Super kubokning uch karra g'olibi Bill Uolshning so'zlariga ko'ra, "Natija o'zini o’zi boshqaradi".
Xuddi shu narsa hayotning boshqa sohalariga ham tegishli. Agar siz yaxshi natijalarga erishmoqchi bo'lsangiz, maqsadlar qo'yishni unuting. Buning o'rniga maqsad sari olib boradigan tizimingizga e'tibor qarating. Maqsadlar sizning rivojlanishingizni rejalashtirish uchun va tizimlar haqiqatda muvaffaqiyatga erishish uchun kerak ekanligini tushuning.
Ya’ni maqsad yo’lida munosabatlarni o’zgartiradigan to’g’ri tizimni yo’lga qo’ymas ekansiz, erishilgan natija vaqtinchalik bo’ladi.
Tongli mutolaadan kichik xulosalar edi.
👉 @lidernotes

👍24🔥3
Odatlar qanday shakllanadi?
Quyidagi 4 inson xatti-harakatlari ortidagi fikr-moluhaza zinjiri orqali shakllanadi:
✅ Sinab ko’rish;
✅ Muvaqqiyatsizlikka uchrash;
✅ Kerakli xulosa olish;
✅ Boshqa yo’l bilan sinab ko’rish.
Odatlar masalasida qiynalyapganlarga yuboramiz📤
🌐 Одатлар қандай шаклланади?
Қуйидаги 4 инсон хатти-ҳаракатлари ортидаги фикр-молуҳаза зинжири орқали шаклланади:
✅ Синаб кўриш;
✅ Муваққияцизликка учраш;
✅ Керакли хулоса олиш;
✅ Бошқа йўл билан синаб кўриш.
Одатлар масаласида қийналяпганларга юборамиз📤

👍9
😰 Qo’rquv…
Bugun ko’pchilik xodimlarimiz bilan qilgan suhbatimizda “Hop, sinab ko’rsamu o’xshamasachi” degan qo’rquvni, o’ziga bo’lgan past bahoni ko’rdim. Shunda har biriga meni javobim quyidagicha bo’ldi: “Hop sinab ko’rsangu, o’ylaganingdan ham yaxshiroq o’xshab qolsachi”.
Perfektsionist insonlarning eng katta xatosi - bu 80% tayyor ideani ham sinab ko’rmasligida deb bilaman.
🌐 Қўрқув…
Бугун кўпчилик ходимларимиз билан қилган суҳбатимизда “Ҳоп, синаб кўрсаму ўхшамасачи” деган қўрқувни, ўзига бўлган паст баҳони кўрдим. Шунда ҳар бирига мени жавобим қуйидагича бўлди: “Ҳоп синаб кўрсангу, ўйлаганингдан ҳам яхшироқ ўхшаб қолсачи”.
Перфекционист инсонларнинг энг катта хатоси - бу 80% тайёр идеани ҳам синаб кўрмаслигида деб биламан.

👍17❤4
To’g’ri savol.
Liderlarda to’g’ri savol berish qobilyati bo’lishi kerak. Qaysiki, xodimlarini yoki atrofidagilarni fikrlashga, o’z ustida ishlashga undaydigan savollar.
Yilning boshida biroz mulohaza qilib, qanday savol berish orqali xodimlarning fikrlashiga va tabiiy ravishda yanada samaradorligini oshirishiga yordam beraman deb o’ylab ko’rdim. Va har bir xodim bilan bo’ladigan Coaching suhbatlarini quyidagi savol bilan boshlayapman:
❇️ Keyingi 6 oy ichida o’zingdagi qanday xatti-harakatni o’zgartirmoqchisan yoki shakllantirmoqchisan?
Avvaliga kamida 5 daqiqa sukunat… Va so’ngra, xodimlardan kutilmagan, bebaho fikrlar chiqa boshlaydi.
Bir dona to’g’ri savol berish atrofdagilarning eng kamida fikrlashga undashi lider uchun katta yutuq.

