Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Forwarded from Alohida mavzu
Jamiyat, xalq va millat najoti haqida gaplashamiz

Ko’p kuttirdik-u, ammo izlanishlar va biroz vaqtdan so'ng akalar bilan yana bir dolzarb mavzu ustida yig'ildik.

Ta'lim mavzusini o'rtaga olib, o'z fikrlarimizni va jamiyatimizdagi muhim masalalarni muhokama qildik.

🔥 "Свежий" holatda videoni ko'rish uchun bugun soat 20:30 da quyidagi havola orqali videoni tomosha qiling!

Havola: https://youtu.be/fbJrLOSVbd4
👍6
#Tarjima

Xodimlar biz uchun emas, biz ular uchun ishlashimiz kerakligini qabul qilishimiz kerak.

Bu ko’plab liderlar(rahbarlar) uchun xazm qilish qiyin haqiqat.

Ko’p menejerlar yangi menejerlikka o’tishganda xuddi ishchilik hayoti tugadi deb o’ylashadi. Aslida esa aksincha.

Liderlar xodimlari uchun ishlashi kerak deganda ularning nima xohlayapganini chuqur anglash, doimiy ularning ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutdim.

Masalan, qaysidir xodim uylanadigan yoshga yetib ko’proq oylikka ehtiyoji bor, qaysidir biri chet elda malaka oshirishga va yana boshqasi shunchaki lideridan ko’proq tajriba olishga.

Yuzlab talablar va xohishlar bor, lekin bularni navbatma-navbat amalga oshirish lider(rahbar)ning vazifasi. Oila rahbarlarida ham ayni holat😊

Bo’lajak liderlarga(menejerlar) yuboramiz🤗

👉 @lidernotes
👍16
🤔 Kim kuchliroq?

Sizga to’g’ri yashashni o’rgatyapgan “Life Coaches” (Hayot murabbiylari)mi? Yoki o’z tajribalari va karyerasi bilan o’rnak bo’la oladigan haqiqiy liderlarmi?

Aslida bu ikki toifadan kerakli xulosani olyapgan SIZ kuchliroqsiz🫵💪

👉 @lidernotes
👍28
Introvert…

Psixologik tadqiqotlarga ko’ra, Introvert rahbarlar odatda o'z xodimlarini qadrlashni va rag’batlantirishni, bu tuyg’ularni ular doim his qilishlarini muhim vazifasi deb bilarkan. Shuning uchun ham introvert liderlar jamoasida doimiy innovatsion g’oyalar, doimiy o’z ustida ishlashlar va doimiy faollik kuzatilar ekan.

P.S. Introvert insonlar - bular ichki tuyg’ulari va fikrlari bilan ko’proq o’zini komfort his qiladigan, ko’pchilik davrasida bo’lishdan ko’ra kichik davralarni avzal ko’radigan insonlardir.

👉 @lidernotes
👍27🔥1
Assalomu aleykum yaxshilar.

O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.

O’tgan hafta ichida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi soniga jamladim.

Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlarimiz, do’stlarimizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊

Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👉 @lidernotes
🔥12👍2
Lider Notes_102.pdf
484.4 KB
👍10👏1
So’rovnoma📊

Kanal obunachilari taklifidan kelib chiqib kichik so’rovnoma o’tkazmoqchimiz. Har biringizning fikri men uchun muhim. Qaysi Alifboda matnlarni o’qish siz uchun qulay?
Anonymous Poll
71%
Lotin Alifbosi
29%
Kiril Alifbosi
👍7
Super kubokning uch karra g'olibi Bill Uolshning so'zlariga ko'ra, "Natija o'zini o’zi boshqaradi".

Xuddi shu narsa hayotning boshqa sohalariga ham tegishli. Agar siz yaxshi natijalarga erishmoqchi bo'lsangiz, maqsadlar qo'yishni unuting. Buning o'rniga maqsad sari olib boradigan tizimingizga e'tibor qarating. Maqsadlar sizning rivojlanishingizni rejalashtirish uchun va tizimlar haqiqatda muvaffaqiyatga erishish uchun kerak ekanligini tushuning.

Ya’ni maqsad yo’lida munosabatlarni o’zgartiradigan to’g’ri tizimni yo’lga qo’ymas ekansiz, erishilgan natija vaqtinchalik bo’ladi.

Tongli mutolaadan kichik xulosalar edi.

👉 @lidernotes
👍24🔥3
Odatlar qanday shakllanadi?

Quyidagi 4 inson xatti-harakatlari ortidagi fikr-moluhaza zinjiri orqali shakllanadi:

Sinab ko’rish;
Muvaqqiyatsizlikka uchrash;
Kerakli xulosa olish;
Boshqa yo’l bilan sinab ko’rish.

Odatlar masalasida qiynalyapganlarga yuboramiz📤

🌐 Одатлар қандай шаклланади?

