𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 – Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
294 subscribers
855 photos
119 videos
1 file
348 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems

Savol va takliflar uchun: @mediumdagiaziza
Download Telegram
Koreyadan Amerikaga samalyotda 10 soatlik yo’lni bosib o’tishidan avval, 4 oylik go’dagi yo'lda “dod” solishi mumkinligini bilgan bu ona 200 dan ortiq yo’lovchilarning har biriga oldindan uzr tariqasida konfet, saqich va shovqinga qarshi quloqchin tarqatib chiqdi.

O’sha paketning ichida shunday yozuv ham bor edi: (Salom, mening ismim Jun Vu. Hozir 4 oylikman. Bugun onam va buvim bilan birga Amerikaga uchib ketyapmiz. Biroz hayajon va qo’rquvdaman. Bu mening birinchi parvozim. Yig’lashim yoki ozroq injiqlik qilishim tabiiy hol. “To’polon” qilmaslikka harakat qilaman, lekin va’da bera olmayman. Yig’lashni boshlaganimda mana shularni ishlatarsiz. Oq yo’l. Rahmat)

Boshqalarning erkinliklarini hurmat qiladigan insonlar...

Manba

@pslog
👏1
Idrokni rivojlantirish uchun oddiy tavsiyalar

@pslog
👍1😍1
Bizning odobga bo‘lgan ozgina ehtiyojimiz ilmga bo‘lgan ko‘p ehtiyojimizdan yaxshiroqdir.

Abdulloh ibn Muborak.

Credits: @mehrob_uz
Yashab turib o‘lishini biladigan yagona mavjudot inson bo‘lishiga qaramay, u birovni qalbini sindiradi, ko‘nglini og‘ritadi, yomonlik qiladi. Xuddi, hech qachon o‘lmaydigandek.

@pslog
👍2
Hozirgi jamiyatda yechilishi zarur bo’lgan muammolar talaygina. Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, ishchilarning haq-huquqlari toptalishi, nosog’lom hayot tarzi — bular hali xamir uchidan patir. Ko’pchiligimiz bu kabi muammolarga parvo ham qilmaymiz. Rassom Jon Holkroft zamonamizning dolzarb muammolarini o’zining satirik suratlarida tasvirlab bergan.

Muallifning asarlari bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan, ular chuqur va murakkab mazmunga ega.

https://link.medium.com/CzbCerZJPtb
Post travmatik stress psixologiyasini yaxshiroq tushunishingiz uchun ushbu filmlarni ham ko'rishingizni tavsiya qilgan bo'lardim:

1. "Javdarzordagi isyonkor" ('Rebel in the Rye')

"Javdarzordagi xaloskor"('The Catcher in the Rye') asarining muallifi Jerom Selinjerning hayoti va ijodi haqida. Sellinjer urush va uning talofatlarini o'z boshidan kechiradi. Urushdan qaytgandan so'ng unda jarohatdan keyingi ruhiy zo‘riqish(Post-travmatik stress) rivojlanadi.

2. “Alvido Kristofer Robin”(Goodbye Christopher Robin)

urush xunrezliklarining yozuvchi hayotida chuqur jarohat qoldirgani haqida.
6