👍17
Yaxshi odatlar aslida bizga erkinlikni beradi.
U odatingni tashla; mana bu odatga o’rgangin; yoki o’zingda bunday odatlarni shakllantirishing kerak kabi turli maslahatlar ba’zida g’ashimizni keltirishi tabiiy. Yoki ko’pchiligimizda odatlar meni robotga, qo’g’irchoqqa aylantirib qo’ymasmikin, odatlar asiriga aylanib qolmasmikinman kabi argumentlar bo’lishi mumkin.
Aslida esa aksincha, to’g’ri tejamkorlik odati moliyaviy erkinlikni, yaxshi ovqatlanish odati sog’lom qarishni, va doimiy ilm olish odati zamon bilan hamnafaslikni beradi. Ya’ni yomon odatlar, sizga hech qachon siz xohlagan erkinlikni bermaydi.
Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

👍14
Bugun jamoamdagi 73 yoshli ayol xodimimiz bilan navbatdagi suhbatni o’tkazdim.
Yoshiga qaramasdan faqat oldinga intilishi, har ishga mas’uliyat bilan yondashishi va rivojlanish uchun tanqidlarga ochiqligini ko’rib o’zim uchun juda katta ma’naviy ozuqa oldim.
Jamiyat uchun foyda keltirish yosh tanlamas ekan.
🌐 Бугун жамоамдаги 73 ёшли аёл ходимимиз билан навбатдаги суҳбатни ўтказдим.
Ёшига қарамасдан фақат олдинга интилиши, ҳар ишга масъулият билан ёндашиши ва ривожланиш учун танқидларга очиқлигини кўриб ўзим учун жуда катта маънавий озуқа олдим.
Жамият учун фойда келтириш ёш танламас экан.

🔥7👍3❤2
🔄 Odatlar zanjiri.
✅ Odatlar shakllantirishning asl mohiyati bu hayotimizda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularga yechim topish kabi ikki bosqichning uzluksiz davomiyligida ekan.
✅ Biror xatti-harakatingizni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, unda quyidagi munosabatlarni o’zgartirish jarayonida 4 qoidaga amal qiling:
1. Ko’rinib turadigan bo’lsin.
2. Jozibador bo’lsin.
3. Osonlikcha amalga oshsin.
4. Qanoatlantiradigan bo’lsin.
✅ Yomon odatlarni yo’qotishning birinchi qadami - bu ehtiyotkorlikni oshirishdir. Ya’ni sog’lom ovqatlanishni maqsad qilgan odamning nonushta dasturxonida shirinliklarning qo’yilmasligiga ehtiyot bo’lish.
Xatti-harakat va mumosabatlarimizni yaxshiroq tarafga o’zgartirishdan avval ularning bizga keltiryapgan zararlarini anglab yetishimiz eng muhim masala ekan.
📖Tongli mutolaadan kichik xulosalar.

👍13
Moslashuvchanlik.
Ish joyimiz yoki o’quv dargohlarimizdagi qo’llanmalar shunchaki yo’l ko’rsatuvchi resursligicha qolishi kerak.
Qo’llanmalarga asoslangan holda erkin harakat qilish sizni boshqalardan ko’ra bir qadam oldinga olib chiqadi. Lider uchun esa xodimlarni kamroq qo’llanmalar atrofida o’ralashib qolishdan ehtiyot qilish kerak.

👍13🔥4
Birgalikda yaxshiroq!
Insoniylik va inson qadrini 1-o’ringa qo’yadigan kompaniyada ishlayapganimdan judayam faxrlanaman.
Ma’lumot uchun, kompaniya ishchilarining alohida ehson qiladigan sayti bor. Tahsinga sazovor tarafi shundaki, agar ehson qilsak kompaniya ham shuncha summani qo’shadi 1:1.
Ayni vaqtda Turkiya uchun O’zbekistonning turli joylarida yordamlar yig’ilyapti. Bir dona eski kiyim, keraksiz buyum ham hayot qutqarishi mumkin azizlar.

👍19
Yangi odatlarni eskisiga bog’lash.
Ko’p holatlarda o’zimizda yangi odatlarni shakllantirishga harakat qilar ekanmiz, aniq detallarsiz boshlab qo’yamiz. Masalan, “Har kuni kitob o’qishni odat qilaman” deymiz va albatta boshlab 3-4 kunda to’xtatib qo’yamiz. Chunki har kuni qaysi vaqtda, qayerda, qancha vaqt oralig’ida kitob o’qishni aniq belgilab olmagan bo’lamiz.
Keyingi bosqichda esa, bu yangi odatni mavjud eski odatlarimiz bilan bog’lashimiz asosiy faktorga aylanadi. Masalan, “Har kuni ertalab bomdod namozidan so’ng 30-60 daqiqa kitob o’qiyman” deb aniq belgilab qo’yish doimiy ertalabki odatingizga bog’lanadi va buni kamida 40kun takror qilish yangi odatni mustahkamlashga yordam beradi.
Odatlarni shakllantirish haqida juda ko’p o’qiganmiz yoki eshitganmiz, lekin nega haliyam bir qadam bo’lsa ham oldinga yurmadik?! Chunki yuqoridagi kabi judayam kichik yoki ahamiyatsiz deb tuyulgan odatlarni jiddiy olmasligimizda ekan.
📖Tongi mutolaadan kichik xulosalar.

