Xurshid Saidmuhammad | Notes – Telegram
Xurshid Saidmuhammad | Notes
638 subscribers
214 photos
32 videos
13 files
155 links
🔹Shaxsiy rivojlanish📚
🔹Tarjimalar📝
🔹Topilgan Hikmatlar💭
Download Telegram
Ohirgi yillarda atrofimizda motivatsiya yo’q, nima qilishga ham hayronman…” deb ozgina siqilib qolsa ham har xil joylardan motivatsiya qidiradiganlar ko’payib ketdi.

Motivatsiya so’zini o’rniga MAS’ULIYAT so’zini ishlatish vaqti kelmadimikin?!

Zamonaviy liderlarimiz atrofidagilarga har bir qilyapgan ishiga mas’uliyat bilan yondashishga o’rgatishi kerak.

O’z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan insonda motivatsiya o’z-o’zidan ko’tarilib ketaveradi.

👉@lidernotes
👍16
#Eslatma

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da @Al_Tafkir kanalida “Lider inson” mavzusida ilk Podcast suhbatimiz bo’lib o’tadi.

Qiziqtirgan savollaringiz va albatta vaqtingiz bo’lsa quyidagi havola orqali qo’shilishingiz mumkin.👇

🔗 https://news.1rj.ru/str/Al_tafkir?livestream
👍7
Xurshid Saidmuhammad bilan suhbat
Al Tafkir | NAJOT KEMASI التفكير |TAFAKKUR
#Suhbat 🎙02
"NAJOT KEMASI" loyihasi doirasida ovozli suhbat boʻlib oʻtdi.
🎙Xurshid Saidmuhammad.
[ Biznes Manager va Coach ]
Mavzu:💡"Lider Inson"

@lidernotes

🔗Manfaatli deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan ham ulashing😊 👉 @Al_Tafkir  ilm yo‘lidagi hamrohingiz
👍14
🚀 Head Approach🗣️

Liderlarda biror natijaga erishish uchun raqamlarga asoslanish va ularni asosiy maqsadlari markazida ushlash Head Approach deyiladi. Ya’ni liderlar bu yo’l orqali xodimlariga aniq maqsadlar va ko’rsatmalarni raqamlar ko’rinishida doimiy tushuntirib borishadi.

Lekin yaxshi lider bir vaqtning o’zida Heart Approach - ya’ni xodimlarga ularni pozitiv kayfiyat va energiyada ushlab turadigan turli usullardan ham foydalanadi va bu ikki usulning balansini olishga harakat qiladi.

Xodimining rivojlanishi to’g’risida qayg’urmaydigan lider, shunchaki rahbar. Unga lider deb aytishimiz qiyin.

👉@lidernotes
👍10🔥1
Rahbar bo’lmasdan liderlik qilishning 5 usullari.

Haqiqiy lider egallab turgan lavozimi bilan belgilanmaydi. Va sizlar bilan quyida rahbar bo’lmasdan turib ham liderlik qilish yo’llari haqida gaplashamiz:

Proaktiv (faol) bo’ling - liderlar kimdir ularga qanday muammolarni hal qilishni aytishini kutib o’tirishmaydi. Ular atrofdagi muammolarni anglab, unga doim yechim bilan kelishadi.

Atrofdagilarni rag’batlantiring - jamoadoshlarni rag’batlantirish uchun rahbar bo’lish shart emas. Atrofdagilarga yordam berish, jamoaviy ishlashga undash va har bir g’oya uchun qiziqish bildirish orqali rag’bat bersa bo’ladi.

Mas’uliyat doirasidan tashqaridagi vazifalarga ustlaning - haqiqiy liderning “Bu mening vazifam emas” deganini eshitmaysiz. Liderlar doim mas’uliyat doirasidan tashqari vazifalarni bajarishga moyil bo’lishadi.

Atrofdagilarni maqtang - liderlar doim atrofdagilarning yaxshi natijalari uchun “Rahmat” aytib maqtash orqali yaxshi niyat va ishonchlilikni bildirishadi.

Bilimlarni ulashing - o’z bilimlaringizni baham ko’rishdan uyalmang. Boshqalarga yo’l ko’rsatishga tayyor bo’lgan expert sifatida o’sish sizni lider sifatida tan olishga yordam beradi.

👉 @lidernotes
👍7🔥1
❇️ Yangilik 🤩

Assalomu aleykum liderlar!

