi, samarasizdek tuyiladi. Shu sabali ham ingliz tili darslarida do'stona muhit, ustoz-shogird sog'lom munosabatlari va positiv o'qituvchi juda muhimdir. Shu bilan, o'quvchilardan ham

- Yuqori ishtiyoq
- O'ziga bo'lgan baland ishonch
- Xato qilishdan qo'rqmaslik
- Xotirjamlik va ijobiy kayfiyat

talab qilinadi. Til o‘rganish - bu ichki qo‘rquvlarni yengishdir. Shu sababli ham qaysidir tilni uddalab o'rgangach, odamlar ijobiy tomonga o'zgarib qolishadi.

@edutopian - Marjona Teaches...
9🔥2
Ag'darilgan dars qanday ishlaydi?

Ha, men ag'darilgan uslubda ingliz tilini o'rgataman. Bu an'anaviy ta'lim tizimiga mutlaqo zid. An'anaviy tizim - darsga kirasiz, ustoz yangi grammatikani tushuntiradi, mashq bajarasiz, uyga mustahkamlash uchun qo'shimcha mashg'ulotlar beradi. Agar sizni boshingiz og'riyotgan bo'lsa, kayfiyatingiz yo'q yoki charchagan bo'lsangiz o'sha mavzuni o'zlashtira olmay qolasiz. Bunday holat bir necha bor takrorlansa, qoloq o'quvchiga aylanasiz.

Menda esa teskarisi - darsdan oldin yangi grammatik mavzuni tushuntirib 10-15 daqiqalik video tarzida yozib yuboraman. O'quvchi hushyor va tetik payti mavzuni ko'rib, berilgan mashqlarni bajaradi. Darsga esa bugun o'tiladigan mavzuni allaqachon bilib kiradi. Endi 2 soat davomida nima qilamiz? Faqat gapiramiz, mashg'ulot qilib, nazariy bilimni amaliyda sinaymiz. Birga yangi so'z o'rganamiz. Grammatik mavzu, yangi so'z va ma'noli kontentni birlashtirib ajoyib mashg'ulotlar bajaramiz.

Natijada nima bo'ladi:
1. Darsdagi 2 soat vaqtni "qutqarib" qolamiz.
2. Siz o'zingizga qulay vaqtda grammatik videoni ko'rsangiz yaxshi o'zlashtirsiz.
3. Darsda ko'p-ko'p speaking qilamiz. Bu "mental block"ni yupqalashtiradi.
4. Dars qizg'in, nazariyalarsiz, hammani qamrab olgan tarzda o'tadi.

PS: Aytgancha - "ag'darilgan dars" fanda "Flipped-classroom" deyiladi.
Quyida o'quvchilarimni fikrini o'qing.

@edutopian - Marjona Teaches...
🔥41🥰1
“Ag’darilgan dars”ga nisbatan o’quvchilarim fikri!
🔥8👍2💯1