🔥11👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishora va ovoz chiqarish.
Yaponiyaning temir yo’l tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim deb tan olingani hammaga ma’lum. Bu tizimning eng e’tiborli tarafi konduktorlarning o’ziga xos odatidadir. Ular poyezdni boshqarar ekan har bir jarayonni turli obyektlarga barmog’i bilan ishora qilib va ovoz chiqargan holda svetofor yashil ekanligini, vagonlar atrofida xavfli holat yo’qligi va spidometr tezlik holati kabi tekshiruvlarni har bir stansiyaga kirish va chiqishda amalga oshiradilar. Bu odat allaqachon tizimga aylanib minglab insonlarning hayotini saqlab qolishga, xatolarni keskin kamayishiga olib kelgan.
Yomon odatlarni tark qilish jarayonida ham shu usuldan foydalansangiz bo’ladi.

👍10🔥1
Forwarded from Javohir Izzatulloh | blog
Master-klass yozib olinib, Yutubga joylandi..🎉🎉
Tomosha qilish uchun: https://www.youtube.com/live/IweZ9MXx4sU?feature=share
📌 @javharuz 📌

Telegram
Najot Ta'lim
Qimmatli kadr bo'lish uchun qanday soft va hard ko'nikmalarga ega bo'lish kerak?
Barchamizga ma'lumki, biror sohada ishga kirish va mutaxassisga aylanish uchun kishidan ma'lum bir ko'nikmalarga ega bo'lish va ularni doimiy tarzda rivojlantirib borish talab…

👍4
Networking…
Bugun Yaponiyadagi turli sohalarda va turli lavozimlarda ishlab kelyapgan O’zbek professionallar bilan navbatdagi uchrashuvimiz bo’lib o’tdi.
Har bir shaxs ham inson sifatida, ham o’z kasbining professionali sifatida rivojlanishi uchun albatta bu yo’llarni bosib o’tgan va qaysidir ma’noda o’z tajribasi bilan yoshlarga, atrofdagilarga yo’l-yo’rug’ ko’rsata oladigan shaxslar bilan aloqalarni o’rnatib borishi katta ahamiyatga ega. Buni Ingliz tilida “networking” - o’zbekchada “tanish-bilish ortirish” deb aytsak ham bo’ladi.
“Tanish-bilish”larni to’g’ri ma’noda ortirishni o’rganaylik azizlar.

🔥15👍6
Qanday qilib sifatli nutq yaxshi natijalar olib keladi?
Ko'p vaqtini moliyaviy maqsadlarni muhokama qilishga sarflaydigan rahbarlar tranzaksiyaviy tashkilotlarni yaratishga moyildirlar. Xodimlaringiz o'rtasida emotsional faollikni boshlash uchun asosiy e'tiborni ishning katta maqsadiga ishonch hosil qilishga qarating va bunda sizga sifatli nutq qilish qobilyati yordam beradi.

👍7
Storytelling!
❇️ Sifatli nutqning eng asosiy elimentlaridan biri - bu Storytelling (Hikoya qilish) qobilyati.
Storytellingni quyidagi 3 ta asosiy qoidasi bor:
1. Tinglovchini mavzu bilan emotsional bog’lash.
2. Hikoya real voqeaga ega bo’lishi.
3. Tinglovchiga oxirida qiymat berish.
Internetda storytelling haqida qidirsangiz juda ko’p taktikalar kelib chiqadi. Lekin haqiqiy liderda yuqoridagi qoidaga tayangan holda hikoya qilish ta’sir kuchi juda katta ekanligini shaxsiy tajribamda ustozlarimdan ko’rib o’zimga xulosa olganman.