Sizlarga kanalimdagi bir kichik yangilikni ulashmoqchiman. Ko’p vaqtdan beri o’z sohamda olyapgan bilimlarimni, tajribalarimni O’zbek tilida Newsletter (Jurnal) shaklida yozib borishni niyat qilib yurar edim. Va nihoyat, Allohning fazli bilan bugun shu yangi formatdagi “Lider Notes” deb nomlangan jurnalning 1-sonini sizlar bilan ulashaman.

Albatta 1-son bo’lgani uchun kamchiliklar ko’p, lekin sizlarning fikr va mulohozalaringiz orqali yanada yaxshilab borishga harakat qilaman.

Jurnal har xafta Dushanba kuni, hafta davomidagi o’zim uchun foydali deb topgan maqolalar, podcastlar va kitoblardan olgan taasurotlardan iborat bo’ladi.

‼️ Foydali deb topsanglar atrofdagilarga ham ulashishni unutmang

O’zi hayrli qilsin🤲

👉@lidernotes
👍14
Forwarded from Alisher Isaev blogi
Бизнеснинг ўсишига асосий тўсқинлик - кадр етишмовчилиги!

Катталашмоқчимисиз? БУГУНни кўзлаб эмас, балки ЭРТАНГИ бизнесингизни тортиб кетадиган кадр олинг!

Основная проблема при росте бизнеса - нехватка кадров!

Хотите вырасти? Берите сегодня только те кадры, которые потянут ваш бизнес ЗАВТРА!

Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Youtube: Alisher Isaev kanali
👍9
🚀 Sarhisob 📝

2023-yilning 1-oyi ham ortda qoldi.

Yil boshida oldingizga ko’plab maqsadlar qo’ygan bo’lsangiz kerak.
Va ishonamanki, hay oy ohirida o’zingiz uchun biroz vaqt ajratib, Yanvar oyi sarhisobini qilish yillik maqsadlaringiz sari qo’yilgan kichik qadam hisoblanadi.

Quyidagi 2 ta savolni o’zingizga berish orqali biroz mulohaza qilib ko’ring:

Yanvar oyidagi yutuqlaringiz va nimalardan minnatdorsiz

Ushu oydagi ham kariyera, ham shaxsiy hayotingizdagi kamchiliklaringiz nimalar

Oddiy oq qog’oz yoki telefoningizdagi notes ilovasiga shu savollarga javob yozib ko’rishga harakat qiling.

Shu savollarga javob berish uchun fikrlashga ketgan vaqtingiz va uni qayd qilish orqali oladigan xulosalaringiz keyingi oyda yanada yaxshiroq rivojlanishingizga katta yordam beradi.

Foyda berganlardan izohlarda javobingizni kutib qolaman.

👉@lidernotes
👍14
📚 James Clear bilan suhbat 🤔

Kitob o’qisangiz, shu kitob muallifi bilan gaplashgandek, undan bilimlar olgandek bo’lasiz deyishadi.
Kitobxon birodarlarimiz bilan birgalikda Fevral oyida o’qish uchun ‘’Atom Odatlar’’ kitobini tanladik.

Inshaallah, James Clear bilan manfaatli suhbat qilamiz degan umiddaman😁😊

👉@lidernotes
👍16🔥1
❇️ Nega yomon odatlarni takroriy qilish oson, va aksincha, nega yaxshi odatlarni shakllantirish qiyin

👉@lidernotes
👍9
❇️ Katta hajmda online kurslar taqdim etadigan dunyodagi top platformalardan biri Coursera qilgan so’rovnomaga ko’ra, 31% ishtirokchilar hozirgi kunda ‘’Yechim topuvchi’’ liderlik uslubini jamoani boshqarish uchun eng to’g’ri uslub deb topgan.

‘’Yechim topuvchi’’ ulsubida liderlar(rahbarlar) o’z hamkasblarining iste'dodlarini ochishga va tashkilotning jamoaviy talantlarini maksimal darajada oshirishga ishonadilar.

⚠️ Ya’ni siz liderlik qilyapgan jamoa yoki rahbarlik qilyapgan ishchilar muammoga yechim topyapganda ularning ham fikrlarini inobatga olishingizni muhim deb bilishini unutmang.

👉@lidernotes
👍15🔥4
❇️ Kuzat -> Tingla -> G’amxo’rlik qil.

Xurmatli liderlar va bo’lajak liderlar!
Yuqoridagi 3 ta harakatni kunlik odatga aylantirmas ekansiz, jamoangizda doimiy KELDI-KETDI bo’laveradi.

👉@lidernotes
👍17
Og’ir hafta…

Aslida lider uchun yengil hafta degan tushuncha yo’q. Agar qaysidir hafta yengil o’tdi deydigan bo’lsa, demak yetarlicha o’zini yoki jamoasini komfort zonasidan chiqarishga harakat qilmagani uchun deb bilaman.