Қуйидаги 4 инсон хатти-ҳаракатлари ортидаги фикр-молуҳаза зинжири орқали шаклланади:

Синаб кўриш;
Муваққияцизликка учраш;
Керакли хулоса олиш;
Бошқа йўл билан синаб кўриш.

Одатлар масаласида қийналяпганларга юборамиз📤

👉 @lidernotes
👍9
😰 Qo’rquv…

Bugun ko’pchilik xodimlarimiz bilan qilgan suhbatimizda “Hop, sinab ko’rsamu o’xshamasachi” degan qo’rquvni, o’ziga bo’lgan past bahoni ko’rdim. Shunda har biriga meni javobim quyidagicha bo’ldi: “Hop sinab ko’rsangu, o’ylaganingdan ham yaxshiroq o’xshab qolsachi”.

Perfektsionist insonlarning eng katta xatosi - bu 80% tayyor ideani ham sinab ko’rmasligida deb bilaman.

🌐 Қўрқув…

Бугун кўпчилик ходимларимиз билан қилган суҳбатимизда “Ҳоп, синаб кўрсаму ўхшамасачи” деган қўрқувни, ўзига бўлган паст баҳони кўрдим. Шунда ҳар бирига мени жавобим қуйидагича бўлди: “Ҳоп синаб кўрсангу, ўйлаганингдан ҳам яхшироқ ўхшаб қолсачи”.

Перфекционист инсонларнинг энг катта хатоси - бу 80% тайёр идеани ҳам синаб кўрмаслигида деб биламан.

👉 @lidernotes
👍174
To’g’ri savol.

Liderlarda to’g’ri savol berish qobilyati bo’lishi kerak. Qaysiki, xodimlarini yoki atrofidagilarni fikrlashga, o’z ustida ishlashga undaydigan savollar.

Yilning boshida biroz mulohaza qilib, qanday savol berish orqali xodimlarning fikrlashiga va tabiiy ravishda yanada samaradorligini oshirishiga yordam beraman deb o’ylab ko’rdim. Va har bir xodim bilan bo’ladigan Coaching suhbatlarini quyidagi savol bilan boshlayapman:

❇️ Keyingi 6 oy ichida o’zingdagi qanday xatti-harakatni o’zgartirmoqchisan yoki shakllantirmoqchisan?

Avvaliga kamida 5 daqiqa sukunat… Va so’ngra, xodimlardan kutilmagan, bebaho fikrlar chiqa boshlaydi.

Bir dona to’g’ri savol berish atrofdagilarning eng kamida fikrlashga undashi lider uchun katta yutuq.

👉 @lidernotes
👍17
Yaxshi odatlar aslida bizga erkinlikni beradi.

U odatingni tashla; mana bu odatga o’rgangin; yoki o’zingda bunday odatlarni shakllantirishing kerak kabi turli maslahatlar ba’zida g’ashimizni keltirishi tabiiy. Yoki ko’pchiligimizda odatlar meni robotga, qo’g’irchoqqa aylantirib qo’ymasmikin, odatlar asiriga aylanib qolmasmikinman kabi argumentlar bo’lishi mumkin.

Aslida esa aksincha, to’g’ri tejamkorlik odati moliyaviy erkinlikni, yaxshi ovqatlanish odati sog’lom qarishni, va doimiy ilm olish odati zamon bilan hamnafaslikni beradi. Ya’ni yomon odatlar, sizga hech qachon siz xohlagan erkinlikni bermaydi.

Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👉
@lidernotes
👍14
Bugun jamoamdagi 73 yoshli ayol xodimimiz bilan navbatdagi suhbatni o’tkazdim.

Yoshiga qaramasdan faqat oldinga intilishi, har ishga mas’uliyat bilan yondashishi va rivojlanish uchun tanqidlarga ochiqligini ko’rib o’zim uchun juda katta ma’naviy ozuqa oldim.

Jamiyat uchun foyda keltirish yosh tanlamas ekan.

🌐 Бугун жамоамдаги 73 ёшли аёл ходимимиз билан навбатдаги суҳбатни ўтказдим.

Ёшига қарамасдан фақат олдинга интилиши, ҳар ишга масъулият билан ёндашиши ва ривожланиш учун танқидларга очиқлигини кўриб ўзим учун жуда катта маънавий озуқа олдим.

Жамият учун фойда келтириш ёш танламас экан.

👉 @lidernotes
🔥7👍32
🔄 Odatlar zanjiri.

Odatlar shakllantirishning asl mohiyati bu hayotimizda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularga yechim topish kabi ikki bosqichning uzluksiz davomiyligida ekan.

Biror xatti-harakatingizni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, unda quyidagi munosabatlarni o’zgartirish jarayonida 4 qoidaga amal qiling:

1. Ko’rinib turadigan bo’lsin.
2. Jozibador bo’lsin.
3. Osonlikcha amalga oshsin.
4. Qanoatlantiradigan bo’lsin.


Yomon odatlarni yo’qotishning birinchi qadami - bu ehtiyotkorlikni oshirishdir. Ya’ni sog’lom ovqatlanishni maqsad qilgan odamning nonushta dasturxonida shirinliklarning qo’yilmasligiga ehtiyot bo’lish.