👍13🔥2
Atrof-muhit ko’proq ahamiyatga ega…
✅ Yangi odatlarni yangicha muhitda shakllantirish osonroq, chunki yomon odatlardan qutulish uchun eski muhitda ko’proq qiyin bo’ladi.
✅ Inson tanasida 11 millionga yaqin sezgi retseptorlari bor ekan, va ularning deyarli 10 millionga yaqini faqatgina ko’rish a’zolari uchun xizmat qilar ekan. Expertlarning tadqiqotiga ko’ra, miyya resurslarining yarmidan ko’pi ko’rish uchun ishlatiladi. Bundan kelib chiqadiki, bizda asosan barcha xatti-harakat va odatlarimiz ko’rish orqali paydo bo’ladi. Qanchalik to’g’ri muhitda bo’lishga harakat qilsak, shunchalik yaxshi odatlarimiz ko’payar ekan.
✅ Yomon odalardan voz kechish uchun motivatsiya qidirish emas, yangi odatga undovchi obyektiv ishoralarni kichik bo’lsa ham ko’paytirishimiz kerak ekan. Masalan, men avvallari kam suv ichar edim va buning oqibatida ketma-ket buyuragimda tosh paydo bo’lib sog’ligimga jiddiy ta’sir qilgan. Kam suv ichishimga birgina sabab bu suv turadigan idish yoki stankanlar ko’zga ko’rinadigan joyda emasligi edi. Shundan keyin uyimning kamida 3-4 ta ko’zga ko’rinadigan joyiga suv idishlari qo’yib qo’ydik va bu nafaqat menda balki oilamda ham doimiy suv ichish odatini shakllantirdi.
Xullas, yomon odatlarga sabab bo’lyapgan obyektlarni ko’rinmas yerga olib qo’yish inson o’zini-o’zi kontrol qilishdan ko’ra foydaliroq ekan.

👍13❤1
To’g’ri tanlov.
Yaponlarda ajoyib bir gap bor. Qaysiki, ‘’Nimanidir tanlash - bu bir vaqtning o’zida nimanidir berish ham demakdir’’.
Rahbarlar(liderlar) jamoasining yaxshi natijalar olib kelishi uchun turli strategik tanlovlar qilishi kerak bo’ladi. Yuqoridagi iqtibosni 1-marta eshitganimda majlislarga qiladigan tayyorgarligim yaxshi tomonga o’zgara boshlagan. To’g’ri tanlangan strategiyalar jamoa uchun turli imkoniyatlar, rivojlanish uchun resurslar, va jarayondan zavq olish kabi foydalarni berganini ko’p tajribalarda guvohi bo’ldim.
‘’Nimanidir tanlash - bu bir vaqtning o’zida nimanidir berish ham demakdir’’.

👍11
Lider Notes_103.pdf
443.8 KB
Xayrli kech azizlar!
O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.
O’tgan hafta ichida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi #103-soniga jamladim.
Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlaringiz, do’stlaringizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊
Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👍8🔥5❤2
Bilim - bu pul!
Yoshligimda fan olimpiadalariga doimiy qatnashar edim. Adashmasan 2010-yil Namanganda bo’lib o’tgan viloyat fan olimpiadasida Huquqshunoslik fanidan 1-o’rinni olganimda televizor bilan taqdirlashgan edi. Shu sovg’ani 2-Sentabr kuni akademik litseyimiz direktori qo’llaridan barcha litsey o’quvchilari oldida olgan edim. Direktorimiz barcha faxrli o’rin egalarini tabriklar ekanlar, nutqlarida menga judayam ta’sir qilgan bir gaplari bor edi.
“Bilim - bu pul. Uni pul qilishni bilish kerak. Mana o’quvchilarimiz bilimi bor ekan uni pul qilishni uddalab, qimmatbaho televizorlar bilan taqdirlanishdi” degan edilar.
Bilimingizni pul qilish payti albatta keladi, faqat uni kuchaytirib borishda davom etsangiz bo’lgani.

👍23👏5
Forwarded from Alisher Isaev blogi
✅ Топ-менежернинг қиймати шундаки, улар оз миқдорда сифатли қарорлар қабул қилишлари керак. Улардан ҳар куни минглаб қарорларни қабул қилиш кутилмайди.
Уоррен Баффет у бир йилда 3 та яхши қарор қабул қилган бўлса, бу яхши ишлаганлигини англатишини айтади.
✅ Ценность топ-менеджера в том, что они должны принимать небольшое количество качественных решений. От них не ожидается принятие тысяч решений ежедневно.
Уоррен Баффет говорит, что он молодец, если принял 3 хороших решения в год.
Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Youtube: Alisher Isaev kanali

👍8