Lekin bu hafta men uchun og’irdan ham og’ir kechdi:

Yarim yilda bir marta bo’ladigan jamoam bilan hissiyotlarga to’la ochiq suhbat.

Har 3 oyda bo’ladigan navbatdagi kvartal uchun rejalar va strategiyalar muhokamasi.

Yangi ochilgan pozitsiyalarning intervyu bosqichiga tayyorgarlik.

Va albatta, bundan tashqari boshlab qo’yilgan boshqa proyektlar nazaroti, Coaching suhbatlar va hokaza.

Albatta shuncha ish stressiz bo’lmaydi, lekin ko’ngil to’lgan boshqa bir tarafi bor. Yuqoridagi barcha mashaqqatlar meni va jamoadoshlarimni o’tgan haftadan ko’ra yana 1% rivojlanishimizga yordam berdi.

Yengil hafta degan tushuncha yaxshi lider uchun bo’lmasligi kerak!

👉 @lidernotes
👍23🔥5
Forwarded from Alohida mavzu
Jamiyat, xalq va millat najoti haqida gaplashamiz

Ko’p kuttirdik-u, ammo izlanishlar va biroz vaqtdan so'ng akalar bilan yana bir dolzarb mavzu ustida yig'ildik.

Ta'lim mavzusini o'rtaga olib, o'z fikrlarimizni va jamiyatimizdagi muhim masalalarni muhokama qildik.

🔥 "Свежий" holatda videoni ko'rish uchun bugun soat 20:30 da quyidagi havola orqali videoni tomosha qiling!

Havola: https://youtu.be/fbJrLOSVbd4
👍6
#Tarjima

Xodimlar biz uchun emas, biz ular uchun ishlashimiz kerakligini qabul qilishimiz kerak.

Bu ko’plab liderlar(rahbarlar) uchun xazm qilish qiyin haqiqat.

Ko’p menejerlar yangi menejerlikka o’tishganda xuddi ishchilik hayoti tugadi deb o’ylashadi. Aslida esa aksincha.

Liderlar xodimlari uchun ishlashi kerak deganda ularning nima xohlayapganini chuqur anglash, doimiy ularning ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutdim.

Masalan, qaysidir xodim uylanadigan yoshga yetib ko’proq oylikka ehtiyoji bor, qaysidir biri chet elda malaka oshirishga va yana boshqasi shunchaki lideridan ko’proq tajriba olishga.

Yuzlab talablar va xohishlar bor, lekin bularni navbatma-navbat amalga oshirish lider(rahbar)ning vazifasi. Oila rahbarlarida ham ayni holat😊

Bo’lajak liderlarga(menejerlar) yuboramiz🤗

👉 @lidernotes
👍16
🤔 Kim kuchliroq?

Sizga to’g’ri yashashni o’rgatyapgan “Life Coaches” (Hayot murabbiylari)mi? Yoki o’z tajribalari va karyerasi bilan o’rnak bo’la oladigan haqiqiy liderlarmi?

Aslida bu ikki toifadan kerakli xulosani olyapgan SIZ kuchliroqsiz🫵💪

👉 @lidernotes
👍28
Introvert…

Psixologik tadqiqotlarga ko’ra, Introvert rahbarlar odatda o'z xodimlarini qadrlashni va rag’batlantirishni, bu tuyg’ularni ular doim his qilishlarini muhim vazifasi deb bilarkan. Shuning uchun ham introvert liderlar jamoasida doimiy innovatsion g’oyalar, doimiy o’z ustida ishlashlar va doimiy faollik kuzatilar ekan.

P.S. Introvert insonlar - bular ichki tuyg’ulari va fikrlari bilan ko’proq o’zini komfort his qiladigan, ko’pchilik davrasida bo’lishdan ko’ra kichik davralarni avzal ko’radigan insonlardir.

👉 @lidernotes
👍27🔥1
Assalomu aleykum yaxshilar.

O’ylaymanki hamma yangi haftani yaxshi kayfiyatda boshlab oldi.

O’tgan hafta ichida o’zim uchun foydali deb bilgan bilimlarni “Lider Notes” jurnalining navbatdagi soniga jamladim.

Sizlarga ham foydali bo’ladi deb o’ylayman, va albatta yaqinlarimiz, do’stlarimizga ulashib qo’yishni unutmanglar😊

Hafta davomida yaxshi kayfiyat tark etmasin🤗

👉 @lidernotes
🔥12👍2
Lider Notes_102.pdf
484.4 KB
👍10👏1