Xatti-harakat va mumosabatlarimizni yaxshiroq tarafga o’zgartirishdan avval ularning bizga keltiryapgan zararlarini anglab yetishimiz eng muhim masala ekan.

📖Tongli mutolaadan kichik xulosalar.

👉
@lidernotes
👍13
Moslashuvchanlik.

Ish joyimiz yoki o’quv dargohlarimizdagi qo’llanmalar shunchaki yo’l ko’rsatuvchi resursligicha qolishi kerak.

Qo’llanmalarga asoslangan holda erkin harakat qilish sizni boshqalardan ko’ra bir qadam oldinga olib chiqadi. Lider uchun esa xodimlarni kamroq qo’llanmalar atrofida o’ralashib qolishdan ehtiyot qilish kerak.

👉 @lidernotes
👍13🔥4
Birgalikda yaxshiroq!

Insoniylik va inson qadrini 1-o’ringa qo’yadigan kompaniyada ishlayapganimdan judayam faxrlanaman.

Ma’lumot uchun, kompaniya ishchilarining alohida ehson qiladigan sayti bor. Tahsinga sazovor tarafi shundaki, agar ehson qilsak kompaniya ham shuncha summani qo’shadi 1:1.

Ayni vaqtda Turkiya uchun O’zbekistonning turli joylarida yordamlar yig’ilyapti. Bir dona eski kiyim, keraksiz buyum ham hayot qutqarishi mumkin azizlar.

👉 @lidernotes
👍19
Yangi odatlarni eskisiga bog’lash.

Ko’p holatlarda o’zimizda yangi odatlarni shakllantirishga harakat qilar ekanmiz, aniq detallarsiz boshlab qo’yamiz. Masalan, “Har kuni kitob o’qishni odat qilaman” deymiz va albatta boshlab 3-4 kunda to’xtatib qo’yamiz. Chunki har kuni qaysi vaqtda, qayerda, qancha vaqt oralig’ida kitob o’qishni aniq belgilab olmagan bo’lamiz.

Keyingi bosqichda esa, bu yangi odatni mavjud eski odatlarimiz bilan bog’lashimiz asosiy faktorga aylanadi. Masalan, “Har kuni ertalab bomdod namozidan so’ng 30-60 daqiqa kitob o’qiyman” deb aniq belgilab qo’yish doimiy ertalabki odatingizga bog’lanadi va buni kamida 40kun takror qilish yangi odatni mustahkamlashga yordam beradi.

Odatlarni shakllantirish haqida juda ko’p o’qiganmiz yoki eshitganmiz, lekin nega haliyam bir qadam bo’lsa ham oldinga yurmadik?! Chunki yuqoridagi kabi judayam kichik yoki ahamiyatsiz deb tuyulgan odatlarni jiddiy olmasligimizda ekan.

📖Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👉
@lidernotes
🔥11👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishora va ovoz chiqarish.

Yaponiyaning temir yo’l tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim deb tan olingani hammaga ma’lum. Bu tizimning eng e’tiborli tarafi konduktorlarning o’ziga xos odatidadir. Ular poyezdni boshqarar ekan har bir jarayonni turli obyektlarga barmog’i bilan ishora qilib va ovoz chiqargan holda svetofor yashil ekanligini, vagonlar atrofida xavfli holat yo’qligi va spidometr tezlik holati kabi tekshiruvlarni har bir stansiyaga kirish va chiqishda amalga oshiradilar. Bu odat allaqachon tizimga aylanib minglab insonlarning hayotini saqlab qolishga, xatolarni keskin kamayishiga olib kelgan.

Yomon odatlarni tark qilish jarayonida ham shu usuldan foydalansangiz bo’ladi.

👉 @lidernotes
👍10🔥1
Networking…

Bugun Yaponiyadagi turli sohalarda va turli lavozimlarda ishlab kelyapgan O’zbek professionallar bilan navbatdagi uchrashuvimiz bo’lib o’tdi.

Har bir shaxs ham inson sifatida, ham o’z kasbining professionali sifatida rivojlanishi uchun albatta bu yo’llarni bosib o’tgan va qaysidir ma’noda o’z tajribasi bilan yoshlarga, atrofdagilarga yo’l-yo’rug’ ko’rsata oladigan shaxslar bilan aloqalarni o’rnatib borishi katta ahamiyatga ega. Buni Ingliz tilida “networking” - o’zbekchada “tanish-bilish ortirish” deb aytsak ham bo’ladi.

“Tanish-bilish”larni to’g’ri ma’noda ortirishni o’rganaylik azizlar.

👉 @lidernotes
🔥15👍6